miqdordagi xarajatlarning qoplanishidir. E.Bukning fikriga ko’ra, byudjet 3 ta
komponentdan tashkil topgan: moliyaviy reja; bajariladigan ish tartibini tuzish,
tasdiqlash, rejani ijro etish va nazorat qilish; va ayrim hukumat vakillari bu har
bir rejani bajarishga va shu tartibda ijro etishga ma’suldirlar
1
.
Byudjet tizimi quyidagi printsiplarga asoslanadi:
Byudjet tizimining yagonaligi;
Byudjet tizimining O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy
tuzilishiga muvofiqligi;
Byudjet tizimi Byudjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi;
Byudjet tizimi Byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini
rejalashtirish;
Byudjet tizimi Byudjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq
yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati;
Byudjet tizimi Byudjetlarining mustaqilligi;
Byudjet
tizimi
Byudjetlari
mablag’laridan
foydalanishning
natijadorligi;
kassaning yagonaligi;
Byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi;
ochiqlik.
Byudjet tizimini professorlar T.S.Malikov va N.X.Haydarovlar quyidagicha
ta’riflaganlar: «Byudjet tizimi bu turli darajadagi Byudjetlar va Byudjet
mablag’lari oluvchilar yig’indisini, Byudjetlarni tashkil etishni va tuzish
tamoyillarini ifodalaydigan, Byudjet jarayonida ular o’rtasida, shuningdek
Byudjetlar hamda Byudjet mablag’lari oluvchilar o’rtasida vujudga keladigan
o’zaro munosabatlar majmuidir. Ko’pchilik hollarda, soddaroq tarzda, byudjet
1
Williams M. Government: Cash Management Its Interaction with Other Financial Policies.
International Monetare Fund Fiscal Attairs Department Technical Guidance Note. 2010. -201 p
74
tizimi deyilganda, mamlakatdagi mavjud byudjetlar to’plami (majmui)
tushuniladi»
1
Avvalo, byudjet jarayoni tushunchasining mazmuniga to’xtaladigan
bo’lsak, byudjet loyihasini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning
ijro etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash,
shuningdek Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o’rtasidagi o’zaro
munosabatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinishiga tegishli
bo’lgan davlat hokimiyat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari hamda
byudjet jarayoni ishtirokchilarining faoliyatiga byudjet jarayoni deyiladi.
Byudjet jarayoni — byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib
chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosini nazorat qilish,
byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tayyorlash va
tasdiqlash, shuningdek ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar jarayonidir
2
.
Davlat moliyasini boshqarish masalalari iqtisodiyot va moliya
nazariyasida markaziy o’rinni egallaydi. Iqtisodiyotni va davlat moliyasini
boshqarishdagi muammolar shundan iboratki, bozor xo’jaligi o’z-o’zini
tartiblovchi va rivojlantiruvchi tizim (bozorning “ko’rinmas qo’li”) bo’lishiga
qaramasdan, hech qachon davlat aralashuvisiz samarali ishlamagan. Tarixiy
taraqqiyotdan ma’lumki, umuman olganda, kapitalistik bozor xo’jaligining
yuzaga kelishi faol davlat aralashuvi bilan birga sodir bo’lgan. Masalan, 1563
yilda ingliz qirolichasi Elizaveta I milliy baliqchilikni qo’llab-quvvatlash va
unga bo’lgan talabni oshirish maqsadida o’z xizmatkorlariga haftasiga 2 marta
go’sht mahsulotlarini iste’mol qilishni ta’qiqlagan. 1666 yilda esa Angliyada jun
mahsulotlarini sotish bilan bog’liq qiyinchiliklarni tugatish uchun bir qator
tadbirlar amalga oshirilgan, xususan, vafot etgan fuqarolarni jun matodan
bo’lgan kiyimlarda dafn etish majburiy qilib qo’yilgan, bu qonunni buzganlarga
5 funt-sterling miqdorida jarima belgilangan.
1
Malikov T.S., Haydarov N.H. Budjet daromadlari va xarajatlari (o’quv qo’llanma) / Toshkent
Moliya instituti. – Toshkent. 2007. 200 bet.
2
O’zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksi (O’RQ-360-son. 26.12.2013)ning 3-moddasi asosida
75
Aksariyat hozirgi zamon iqtisodchi-olimlarning fikricha, bozorning
“ko’rinmas qo’li” davlatning “ko’rinadigan qo’li” bilan to’ldirilib turilishi kerak.
Bu borada kelishmovchiliklar, qarama-qarshi fikrlar yuzaga kelishining sababi
bu aralashuvning qay darajada bo’lishi bilan bog’liq, lekin davlatning
tartiblovchi tamoyili asosan ko’pchilik olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda.
Bunday yakdillikning asosiy sababi shundaki, olimlarning fikriga ko’ra, bozor
jamiyatda mavjud bo’lgan iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning barchasini o’z-
o’zidan hal qila olmaydi. Misol uchun, monopoliya sharoitida o’z-o’zini
tartiblash raqobatni rivojlantira olmaydi, bu esa tovarlar ma’lum turlari
narxining oshishiga olib keladi va natijada aholi daromadlari iqtisodiyotning
alohida bir sektorida ushlanib qoladi. Bunday hollarda bozor mexanizmi
samarasiz ishlay boshlaydi va iqtisodiy tanglik sharoitida iqtisodiyotni
barqarorlashtirishda bozor mexanizmi sust qatnashadi. Shuning uchun,
iqtisodiyotni tartiblovchi qo’shimcha mexanizmlarni ishlab chiqish ehtiyoji
tug’iladi. Ana shunday mexanizmlardan biri – davlatning iqtisodiyotni
tartiblovchi dastak va vositalaridir. Iqtisodiyotni faqat “ko’rinmas qo’l”ga
tashlab qo’yish ijobiy natija bermasligini va bu haqiqatning naqadar to’g’ri
ekanligini bugungi kundagi reallik, jahonda yuz berayotgan to’fonlar tasdiqlab
turibdi.
Xulosa qilib aytganda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblashning bosh
maqsadi – iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mamlakatda mavjud
ichki tuzumni mustahkamlash, mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy jarayonlarni
jahondagi o’zgaruvchan sharoitlarga moslashtirishdan iborat. Tartiblashning
boshqa barcha maqsad va vazifalari ana shu bosh maqsadga bo’ysundirilgan.
Bu borada davlat moliyasini boshqarish va tashkil qilishning oldida
qanday vazifalar turganini ta’kidlab o’tish o’rinli, ular
:
muvozanatlashtirilgan bozorga kirib borishda barqaror taraqqiyotga
erishish maqsadida maksimal darajada moddiy va moliyaviy rezervlarni qidirib
topish;
76
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari va maqsadli dasturlarning
samarali bajarilishini ta’minlovchi byudjet daromadlarining umumiy hajmini
to’g’ri belgilash;
umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan barcha tadbirlarni uzluksiz
moliyalashtirish ehtiyojini inobatga olgan holda, davlat byudjeti xarajatlari
umumiy hajmini to’g’ri belgilash va ularni optimallashtirish;
iqtisodiyotdagi
inflyatsion
tendentsiyalar
va
pul-kredit
nobarqarorligini bartaraf etishga, milliy pul birligining barqarorligini
ta’minlashga qaratilgan moliyaviy barqarorlashtirish dasturlarini davlat byudjet
siyosati chora-tadbirlari bilan muvofiqlashtirish;
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan noinflyatsion manbalar
hisobidan byudjet defitsitiga barham berish yoki uni qisqartirish;
iqtisodiy mintaqalar, xo’jalik sohalari va byudjetlar o’rtasida davlat
daromadlarini qayta taqsimlash yo’li bilan turli darajadagi byudjetlarni
balanslashtirish maqsadida byudjetni oqilona tartibga solishni amalga oshirish;
keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning samarali amalga
oshirilishini ta’minlash imkonini beradigan byudjetni o’rta va uzoq istiqbolga
mo’ljallab rejalashtirishning ahamiyatini oshirish;
soliq majburiyatlarini bajarishda alohida fuqarolar va yuridik
shaxslarning moliyaviy faoliyatlari ustidan nazoratni ta’minlash;
zamonaviy texnika va texnologiyalardan keng foydalanish asosida va
moliyaviy hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish orqali
byudjetlarni tuzish va ijro etish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqalar.
Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilishning asosiy yo’nalishlaridan biri
– mamlakatda davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimini joriy qilishdan
iborat. G’aznachilikni joriy etish byudjetning daromadlar qismida tushumlarning
to’liq va o’z vaqtida tushishini va xarajatlar qismida byudjet mablag’larining
maqsadli sarflanishining nazoratini kuchaytirish va pul oqimlarini samarali
boshqarish imkonini beradi. Davlat byudjetining kassaviy ijrosi sharoitida
77
Markaziy bank va uning topshirig’iga muvofiq tijorat banklari davlat
byudjetining kassa ijrosini amalga oshiradilar. “Byudjet tizimi to’g’risida”gi
O’zbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasiga muvofiq, “Davlat
byudjetining kassa ijrosini tashkil etish, shuningdek uning davlat daromadlari va
xarajatlarini hisobga olish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Davlat byudjetining kassa ijrosi operatsiyalarini banklar Markaziy bankning
topshirig’iga binoan bajaradi.
Byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlari ularning hisobvaraqlaridagi
byudjet mablag’lari qoldiqlari doirasida to’lov topshiriqnomalari bo’yicha
amalga oshiriladi.
Davlat byudjetining g’azna ijrosini tashkil etish, shuningdek, uning davlat
daromadlari va xarajatlarini hisobga olish O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi G’aznachiligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
bilan birgalikda amalga oshiriladi. Davlat byudjeti ijrosi g’aznachilik tizimining
joriy etilishi quyidagi ijobiy natijalarga erishishga imkoniyat beradi:
davlat moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol
ko’rsatkichlarini doimiy nazorat qilish;
davlat moliyasining holati to’g’risidagi tezkor va muntazam ravishda
axborotlarni yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish;
davlat byudjeti daromad va xarajatlari kassa ijrosining har kungi
aniqlashtirilgan monitoringini o’tkazish;
tasdiqlangan byudjet mablag’lari doirasida byudjet tashkilotlarining tovarlar
va xizmatlar etkazib beruvchilar oldidagi majburiyatlarini qabul qilish bosqichida
dastlabki nazoratni amalga oshirish;
moliya organlari tomonidan byudjet xarajatlarini o’z vaqtida va manzilli
moliyalashtirish orqali byudjet mablag’larini bosh taqsimlovchilari tomonidan
suiste’mol qilish va noto’g’ri ishlatishning oldini olish maqsadida joriy nazorat
olib borish;
78
byudjet tashkilotlari majburiyatlarni olgandan keyin pul mablag’larini
G’aznachilik hisobraqamidan to’g’ridan-to’g’ri tovar etkazib beruvchilar
hisobraqamiga o’tkazish orqali pul oqimlari harakatini tezlashtirish;
o’z vaqtida to’lovni amalga oshirish orqali ta’minotchilarning moliyaviy
imkoniyatlarini yaxshilash;
g’aznachilik tizimining bir pog’onasidan ikkinchi pog’onasiga pul
mablag’lari o’tkazishni tezlashtirish orqali byudjet mablag’larining tezkor
harakat qilishini ta’minlash.
G’aznachilik tizimida Davlat byudjeti xarajatlarini, birinchi navbatda,
birinchi darajali xarajatlarni o’z vaqtida to’lash, kassaviy uzilish holatlarining
oldini olish, bir mintaqaga tushadigan resurslarni boshqa mintaqaning
majburiyatini ta’minlash uchun yo’naltirish yo’li bilan markazlashgan tarzda
turli darajadagi byudjetlarning daromadlarini boshqarish mexanizmini joriy
qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |