- 2002 yilda “Davlat moliyasini boshkarishni isloh kilish” loyihasi ma’qullandi
hamda uni tayyorlash va amalga oshirish bo’yicha mas’uliyat Moliya vazirligiga
yuklatildi. Mazkur loyihaning maqsadi “davlat moliyasini boshqarishni
takomillashtirish, zamonaviy kompyuterlar va axborot texnologiyalaridan
foydalangan holda byudjet mablag’larining samarali sarflanishini ta’minlash,
byudjet ijrosining yangi tizimini yaratishdan iborat”
1
bo’ldi.
2004 yilda O’zbekiston Respublikasining “Davlat byudjetining
g’azna ijrosi to’g’risida”gi Qonunini qabul qilindi. Bu Qonun byudjet
xarajatlarini boshqarish va nazorat qilish jarayonlariga keskin o’zgartirishlar
kiritdi. Ushbu Qonunning maqsadi O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti-
ning (shu jumladan davlat maqsadli jamg’armalarining) va byudjet tashkilot-
larining byudjetdan tashqari mablag’larining g’azna ijrosi sohasidagi munosa-
batlarni tartibga solishdan iborat bo’ldi. “Davlat byudjeti g’azna ijrosi
to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi o’z navbatida byudjetdan mablag’
oluvchilarning tovarlarni etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnomalarini
ro’yxatdan o’tkazish hamda ularning xarajatlarini to’lashga qaratilgan byudjet
mablag’larining harakatini nazorat qilish tartibini aniqlash va belgilashni taqozo
etadi.
2005 yilda Moliya vazirligi tarkibida davlat byudjetining g’azna
ijrosini joriy qilish uslubiyoti boshqarmasi tashkil etildi. Davlat byudjetining
g’azna ijrosini joriy etish – keng qamrovli masala bo’lib, o’zaro bog’liq bo’lgan
qator masalalarni hal qilishni talab etardi, xususan, g’aznachilik faoliyatining
uslubiy asoslarini shakllantirish, hisob va hisobot tizimini qayta tuzish, yagona
g’azna hisobvarag’ini ochish va shu kabi masalalar Uslubiyot boshqarmasi
1
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish
loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 144-son (26.04.2002) Qarori,
3-band.
90
faoliyatining diqqat markazida bo’ldi va byudjetning g’azna ijrosi
metodologiyasini yaratishga qaratildi.
2007 yilda respublikaning barcha hududlarida davlat
byudjetining g’azna ijrosi elementlari joriy etildi, davlat byudjeti xarajatlarining
iqtisodiy tasnifiga ko’ra barcha guruhlari bo’yicha ijrosi g’aznachilik bilan
qamrab olindi.
2007 yilda Davlat byudjetining g’azna ijrosini tadbiq etish
hisobiga byudjet tizimini yanada isloh etish, zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag’larining maqsadli
sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi byudjet
daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida
Moliya vazirligi Davlat byudjetining g’azna ijrosini tadbiq etish va uslubiyoti
boshqarmasi hamda mahalliy moliya organlarining g’aznachilik bo’linmalari
negizida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning
hududiy bo’linmalari tashkil etildi.
2009 yilda davlat byudjeti bilan birgalikda, davlat maqsadli
jamg’armalarining ham ijrosi G’aznachilikka o’tdi. Bu maqsadda davlat
maqsadli jamg’armalari mablag’lari harakatini ta’minlovchi tegishli banklardagi
ularning hisobraqamlari yopilib, G’aznachilikda ular uchun shaxsiy
hisobraqamlar ochildi va ularning daromadlari tushumi va harajatlari to’lovi shu
hisobraqamlardan amalga oshirila boshlandi.
2010 yildan boshlab tajriba tariqasida davlat byudjetining
bojxona orqali tushuvchi daromadlari ijrosi g’aznachilik orqali amalga oshirila
boshladi;
2011 yildan boshlab yangi byudjet tasnifiga asoslangan, davlat
byudjeti g’azna ijrosini amalga oshirishga xizmat qiluvchi G’aznachilik dasturiy
majmui ishga tushirildi.
2011 yilning 7 fevralida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti-
ning “Davlat xaridlari tizimini muqobillashtirish va ularga kichik biznes
sub’ektlarini jalb qilishni kengaytirish to’g’risida”gi PQ-1475-sonli qarori qabul
91
qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko’rsatilgan vazifa-
larning bajarilishini ta’minlash uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat
xaridlari bo’yicha hukumat komissiyasi tashkil qilindi va uning ishchi organi
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi deb belgilandi.
G’aznachilik tashkiliy tuzilmasi tarkibida esa “Davlat xaridlarini amalga
oshirish jarayoni monitoringi axborot-tahlil bo’limi” tarkib topdi.
2012 yilning 1 yanvaridan boshlab O’zbekiston Respublikasi
“Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi qonuni talablaridan kelib
chiqib, Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari G’aznachilikning Yagona
g’azna hisobvarag’idan amalga oshirila boshlandi. Yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan davlat byudjetiga o’tkaziladigan soliqlar va majburiy to’lovlar
banklar tomonidan qabul qilinadigan va belgilangan tartibda 23402-, 23403-,
23407-, 23409-, 20207-, 20205- va 23411-sonli balans hisobraqamlarda
ochilgan shaxsiy hisobraqamlarga (ShHR) kirim qilinadigan va ular hisobidan
tegishli byudjetlar va davlat maqsadli jamg’armalari hisobiga belgilangan
miqdorlarda ajratmalar amalga oshiriladigan tartib joriy etildi.
2014 yildan Byudjet kodeksining amalga kiritilishi byudjet
tizimi byudjetlari g’azna ijrosini tashkil etishning qonuniy bazasini yanada
mustahkamladi.
2016 yilda respublikamiz bir necha yillardan buyon davlat
moliyasini isloh etishda davlat byudjet daromadlarini g’azna ijrosi bilan qamrab
olish islohotlarning eng muhim bosqichi hisoblanadi. Shu munosabat bilan
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 martdagi (ro’yxat
raqami №02-02/1-860, 2016 yil 14 mart) 1-sonli bayonnomasiga muvofiq 2016
yilning 1 aprelidan 1 iyuniga qadar byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini
yig’ishning amaldagi tartibni saqlab qolgan holda O’zbekiston Respublikasi
byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab
olishning sinov (test) jarayonini amalga oshirish, shuningdek Moliya vazirligi
axborot tizimi hamda Markaziy bank, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona
qo’mitasi va daromadlarni yig’ishga vakolatli bo’lgan tegishli organlar va
92
tashkilotlar axborot tizimlari o’rtasida ma’lumot almashinuvini yo’lga qo’yish,
shuningdek, 2016 yilning 1 iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasi byudjet
tizimi byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi mexanizmi bilan to’liq qamrab
olish vazifasi yuklatildi. Bunda 2016 yil 1 iyulidan byudjet tizimining
byudjetlari daromadlarini g’azna ijrosi mexanizmi bilan respublikaning barcha
hududlarida joriy qilish nazarda tutilgan.
2017 yildan byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosini tashkil etish
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2016 yil 22 noyabrdagi 88-son
buyrug’iga ko’ra O’zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016 yil
22 dekabrda №2580 raqami bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “O’zbekiston
Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari”da
belgilangan mexanidm asosida tashkil etildi. Bunda byudjetdan mablag’
oluvchilarning yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro’yhatdan o’tkazishda
tegishla hujjatlarni UzASBO tizimi orqali g’aznachilik bo’linmalariga uzatish
va O’RMVAT tizimida hisobga olishning amaldagi byurokratik tizimdan
elektron tizimiga o’tilishi asosida g’aznachilik ijrosining yanada samarali ijrosi
ta’minlandi.
2017 va 2018 yillarda davlat va korporativ xaridlar tizimini
zamonaviy uslub va uslubiyot asosida tashkil etish chora tadbirlari belgilandi.
Bunda davlat xaridlarini samarali, korruptsiyadan xoli va shaffof tarzda tashkil
etilishi maqsadida qonun hujjatlari shakllantirildi.
93
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |