Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

 

 

 

 

 

 

 


 

70

4-MAVZU: BYUDJET TIZIMI BYUDJETLARI G’AZNACHILIK  



IJROSINING NAZARIY JIHATLARI 

Reja: 

1. Byudjet g’azna ijrosining zarurligi, mohiyati va mazmuni. 

2.  O’zbekistonda  davlat  byudjeti  g’aznachilik  ijrosiga  o’tishning 

bosqichlari. 

3.  G’aznachilik  ijrosini  amalga  oshirishning  tashkiliy  elementlari  va 

xususiyatlari 

 

1. Byudjet g’azna ijrosining zarurligi, mohiyati va mazmuni 

O’zbekiston 

Respublikasida 

iqtisodiyotni 

erkinlashtirish 

va 


modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida chuqur iqtisodiy islohotlar 

amalga  oshirilmoqda.  Bu  islohotlar,  qator  vazifalar  bilan  birgalikda,  davlat 

moliyasini  boshqarish  samaradorligini  oshirishni  nazarda  tutadi.  Bunda  davlat 

moliyasini  boshqarish  shakllari  va  usullarini  takomillashtirish,  fan-texnika 

taraqqiyoti  yutuqlari,  elektron  hisoblash  mashinalari  va  boshqa  texnik  vositalar 

yordamida  axborotni  jamlash,  qayta  ishlash,  uzatish  qoidalari  va  usullarini 

o’zlashtirish asosida axborotlashtirishni yanada rivojlantirish talab etiladi.  

   Davlat  Byudjeti  orqali  hududlarning  ijtimoiy-iqtisodiy    rivojlanishini  

moliyaviy    mablag’lar  bilan    ta’minlashda,    respublikamizda  qabul  qilingan 

ijtimoiy dasturlarni, birinchi navbatda,  aholining  ijtimoiy nochor  tabaqalarini  

aniq  tarzda    qo’llab-quvvatlash,  sog’lom  avlodni  tarbiyalash  asosida    aholi  

farovonligini   oshirishga   qaratilgan  kuchli  ijtimoiy   siyosatning    ta’sirchanligi  

va  aniq    tarzda    moliyaviy  qo’llab-quvatlashni  kuchaytirishda  mahalliy 

Byudjetlarni samarali ijrosining ahamiyati katta. Bozor iqtisodiyotida davlatning 

moliyaviy  resurslarni  boshqarish    ahamiyati  beqiyos  hisoblanadi,  shu  sababli 

respublikamizda Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishda g’aznachilik tizimiga 

o’tish zaruriyati paydo bo’lmoqda. 



 

71

Byudjet  tizimi  mamlakat  moliya  tizimining  muhim  bo’g’ini  bo’lib,  uning 



muvaffaqiyatli tashkil etilishi samarali byudjet siyosatining asosini tashkil etadi. 

Davlat  moliyasi  tizimidagi  tub  islohotlar  natijasida  byudjetning  g’azna  ijrosiga 

o’tilishi  shuningdek,  byudjetning  o’rta  muddatli  istiqbolini  belgilashga  o’tish 

chora-tadbirlari  mamlakatimizda  izchillik  bilan  amaliyotga  joriy  etilmoqda. 

Jahon  andozalari  va  xalqaro  byudjet  amaliyotining  yangi  qat’iy  talablari  va 

mezonlari  asosida  davlat  byudjetining  o’rta  muddatli  istiqbolini  belgilash 

tizimiga  o’tishning  joriy  etilishi,  rivojlangan  mamlakatlarda  samarali  amal 

qilayotgan  natijaviylikka  asoslangan  byudjetlashtirish  amaliyotga  joriy  etilishi 

byudjet  tizimi  oldiga  ham  ulkan  vazifalar  qo’yadi.  Byudjet    so’zi  15-asrlarda 

paydo  bo’lgan  bo’lib,  O’rta  asrlardagi  Fransuz  tilidan  “bougette”,  qadimgi 

fransuz  tilidagi  “bouje”,  ya’ni  “charm  sumka, hamyon,  kichik  charm  sumka”, 

lotin  tilidagi  “bulga”  so’zidan  olingan  bo’lib,  “charm  sumka”  degan 

ma’nolarni anglatadi. Zamonaviy moliyaviy ma’nosi (1973) g’aznachilik vaziri 

fiskal rejalarini o’zining hamyonida saqlashi degan tushunchani beradi. Boshqa 

ma'nosi  18-asrda “yangiliklar shodasi” bo’lib ko’chdi, shu sababdan bu so’zni 

ishlatish ayrim gazetalar uchun sarlavha sifatida ishlatilgan. 

 

Oksford lug’atida keltirilishicha, byudjet – ma’lum davr uchun daromad 

va xarajatni hisoblash degan ma’noni anglatadi: Moliya Vaziri tomonidan yillik 

daromad  va  xarajatlarni    muntazam  baholash  ya'ni    oldinga  qo’yilgan 

maqsadga  muvofiq  kerakli  pul  mablag’ini  anglatadi.  Merrayam-Vebster 

lug’atiga  ko’ra,  Byudjet  qanday  qilib  sarflanishi  rejalashtirilganligiga  bog’liq 

holda sarflanishga qodir bo’lgan pul mablag’i miqdoridir  ya'ni, pul miqdorini 

qancha  sarflanishi  mumkinligini  va  kelajakda  qancha  sarflanishidir.  Bu 

hukumat 

tomonidan 

belgilangan 

davr 

ichida 

qancha 

sarflanishi 

rejalashtirilganligi  va  xarajatlar  uchun  qancha  to’lanishi  haqidagi  rasmiy 



 

72

ma’lumot. Rene Stourmning fikriga ko’ra: “byudjet – davlatning yillik tushumi 



va xarajatlarini prognoz qiladi va tasdiqlaydi”.

1

 

Byudjet  tuzilishi  mamlakatning  davlat  byudjeti  va  byudjet  tizimini,  uning 

bo‘g‘inlari  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlarni  tashkil  qilish  shakllarini,  Byudjet 

tasnifini, Byudjet  tizimiga  kiradigan  barcha  darajadagi Byudjetlar faoliyatining 

huquqiy  asoslarini,  Byudjetlar  tarkibi  va  tuzilmasini,  Byudjet  mablag‘larini 

shakllantirish va sarflashdagi tartib-qoidalar va boshqalarni belgilab  beradi.  

Byudjet  tuzilishining  qanday  tuzilganligi  mamlakatning  ma’muriy-

hududiy  tuzilishiga  va  hukumat  organlarining  vakolatlari  taqsimotiga  bog‘liq 

bo‘ladi.  Markaziy  hukumat  bilan  mamlakatning  ma’muriy-hududiy  tuzilmalari 

(shtatlar,  provinsiyalar,  oblastlar,  o‘lkalar  kabi)  o‘rtasida  hokimiyat 

vakolatlarining  taqsimlanishiga  ko‘ra  barcha  davlatlar  unitar  va  federativ 

(federativ davlatlarda davlat tuzilishining ikki shakli – federativ va konfederativ 

davlat tuzilishi mavjud) davlatlarga bo‘linadi. Unitar va federativ (konfederativ) 

davlat tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagi chizmada aks ettirilgan. 

O‘zbekiston Respublikasining Byudjet tuzilishi O‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasi,  O‘zbekiston  Respublikasining  Byudjet  kodeksi,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisining  har  yili  qabul  qilinadigan  “O‘zbekiston 

Respublikasining  davlat  Byudjeti  to‘g‘risidagi”  Qonuni  va  O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

“O‘zbekiston 

Respublikasining 

asosiy 

makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlari  va  davlat  Byudjeti  parametrlari  prognozlari 

to‘g‘risida”gi Qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida belgilanadi.  

Byudjet  birinchi  navbatda  aniq  olingan  vaqt  davomida  daromadlar  va 

xarajatlarni  prognoz  qiladi.  U  shu  bilan  birga  asosli  huquqlar  asosida 

xarajatlar  qilish  va  daromadlarni  yig’ish  demakdir.    Davlat  byudjeti  o’zining 

resurslari  hisobi  va  bu  resurslarni  ma’muriy  va  ijtimoiy  talablar  uchun  katta 

                               

1

  Williams    M.  Government:  Cash    Management    Its    Interaction  with    Other  Financial      Policies. 



International Monetare  Fund Fiscal Attairs Department Technical  Guidance  Note. 2010. -201 p 

 



 

73


Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish