Ayiruv munosabatli qo‘shma gaplar
Ayiruv munosabati faqat ayiruv bog„lovchili qo„shma gaplarda shakllanadi,
shuning uchun u bog„lovchisiz va ergashgan qo„shma gaplar bilan sinonimiyani
hosil qilmaydi. Ayiruv mazmunli bog„langan qo„shma gaplar umumiy tuzilishiga
ko„ra biriktiruv mazmunli bog„langan qo„shma gaplar bilan o„xshash
xususiyatlarga ega: ayiruv bog„lovchili bog„langan qo„shma gaplarda ifodalangan
voqea, hodisalar sanaladi (faqat ketma-ketlik); shuningdek, bunday qo„shma gaplar
ochiq strukturali bo„ladi, ya‟ni qo„shma gap qismlari miqdori chegaralanmagan
bo„ladi.
Ayiruvchi bog„lovchilar yakka, takroran hamda gap boshida qo„llanishi
mumkin: U musiqiy tinglaydi yo o„zi chaladi (N.). Dam shodlikdan bolalarcha
quvonadi, dam qo„rqinch o„ylarga botib yuragi o„ynab ketadi (N.). Qilichboz
yigitlarning yuraklari toshib, qo„llari qichib, jangni qo„msar, bo„ronli kunlarni
kutib sabrsizlanardilar. Goh dushman ularning ko„nglini yupantirib qo„yardi (N.).
Mazkur shakldagi qo„shma gaplarda voqea-hodisalardan bittasining ro„y
berishi kutiladi va bu ottenka (ma‟no)ning ifodalanishida yo, yoki
bog„lovchilarining o„rni bo„lib, bunday sintaktik qurilmalar, asosan, ikki qismdan
iborat bo„ladi hamda predikatlari hozirgi-kelasi, o„tgan zamon fe‟llari bilan
ifodalanadi. Masalan: YO podsho biror yerga chiqadi yoki elchi kelishi kutiladi
(N.).
Ba‟zi ayiruv mazmunli bog„langan qo„shma gap qismlari so„roq gaplar
qolipiga ega bo„lib, unda gumon, shubha, ishonmaslik manolari ifodalanadi: Balki
hozir Dildorni osayotgandirlar, yo bo„lmasa uni qiynamoqdalar, yo bo„lmasa
azamat sheriklari zindonga bosqin yasashga majbur bo„lib, bari qirildimi (N.).
30
Katta hovuzlardagi suvlarda ko„lankalar va shu‟lalar jim-jim o„ynashadi, dam
ko„lankalar yonib ketadi, dam shu‟lalarni ko„lankalar yutadi. Katta hovuzlardagi
suvlarda ko„lankalar va shu‟lalar jim-jim o„ynashadi, ba‟zan ko„lankalar yonib
ketadi, ba‟zan shu‟lalarni ko„lankalar yutadi.
Yuqoridagi
qo„shma
gap
variantlarining bog„lovchilari badiiy nutqqa xoslangan.
Shuni ta‟kidlash joizki, ikki qismli ayiruv bog„lovchili bog„langan qo„shma
gaplar tabiati uch qismli ayiruv bog„lovchili bog„langan qo„shma gaplardan
farqlanadi. Biz buni quyidagi qo„shma gap tahlilida ko„rishimiz mumkin: Dam
shodlikdan bolalarcha quvonadi, dam qo„rqinch o„ylarga botib yuragi o„ynab
ketadi (N.). Bu gapda voqea, hodisalar ketma-ket ro„y bergan bo„lib, predikatlar
hozirgi-kelasi zamon fe‟llari bilan ifodalangan. Bu gapda ayirish ma‟nosi bilan
birga zidlik, qiyos ma‟nolari ham mavjud. Zidlik hamda qiyos ma‟nolari qo„shma
gap tarkibidagi zid ma‟noli so„zlar (shodlikdan va qo„rqinch o„ylarga botib
quvonadi va yuragi o„ynab ketadi)ning qo„llanishi sababli yuzaga kelgan.
Xullas, ayiruv bog„lovchili bog„langan qo„shma gaplarda uchta ottenka
mavjud bo„ladi: bir-birini inkor etish, ketma-ketlik va ishonchsizlik (gumon).
Ketma-ketlik ma‟nosi barcha ayiruv bog„lovchili bog„langan qo„shma gaplarda
bo„ladi, lekin boshqa ma‟nolarning ifodalanishi ayiruv bog„lovchilarining
munosabatiga bog„liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |