Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1


 G’aznachilikda axborot tizimidan foydalanishni rivojlantirish



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

4. G’aznachilikda axborot tizimidan foydalanishni rivojlantirish  

Xorijiy  mamlakatlarda  g’aznachilik  har  chorakda  turli  darajadagi  davlat 

boshqaruv  organlarining  qoplanmagan  qarzlarini,  byudjet  tashkilotlarining  va 

davlat muassasalarining qarzlarini qo’shib, barcha qoplanmagan qarzlar ro’yxatini 

tasdiqlaydi  va  nashr  qiladi.  Bunday  ro’yxat  har  bir  qarzlar  bo’yicha  quyidagi 

axborotlarni beradi:  

qarzdor nomi; 

 shart-nomadagi boshlang’ich summa;  

qoplanmagan qismining hajmi;  

foiz stavkasi; to’lov muddati;  

joriy moliya yilida qarz uchun oylik to’lovlar hajmining prognozi; 

 kelgusi moliya yilida qarz uchun oylik to’lovlarning hajmi prognozi;  

boshqa zarur axborotlar. 




696 

 

G’aznachilik  har  chorakda  davlat  zayomlari  bo’yicha  qarzlar  ro’yxatini 



tasdiqlaydi  va  nashr  qiladi.  Bunday  ro’yxat  har  bir  qarzlar  bo’yicha  quyidagi 

axborotlarni beradi:  

qarzdor nomi;  

zayomning boshlang’ich summasi;  

tolanmagan qismining hajmi; 

 foiz stavkasi; 

to’lov muddati;  

joriy moliya yilida qarz uchun oylik to’lovlar hajmining prognozi;  

kelgusi moliya yilida qarz uchun oylik to’lovlar hajmining prognozi; 

 boshqa zarur axborotlar. 

 Mazkur  hisobotlarni  tayyorlash  uchun  barcha  davlat  boshqaruvi  organlari  va 

davlat tashkilotlari g’aznachilik tomonidan belgilangan shaklda va muddatda zarur 

axborotlarni  g’aznachilikka  taqdim  qiladi.  Federal  byudjetning  daromadlari  va 

xarajatlari  ijrosida  byudjet  ijrosi  jarayonidagi  g’aznachilik  texnologiyasi  tahlil 

qilindi,  davlat  moliyasini  boshqarish  tizimining  mintaqa  darajasida  g’aznachilik 

organlari  faoliyatida  qator  omillar  aniqlandi.  Federal  G’aznachilik  organlari 

faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan qator omillar tizimlashtirildi. 

Davlat byudjetining g‘azna ijrosini amalga oshirish mexanizmlaridan biri 

daromadlar  va  xarajatlarni  rejalashtirish  bo‘lib,  u  ham  vaqt  ham,  miqdor 

bo‘yicha tushumlar va mablag‘lar xarajatiga doir axborotni o‘zida aks ettiradi. 

Shuning  uchun  byudjet daromad  tushumlari  va  mablag‘lar  xarajatlarini  to‘g‘ri 

rejalashtirishni tashkil etish Yagona g‘azna hisobvarag‘i funksiyasining muhim 

tarkibiy  qismi  hisoblanadi  va  byudjet  tushumlari  va  xarajatlari  samarali 

boshqarilishini ta’minlaydi. 

   

Fikrimizcha, bugungi kunda YaG‘Hida nafaqat Davlat byudjetining, balki davlat 



maqsadli  jamg‘armalari  byudjetlarining  ham  daromadlari,  shuningdek,  byudjet 

tashkilotlarining  byudjetdan  tashqari  mablag‘lari  jamlanganini  e’tiborga  olgan 

holda,  mazkur  hisobvaraqdagi  mablag‘larni  samarali  boshqarish  tabora  dolzarb 

masalaga aylanib bormoqda. 




697 

 

Ma’lumki,  hozirgi  vaqtda  O‘zbekiston  Respublikasi  byudjetning 



vaqtincha  bo‘sh  turgan  mablag‘lari  tijorat  banklarida  depozitlarda 

joylashtirilishi mumkin. 

Bu  esa  qayd  etganimizdek,  byudjet  tizimi  byudjetlarining  ijrosi 

jarayonida Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘lardan unumli foydalanish 

va  mablag‘larni  samarali  boshqarish  mexanizmlarini joriy  etish  byudjet  tizimi 

byudjetlarini tezkor, oqilona va samarali boshqarish uchun imkoniyat yaratadi. 

       Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimida online tizimidagi YaG‘Hning tashkil 

etilishi  sifat  jihatdan  yangi  texnologiya  hisoblanadi  va  bunda  turli  darajadagi 

byudjet  daromadlari  boshqa  mablag‘larning  markazlashtirilishi,  ularni  mumkin 

qadar  qisqa  muddatda  tegishli  byudjetlarga  taqsimlash  va  xarajatlarining  amalga 

oshirilishi,  barcha  darajadagi  byudjetlar  hisobidan  amalga  oshirilgan  davlat 

byudjeti  xarajatlari  va  daromadlari  bo‘yicha  operatsiyalarning  har  kuni  aks 

ettirilishi va Davlat byudjeti ijrosi haqidagi hisobotni istalgan sana va hisobot davri 

uchun tezkor shakllantirish imkoniyatiga erishiladi. Bu, o‘z navbatida, ijro etuvchi 

hokimiyat,  moliya  va  soliq  organlariga  viloyat,  shahar  va  tumanlar  bo‘yicha 

O‘zbekiston  Respublikasi  hududidagi  barcha  darajadagi  byudjetlarga  tushayotgan 

soliqlar va yig‘imlar hisobi hamda soliq turlari va tushumlar bo‘yicha daromadlar 

haqida tezkor ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi. 

Jahon  byudjet  jarayoni  tajribasidan  ma’lumki,  yuqoridan  quyiga  qarab 

moliyaviy  oqimlarni  o‘z  ichiga  oluvchi  byudjet  tizimini  tartibga  solish 

amaliyoti  turli  darajadagi  byudjetlarning  daromad  va  xarajatlari  tengligini 

ta’minlashga qaratiladi. 

O‘zbekiston  Respublikasida  byudjet  tizimidagi  islohotlarning  ustuvor 

yo‘nalishlaridan biri byudjet tizimini tartibga solishning barqaror mexanizmini 

shakllantirish hisoblanadi. Bu esa byudjetlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga 

solishda o‘z aksini topadi. 

Shu  o‘rinda,  byudjetning  daromad  va  xarajat  qismiga  o‘zgartirishlar  kiritish 

bilan bog‘liq o‘zaro hisob-kitoblar muammosiga alohida e’tibor qaratish lozim. 




698 

 

Davlat byudjeti g‘azna ijrosi, davlat byudjeti ijrosi jarayonida pul mablag‘larining 



oqimi hamda byudjet xarajatlarini prognoz qilish usullaridan keng foydalanish va uni 

takomillashtirish  byudjetni  oqilona  va  samarali  ijro  etishga  keng  imkoniyat 

yaratadi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  g‘aznachilik  tizimi  rivojlanishi  jarayoni  davom 

etmoqda.  G‘aznachilik  tizimi  oldida  davlat  byudjet  siyosatini  amalga 

oshirishning  muhim  masalalari  turibdi  va  bunda  mamlakat  moliya  tizimining 

kelgusi rivojlanish strategiyasida g‘aznachilik muhim rol o‘ynaydi. 

G‘aznachilik davlat moliyasida asosiy ijro etuvchi institut bo‘lishi lozim. Bunda 

uning  rejasiga  o‘z  funksiyalarini  kengaytirish  zarur  bo‘lib,  g‘aznachilik 

markazlashtirilgan davlat moliyaviy resurslari hisob-kitobi vazifasini to‘laqonli 

bajarishi,  davlat  moliyaviy  siyosatini  amalga  oshirishning  samarali 

mexanizmiga aylanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

Turli darajadagi byudjetlar ijrosining g‘aznachilik tizimi faoliyati byudjet tizimi 

holati  va  hususiyatidan  kelib  chiquvchi  tamoyillar  asosida  qurilishi  kerak. 

Byudjet  g‘azna  ijrosi  axborot  tizimini  quyidagi  asosiy  tamoyillar  asosida 

takomillashtirish  lozim:  ilmiylik,  markazlashish  va  markazlashtirilmaganlik, 

barcha  darajadagi  tegishli  organlar  o‘rtasida  funksiya  va  vazifalarni 

chegaralash,  umumlashtirish,  huquqiy  va  me’yoriy  baza  hamda  axborotga 

talablarning yagonaligi. 

        Ko‘rsatilgan tamoyillar g‘aznachilik axboro tizimini takomillashtirishning 

turli  tomonlarini  xarakterlaydi.  Ularga  rioya  qilishning  bir  vaqtdaligi  va 

majmuaviyligi  –  tashkiliy  tuzilma  rivojlanishi  va  g‘aznachilik  tizimida 

moliyaviy  oqimlar  aylanmasini  optimallashtirish  hamda  boshqaruv 

samaradorligini oshirishning asosiy shartidir. 

       Hududiy  byudjetlar  idrosini  boshqarishda  g‘aznachilik  texnologiyalaridan 

foydalanish  yordamida  byudjet  ijrosi  mexanizmlarini  unifikatsiyalashtirish 

yo‘nalishida  hududiy  moliya  organlarini  qayta  tashkil  qilishni  tezlashtirish 

kerak. Strategik va taktik vazifalar, g‘aznachilikni mustahkamlovchi yechimlar 

ro‘yxatini  belgilash,  davlatning  yagona  byudjet  siyosatini  o‘tkazishni  amalga 



699 

 

oshirish,  uning  qonunchilik-huquqiy  asosini  ta’minlash  unga  yuklatilgan 



vazifalarni samarali bajarish imkonini beradi. 

O‘zbekiston  g‘aznachilik  tizimini  rivojlantirishning  muhim strategik  vazifalari 

qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 

1. G‘aznachilik  tizimi  faoliyatining  qonunchilik  va  me’yoriy  bazasini 

takomillashtirish. 

2. Davlat  ijro  hokimiyati  instituti  sifatida  g‘aznachilikning  maqomini 

o‘zgartirish. 

3. Byudjetni  boshqarish,  qarz  munosabatlari  va  aktivlarini  tartibga  solish, 

kapital 

xarajatlarni 

moliyalashtirish, 

davlat 


maqsadli 

dasturlarini 

moliyalashtirish,  jamg‘arma  bozorida,  bank-kredit  sohasida  qatnashish 

bo‘yicha  g‘aznachilik  tizimi  bajaradigan  funksiyalarni  sezilarli  darajada 

kengaytirish. 

Strategik  vazifalarni  hal  qilish  taktik  hususiyatdagi  vazifalarni  amalga 

oshirishga real sharoitlar yaratadi. 

Davlat  g‘aznachilik  axborot  tizimi  rivojlanishining  taktik  vazifalariga 

quyidagilarni kiritish mumkin: 

-  g‘aznachilik  vositasida  xizmat  ko‘rsatishga  barcha  davlat  moliyaviy 

oqimlarini o‘tkazish; 

-  bojxona  xizmati  hisobvaraqlarini  yopish  va  tashqi  iqtisodiy  faoliyat 

qatnashchilarining  bojxona  to‘lovlarini  byudjetga  hisoblash  bilan  bog‘liq 

moliyaviy oqimlarni g‘aznachilik tizimiga o‘tkazish; 

-  davlat moliyaviy resurslarini iqtisodiy tashxislash hamda monitoring qilish 

vositalarini ishlab chiqish va joriy etish; 

-  davlat  soliq  va  bojxona  xizmatlari,  g‘aznachilik,  davlatning  boshqa 

moliyaviy agentlari hududiy bo‘limlari axborot oqimlarini birlashtirishga qodir 

bo‘lgan  yagona  telekommunikatsion  tarmoq  va  ma’lumotlar  bazasini  tashkil 

qilish; 


-  davlat  g‘aznachiligining  hududiy  bo‘g‘inlari  moddiy-texnik  bazasini 

mustahkamlash. 




700 

 

Davlatning  moliyaviy-iqtisodiy  tuzilmalarini  isloh  qilish  jarayonida 



axborotning  ahamiyati  doimiy  o‘sib  boradi  va  tashkil  qilinayotgan  yagona 

telekommunikatsion  tarmoqlar  davlat  boshqaruv  organlari,  viloyat,  shahar  va 

tumanlarni  yaxlit  majmuaga  bog‘lab,  ularning  samarali  faoliyat  yuritishiga 

xizmat qiladi. 

Yagona  telekommunikatsion  tarmoqni  tashkil  qilish  davlat  byudjet  tizimini 

kompleks  monitoring  va  iqtisodiy  tashxislash  imkonini  berib,  davlat 

g‘aznachiligining  bo‘limlari  oldida  turgan  vazifalarni  samarali  hal  qilishga 

xizmat qiladi. Shu maqsadda quyidagilardan foydalanish kerak: 

1.  Soliq 

va 


soliqsiz 

tushumlarning 

sifat 

hamda   


miqdoriy parametrlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar. 

2.  Davlat  xarajatlarining  miqdoriy  va  sifat  parametrlarini  aks  ettiruvchi 

ko‘rsatkichlar. 

3.  Davlat  iqtisodiyotiga  kredit  qo‘yilmalarining  miqdoriy  va  sifat 

parametrlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar. 

4.  Davlat  byudjet  tizimi 

ijrosining sifatini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar. 

      G‘aznachilik  va  kredit  muassasalari  takomillashmaganligi  sababli  byudjet 

g‘aznachilik  bankini  tashkil  qilish  to‘g‘risidagi  xulosaga  kelinmoqda.  Barcha 

pog‘onadagi byudjet ijrosi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan moliyaviy 

tuzilma  o‘zining  muhim  bo‘g‘ini  –  byudjet  bank  muassasalarisiz  to‘laqonli 

faoliyat  yuritishi  mumkin  emas.  Byudjet  bankini  tashkil  qilish  –  yagona 

hisobvaraqqa  to‘liq  o‘tishda,  fikrimizcha,  Moliya  vazirligida  barcha  byudjet 

mablag‘larini to‘plash bo‘yicha yagona yechimdir. 

        Albatta,  g‘aznachilik  bankini  tashkil  qilish  g‘oyasini  amalga  oshirish 

murakkab  ish  bo‘lib,  ammo  real  g‘aznachilik  tuzilmasi  nafaqat  sof  moliyaviy 

organ  sifatida  ishlaydi,  balki  bank  operatsiyalarini  takomillashtiradi,  nazorat 

qilinadigan moliyaviy bank davlat tizimini qurish uchun sharoit yaratadi. 

      Davlat  byudjetining  zahira  jamg‘armasini  shakllantirish  davlat  byudjetini 

rivojlantirish  uchun  istiqbolli  yo‘nalishlardan  biri  sanaladi.  Amaliyot  shuni 

ko‘rsatadiki, 

g‘aznachilik 

tizimida 

davlat 


byudjeti 

mablag‘laridan 




701 

 

foydalanishdagi  eng  ko‘p  holatlarda  naqd  pul  mablag‘lari  olingandan  so‘ng 



g‘aznachilik organlari tomonidan nazorat amalga oshirilmoqda, bu vaqtda naqd 

pul  harakatini  amalda  nazorat  qilib  bo‘lmaydi.  Bunda  maqsadsiz 

foydalanishning  asosiy  sababi  byudjet  tasnifining  bir  moddasi  bo‘yicha 

mablag‘lar  yetishmasligi  va  boshqa  modda  bo‘yicha  xarajatlarni  amalga 

oshirish zaruriyatidir. 

        G‘aznachilik  tizimi  boshqaruv  darajasida  davlat  byudjetining  zaxira 

jamg‘armalarini tashkil qilish yo‘li bilan mazkur muammoni hal qilishi lozim. 

Ular  hukumat  zaxira  jamg‘armasiga  o‘xshash  bo‘lishi  kerak.  Mazkur  holatda 

g‘aznachilik  nafaqat  moliyaviy  sanksiyalar  qo‘llash,  balki  zaxira 

jamg‘armasidan mablag‘lar ajratishga yo‘l qo‘ymaslik huquqiga ega bo‘ladi. 

      G‘aznachilikning  muhim  funksiyalaridan  biri  –  davlatning  kredit 

resurslarini  shakllantirish  va  taqsimlashdir.  Shuni  aniq  tushunish  kerakki, 

davlat  iqtisodiy  tizimning  moliyaviy  instituti  sifatida  quyi  bo‘g‘inlarga  o‘z 

talablarini  qo‘yadi.  Shuning  uchun  byudjet  jarayonining  mazkur  segmentida 

asosiy  urg‘u  bank  sektoriga  tushishiga  qaramasdan,  davlatning  kredit 

resurslarini  taqsimlashda  g‘aznachilik  shakliga  o‘tish  muqarrardir.  Afsuski, 

bugungi kunda g‘aznachilik kreditlashning yaxlit tizimi hozircha yo‘q. 

    Demak,  davlat  byudjeti  doirasida  mahalliy  iqtisodiyotni  g‘aznachilik 

tomonidan  kreditlash  tizimi  beshta  uzviy  bog‘langan  tarkibiy  qismlarni  o‘z 

ichiga oladi: 

-  bozorning  kredit  ajratilayotgan  sektorining  dastlabki  tahlili  va  joriy 

monitoringi; 

davlat tomonidan o‘tkaziladigan kredit auksion   shartlari 



va 

moliyaviy parametrlarini ishlab chiqish; 

kredit auksion 



qatnashchisi bo‘lgan 

korxona 


moliyaviy

 

hisoboti, tijoriy holati, biznes obro‘sini ko‘rib chiqish va tahlil qilish; 



davlat kreditini 

ajratishda  zarur  xujjatlarni  tayyorlash  va 

rasmiylashtirish; 

kredit  shartnomasi  shartlari  ijrosini  nazorat  qilish,  shuningdek,  agar  u 




702 

 

g‘aznachilik va korxona o‘rtasida tuzilgan kelishuv bo‘lsa, kreditni so‘ndirishni 



ko‘rib chiqish. 

    Shunday  tarzda  g‘aznachilikda bo‘sh pul  mablag‘lariga  tayanish  imkoniyati 

mavjud bo‘lib, davlat uchun bu qo‘shimcha ustunliklardan kelib chiqadi. 

Bunday  holat  davlat  qarzini  boshqarish  bo‘yicha  kompleks  choralar  ko‘rishni 

talab qiladi. Mazkur operatsiyalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

-  barcha  qabul  qilingan  majburiyatlarni  so‘zsiz  bajarish;  davlat  qimmatli 

qog‘ozlari  emissiyasi  shartlari  va  sifat  parametrlarini  ishlab  chiqish  hamda 

amalga oshirish; qarzning vaqt va moliyaviy tarkibini optimallashtirish; davlat 

qarzi bilan ishlash bo‘yicha hukumatning moliyaviy agentlarini tanlash; 

-  boshqa maxsus chora va tadbirlar. 

Hozirgi  vaqtda  davlat  qarzini  boshqarish  uchun  javobgarlik  aniq 

belgilanmagan, u uchun bir nechta muassasa javob beradi. 

Mamlakatimizda  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tishda  xo‘jalikning  tashkiliy 

tuzilmasida bir qator tarkibiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. 

Yildan yilga axborot texnologiyalari davlatning samarali iqtisodiy taraqqiyotni 

ta’minlamoqda,  shu  jumladan,  axborot  texnologiyalarini  davlat  moliyasini 

boshqarishda joriy qilinishi muhim omil bo‘lib bormoqda. 

Davlat  byudjeti  ijrosining  g‘azna  tizimiga  o‘tishi  byudjet  ijrosining 

mexanizmiga, byudjet hujjatlari aylanishi tizimiga, axborot oqimlari harakatiga 

va  hisob-kitoblar  texnologiyasiga  tegishli  o‘zgarishlar  kiritish  zarurligini 

nazarda tutadi. 

Davlat  byudjeti  daromadlari  va  xarajatlari  hisobini  yuritish  bo‘yicha  yagona 

vakillik  hisobvarag‘ini  boshqarish  uchun  Avtomatlashtirilgan  axborot  tizimi 

(AAT)  qoshida  axborot  oqimlarining  yagona  tizimining  yaratilishi,  hisob-

kitoblar ilg‘or texnologiyasini iqtisodiy va tashkiliy sharoitlarga mostashtirgan 

holda  elektron  to‘lov  tizimi  va  ma’lumotlarni  uzatish  tizimi  bo‘yicha  axborot 

almashuvi  bilan  bog‘lovchi  axborotni  qayta  ishlash  va  uzatish  yagona 

texnologiyasini yaratish; Yagona g‘azna hisobvarag‘i (YaG‘H)dan xarajatlarni 

moliyalash uchun resurslarni jamlash; davlat byudjeti va mahalliy byudjetlarga 



703 

 

daromadlarning  o‘tkazilishini  tezlashtirish,  mavjud  himoyalangan  aloqa 



tarmoqlaridan  axborotni  qabul  qilish  va  uzatish  uchun  foydalanish  imkonini 

beradi. Shuningdek, debitor qarzdorliklar summalari qoldiqlari o‘z vaqtida yoki 

hisobot oyi tugaguniga qadar o‘tkazilmagan hollarda oyning ohirgi ish kunida 

avtomatlashtirilgan holda tegishli byudjet daromadlariga o‘tkaziladi. 

        Byudjet tashkilotlariga noto‘g‘ri yoki ortiqcha kelib tushgan mablag‘larni 

shaxsiy  g‘azna  hisobvaraqlaridan  “UzASBO”  DMda  elektron  raqamli  imzo 

bilan 

tasdiqlangan 



elektron 

to‘lov 


topshiriqnomalarni 

g‘aznachilik 

bo‘linmalariga yuborish orqali qaytariladi. Bunda yuridik va jismoniy shaxslar 

tomonidan noto‘g‘ri yoki ortiqcha to‘langan to‘lovlarni o‘z vaqtida qaytarishda 

qulayliklar yaratish maqsadida soliq va majburiy to‘lovlarni qaytarish bo‘yicha 

vakolatli  organlari  tomonidan  xulosalarni  elektron  tarzda  g‘aznachilik 

organlariga elektron ma’lumotlar almashinuvi yo‘li orqali yuborilishi yuzasidan 

kelishib olinadi.  Bu esa ortiqcha  va noto‘g‘ri  to‘langan mablag‘larni  tezkorlik 

bilan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  qaytarilishi  uchun  imkoniyatlar  yaratadi. 

