Budjet tizimi budjetlarining ijrosi
budjet tizimi budjetlari daromadlarining tushishini ta’minlash va
xarajatlarini amalga oshirishni, shuningdek ularning ijrosi bilan
bog’liq operatsiyalarni hisobga olishni nazarda tutadi
budjet tizimi budjetlarining ijrosi hisobi va hisoboti yuritiladi
budjet tizimi budjetlarining ijrosi O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan g’azna ijrosi yo’li bilan amalga oshiriladi
budjet tizimi budjetlarining ijrosi moliya yili mobaynida va
qo’shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi
80
2-rasm. Byudjet tizimi byudjetlari daromad qismining ijrosi mexanizmi
- tushumlarni Yagona g’azna hisobvarag’iga va boshqa bank hisob-
varaqlariga kiritish;
- tushumlarni byudjet tizimining byudjetlari o’rtasida taqsimlash;
- ortiqcha yoki noto’g’ri to’langan tushum summalarini qaytarishni
yoxud ularni qarzni to’lash evaziga hisobga olish;
- hisob va hisobot.
Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlariga
daromadlarni yig’ishga vakolatli bo’lgan organlar va tashkilotlar, bundan
davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlari mustasno, daromadlarning
to’g’ri hisoblab chiqilishi, to’liq va o’z vaqtida to’lanishi ustidan nazoratni
amalga oshirishi, shuningdek, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida
81
nazarda tutilmagan bo’lsa, davlat soliq xizmati organiga hisobot taqdim etishi
shart
1
.
Byudjet Kodeksining 120-moddasiga ko’ra, byudjet tizimi byudjetlari
xarajatlar qismining ijrosi quyidagilarni nazarda tutadi (3-rasm):
3-rasm. Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlariijrosini tashkil etish
- yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish, ro’yxatdan o’tkazish
va hisobga olish;
- kassa xarajatlarini amalga oshirish, shu jumladan byudjetlararo
transfertlarni o’tkazish;
- hisob va hisobot.
Byudjet tizimi byudjetlarining xarajatlari daromadlar va xarajatlar
yoyilmasida nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida
1
Steven M.Bragg -TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide. John Wiley & Sons, Inc.
2010 New Jersey
82
hamda byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar faoliyat
ko’rsatishini ta’minlaydigan muddatlarda, daromadlarning tushishi hisobga
olingan holda amalga oshiriladi. Davlat moliyasini boshqarish(DMB)ni isloh
etish strategiyasi O’zbekiston Respublikasida DMB tizimini nazorat qilishni
takomillashtirishdan iborat. Ushbu strategiyadan kutilayotgan oraliq maqsad –
DMB tizimida muhim jarayonlarni modernizatsiyalash bo’lib, bugungi kunda
islohotlar strategiyasining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat (4-
rasm):
4-rasm. Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish strategiyasi
yo’nalishlari
1
2005 yil may oyida davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimini
bosqichma-bosqich joriy etishni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzurida “Davlat byudjetining g’azna ijrosini
tadbiq etish va uslubiyot boshqarmasi”, keyinchalik (2007 yilda) uning negizida
Moliya vazirligi G’aznachiligi tashkil etildi.
2007 yilga kelib O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo
taraqqiyot banki ishtirokida “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish”
loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-721-son Qarori
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Davlat moliyasini
boshqarishni isloh qilish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2007 yil 1
noyabrdagi PQ-721-son Qarori asosida
83
(01.11.2007) qabul qilinib, unda davlat moliyasini boshqarishni isloh etish
loyihasini yangi ishtirokchi – Osiyo taraqqiyot banki bilan birga amalga oshirish
belgilandi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh
qilish strategiyasining asosiy yo’nalishlaridan biri – byudjet tizimining to’liq
shaffofligini ta’minlash maqsadida byudjet mablag’larini ularning oluvchilariga
etkazishda kechikishlarga, qarzdorlikka yo’l qo’ymaslik, byudjet mablag’laridan
maqsadsiz foydalanish holatlariga barham berish, byudjetlararo munosabatlar
samaradorligini oshirgan holda hokimiyatlarning turli darajalaridagi
byudjetlarning hamda byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarning daromad
va xarajatlari hisobraqamlarini G’aznachilikka o’tkazishdan iborat.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi davlat byudjetining g’azna ijrosi
mexanizmlarini O’zbekistonda ham joriy etish va rivojlantirish, davlatning
moliyaviy resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan tizimini joriy etish,
davlat moliyasining holati to’g’risida tezkor va ishonchli axborotlar olish
imkonini beradi, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishni ta’minlaydi.
G’aznachilik tizimi davlat byudjetini ijro etishning samarali va amaliy
mexanizmi hisoblanib, unda davlat daromadlari va xarajatlari bo’yicha barcha
operatsiyalar G’aznachilik tomonidan amalga oshiriladi.
Muhtaram birinchi Prezidentimiz bu borada shunday degan edilar:
“Davlatning xazinasi, uning daromad va buromadini, bugungi va ertangi kunini
belgilaydigan boylik qaerda saqlanadi, kim uni himoyalaydi? Albatta, Moliya
vazirligi. Shu ma’noda, agar menga qolsa, Moliya vazirligini Xazina vazirligi
deb atagan bo’lardim”
1
.
Zero,“Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy
o’sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha
1
I.Karimov “Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik to’g’risida”. T.:
O’zbekiston. 2005 y. 285-bet
84
darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror
bo’lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir. … Albatta, Davlat
byudjeti o’lchovsiz emas, mablag’larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun
va oqilona ishlatilishini ta’minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib
bo’lmaydigan haqiqat. Shunday ekan, nima uchin G’aznachilik va Nazorat-
taftish boshqarmasining apparatlari haddan tashqari kengayib ketgan? ”
1
Davlat byudjetining g’azna ijrosi deganda davlat byudjeti va byudjetdan
tashqari jamg’armalarning mablag’lari to’planadigan va ushbu mablag’lar
doirasida aniq belgilangan yo’nalishlar bo’yicha xarajatlar amalga oshiriladigan
yagona g’azna hisobraqam orqali davlat byudjetini ijro etish hamda davlat
moliyasini maqsadli va samarali boshqarishni tashkil etish tushuniladi.
G’aznachilik byudjet tashkilotlarining va byudjetdan mablag’ oluvchi-
larning majburiyatlarini ro’yxatga oladi, mol etkazib beruvchilar tomonidan
ularga mahsulotlar etkazib berilganidan va xizmatlar ko’rsatilgandan so’ng,
byudjet tashkilotlarining va byudjetdan mablag’ oluvchilarning nomidan va
ularning topshirig’iga asosan G’aznachilik vakolatni o’z zimmasiga oladi va
byudjet mablag’larining maqsadli ishlatilishini ta’minlash asosida taqdim
qilingan hujjatlar bo’yicha to’lovni amalga oshiradi.
G’aznachilikning rivojlanishi byudjet ijrosida ishtirok etuvchi barcha
darajadagi moliya va soliq organlarining faoliyatini umumlashtiradi, yangi
sharoitlarda ularning butun faoliyati davlat moliyaviy mablag’larini yagona
davlat xazinasida jamlashga qaratiladi.
Har qanday davlat va jamiyatning o’z oldiga qo’ygan maqsad va
vazifalarini bajarish uchun kuchli ijtimoiy himoya, ta’lim, sog’liqni saqlash,
mudofaa hamda boshqaruv organlarini saqlab turish zarur bo’ladi. Buning uchun
rivojlangan byudjet tizimini yaratish, mamlakat hududidagi mavjud daromad
1
Sh.Mirziyaev “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar
faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak”. T.: O’zbekiston. 2017 y.
85
manbalari va xarajat yo’nalishlari haqida aniq asoslangan tahliliy malumotlarga
ega bo’lish talab etiladi. Davr talabidan kelib chiqib, davlat byudjetining o’rta va
uzoq istiqboldagi rivojlanish yo’nalishlarini belgilab olish uchun ushbu
malumotlarni aniq va o’z vaqtida ta’minlab beruvchi mexanizm sifatida
G’aznachilik organlari oldiga davlat byudjeti g’azna ijrosini tashkil qilish, davlat
byudjeti ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, davlat byudjeti
ijrosi haqida axborotlarni to’plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek,
O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat
ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasi kafolatlarini bajarish kabi muhim vazifalar
yuklatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |