buning natijasida O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki
qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil
sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishi bo’lib, uning natijasida davlat ichki
713
Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z
kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi
bo’lib, uning natijasida davlat tashqi qarzlari paydo bo’ladi.
Har yili O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan keyingi
yilga Davlat byudjetini qabul qilinishi bilan birga davlat ichki va tashqi
qarzlarining yuqori chegaralari ham tasdiqlanadi. O’zbekistonda davlat
qarzining paydo bo’lishi va oshib borishiga olib keluvchi faoliyat hukumat –
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u tomonidan belgilangan
vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi. Davlat tomonidan ichki va
xorijdan mablag’ jalb qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasida mablag’ jalb qilishning maqsadlari
1) iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini, shu jumladan
davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish;
2) Davlat byudjeti daromadlari bilan xarajatlari o’rtasida tushumlar
vaqtga ko’ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni
to’g’irlash;
3) mavjud qarzni qayta moliyalashtirish;
4) byudjet taqchilligini moliyalashtirish;
5) tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablag’larga
bo’lgan ehtiyojlarni qoplash;
6) qonun hujjatlarida belgilangan boshqa maqsadlar.
Xorijdan mablag’ quyidagi yo’llar bilan jalb qilinadi:
• davlat yoki O’zbekiston Respublikasi rezidenti bo’lmish yuridik va
jismoniy shaxslar tomonidan zayomlar, tovarlar yoki xizmatlarni import qilish
shaklida kreditlar jalb etilishi. Mablag’ jalb qilishning maqsadlari -
iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini, shu jumladan davlat
investitsiya dasturlarini moliyalashtirish tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda
vaziyatlar tufayli mablag’larga bo’lgan ehtiyojlarni qoplash Davlat byudjeti
daromadlari bilan xarajatlari o’rtasida kelib chiqqan yillik ichki tafovutni
714
to’g’irlash mavjud qarzni qayta moliyalashtirish byudjet taqchilligini
moliyalashtirish .
• norezidentlar mablag’larining O’zbekiston Respublikasi moliya insti-
tutlari tomonidan depozitlarga jalb etilishi;
lizing operatsiyalari;
• O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va rezidentlarning
obligatsiyalar, veksellar hamda boshqa xil qimmatli qog’ozlar chiqarib, chet el
bozorlarida joylashtirishi;
• boshqa tur va shakllardan foydalanish.
Qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
va Markaziy banki xorijdan mablag’ jalb qilish borasida muayyan vakolatlarga
egadirlar.
Xorijdan mablag’ jalb qilish borasida O’zbekiston Respublikasi
Do'stlaringiz bilan baham: