2-§. An’naviy tilshunoslikda qo‘shma gaplar talqini
Aytish lozimki, nafaqat o„zbek tilshunosligida, balki jahon tilshunosligida
ham «qo„shma gap» terminidan (shu jumladan «bog„langan» va «bog„lovchisiz»
atamalaridan) foydalanib kelinmoqda. Masalan rus tilida «slojnoye predlojeniye»,
ingliz tilida «complex sentence», nemis tilida «Satzreihe», fransuz tilida «phrase
complexe» va h.k. Biroq hozirgi tilshunoslikda mazkur terminlarning qo„llanish
darajasi qandaydir ma‟noda pasayib bormoqda. Buning asosiy boisi, bizningcha,
ular masalaning tub mohiyatini to„liq ochib bera olmayotganidadir.
«Qo„shma
gap» termini bugungi kunda ko„pchilik tilshunoslarni
qoniqtirmayapti. Chunki «qo„shma gap» tushunchasi til birliklarining iyerarxik
(pog„onali) munosabati prinsiplarining buzilishiga olib kelmoqda. M.V.Lyapon
ta‟biri bilan aytganda: «Agar qo„shma gap (murakkab jumla) ikki yoki undan ortiq
(kommunikativ salmoqli) tugal fikr anglatayotgan xabarlar birikuvini taqozo etar
ekan,uning sathida matn ifodasining jiddiy belgilari kuzatiladi»
12
.
M.N.Peterson nafaqat komponentlari teng bog„lanishli, balki tarkibiy qismlari
ergash bog„lanishli qo„shma gapning ham mavjudligini inkor etadi. Uning fikriga
ko„ra, qo„shma gapga taalluqli sintaktik tadqiqotlarda teng va ergash bog„lanishlar
xususida emas, balki so„z birikmalarining o„zaro munosabati haqida mulohaza
yuritish lozim
13
. Bu o„rinda, albatta, so„z birikmasi keng ma‟noda tushuniladi va
gapning ham so„zlarning o„zaro birikuvidan tashkil topishi nazarda tutiladi.
O„zbek tilshunosligida ham sintaktik muammolar talqiniga ta‟siri kuchli
bo„lgan A.M.Peshkovskiyning «Russkiy sintaksis v nauchnom osveshenii» nomli
asarining ham katta bir qismi bog„langan, bog„lovchisiz va ergash gapli qo„shma
gaplar tahliliga bag„ishlanadi. Bu asarda rus tilshunosligida bog„langan hamda
12
. Ляпон М.В. Смысловая структура сложного предложения и текст.-М., 1986.-С.8.
13
. O„sha asar, 35-b.
11
ergash gapli qo„shma gaplarning lingvistik mohiyatini ochib berishga harakat
qilinganini ko„ramiz. A.M.Peshkovskiyning eng muhim xulosalaridan yana biri
shunda ko„rinadiki, u qo„shma gap xususida so„z yuritganida ohangni til unsuri
hisoblanuvchi bog„lovchi bilan hech qachon tenglashtirib bo„lmasligini, ohang
bunda yordamchi vosita ekanligini to„g„ri ta‟kidlaydi
14
.
A.M.Peshkovskiy qo„shma gap tushunchasining ba‟zi g„aliz tomonlari
borligini eslatadi va bu haqda quyidagilarni yozadi: «U bir necha gapni bir gap deb
atagani uchun turli anglashilmovchiliklarga sabab bo„lmoqda»
15
.
A.M.Peshkovskiy, garchi o„z tadqiqotlarida qo„shma gap tushunchasini
asoslab berishga uringan bo„lsa ham, aslida «qo„shma gap» terminiga qarshi edi.
Uning fikriga ko„ra, til birliklari o„z-o„zi bilan qorishib yangi pog„onani hosil qila
olmaydi.Masalan, morfema tarkibiga ikkinchi morfema, so„z tarkibiga ikkinchi
so„z sig„maydi. Demak, gap tarkibiga ham ikkinchi gap sig„maydi
16
.
Hozirgi o„zbek tilshunosligida bog„langan va bog„lovchisiz qo„shma
gaplarning har biri qo„shma gapning alohida turi sifatida o„rganiladi va ularning
ergash gapli qo„shma gaplardan farqlanuvchi tomonlari ko„rsatib beriladi.
Jumladan, bog„langan qo„shma gaplarni ergash gapli qo„shma gaplardan
farqlovchi asosiy vosita teng bog„lovchilar va yuklamalar ekanligi alohida qayd
etiladi. Bu haqda «O„zbek tili grammatikasi»ning akademnashrida quyidagilarni
o„qiymiz: «Bog„langan qo„shma gapni boshqa qo„shma gap konstruksiyalaridan
farqlab turuvchi asosiy grammatik belgi ularni tashkil etgan qismlarni bir-biriga
bog„lovchi teng bog„lovchilar va yuklamalardir»
17
. Bog„langan qo„shma gap
komponentlari shaklan mustaqil, mazmunan esa o„zaro bog„langan bo„ladi va
bunday bog„lanish ularning strukturasida, kesimlarning mazmuniy va grammatik
munosabatlarida, umumiy gap bo„laklarining bo„lishida kuzatiladi
18
.
Mazkur asarda bog„lovchisiz qo„shma gaplar haqida quyidagilar aytiladi:
«Bog„lovchisiz qo„shma gaplar bog„langan yoki ergash gapli qo„shma gaplarning
14
. Пешковский А.М. Русский синтаксис в научном освещении.-М.,1956.-С.460-470.
15
. O„sha asar , 455-bet.
16
. Пешковский А.М. Ўша асар,455-456 бетлар.
17
. O„zbek tili grammatikasi. II tom. Sintaksis. –Toshkent, 1976, 300-330-betlar.
5.O„sha asar, o„sha betlar.
12
bog„lovchisiz varianti emas, balki alohida qo„shma gap tipidir. Bog„lovchisiz
qo„shma gaplarning qismlari orasiga teng yoki tobe bog„lovchisini kiritib
bo„lmaydi. Bunday bog„lovchi biror o„rinda kiritilsa ham, butun bir gap
konstruksiyasi o„zgaradi»
Bizningcha, bu o„rinda aytilgan so„nggi fikrda qat‟iyat yo„qdek ko„rinadi.
Birinchidan, bog„lovchisiz qo„shma gap komponentlari munosabatida biror
bog„lovchiga
ehtiyoj
sezilmaydi.
Ikkinchidan,
uning
komponentlari
munosabatlarini bog„lovchi vositasida shakllantirish mumkin bo„lsa, bu, so„zsiz,
sintaktik derivatsiyaning ta‟siri imkoniyatlari doirasi bilan bevosita bog„liq bo„ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |