Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

G’aznachilik  organlari.  G’aznachilik  yuridik  shaxs  maqomiga  ega  bo’lgan, 

Moliya  Vazirligiga  bo’ysunadigan  davlat  organi  hisoblanadi.  G’aznachilikning 

Qorag’alpog’iston  Respublikasi  G’aznachilik  Boshqarmasi,  Toshkent  shahar  va 

viloyatlar Boshqarmasi, shahar va tumanlarda G’aznachilik bo’limlari kabi hududiy 

organlari  faoliyat  qiladi.  G’aznachilikka  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vaziri 

o’rinbosari, O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi tomonidan  tayinlangan 

Davlat  G’aznachisi  rahbarlik  qiladi.  G’aznachilikning  hududiy  organlari  huquqiy 

shaxs  maqomiga  ega  emas.  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  Vazirligining 

buyrug’iga  muvofiq  G’aznachilikning  hududiy  organlari  tuziladi  va  tugatiladi. 

G’aznachilik  organlarining  xarajatlarini  moliyalashtirish    respublika  byudjetidan 

amalga oshiriladi.  

G’aznachilik  organlari –  Moliya  vazirligining  konsolidatsiyalashgan  byudjetning 

kassa ijrosi uchun, davlat daromadlari va xarajatlari xisobini olib borilishi uchun, davlat 

xarajatlariga moliyaviy resurslarning etarli bo’lishini ta’minlash uchun mas’ul bo’lgan 

tarkibiy bo’lim xisoblanadi. 

Islohotlar  jarayonida  byudjet  tashkilotlari,  yuridik  shaxs  maqomini  olgan 

tashkilotlar  aniqlanadi.  Har  tomonlama  axborot  bilan  ta’minlash  uchun  byudjet 

tasnifidan  foydalaniladi.  G’aznachilikning  Bosh  Boshqarmasi  byudjetni 

shakllantiradi  va  barcha  byudjet  tashkilotlari  faoliyatini  boshqaradi.  G’aznachilik 

byudjetdan  mablag’  oluvchilardan  boshqarish  funktsiyalarini  tortib  olmaydi, 

byudjetning  bajarilish  jarayonini  yaxshilash  uchun  ularni  yanada  kengroq 

axborotlar  bilan  ta’minlaydi.  Byudjet  tasnifi  bo’yicha  berilgan  xarajatlar 




97 

 

to’g’risidagi  axborotlar  butun  yil  bo’yi  xarajatlar  tendentsiyasini  va  xarajatlarni 



amalga  oshirish  uchun  qo’shimcha  kerak  bo’ladigan  ehtiyojlarni  aniqlashga 

yordam  beradi.  G’aznachilikning  faoliyat  ko’rsatishi  naqd  pullarni  to’g’ri  va 

samarali  boshqarish  yo’li  bilan  byudjetga  ishonchni  mustahkamlashga  yordam 

beradi.  Darmomadlar  rejasi  bajarilmagan  holatda  boqimandalik  muammosini 

echishga harakat qiladi.  

Xorijiy mamlakatlar tajribalari ko’rsatadiki, g’aznachilikning asosiy vazifalari 

bir-biriga o’xshaydi: 

1. 


Davlat byudjetining kassali ijrosini amalga oshirish. 

2. 


Davlatning moliyaviy aktivlarini boshqarish. 

3. 


Davlat qarzlarini boshqarish. 

4. 


Davlatning  moliyaviy  resurslari  hisob-kitobini  yuritish,  yig’ish, 

ishlash, tahlil qilish tizimining faoliyat ko’rsatishini ta’minlash. 

5. 

Davlat  moliyasining  holati  to’g’risida  doimiy  ravishda  hisobotlarni 



tayyorlash va taqdim qilish. 

6. 


Moliyaviy nazoratning qoidalarini va mexanizmlarini ishlab chiqish va 

amaliyotga kiritish. 

7. 

Davlat  moliyasi  to’g’risidagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  Moliya 



vazirligiga  berilgan  huquqlar  doirasida  byudjet  tashkilotlari  moliyaviy  faoliyati 

ustidan nazoratni amalga oshirish

26



G’aznachilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 



  Davlat byudjetinining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli 

darajadagi  byudjetlar  o’rtasida  taqsimlash,  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning 

xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti ijrosi to’g’risida hisobot tuzish; 

  Davlat  byudjeti  mablag’larini  yagona  g’aznachilik  hisob  raqami, 

shuningdek  tegishli  byudjetlar  daromadlari  va  xarajatlari  o’rtasidagi  kassa 

                               

26

Pulatov D.X., Nurmuxmedova B.I. “G’aznachilik” Darslik . – T.: Sano-standart, 2014y. – 372 b.



 

 



98 

 

uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g’aznachilik hisob raqamlarini 



joriy etish orqali boshqarish; 

  byudjet tashkilotlarining tovarlar etkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, 

xizmatlar  ko’rsatuvchilar)  bilan  shartnomalarini,  shuningdek  Davlat  byudjeti 

mablag’lari  hisobidan  kapital  qurilish  bo’yicha  buyurtmachilarning  shartnomalari 

xarajatlar smetasida ko’rsatilgan summalar va maqsadlarga qat’iy muvofiq ravishda 

tuzilishi  ustidan  qattiq  nazorat  o’rnatish  asosida  mazkur  shartnomalarni  majburiy 

ro’yxatdan o’tkazish tartibini  joriy  etish orqali  byudjet  tashkilotlarining  maqsadga 

nomuvofiq, asossiz xarajatlarining oldini olish; 

  byudjet  tashkilotlarini,  shu  jumladan,  mudofaa  va  xavfsizlik  tuzilmalarini 

moliyalashtirishga  yo’naltiriladigan  byudjet  mablag’laridan  foydalanishni 

maqbullashtirish  yuzasidan  monitoring  olib  borish,  bunda  ular  tomonidan 

tuzilayotgan  shartnomalarning  sifati  ta’minlanishini,  ularning  maqsadga 

muvofiqligi va narx-navo echimini nazarda tutish hamda qoidaga ko’ra, vositachilik 

xizmatlaridan voz kechish; 

  xarajatlar  smetasi  va  ro’yxatga  olingan  shartnomalarda  nazarda  tutilgan 

qat’iy  summalar  doirasida  tovarlar  etkazib  beruvchilar  (ishlarni  bajaruvchilar, 

xizmatlar  ko’rsatuvchilar)ning  bevosita  hisob  raqamlariga  byudjetdan  mablag’ 

oluvchilar  nomidan  va  ularning  topshirig’i  bo’yicha  to’lovlarni  amalga  oshirish 

orqali  to’lov  intizomiga  so’zsiz  rioya  etilishi  ustidan  ta’sirchan  nazoratni 

ta’minlash; 

  Davlat byudjeti g’azna ijrosining buxgalterlik hisobi va hisobotini yuritish, 

Davlat  byudjeti  ijrosi  haqida  axborotlarni  to’plash,  qayta  ishlash  va  tahlil  qilish, 

shuningdek O’zbekiston  Respublikasining  davlat  ichki  va  tashqi qarzlariga xizmat 

ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish. 




Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish