3. “Byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi qoidalari”ning mazmuni
va tarkibi
Keyingi yillarda ham davlat byudjeti g’azna ijrosining me’yoriy-huquqiy
asoslarini mustahkamlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu
borada O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 88-sonli (22.11.2016) buyrug’i
bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2850-
son (22.12.2016) bilan ro’yxatga olingan “Byudjet tizimi byudjetlarining g’azna
ijrosi qoidalari”ning qabul qilinishi muhim qadam bo’lib xizmat qildi. Mazkur
“Qoidalar” O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning
hududiy bo’linmalari tomonidan respublika va hududiy g’azna hisobvaraqlarini
qo’llash sharoitida respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va
mahalliy byudjetlarning g’azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilab berdi.
Ushbu “Qoidalar” quyidagilarni belgilab berdi:
G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari tomonidan respublika
va hududiy g’azna hisobraqamlarini qo’llash sharoitida respublika byudjeti,
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning g’azna
ijrosini amalga oshirish tartibini;
respublika
g’azna
hisobraqami
va
hududiy
g’azna
hisobraqamlarini yuritish tartiblarini,
Respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va
mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi,
byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalarini va
ularga o’zgartirishlarni g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etish
tartiblarini,
yuridik majburiyatlarni ro’yxatga olishning umumiy qoidalarini,
byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag’lari
hisobiga xarajatlarni amalga oshirish tartiblarini va boshqalar
G’aznachilik organlari byudjetdan mablag’ oluvchilarning tovar (ish,
xizmat)lar etkazib beruvchilar (keyingi o’rinlarda – mahsulot etkazib beruvchilar)
bilan shartnomalarini, shu jumladan kapital qurilish bo’yicha buyurtmachilarning
shartnomalarini ro’yxatga olish, O’zbekiston Respublikasining kafolatlarini ijro
etish, tegishli byudjetlar xarajatlarining to’lanishi, shu jumladan g’azna
118
hisobvaraqlaridan byudjet ssudalari, subventsiya va dotatsiyalar g’aznachilik
bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
G’azna hisobvaraqlaridan foydalanib, g’azna ijrosi bilan qamrab olinadigan
byudjetlar, xarajat guruhlari, byudjetdan mablag’ oluvchilar, shu jumladan kapital
qurilish buyurtmachilarining ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan belgilanadi.
Naqd pul mablag’larini olish uchun, shu jumladan byudjetdan mablag’
oluvchilarning xodimlariga ish haqi to’lash, xizmat safari va qonunchilikda
nazarda tutilgan boshqa naqd pul shaklidagi xarajatlarni to’lash uchun g’aznachilik
bo’linmalari tomonidan tijorat banklarda 23212 “Moliya vazirligi G’aznachiligi
mablag’lari” va 23214 “G’aznachilikning hududiy bo’linmalari mablag’lari”
hisobvaraqlari ochiladi.
Davlat byudjeti g’azna ijrosining hisobini yuritish, hisobotini tuzish va taqdim
etish qonunchilikda o’rnatilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan belgilangan shakllar va muddatlar bo’yicha amalga oshiriladi.
G’azna hisobvaraqlari orqali xizmat ko’rsatiladigan byudjetdan mablag’
oluvchilar xarajatlar smetasi ijrosi to’g’risidagi davriy hisobot (1- OX shakl va 2-
shakl) ni yuqori tashkilot va tegishli moliya organlariga taqdim etgunga qadar, uni
xizmat ko’rsatuvchi g’aznachilik bo’linmalari bilan tegishli davrda g’aznachilik
bo’linmalari tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlari va aniqlangan rejali
byudjetdan ajratilgan mablag’lar to’g’risidagi hisobot ma’lumotlariga mosligiga
taqqoslanadi (byudjetdan mablag’ oluvchilarning hisobotlari g’aznachilik
bo’linmalarining buxgalteriya hisobi bo’yicha vakolatli xodimlari tomonidan
belgilangan shakldagi shtamp qo’yilib, imzolanadi).
Davlat byudjetiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan soliqlar
va boshqa majburiy to’lovlar banklar
tomonidan o’rnatilgan tartibda qabul qilinadi
va 23402 (005) “Respublika byudjetining mablag’lari” hisobvarag’iga kirim
qilinadi hamda belgilangan me’yorlarga muvofiq, banklarda ochilgan tegishli
byudjetlarning g’azna hisobvaraqlariga ajratiladi.
119
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlari to’lovi moliya yili uchun
ajratilgan byudjet mablag’lari doirasida, tasdiqlangan (aniqlangan) xarajatlar
smetalari, shuningdek mazkur Qoidalarga muvofiq ro’yxatga olingan, byudjetdan
mablag’ oluvchilarning mahsulot etkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari
asosida:
- respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo’yicha –
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi yoki uning
hududiy bo’linmalari tomonidan mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda;
- Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti yoki mahalliy byudjetlardan
moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo’yicha – O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi G’aznachiligining hududiy g’aznachilik bo’linmalari
tomonidan amalga oshirilishi ushbu qoidalarda belgilab berildi.
“Byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari”ga ko’ra byudjetdan
mablag’ oluvchilar tomonidan byudjet mablag’larining maqsadli ishlatilishi
ustidan nazorat qonunchilikka muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan
amalga oshirilishi tartibi belgilangan.
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning rahbarlari va bosh hisobchilari
qonunchilikka muvofiq:
- byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishga;
- mahsulot etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarning to’g’ri
rasmiylashtirilishi va asosliligi va ularning qonunchilikka muvofiqligiga;
- IV guruh mablag’lari hisobidan olinadigan naqd pul mablag’larining
asosliligi hamda maqsadli ishlatilishining ta’minlanishiga;
- g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar
etkazib berilganligini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar va boshqa hujjatlarning,
g’azna hisobvarag’idan amalga oshirish uchun to’lov topshiriqnomalar va naqd pul
uchun so’rovnomalarning haqqoniyligiga;
- chek daftarchalarining saqlanishiga;
120
- mahsulot etkazib beruvchilar oldidagi qarzdorlikning to’g’ri aniqlanishiga
javobgarliklari mazkur “Byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari”da
asoslangan.
Shuningdek “Byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari”larda
G’aznachilik bo’linmalarining vakolatlari belgilangan
36
:
- g’aznachilik bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilishi lozim bo’lgan yuridik
majburiyatlar, shuningdek ularga o’zgartirish va qo’shimchalar ular g’aznachilik
bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilganidan so’ng kuchga kiradi. Bunda yuridik
majburiyatlar
yuzaga
kelganligini
tasdiqlovchi
hujjatlar
g’aznachilik
bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazish uchun joriy moliya yilining 25 dekabridan
kechiktirmay taqdim qilinishini talab qilishga;
- g’aznachilik bo’linmalari “Byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi
Qoidalari”ga muvofiq shakldagi to’lov topshiriqnomalari va g’azna memorial
orderlari asosida to’lovlarni amalga oshirishiga;
- g’aznachilik bo’linmalari imzolar namunalari va muhr izi kartochkasidan
buyurtmachilar va kapital qo’yilma buyurtmachilarining yuridik va moliyaviy
majburiyatlarini ro’yxatdan o’tkazishda va hisobga olishda, shuningdek to’lovlarni
amalga oshirishda ulardagi imzolar va muhr izini imzolar namunalari va muhr izi
kartochkasida ko’rsatilgan imzolar va muhr izi namunalariga solishtirishda
foydalanishiga;
- qonunchilikka muvofiq byudjetdan mablag’ oluvchilarning ro’yxatga
olingan shartnomalarini xarajatlar smetalarida, shuningdek kapital qurilish
xarajatlari bo’yicha esa - qurilish ob’ektlarining oylik yoyilmalari bo’yicha (Davlat
byudjeti hisobidan kapital qurilish ob’eklari bo’yicha xarajatlar smetalarida)
nazarda tutilgan rejali ajratilgan byudjet mablag’lariga muvofiqligiga va mazkur
Qoidalarning talablariga muvofiqligiga va byudjetdan mablag’ oluvchilarning
xarajatlari to’lovi ustidan nazoratning to’g’ri amalga oshirilishiga;
36
“O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari” O’zbekiston
Respublikasi moliya vazirining 2016 yil 22 noyabrdagi 88-son
buyrug’iga
ko’ra O’zbekiston
Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 22 dekabrda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami
№2580
121
- elektron to’lov topshiriqnomalarning “G’aznachilik” dasturiy majmuida
to’g’ri shakllantirilishi va ular to’lovini “Bank-mijoz” dasturiy majmui orqali
amalga oshirilishiga, naqd pul mablag’lari olish uchun cheklarning mazkur
Qoidalar va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki me’yoriy hujjatlari
talablariga muvofiq to’g’ri rasmiylashtirilishiga .
Do'stlaringiz bilan baham: |