2. Davlat qarzlarini boshqarishning zarurligi, vazifalari va usullari.
O’zbekistonda davlat kafolatlari faqatgina rezident-yuridik shaxslarning
majburiyatlari bo’yicha beriladi, jismoniy shaxslarning majburiyatlari bo’yicha
kafolatlar berilmaydi.
O’zbekiston Respublikasining kafolatlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan, xorijiy kreditorlarga xorijdan
mablag’ jalb qilish shartnomalari bo’yicha xorijiy davlat lar, banklar yoki yuridik
shaxslarga beriladi.
Joriy qarz – to’lov muddati kelgan majburiyatlar bo’yicha davlatning qarzi
Asosiy qarz – to’lov muddati kelmagan yoki hozirgi davrda to’lovi talab
qilinmaydigan davlatning barcha qarzlari summasi
Ayrim hollardagina O’zbekiston Respublikasi kafolatlari tijorat banklariga
quyidagilarni amalga oshirish uchun beriladi:
• O’zbekiston Respublikasi kafolati bilan olingan xorijiy kreditlarni qayta
moliyalashtirish;
• qaytarish manbai sifatida davlat byudjeti mablag’lari belgilangan strategik va
ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarni moliyalashtirishni ta’minlash.
O’zbekiston Respublikasi kafolatlari har yili O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan davlat tashqi qarzini yangi jalb qilish hajmlari
doirasida taqdim etiladi. O’zbekistonning tashqi qarzi 2018 yil 1 yanvar holatiga
YaIMning 14 foizni tashkil etdi va xalqaro tasnif bo’yicha “har jihatdan maqbul
717
holat” sifatida tavsiflanadi. Davlat qarzi bo’yicha to’lovlarni o’z vaqtida amalga
oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilish bo’yicha
O’zbekiston Respublikasining majburiyatlaridan kelib chiquvchi to’lovlarni
amalga oshirish uchun mablag’larni jamlashga shart-sharoit yaratish maqsadida
respublika
byudjeti
tarkibida Kafolat
jamg’armasi
tuziladi. Kafolat
jamg’armasining mablag’lari etishmagan taqdirda, etishmayotgan summa davlat
byudjeti hisobidan to’ldiriladi.
Davlat qimmatli qog’ozlari qarz majburiyatlarining bir turi hisoblanib, ularning
markazlashtirilgan emissiyasi iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
vositasi sifatida keng qo’llaniladi. Davlat qimmatli qog’ozlarini chiqarish orqali
davlat qarzini moliya- lashtirish bank kreditlari orqali mablag’larni jalb etishdan
ko’ra kam xarajatli hisoblanadi. Davlat qimmatli qog’ozlar bozori davlatga byudjet
taqchilligini moliyalashtirishning noinflyatsion, noemission manbalar (ichki va
tashqi qarzlar) hisobiga yangi progressiv shakllaridan foydalanish imkonini beradi.
Investorlar uchun davlat qimmatli qog’ozlar bozori mablag’larni daromadli
investitsiyalashga sharoit yaratadi, chunki davlat qimmatli qog’ozlari bilan
operatsiyalar bir qator soliq imtiyozlariga ega va ular moliyaviy bozorning
ishonchli vositasi hisoblanadi.
Davlat qimmatli qog’ozlar bozorini shartli ravishda birlamchi va ikkilamchi
bozorlarga bo’lish mumkin. Birlamchi bozorda turli davlat qimmatli
qog’ozlarining birlamchi joylashtirilishi amalga oshiriladi. Bunday joylashtirishlar
quyidagi usullarda amalga oshirilishi mumkin: davlat qimmatli qog’ozlarining
bevosita g’aznachilik tomonidan har hafta auktsionlar o’tkazishlar yordamida yoki
tilxatlar orqali sotilishi. Davlat qimmatli qog’ozlarini birlamchi joylashtirish
ko’pgina sub’ektlarning vositachiligida amalga oshiriladi. Ular orasida bosh o’rinni
markaziy banklar egallaydilar, ular yangi zayomlarni tarqatish bo’yicha ishlarni
tashkillashtiradilar, yangi investorlarni jalb qiladilar, ba’zi hollarda o’zlari davlat
qarz majburiyatlarining yirik paketlarini sotib oladilar. Ikkilamchi bozor asosan
birjadan tashqari bozor bo’lib, unda shaxsiy kelishuvlar asosida har qanday
bitimlar tomonlarning shaxsiy va telefon bog’lanishi orqali amalga oshiriladi.
718
Maxsus kompyuter xizmatlaridan foydalanib tomonlar keng doiradagi servis
xizmatlarini taklif etuvchi elektron birjadan tashqari bozor sohasiga kiradilar. Keng
rivojlangan tarmoqlar birjalar analogi kabi faoliyat yuritadi. Davlat qimmatli
qog’ozlarining ikkilamchi bozorida barcha moliyaviy institutlar (bevosita yoki
vositachilar orqali) faoliyat yuritadi. Jahon amaliyotida davlat qimmatli qog’ozlari
quyidagi bir qator belgilarga ko’ra tasniflanadi:
• joylashtirilish joyi bo’yicha – tashqi va ichki;
• aylanish usuli bo’yicha – bozor va nobozor;
• mablag’larni jalb etish muddati bo’yicha – qisqa, o’rtacha va uzoq muddatli;
• qaytarilishini ta’minlash usuli bo’yicha – garovli va garovsiz
• emitentning darajasi bo’yicha: unitar tipdagi mamlakatlarda – markaziy
hukumatning davlat zayomlari va mahalliy zayomlar; federal tipdagi mamlakat-
larda – federal, mintaqaviy va mahalliy;
• daromadni to’lash shakli bo’yicha – foizli, diskontli, yutuqli, indeksatsiyali;
• muddatidan oldin qaytarish huquqi borligi va yo’qligi;
• qarzni qaytarish usuli bo’yicha – bir vaqtda (birdaniga) qaytariladigan va bo’lib-
bo’lib qaytariladigan (teng qismlar bilan yoki kelishilgan muddat davrida o’sib
yoki kamayib boradigan);
• daromadni aniqlash metodi bo’yicha – qat’iy daromad va suzib yuruvchi
daromad;
• foydalanish yo’nalishlari bo’yicha – maqsadli va maqsadsiz;
• joylashtirish usuli bo’yicha – erkin muomaladagi (ixtiyoriy), majburiy va tilxat
orqali joylashtiriladigan;
• emissiya texnologiyasi bo’yicha – obligatsiyali va obligatsiyasiz.
O’zbekistonda davlat qimmatli qog’ozlarining quyidagi turlari amal qiladi:
- O’zbekiston Respublikasi g’aznachilik majburiyatlari,
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatli organlari tomonidan
chiqarilgan obligatsiyalar,
- O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari.
719
O’zbekistonda Davlat qimmatli qog’ozlari amal qilishi muddatidan kelib
chiqib qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga), o’rtacha muddatli (bir yildan besh
yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq muddatga) etib
chiqarilishi mumkin. Davlat qimmatli qog’ozlarini chiqarish emissiya risolasisiz va
davlat qimmatli qog’ozlarining chiqarilishi davlat ro’yxatidan o’tkazilmagan holda
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. O’zbekistonda davlat
qimmatli qog’ozlarining quyidagi turlari muomalada:
- Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organ tomonidan chiqarilgan
obligatsiyalar (1996 yil);
- O’zbekiston Respublikasi g’aznachilik majburiyatlari (2004 yil);
- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalari (2002 yil).
Amal qilish muddati bo’yicha O’zbekiston davlat qimmatli qog’ozlari:
- qisqa muddatli (bir yilgacha bo’lgan muddatga);
-o’rta muddatli (bir yildan besh yilgacha bo’lgan muddatga);
-uzoq muddatli (besh yilan va undan ko’p muddatdaga) turlarga bo’linadi.
Davlat qimmatli qog’ozlari emissiya risolasisiz va davlat qimmatli
qog’ozlarining chiqarilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatdan
o’tkazmasdan chiqariladi. Davlat qimmatli qog’ozlar bozori amal qilishining
huquqiy asosi bo’lib O’zbekiston Respublikasi qonunlari, hukumat qarorlari va
normativ hujjatlar xizmat qiladi.
Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bozorining maqsadi – bir qator muhim
makroiqtisodiy vazifalarni echish, chunonchi: byudjet taqchilligini inflyatsion
moliyalashtirishni qisqartirish, bozor ishtirokchilariga yuqori likvidli va ishonarli
vositalarni taqdim etish, Moliya vazirligi va Markaziy bankka pul-kredit siyosatini
yuritish imkoniyatini ta’minlash, shu jumladan ochiq bozorda operatsiyalarni
amalga oshirish orqali. Moliya vazirligi tomonidan kafolatlanadigan davlat
obligatsiyalarining yuqori daromadliligi va ishonarliligi, shuningdek vakolatli
bank-dilerlar va samarali birja infratuzilmasi orqali ta’minlanuvchi bozorning
yuqori likvidliligi ushbu qarz vositasiga mablag’ qo’yilishini ta’minlovchi muhim
omil hisoblanadi
720
Do'stlaringiz bilan baham: |