Ma’lumot  uchun,  hozirgi  kunda  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  ortiqcha  yoki 

noto‘g‘ri  to‘langan  soliq  va  boshqa  majburiy  to‘lovlarni  qaytarishi  uchun  15 

kundan  20  kungacha  vaqt  talaba  etmoqda.  To‘liq  elektron  tizimga  o‘tilishi 

natijasida  bu  jarayon  3-4  barobargacha  qisqaradi.  Soliq  kodeksining  56-57 

moddalariga  kiritilgan  o‘zgartirishlar  natijasida  soliqning  ortiqcha  to‘langan 

summalarini  hisobga  olish  yoki  qaytarish  endilikda  tegishli  moliya 

organlarining  o‘rniga  Moliya  vazirligi  G‘aznachiligi  orqali  amalga  oshirilishi 

belgilab  olindi.  Bu  esa,  ortiqcha  va  noto‘g‘ri  to‘langan  soliq  va  boshqa 

majburiy to‘lovlarni tezkorlik bilan qaytarilishini ta’minlaydi (ma’lumot uchun 

soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlarning  ortiqcha  to‘langan  summalarini 

hisobga  olish  hamda  qaytarib  berish  davlat  soliq  xizmati  organlari  tomonidan 

rasmiylashtrilib, Moliya va G‘aznachilik organlariga ijro uchun yuborilgan

197


).  

                               

197

 

www.mf.uz



 

 



704 

 

 



           Elektron  davlat  xaridlari  orqali  tuzilgan  shartnomalarni  qo‘shish  va 

buyurtmachilar elektron davlat xaridlari orqali tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) 

qabul  qilib  olganlaridan  so‘ng  uch  ish  kuni  muddatida  bu  hakdagi 

ma’lumotlarni  “UzASBO”  DMga  kiritadi  va  elektron  raqamli  imzo  bilan 

tasdiqlangan holda AATga yuboriladi. Bu esa, elektron tizimlar orqali elektron 

hisob-fakturalar bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvini joriy etish, to‘lov tizimini 

soddalashtirish,  tender,  tanlov  natijasida  va  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  tuzilgan 

shartnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus axborot portali orqali Moliya 

vazirligi  axborot  tizimiga  yuborilishi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  vazifalarni  tezkor 

yechish yo‘llarini belgilab beradi. Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi 

va  uning  hududiy  boshqarmalari  tomonidan  byudjet  mablag‘larining 

daromadlarini  shakllanishi  hamda  ularning  maqsadli  sarflanishi  yuzasidan 

nazorat  tadbirlarida  zamonaviy  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalari  va 

ma’lumotlar  bazasi  vositasida  kameral  nazoratdan  keng  foydalaniladi.  Shu 

o‘rinda  ta’kidlash  lozimki,  davlat  moliyaviy  nazorati  bosh  boshqarmasi  va 

uning hududiy boshqarmalari tomonidan “Davlat moliyasini boshqarish axborot 

dasturi”  va  byudjet  tashkilotlari  bevosita  ishlaydigan  “UzASBO”  DM 

ma’lumotlaridan  foydalangan  holda  har  yili  (2018  yil  yilda  1691  ta) 

muassasalarning  xarajatlar  smetasi  va  shtat  jadvallarini  tuzilishi  yuzasidan 

kameral nazorati o‘tkazildi.  

       Ma’lumotlarni  bunday  uzatish  tizimi  xavfsizlik  va  axborotni 

himoyalashning  barcha  zarur  chora-tadbirlariga  amal  qilingan  holda 

g‘aznachilik  tizimi  foydalanuvchilarining  AATga  on-line  ulanishini, 

shuningdek,  interfeys  orqali  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo‘mitasi,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Davlat  bojxona  qo‘mitasi  hamda  boshqa  ishtirokchi  vazirliklar  va  tashkilotlar 

bilan ulanishini ham ta’minlaydi. 

      Shuningdek, G‘aznachilik funksional aloqa va ma’lumotlarni uzatish tizimi 

quyidagi  vazifalarning  hal  etilishini  ta’minlaydi:  g‘aznachilikning  barcha 



705 

 

uzoqda joylashgan bo‘linmalari uchun on-line rejimida byudjet axboroti yagona 



markazlashgan  ma’lumotlar  bazasi  bilan  ishlash  imkoniyati;  g‘aznachilikning 

barcha  uzoqda  joylashgan  bo‘linmalari  uchun  on-line  rejimida  farmoyish, 

normativ va axborot ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyati; on- line rejimida 

boshqaruvning yuqori darajalariga tezkor hisobotlarni taqdim etish; bank, soliq, 

bojxona  va  boshqa  tizimlar  bilan  integratsiyalashish;  markaziy  server  orqali 

Dasturiy ta’minot (DT)ning yangi versiyalarini  tezkor yangilash; g‘aznachilik 

sayti  orqali  foydalanuvchilar  darajasida  g‘aznachilik  axborotining  boshqa 

iste’molchilari  (Oliy  Majlis,  Senat,  Vazirlar  Mahkamasi  va  boshqalar)ning 

g‘aznachilik axborotidan foydalanish imkoniyati. 

          O‘zbekistonda  mamlakatni  rivojlantirishning  Harakatlar  strategiyasi 

doirasida  davlat  moliyasi  tizimida  olib  borilayotgan  islohotlarning  negizida 

davlat  byudjeti,  uning  aniq  yo‘naltirilganligi  va  ijro  sifati  yotadi.  Davlat 

byudjeti  ishlab chiqariladigan jamiyat mahsulotlari qiymatini qayta taqsimlash 

bosqichlarini  o‘zida  aks  ettiruvchi  daromadlar  va  xarajatlarning  muhim 

iqtisodiy shakli sifatida faoliyat yuritadi va iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bir 

qatorda, ijtimoiy sohada ilg‘or o‘zgarishlarni amalga oshirishning zarur bazasi 

bo‘lib ham xizmat qiladi. 

        Bunda davlat daromadlari va xarajatlari, aktiv va majburiyatlari aniqligini 

ta’minlash va hisobini to‘laqonli yuritish, davlat byudjeti va uning ijrosini o‘z 

vaqtida  zamonaviy  texnologiyalarni  qo‘llagan  holda  amalga  oshirish  hamda 

takomillashtirib  borish  davlat  moliyasining  muhim  va  ustuvor  yo‘nalishlardan 

biri hisoblanadi. 

     G‘aznachilik  tashkiliy  tuzilma  sifatida  o‘z  o‘tgan  davrida  davlat  moliyasi 

siyosatini  amalga  oshirish  vositalaridan  biriga  aylandi.  Ushbu  tuzilma  davlat 

moliyasining  qariyb  barcha  jarayonlarida  ishtirok  etishi  va  uning  nazorat 

funksiyasi,  mavjud  makroiqtisodiy  munosabatlarda  yuzaga  keladigan 

nomutanosiblar  o‘rnini  qoplash  imkonini  yaratadi  va  davlat  byudjeti 

xarajatlarini moliyalash hajmini to‘g‘ri va aniq belgilash imkonini beradi. 

      G‘aznachilik  davlat  tuzilmasi  sifatida  Davlat  byudjetining  g‘azna  ijrosi 



706 

 

jarayonida  byudjet  mablag‘lari  tushumining  hamda  byudjet  xarajatlarining 



shaffofligi,  maqsadli  va  manzilli,  tejamkor  va  samarali  tarzda  ulardan 

foydalanish  yuzasidan  dastlabki  va  joriy  nazoratni  amalga  oshiradi  va  bunda 

davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligi oshadi. 

         G‘aznachilik organlarining faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish - 

davlat  moliyaviy  resurslarini,  jumladan,  davlat  daromadlari  shuningdek, 

xarajatlari  ijrosi,  uning  nazorati,  hisobini  yuritish  va    ulardan  foydalanish 

mexanizmlarini  takomillashtirishdan  iborat.  Bu  esa,  o‘z  navbatida,  davlat 

byudjeti soliqlarining tushishi va uning xarajatlarini to‘lab berishni o‘z vaqtida 

aniq  real  vaqt  (“on-line“)  rejimida  amalga  oshirilishini  ta’minlaydi  hamda 

vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshiradi. 

          Davlat  moliyasi  tizimida  yagona  yondashuv,  byudjet  islohotlarining 

asosiy  yo‘nalishlarini  ishlab  chiqishdagi  moliyaviy  strategiyani  shakllantirish 

va milliy byudjet-soliq siyosatini amalga oshirishda uzoq muddatli strategiyani 

ishlab  chiqish  taqozo  qilinadi.  Bunda  davlat  moliya  tizimining  istiqbolli 

maqsadlari  uning  joriy  byudjet  ehtiyojlari,  barcha  bo‘g‘indagi  hokimiyatning 

byudjet vakolatlari va javobgarlik darajasi bilan bog‘lanish va mamlakat milliy 

byudjet  mulkini  boshqarish,  foydalanish  va  taqsimlash  g‘aznachilik  tizimi 

orqali amalga oshirish imkonini beradi. 

        Davlatning  moliyaviy-iqtisodiy  tuzilmalarini  isloh  qilish  jarayonida 

axborotning  ahamiyati  doimiy  o‘sib  boradi  va  tashkil  qilinayotgan  yagona 

telekommunikatsion  tarmoqlar  davlat  boshqaruv  organlari,  viloyat,  shahar  va 

tumanlarni  yaxlit  majmuaga  bog‘laydi.  Bu,  davlat  byudjet  tizimini  kompleks 

monitoring  va  iqtisodiy  tashxislash  imkonini  berib,  davlat  g‘aznachiligining 

bo‘limlari  oldida  turgan  vazifalarni  samarali  hal  qilishga  xizmat  qiladi.  O‘z 

navbatida, davlat moliyaviy jarayonlariga yagona axborot makonini joriy etish, 

undan  samarali  foydalanish  uning,  huquqiy  himoyalash  ob’ektlarini  belgilab 

beruvchi, konseptual asoslarni ishlab chiqishni taqozo etadi. 

       Shunday  qilib,  Davlat  byudjetining  g‘azna  ijrosini  rivojlantirish 

istiqbollarini  ishlab  chiqishga  qaratilgan  taklif  va  tavsiyalar  g‘aznachilik 



707 

 

tizimini  takomillashtirish,  moliyaviy  oqimlar  aylanmasini  optimallashtirish 



hamda  boshqaruv  samaradorligini  oshirish  va  mamlakat  iqtisodiy  siyosatini 

yaxshilash imkonini beradi. 

Davlat  moliyaviy  nazorati  bosh  boshqarmasi  va  uning  hududiy 

boshqarmalari  tomonidan  byudjet  mablag‘larining  daromadlarini  shakllanishi 

hamda ularning maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat tadbirlarida zamonaviy 

axborot  kommunikatsiya  texnologiyalari  va  ma’lumotlar  bazasi  vositasida 

kameral nazoratdan  keng foydalaniladi.  Shu o‘rinda  ta’kidlash  lozimki,  davlat 

moliyaviy  nazorati  bosh  boshqarmasi  va  uning  hududiy  boshqarmalari 

tomonidan  “Davlat  moliyasini  boshqarish  axborot  dasturi”  va  byudjet 

tashkilotlari  bevosita  ishlaydigan  “UzASBO”  DM  ma’lumotlaridan 

foydalangan holda har yili (2018 yil yilda 1691 ta) muassasalarning xarajatlar 

smetasi va shtat jadvallarini tuzilishi yuzasidan kameral nazorati o‘tkazildi

10



Ma’lumotlarni  bunday  uzatish  tizimi  xavfsizlik  va  axborotni 



himoyalashning  barcha  zarur  chora-tadbirlariga  amal  qilingan  holda 

g‘aznachilik  tizimi  foydalanuvchilarining  AATga  on-line  ulanishini, 

shuningdek,  interfeys  orqali  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo‘mitasi,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Davlat  bojxona  qo‘mitasi  hamda  boshqa  ishtirokchi  vazirliklar  va  tashkilotlar 

bilan ulanishini ham ta’minlaydi. 

Shuningdek,  G‘aznachilik  funksional  aloqa  va  ma’lumotlarni  uzatish 

tizimi quyidagi vazifalarning hal etilishini ta’minlaydi: g‘aznachilikning barcha 

uzoqda joylashgan bo‘linmalari uchun on-line rejimida byudjet axboroti yagona 

markazlashgan  ma’lumotlar  bazasi  bilan  ishlash  imkoniyati;  g‘aznachilikning 

barcha  uzoqda  joylashgan  bo‘linmalari  uchun  on-line  rejimida  farmoyish, 

normativ va axborot ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyati; on- line rejimida 

boshqaruvning yuqori darajalariga tezkor hisobotlarni taqdim etish; bank, soliq, 

bojxona  va  boshqa  tizimlar  bilan  integratsiyalashish;  markaziy  server  orqali 

Dasturiy ta’minot (DT)ning yangi versiyalarini  tezkor yangilash; g‘aznachilik 

sayti  orqali  foydalanuvchilar  darajasida  g‘aznachilik  axborotining  boshqa 




708 

 

iste’molchilari  (Oliy  Majlis,  Senat,  Vazirlar  Mahkamasi  va  bq.)ning 



g‘aznachilik axborotidan foydalanish imkoniyati. 


Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish