Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 20 martdaga №53–qarori asosida qabul
to’g’risidagi Nizom” O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2007 yil 28 fevraldagi PQ–594-
son qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligining
asosiy vazifalari, funktsiyalari, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi.
G’aznachilikning vakolat berilgan lavozimdagi shaxslaridan boshqa hech bir
mablag’laridan pul o’tkazish uchun bankka to’lov topshiriqnomasini berish
o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga taalluqli masalalar ular o’rtasida tuzilgan
122
shartnoma asosida tartibga solinadi. G’aznachilik yilda kamida bir marta ushbu
shartnomalarning tahlilini o’tkazishi shart, agar G’aznachilik fikri bo’yicha
shartnomalarni ko’rib chiqish talab etilsa, ikkala tomon talablarini qondirish
maqsadida shartnomalarni qayta tuzish tadbirlari ko’riladi.
G’aznachilik o’zining hududiy bo’linmalari bilan birgalikda O’zbekiston
Respublikasi Davlat byudjetining g’azna ijrosini amalga oshiradigan maxsus
vakolatli moliya organi hisoblanadi
37
.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi tizimiga
bevosita unga bo’ysunadigan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahri G’aznachilik boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar)
G’aznachilik bo’limlari kiradi. G’aznachilik o’z faoliyatida O’zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi
va qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda o’z
faoliyatiga tegishli bo’lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
G’aznachilik o’z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari,
mahalliy davlat hokimiyati organlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki,
tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlikda bevosita va o’zining
hududiy bo’linmalari orqali amalga oshiradi.
G’aznachilik faoliyatini moliyalashtirish O’zbekiston Respublikasi
respublika byudjeti mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
PQ-594-son Qarori bilan Moliya vazirligi G’aznachiligi zimmasiga quyidagi
asosiy vazifalar yuklatildi (2-rasm):
37
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 apreldagi 122-sonli qarori tahririda,
O’R QHT, 2016 y., 17-son, 176-modda
123
2-rasm. Moliya vazirligi G’aznachiligining asosiy vazifalari
Do'stlaringiz bilan baham: