Bir-biriga mos kelmaydigan, zid voqea-hodisalarni ifodalashda ikki qismli
(bunday gaplar yopiq strukturali bo„ladi) turli xil qo„shma gaplardan: bog„lovchili
shuningdek, bog„lovchisiz qo„shma gaplardan foydalaniladi. Masalan: Aytish
oson, lekin monelikni bartaraf etmoq mahol (N.) - bog„langan qo„shma gap;
Navoiy o„ttizdan oshmagan bo„lsa ham, yoshi ulug„roq ko„rinadi (N.) - ergashgan
ergashgan qo„shma gaplarda aniq ifodalanadi. «Komponentlari ammo, lekin, biroq
31
bog„lovchilari orqali bog„langan qo„shma gaplarda ham ko„pma‟nolilik hodisasini
kuzatish mumkin. Bunday qo„shma gaplar uchun «zidlik» semasi invariant
hisoblanadi. Bevosita «zidlik» semasi o„sib chiqqan va unga bog„liq bo„lgan
«qiyos», «izoh», «shart», «to„siqsizlik» ma‟no munosabatlari bunday modeldagi
qo„shma gaplarning farqlovchi semalari hisoblanadi».
26
Yuqorida keltirilgan – Mayli, azaldan shunday, dehqon qo„zg„olon ko„taradi,
podsho ezib tashlaydi bog„lovchisiz qo„shma gapi qismlaridan anglashilgan
mazmun bir-biriga qarama-qarshi qo„yilgan. Mazkur qo„shma gap qismlari orasiga
zidlov bog„lovchisi qo„yilsa, bog„langan qo„shma gapga aylanadi.
Demak, tahlil etilayotgan bog„lovchisiz qo„shma gap bog„langan qo„shma gap
bilan sinonim bo„ladi. Yа‟ni: Mayli, azaldan shunday, dehqon qo„zg„olon
ko„taradi, ammo podsho ezib tashlaydi.
Shuningdek, mazkur bog„lovchisiz qo„shma gap to„siqsiz ergash gapli
qo„shma gap bilan ham sinonimik qatorni hosil etadi:- Mayli, azaldan shunday,
dehqon qo„zg„olon ko„tarsa ham, podsho ezib tashlaydi.
Aytish joizki, matn tarkibida ma‟lum bir bog„lovchining faollashuvi ko„pgina
holatlarda muallifning shaxsiy lisoniy qobiliyati yoki ko„zlanayotgan
kommunikativ maqsadi bilan bog„liqdir. Masalan, badiiy asarlar tilida ammo, lekin
bog„lovchilari bilan bog„langan qo„shma gaplar ko„p miqdorni tashkil etadi.
Ayniqsa, ularning matn tarkibida sodda gaplar bilan ma‟lum bir mazmuniy aloqaga
kirishib kelishi ahamiyatga molik: Lekin To„g„onbek ochdan o„lishga rozi bo„lsa
ham, bu buyumdan ajralishni istamasdi (N.) gapidan oldin Sotilgudek narsadan
unda sopi fil tishi va kumush bilan ishlangan bir xanjargina bor jumlasi
qo„llanganki, ular o„z mazmuni bilan biri ikkinchisining tarkibiy qismiga aylangan
va yaxlit holda zidlik munosabatini ifodalaydi.
Ma‟lumki, ammo, lekin, biroq bog„lovchilarining qo„llanish doirasi matnda
ifodalanayotgan axborot mazmuniga mos ravishda chegaralangan bo„lib, ulardan
ammo bog„lovchisida zidlik ma‟nosi biroq, lekin bog„lovchilariga nisbatan
kuchsizdir, shuningdek, u chog„ishtirish, qiyoslash munosabatini ham ifodalash
26
Roziqova G. O„zbek tilida sintaktik polisemiya. NDA. – Toshkent, 1999, 18-b.
32
xususiyatiga ega. Ba‟zan ammo bog„lovchili qo„shma gaplar tarkibida –u(-yu), -
ku, -ya, -da yuklamalari ishtirok etib, u qaysi komponent tarkibida ishtirok etgan
bo„lsa, shu komponent semantikasini ta‟kidlab, kuchaytirib keladi. –u(-yu), -ku, -
ya yuklamalari asosan birinchi komponent predikatiga qo„shilib keladi va zidlik
ma‟nosini yanada kuchaytiradi. –da yuklamasi ikkinchi komponent predikatiga
qo„shilib, shu komponent ifodalagan ma‟noning ekspressivligini oshiradi
27
.
Zidlik mazmunini ifodalovchi bog„lovchili qo„shma gaplar o„ziga xos
intonatsiyaga ega bo„lib, ularda ham qarama-qarshilik, to„siqsizlik ma‟nolari
bo„ladi. Qiyoslang: 1.Samarqanddan sayohat uchun katta ammamiz Xonzoda
begim kelibdilar, hanuz ko„rishganimizcha yo„q (A.yo.); Samarqanddan sayohat
uchun katta ammamiz Xonzoda begim kelibdilar, lekin hanuz ko„rishganimizcha
yo„q. 2. Xayr, biz ko„p so„zladik, hanuz tinglamadingiz (N.); Xayr, biz ko„p
so„zladik, biroq hanuz tinglamadingiz.
Aynan shu qolipli sintaktik qurilmalarning keng qo„llanishi tabiiy holdir.
Zero, zidlov bog„lovchilarining asosiy vazifalaridan biri nutqiy birikma tarkibiga
to„siqsiz ergash gapni kiritishdir. Shuningdek, to„siqsiz ergash gapni bosh gapga
bog„lovchi vositalar yordamida tuzilgan qo„shma gaplarda zidlik mazmuni
birmuncha ifodaliroq, ta‟sirliroq sezilishi ma‟lumdir.
Shuningdek, to„siqsiz ergash gapli qo„shma gaplar tarkibida zidlovchi
bog„lovchining qo„llanishi zidlik mazmunini yanada bo„rttirib ko„rsatadi: Amir
Mo„g„ul o„zga ishlarda qalloblik, zo„ravonlik, chatoqlikni afzal ko„rsa-da, biroq
qimorda taomil va qoidani hurmat qilar, yutqizmagan zamonlarida hatto mardlik
ham ko„rsatib qo„yar edi (N.).
Do'stlaringiz bilan baham: