2. Byudjet Kodeksi - davlat byudjeti g’azna ijrosining huquqiy asosi
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, byudjet qonunchiligini yanada
rivojlantirish va takomillashtirish asosida byudjet faoliyatini rivojlantirish davlat
moliyasini boshqarish tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlaridan biri
hisoblanadi. Ma’lumki, 2000 yil 14 dekabrda “Byudjet tizimi to’g’risida”gi
O’zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinganidan beri o’tgan davr
mobaynida byudjet amaliyotida bir qator o’zgarishlar sodir bo’ldi, ular:
davlat byudjeti g’azna ijrosining joriy etilishi;
bir qator davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa nobyudjet fondlarining
tuzilishi va amal qilishi;
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari qo’shimcha mablag’larni
jalb qilish manbalarining kengayishi va ular ustidan nazoratni yaxshilash zarurligi;
byudjet tasnifi, byudjet hisobi va hisoboti tizimining takomillashuvi;
114
yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining qabul
qilinishi va amalga kiritilishi va boshqa holatlar bilan bog’liq bo’lib, byudjet
qonunchiligini yanada takomillashtirish zarurligini taqozo etdi.
Natijada amaldagi “Byudjet tizimi to’g’risida”gi hamda “Davlat
byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlarida
belgilangan normalar mukammal tarzda qayta ishlangan holda Byudjet Kodeksida
o’z aksini topdi.
Ushbu Kodeks O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini
shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat
tomonidan mablag’ jalb qilish va byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosini
nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Byudjet Kodeksi byudjet jarayonini xalqaro amaliyot tajribalaridan kelib
chiqqan holda tartibga solish, byudjet amaliyotida mavjud bo’lgan ziddiyatlarni
bartaraf etish, eskirgan tartib-qoidalarni bekor qilish, byudjet jarayonini tashkil
etishdagi me’yorlar, nizomlar va byudjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlarini
tizimlashtirish maqsadida ishlab chiqildi. Byudjet Kodeksining g’aznachilik
faoliyati bilan bog’liq alohida qismi davlat byudjeti g’azna ijrosini tashkil etish,
yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro’yxatga olish, byudjetdan mablag’
oluvchilar xarajatlari to’lovini amalga oshirish, davlat xaridlarini tashkil qilish,
Byudjet
tizimidagi
islohotlar
doirasida 2014 yildan boshlab
O’zbekiston Respublikasida amalga
kiritilgan Byudjet Kodeksi davlat
moliyasini boshqarishning huquqiy
asoslarini yanada mustahkamlash,
byudjet siyosatining ustuvorliklarini
belgilab
olish,
byudjet
mablag’laridan
foydalanish
samaradorligini oshirish va davlat
xizmatlarini taqdim etish sifatini
115
G’aznachilikning yagona g’azna hisobraqamini yuritish kabi masalalarni tartibga
solishga qaratilgan.
Xalqaro tajribada, Byudjet kodeksi – ma’lum bir mamlakat byudjet tizimining
asoslarini, uning tuzilishi, umumiy printsiplarini, turli darajadagi byudjetlar
va ularning vakolatlarini, byudjet jarayoni asoslari va byudjetlararo
munosabatlarni, byudjet qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik
choralarini belgilovchi qonun hujjati hisoblanadi
33
.
Byudjet kodeksining qabul qilinishi amaldagi Soliq kodeksi bilan birgalikda
davlat moliyasining yagona birxillashtirilgan, xalqaro standartlarga mos bo’lgan
qonunchilik bazasini shakllantirishga, byudjet sohasidagi huquqiy munosabatlarni
tizimlashtirishga, shuningdek, byudjet jarayonining hamma bosqich va darajalarida
yagona huquqiy normalar va yondashuvlar qo’llanilishini, mamlakat byudjet
tizimining ochiq-oshkoraligini va barqarorligini ta’minlashga imkon beradi.
AQSh Kongressida har bir federal hudud bo’yicha tasdiqlangan byudjet
ijrosini nazorat qiluvchi qo’mita mavjud. Kongressmenlar boshqaruv
jarayoniga aralashish huquqiga ega emas, birok, solik, to’lovchilarning
mablag’larining “Federal byudjet to’g’risida”gi qonunga muvofiq, xarajat
qilinishini kuzatib boradilar. Federal vazirliklar va shtatlarning hukumatlari,
ma’muriy protsessual kodeks asosida ajratilgan byudjet mablag’larini
belgilangan huquqiy jarayon doirasida taqsimlaydilar. Bu ochiq ovozga
quyish yo’li bilan aniqlab olinadi. Bunda Kongressda loyihalar ovozga
qo’yiladi va ishtirokchilarni qarshi yoki tarafdorligi orqali tasdiqlanadi
34
.
Byudjet Kodeksining 7-bobi byudjet tizimi byudjetlarining ijrosini tavsiflab,
byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida
belgilangan, byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tushishini ta’minlash va
33
Public financial management and its emerging architecture / editors, Marco Cangiano, Teresa
Curristine, and Michel Lazare – Washington, D.C. : International Monetary Fund, 2013.- 437 pages
34
Public budgeting systems / Robert Lee, Ronald Johnson, and Philip Joyce.-9th ed. 2013.- 656 pages
116
xarajatlarini amalga oshirishni, shuningdek ularning ijrosi bilan bog’liq
operatsiyalarni hisobga olishni nazarda tutadi.
O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetining, davlat maqsadli
jamg’armalari byudjetlarining ijrosi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan ta’minlanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlarining ijrosi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan
ta’minlanadi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida
byudjet tizimi byudjetlari, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilar
uchun shaxsiy g’azna hisobvaraqlari ochiladi
35
. Byudjet Kodeksining 111-
moddasiga asosan Yagona g’azna hisobvarag’i O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag’i bo’lib, unga
byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va boshqa tushumlari kiritiladi hamda
undan mazkur byudjetlarning xarajatlari to’lanadi. O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va boshqa banklarda
o’zga bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega. Yagona g’azna hisobvarag’i
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladi. O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridan mablag’larning so’zsiz tartibda
hisobdan chiqarilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Byudjet Kodeksining 113- 116 moddalarida shaxsiy g’azna hisobraqamlarini
ochish va yuritish tartiblari belgilangan. Shuningdek, kodeksda byudjet
daromadlari va xarajatlari ijrosini ta’minlash, byudjet tizimi byudjetlari o’rtasida
tushumlarni taqsimlash,byudjet hisobi va hisobotini yuritish tartiblari, davlat
moliyaviy nazoratini huquqiy asoslari belgilangan.
35
O’zbekiston Respublikasi Byudet Kodeksining 109- moddasi asosida
117
Do'stlaringiz bilan baham: |