G’aznachilik yagona g’azna hisobraqamidan va G’aznachilikning boshqa bank
hisobraqamlaridagi davlat byudjeti mablag’larini, davlat byudjetining xarajatlarini
belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun yo’naltirish, shuningdek, davlat
byudjetining vaqtincha bo’sh turgan mablag’larini bank depozitlari va boshqa
aktivlarga vaqtincha joylashtirish hamda ular hisobidan respublika byudjetiga,
Qorag’alpog’iston Respublikasi byudjetiga, mahalliy byudjetlarga, shuningdek,
davlat maqsadli jamg’armalariga byudjet ssudalari berish yo’li bilan boshqarib
boradi. G’aznachilik tomonidan dotatsiyalar va ssudalarni o’tkazish yagona g’azna
byudjetida mablag’lar ajratish nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning
“O’zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari” O’zbekiston
Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 22 dekabrda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami
100
nazoratning samarasizligi shundaki, uning xulosalari byudjetdan mablag’ oluvchi
o’ziga ajratilgan mablag’larini amalda sarflab bo’lganidan keyin chiqariladi.
Vaholanki, joriy nazoratni, ya’ni byudjet mablag’lari o’zlashtirilishi jarayonini
nazorat qilishni ta’minlash muhimdir
28
.
Jahon tajribasi ko’rsatadiki, byudjetning kassali ijrosi g’aznachilik va bank orqali
amalga oshiriladi. Iqtisodiy islohotlar sharoitida byudjet ijrosida bank tizimining
qo’llanilishi quyidagi holatlarga olib keldi:
daromadlarning tushishida pasayish yuz berdi, tartibga soluvchi soliqlarni
qo’llashning yagona uslubining yo’qligi byudjet jarayonini boshqarishni
qiyinlashtirdi;
tushgan daromadlar va qilingan xarajatlar to’g’risida tezkor axborotlar
olishga, zudlik bilan byudjetga oid boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkoniyat
bermadi;
tijorat banklari hisobraqamlarida byudjet mablag’larining o’rtacha qol-
dig’ining yuqori darajasi saqlanib qoldi;
byudjet mablag’larining nazorati kamayib ketdi, amalda ularni maqsadsiz
ishlatish hollari kelib chiqdi.
Buning asosiy sabablaridan biri joriy byudjet ijrosi tizimida, moliya organlari
sust (passiv) rolga ega bo’lganligi va shu bilan bir vaqtda bank va byudjet
tashkilotlariga yuklatilgan funktsiyalarni mustaqil bajarib, moliya organlarini
amalga oshirilgan byudjet jarayoni faktlaridan keyingina xabardor qilinadi. Buning
natijasida mahalliy byudjetlarda mablag’ etishmovchiligi yuzaga kelib, yuqori
turuvchi byudjetdan byudjet ssudasini olishga to’g’ri keladi.
Eng asosiysi, buning natijasida aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan
birinchi darajali xarajatlarni o’z vaqtida amalga oshirishni ma’lum muddatlarda
kechikishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda mahalliy byudjetlar
tarkibida, respublikamiz aholisiga qaratilgan o’ta muhim ijtimoiy tadbirlar
28
Steven M. Bragg. Treasury management: The Practitioner’s Guide /Published by John Wiley &Sons,
Inc., Hoboken, New Jersey/ 2010
101
bo’lganligi uchun dolzarb masalalaridan biri daromadlarning tushishi bilan
xarajatlarni amalga oshirishi kerak bo’lgan vaqt o’rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf
etishdir.
Demak, davlat byudjeti ijrosining yangi mexanizmini amaliyotga kiritilgani
bugungi kunda byudjet islohotlarining yirik yo’nalishlaridan biri desak xato
bo’lmaydi, chunki davlat moliyasini samarali boshqarish zaruriyati mavjud, byudjet
mablag’laridan samarali foydalanish uchun byudjet xarajatlarining nazoratini
kuchaytirish talab etiladi.
Davlat moliya tizimida o’tkazilayotgan islohotlar davlat xarajatlarini boshqarish
samaradorligini oshirishni nazarda tutadi, Davlat iqtisodiyotini isloh qilish va bozor
munosabatlarini rivojlantirish jarayonlarida hal qiluvchi rol o’ynaydi. Bunda davlat
byudjeti islohotlarning eng muhim dastaklaridan biri vazifasini bajaradi.
Shu sababli, yaqin kelajakda davlat byudjeti ijro etlishining g’aznachilik tizimini
izchil joriy etishni ta’minlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim
ahamiyatga ega. G’aznachilik sharoitida byudjetning kassali ijrosi deganda har bir
Do'stlaringiz bilan baham: