4. Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot va uni tasdiqlash
Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobot byudjet ijrosining yakuni
(natijalari)ni o’zida ifoda etadi. Shu munosabat bilan Respublika byudjetidan
moliyalashtiriladigan byudjet mablag’lari oluvchilar byudjetidan ajratiladigan
mablag’lardan hisobot davrida foydalanganlik to’g’risidagi hisobotlarni
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan
muddatlarda takdim etishi kerak. Shunga mos ravishda Qoraqalpog’iston
Respublikasi byudjetidan hamda mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan
byudjet mablag’lari oluvchilar byudjetdan ajratiladigan mablag’lardan hisobot
davrida foydalanganlik to’g’risidagi hisobotlarni tegishli moliya organlariga
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda
taqdim etmoqlari lozim.
64
Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot byudjet tasnifiga muvofiq
muayyan davr uchun Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining ijrosi
natijalaridan iborat bo’ladi.
Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot quyidagi hisobot shakllarini
o’z ichiga oladi:
- Davlat byudjeti ijrosining balansi;
- Davlat byudjeti daromadlarining ijrosi to’g’risidagi hisobot;
- Davlat byudjeti xarajatlarining ijrosi to’g’risidagi hisobot;
- byudjet tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzlari
to’g’risidagi ma’lumotnoma;
- Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari
bo’yicha tarmoq, shtatlar va kontingentlarga doir rejaning
bajarilishi to’g’risidagi hisobot.
Tumanlar va shaharlar bo’yicha g’aznachilik bo’linmalari tegishli tumanlar
va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlariga tumanlar va shaharlar
byudjetlarining kassa ijrosi to’g’risidagi hisobotni taqdim etadi.
Tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari hisobot davri
uchun tumanlar va shaharlar byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar
bo’yicha:
yuqori turuvchi moliya organlariga – ular belgilagan muddatlarda;
tegishli hokimliklarga – tumanlar va shaharlar byudjetlarining ijrosi
to’g’risidagi hisobot yuqori turuvchi moliya organlariga taqdim etilganidan
so’ng uch ish kuni ichida taqdim etadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha
g’aznachilik boshqarmalari Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika
byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar
byudjetining kassa ijrosi to’g’risidagi hisobotni tegishincha Qoraqalpog’iston
Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining
moliya boshqarmalariga taqdim etadi.
65
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan tegishli byudjetlarning kassa ijrosi
to’g’risidagi hisobotlarni moliya organlariga taqdim etish tartibi O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari hisobot davri uchun
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo’yicha:
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga – u belgilagan muddatlarda;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va tegishli
hokimliklarga – Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobot
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etilganidan so’ng uch ish
kuni ichida taqdim etadi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu moddaning ikkinchi
qismida ko’rsatilgan shakllar bo’yicha Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi
yillik hisobotni tuzadi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga:
Davlat byudjeti ijrosining borishi to’g’risidagi choraklik hisobotni
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan
muddatlarda;
Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi yillik hisobotni hisobot yilidan
keyingi yilning 1 apreligacha taqdim etadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining va
davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi yillik
hisobotni O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga tashqi audit o’tkazish va
baholash
uchun
hisobot
yilidan
keyingi
yilning
5 apreligacha yuboradi.
66
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat byudjetining va davlat
maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi yillik hisobotga doir
xulosani
hisobot
yilidan
keyingi
yilning
10 mayidan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
yuboradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining va
davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi yillik
hisobotni O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga
hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent
shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tegishli byudjetlar ijrosi to’g’risidagi
yillik hisobotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 10 mayidan so’ng tegishincha
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar
va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlariga taqdim
etadi.
Tegishli byudjetning ijrosi to’g’risidagi yillik hisobot tegishincha
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va
Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari qarorlari bilan
tasdiqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli hisobot davri
uchun taqdim etilgan Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari
byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasining siyosiy partiyalar fraktsiyalari, deputatlar
guruhlari va qo’mitalarida muhokama qilish asosida ko’rib chiqadi.
Tegishli hisobot davri uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli
jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobot O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining siyosiy partiyalar
fraktsiyalari, deputatlar guruhlari va qo’mitalarida ko’rib chiqilgandan so’ng
67
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida ko’rib
chiqiladi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi
to’g’risidagi yillik hisobot O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangandan so’ng hisobot yili uchun
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi
to’g’risidagi axborot O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-
saytiga joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |