byudjetning daromadlari mazkur byudjetni ijro etuvchi tegishli kassada jamg’arilishi
tushuniladi
29
. Shuningdek, ushbu byudjetdan mablag’ bilan ta’minlanuvchi barcha
tashkilotlarga pul mablag’lari ushbu kassa orqali beriladi.
Bunda konsolidatsiyalashgan byudjetni ijro qilish maqsadida va davlat moliyasi
bilan qilinadigan barcha jarayonlarni o’z vaqtida va aniq hisobini qilish uchun
g’aznachilikning hisob-kitob schyotlari davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining
tasnif tizimiga mos kelishi kerak. Byudjetning daromad qismini ijro etish yuridik va
jismoniy shaxslardan soliq va soliqsiz to’lovlar undirish hisobiga amalga oshiriladi.
Bunda yuridik va jismoniy shaxslar tegishli to’lovlarni qonunda belgilangan
muddatlar va tartiblarda mustaqil ravishda hisoblaydilar va byudjetga to’laydilar.
Byudjetning daromadlar qismi ijrosida soliq organlarining funktsiyasi tartibga
soluvchi soliqlarni taqsimlash, noto’g’ri to’langan summalarni qaytarish va byudjet
daromadlari tushumi hisobini olib borishdan iborat bo’ladi.
29
Steven M. Bragg. Treasury management: The Practitioner’s Guide /Published by John Wiley &Sons,
Inc., Hoboken, New Jersey/ 2010
102
Byudjetning tushumlar bo’yicha ijrosini tashkil etib, G’aznachilik organlari
tushumlar tushishining qisqa muddatli prognozi va byudjetning daromadlar qismi
ijrosining tahlilini amalga oshiradi. Mamlakatda moliyaviy va iqtisodiy barqarorlikni
saqlash, narxlar va ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich erkinlashtirish byudjet
tizimini izchil va tizimli tarzda rivojlantirishni ta’minlaydi.
G’aznachilik - davlat byudjeti ijrosini ta’minlashning bir shakli bo’lib, unda
maxsus idora davlat soliqlarini yig’imi va ulardan foydalanishni ta’minlaydi,
mablag’lar ustidan nazorat amalga oshiriladi, shuningdek, davlat tashqi va ichki
qarzlarini boshqaradi hamda byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar, byudjet
tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari pul oqimlari monitoringini olib
boradi.
Bugungi kunga kelib, barchasida ushbu tizim joriy qilindi va ayni paytda
mutaxasislar mavjud tizimni takomillashtirish ishlari bilan band.
Yuqoridagi fikrlarimizga xulosa shuki, davlat moliyasi boshqaruvining
tuzilishini tarixiy rivojlantirishda nainki ilmiy, balki amaliy tajribalarga ham
tayaniladi.
O’zbekistonda davlat byudjeti g’azna ijrosini joriy etishdan ko’zlangan
maqsad quydagilardan iborat:
byudjet mablag’laridan samarali foydalanish;
byudjet nazoratini kuchaytirish;
byudjet ijrosi yuzasidan hisobot muddatlarini qisqartirish.
G’aznachilik joriy etish byudjet daromadlarining to’liq va o’z vaqtida
tushishini va harajatlar qismida byudjet mablag’larining maqsadli sarflanishini
nazoratini kuchaytirish va pul oqimlarini samarali boshqarish imkonini beradi.
Mazkur tizimni joriy etish orqali byudjet bajarilishini kuzatish, boshqaruv
qarorlarini qabul qilishda qulaylik yaratish, byudjet mablag’larini maqsadsiz
sarflanishidan ximoyalash va byudjetni rivojlantirish va prognozlashtirish sifatini
oshirish mumkin.
103
Konsolidatsiyalashgan byudjetni ijro qilish va davlat byudjeti mablag’lari
xisobiga moliyalashtirilayotgan barcha jarayonlarni o’z vaqtida va aniq hisobini
yuritish maqsadida G’aznachilik xisob – kitoblar schetlari davlat byudjeti
daromadlari va xarajatlarining tasnif tizimi bilan moslashtiriladi.
G’aznachilik tizimini joriy qilish bilan bog’liq bo’lgan asosiy ishlar
quyidagilardan tashkil topadi:
byudjet daromadlari va xarajatlari bo’yicha barcha opertsiyalar turli
banklarda ochilgan ko’plab byudjet xisob raqamlari o’rniga markaziy bankda
ochiladagan Moliya vazirligining yagona G’azna xisobvarag’iga jamlanadi;
byudjet tashkilotlari xarajatlarini xisobga olish va byudjet mablag’laridan
foydalanishni nazoartni qilish, hamda xisobotlar tayyorlash uchun ularning shaxsiy
hisobvaraqlari G’aznachilikda ochiladi va yuritiladi;
tijorat banklar ijrosi o’rniga G’aznichilik tomonidan byudjet kassa ijrosini
amalga oshirilishi va byudjet jarayonining barcha bosqichlari, ya’ni daromadlar
tushumi, byudjet mablag’lari ajratishdan tortib byudjet ijrosi xisobotini
tayyorlashgacha bo’lgan ishlar birlashtiriladi;
zamanaviy axborot texnologiyalari va dasturiy ta’minotni qo’llagan xolda
G’aznachilikning yagona axborot tizimi shakllantiriladi va u davlat byudjeti
daromadlari va xarajatlari kassa ijrosining kundalik monitoringini ta’minlaydi,
barcha darajadagi byudjetlar holati haqida ma’lumotlarni tezkor yig’ish, qayta
ishlash va taxlil qilish imkonini beradi.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi G’aznachilik tizimini O’zbekistonda
ham joriy etish va rivojlantirish, davlatning moliya – axborot tizimini joriy etish,
davlat moliyasining holati to’g’risida tezkor va ishonchli axborotlar olish imkonini
beradiki, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishni ta’minlaydi.
Mamlakatimizda davlat byudjetining g’aznachilik tizimini joriy etilishi
quyidagi ijobiy natijalarga erishish imkonini beradi:
104
- davlat moliyaviy resurslasrini real hajmini va uning istiqbol ko’rsatkichlarini
doimiy nazorat qilish;
- davlat moliyasininig holati to’g’risida tezkor va muntazam ravishda
axboratlarni yig’ish,ishlov berish va tahlil qilish;
- davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qisimlarini kassa ijrosini xar
kungi aniqlashtirilgan monitoringini o’tkazish;
- tasdiqlangan byudjet mablag’lari doirasida byudjet tashkilotlarining tovarlar
va xizmatlar etkazib beruvchilar oldidagi majburyatlarini qabul qilish bosqichida
dastlabki nazoratni amalga oshirish;
-moliya organlari tomonidan byudjet xarajatlarini o’z vaqtida va adresli
moliyalashtirish bilan birga byudjet mablag’larini bosh taqsimlovchilari tomonidan
suistmol qilish va noto’g’ri ishlatishning oldini olish maqsadida joriy nazorat olib
borish;
- byudjet tashkilotlari majburyatlarni olgandan keyin pul mablag’larini
G’aznachilik xisob raqamida to’g’ridan-to’g’ri tovar etkazib beruvchilar xisob
raqamiga o’tkazish orqali pul oqimlari xarakatini tezlashtirish va o’z vaqtida
to’lovni amalga oshirish orqali taminotchilarni moliyaviy imkoniyatlarini
yaxshilash;
- g’aznachilik tizimining bir pog’anasidan ikkinchi pog’anasiga pul
mablag’lari o’tkazishni tezlashtirish orqali byudjet mablag’larini tezkor xarakat
qilishini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |