2. O’zbekistonda davlat byudjeti g’aznachilik ijrosiga o’tishning
bosqichlari
Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya
tizimining bosh bo’g’ini - davlat byudjetini boshqarish, byudjet jarayonini tashkil
etish tizimidagi islohotlar, xususan byudjet ijrosida kassali tizimdan jahon
amaliyotida sinalgan va o’zining ijobiy natijalarini bergan davlat byudjetining
g’azna ijrosiga o’tish amalga oshirilmoqda. Shu narsa ma’lumki, O’zbekiston
iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlar bozor mexanizmlarini ko’r-ko’rona, sun’iylik
bilan tadbiq etib bo’lmaydi, chunki jamiyat a’zolari o’rtasida shunday an’anaviy
ierarxik munosabatlar tizimi shakllanganki, ularni mensimaslik, keskin qarorlar
qabul qilish chog’ida ularni e’tiborga olmaslik turli nohush holatlarga olib kelishi
mumkin.
Byudjet mablag’laridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlovchi
shunday mexanizmlardan biri – davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimidir.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi davlat byudjetining g’azna ijrosi
tizimini O’zbekistonda ham joriy etish va rivojlantirish, davlatning moliyaviy
resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan tizimini joriy etish, davlat
moliyasining holati to’g’risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini
86
beradiki, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishni ta’minlaydi. Lekin,
bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida byudjet ijrosida bank tizimidan foydalanish
bir qator muammolarni keltirib chiqardi:
1. byudjet daromadlari va xarajatlari to’g’risidagi axborotlarning etarli
darajada operativ (tezkor) emasligi;
2. daromadlarning bank hisobraqamlariga tushishi va byudjetning
hisobraqamlarida aks ettirilishidagi uzilishlarning mavjudligi bois byudjet
resurslarini boshqarishdagi tezkorlikning sustligi;
3. Soliq daromadlarining byudjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida taqsimlanish
jarayonlarini samarali tartibga solish va daromadlar tushumini jadallashtirishning
zarurligi;
4. byudjet ajratmalarining hajmlari bilan haqiqatda amalga oshirilgan
to’lovlar summalari ko’rsatkichlarining tarqoqligi tufayli mablag’larning tushumi
va sarflanishi ustidan yagona nazoratning murakkablashuvi;
5. byudjet tashkilotlarining hisobraqamlarida ishlatilmayotgan byudjet
mablag’larining turib qolishi;
6. byudjet
mablag’larining
ajratilishi
bilan
ularning
so’nggi
iste’molchilarga etib borishigacha bo’lgan vaqtning uzoqligi;
7. davlat mablag’lari harakatining murakkablashuvi va hajmlarining ortib
borishi bilan ulardan oqilona foydalanish ustidan dastlabki nazoratning va joriy
monitoringning zarurligi va boshqalar
1
.
Sanab o’tilgan holatlar davlat byudjetining kassaviy ijrosidan g’azna ijrosiga
o’tishning zarurligini belgilab berdi.
Byudjetni g’aznachilik tizimi asosida ijro etishning quyidagi afzalliklari
mavjud:
qisqa fursatlarda davlatning moliyaviy resurslarining real hajmini va
uning istiqbol ko’rsatkichlarini aniqlash;
1
Pulatov D.X., Nurmuxmedova B.I. “G’aznachilik” Darslik . – T.: Sano-standart, 2014y. – 372 b.
87
davlat moliyasining holati to’g’risidagi tezkor axborotlarni yig’ish, qayta
ishlash va tahlil qilish;
davlat byudjetining ham daromadlari, ham xarajatlari qismini kassali
ijrosining har kungi detallashtirilgan monitoringini o’tkazish;
tasdiqlangan byudjet mablag’lari doirasida byudjet tashkilotlarini
tovarlar va xizmatlar etkazib beruvchilar oldida majburiyatlar qabul qilish
bosqichida (shartnomalar, kontraktlar tuzish) dastlabki nazorat qilish;
moliya organlari tomonidan byudet xarajatlarini o’z vaqtida va manzilli
moliyalashtirish bilan byudjet mablag’larini bosh taqsimlovchilari tomonidan
su’istemol qilish va noto’g’ri ishlatishning oldini olish maqsadida joriy nazorat
qilish;
byudjet tashkilotlari majburiyatlarini olgandan keyin pul mablag’larini
g’aznachilik hisobraqamidan to’g’ridan-to’g’ri ta’minotchilarning hisobraqamiga
o’tqazish natijasida pul oqimlari harakati bo’yicha jarayonlarni qisqartirish;
g’aznachilik tizimining bir pog’onasidan ikkinchi pog’onasiga pul
mablag’larini o’tkazishni soddalashtirish natijasida g’aznachilik tizimidagi
byudjet mablag’larini tezkor ishlatish.
Byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosining asosiy tamoyillari - kassaning
yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning
yagonaligidan iborat. Byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosi qonun xujjatlarida
belgilab qo’yiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning
Qorag’alpog’iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy
bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyasini boshqarish - davlat o’z vazifalarini samarali bajarishini
ta’minlash, moliyaviy resurslarni safarbar qilishda ma’lum samaraga erishish,
yagona tizim asosida moliyaviy resurslarni taqsimlash va ishlatish va nihoyat
iqtisodiy barqarorlashtirish va jamiyat rivoji uchun sharoit yaratish borasida
davlat tomonidan ko’riladigan tadbirlar yig’indisidir.
88
Davlat moliyasini boshqarishning institutsional tarkibida, boshqa vakolatli
organlar bilan bir qatorda, G’aznachilik ham alohida muhim o’rin egallaydi.
G’aznachilik - byudjetdan mablag’ oluvchilarning majburiyatlarini ijroga qabul
qiladi va byudjet tashkilotlariga etkazib berilgan tovar mahsulotlar, bajarilgan
ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun G’aznachilik ularning nomidan va
ularning topshirig’iga binoan vakolatni o’z zimmasiga oladi va byudjet
mablag’larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash va nazorat qilish asosida
to’lovlarni amalga oshiradi.
Davlat byudjeti g’azna ijrosi deganda davlat byudjeti, davlat maqsadli
jamg’armalari va boshqa byudjetdan tashqari fondlarning mablag’lari
to’planadigan va ushbu mablag’lar doirasida aniq belgilangan yo’nalishlar
bo’yicha xarajatlar amalga oshiriladigan yagona g’azna hisobraqami orqali
davlat byudjetining ijro etilishi hamda shu orqali davlat moliyasini maqsadli va
samarali boshqarishni tashkil etish tushuniladi.
Davlat byudjeti g’azna ijrosiga o’tishgacha bo’lgan davrda byudjet ijrosi
jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshirilar edi:
- byudjet tushumlarini taqsimlash;
- tegishli byudjetlarda jamlangan mablag’larni byudjetdan mablag’
oluvchilarning ularga xizmat ko’rsatuvchi banklarda ochilgan hisobraqamlariga
o’tkazish.
Davlat byudjeti ijrosining bunday tartibida byudjet mablag’larining keyingi
taqdiri butunlay foydalanuvchilarning ixtiyoriga bog’liq bo’lib qoldi. Davlat byudjeti
mablag’laridan qay darajada samarali va oqilona foydalanilganligini esa faqatgina
buxgalteriya hisobotlari orqali so’nggi nazorat usullaridan foydalangan holda
tekshirish mumkin edi.
Mazkur muammolarni e’tiborga olgan xolda, Davlat moliyasini
boshqarish tizimini isloh qilish tadbirlari doirasida O’zbekiston Respublikasi
Moliya Vazirligi tizimida byudjetni g’aznachilik orqali ijro etish uchun mas’ul
89
bo’lgan institutsional tuzilma shakllantirildi. Bu faoliyat bir necha bosqichlarda
amalga oshirildi. Ularni xronologik jihatdan quyidagicha tavsiflash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |