710
19-MAVZU: G`AZNACHILIKDA DAVLAT KAFOLATLARINI
BOSHQARISH
Reja
1. Davlat qarzlarining mohiyati va shakllari.
2. Davlat qarzlarini boshqarishning zarurligi, vazifalari va usullari.
3. Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarish.
4. G’aznachilik sharoitida davlat kafolatlarini boshqarish.
1. Davlat qarzlarining mohiyati va shakllari.
Hozirgi davrda dunyoda ko’pchilik mamlakatlarning hukumatlari
balanslashtirilmagan davlat byudjetlarini shakllantirish amaliyotiga murojaat
etmoqdalar. Rejalashtirilgan xarajatlarni taqchillik sharoitida to’liq hajmda
amalga oshirish uchun davlatlar shu jumladan (ichki va tashqi) moliya
bozorlaridan mablag’larni jalb qilish amaliyotiga murojaat etadilar. Bu davlat
qarzining paydo bo’lishiga olib keladi, qo’shimcha mablag’lar jalb qilinishi esa
uning oshib borishiga sabab bo’ladi.
Davlat qarzi – davlatning tashqi va ichki kredit operatsiyalari bo’yicha
qarzdorlik summasi. Davlat zayomlari – kredit munosabatlarining bir turi
bo’lib, unda davlat (yoki uning mahalliy organlari) qarz oluvchi yoki qarz
beruvchi sifatida amal qiladi. Shu bilan birga, byudjet faoliyati amaliyotida
byudjetga daromadlarni tushish vaqti bilan xarajatlarni amalga oshirish vaqti
o’rtasidagi farq kassa uzilishi ko’rinishida vujudga kelishi mumkin. Xarajatlarni
o’z vaqtida va to’liq amalga oshirish maqsadida davlat zayomlar va moliya
bozoridan mablag’larni jalb etishni amalga oshiradi. Bozor munosabatlari
sharoitida davlat moliya bozorining ishtirokchisi sifatida qarz oladi, pul
mablag’larini qarzga beradi yoki qarz oluvchilarning majburiyatlari bo’yicha
kafolat beradi, ya’ni ularning to’lovga qobiliyatsizligi uchun moliyaviy
javobgar hisoblanadi. Pul mablag’larini jalb qilish davlatning moliya bozoridagi
faoliyatining passiv shakli sifatida tavsiflanishi mumkin. Davlat o’z ixtiyoriga
omonatchilarning vaqtinchalik bo’sh turgan pul mablag’larini olish bilan ularni
711
shartnoma shartlari bo’yicha belgilangan muddatda qaytarish va foizlarni
to’lash majburiyatlarini oladi.
Davlat pul mablag’larini qarzga berishi uning moliya bozoridagi
harakatining faol shakli sifatida qaralishi mumkin. Chunki davlat qarz
oluvchilarga mablag’larni belgilangan muddatda qaytarish va shu
mablag’lardan foydalanganlik evaziga to’lovni amalga oshirish (foiz to’lash)
shartlari bilan beradi. Davlatning kafolat berish faoliyati Davlat boshqaruvi
sektorining birliklari ko’pchilik hollarda boshqa birliklar tomonidan olingan
qarz majburiyatlari bo’yicha kafolatlar beradi. Ko’pchilik hollarda kreditor
debitor (qarzdor)ga davlat boshqaruvi sektorining birligi tomonidan qarz
bo’yicha kafolat berilgan taqdirda qarz berishga tayyordir. Qarzning olinishi
kreditor tomonidan kafolatni talab etish imkoniyati yaratiluvchi shartnoma
shartlari qo’llanilishi, davlat boshqaruvi sektori birligi esa asosiy qarzdor yoki
debitor sifatida qarz bo’yicha majburiyat olinishi sharoitida yuzaga keladi.
Shunday qilib, qarzni qabul qilishda uch institutsional birlik
qatnashadi – davlat boshqaruvi setori birligi, kreditor va birlamchi debitor
(qarzdor).
Davlat boshqaruvi organlari kreditorga nisbatan yangi majburiyatni
qabul qiladilar, debitorning birlamchi majburiyati esa tugatiladi. Yangi qarz
shartlari birlamchi qarz shartlari bilan bir xil bo’lishi mumkin yoki kafolatlarni
qo’llash natijasida yangi shartlar kuchga kirishi mumkin.
Davlat kafolatlari shakllari quyidagilardir:
Do'stlaringiz bilan baham: