Qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilari quyidagilardir:
• bozorni tashkil etuvchilar – bular bozorda faoliyat yuritish qoidalarini va
ishtirokchilar tarkibini belgilovchi emitentlar, ya’ni Moliya vazirligi va
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki (Moliya vazirligining bosh agenti
sifatida)dir;
• diler – bu yuridik shaxs, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq investitsion
institut (qimmatli qog’ozlar bozorining professional ishtirokchisi) yoki bankdir, u
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan obligatsiyalar bo’yicha
operatsiyalarga xizmat ko’rsatish bo’yicha shartnoma imzolaydi;
• investor– diler bo’lmagan yuridik shaxs, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq
obligatsiyalarni mulk sifatida sotib oladi va ularni ishlab chiqarish shartlari va
parametrlarini boshqara oladi.
Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari – qarz qog’ozlari bo’lib, ularga binoan
zayom beruvchi (davlat) kredit oluvchiga (investor – O’zbekiston Respublikasi
rezidenti bo’lgan har qanday yuridik shaxs) belgilangan muddat o’tgandan so’ng
investitsiyalangan summa, shuningdek ma’lum bir daromad to’lanishini
kafolatlaydi. Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari 3, 6, 9 va 12 oylik aylanish
muddati (auktsion kuni bilan qarzni qaytarish vaqti oralig’idagi davr) bilan
chiqariladi, ular davlatning barcha aktivlari bilan ta’minlanib, investitsiyalarga o’ta
ishonchlilikni ta’minlaydi. Obligatsiya emissiyasi vaqti-vaqti bilan alohida
chiqarishlar shaklida amalga oshiriladi. Har chiqarish, ko’pchilik hollarda, oyda bir
bo’lib o’tadi. Obligatsiyaning nominal qiymati 1000 so’m. Auktsionda birlamchi
joylashtirilganda obligatsiyalar diskont bilan sotiladi, qarz nominal bo’yicha
qaytariladi. Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bilan operatsiyalardan olingan
daromad soliqqa tortilmaydi. Davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining har bir
chiqarilishi ma’lum bir parametrlar bilan tavsiflanadi va auktsionda sotiladi.
Chiqarish parametrlari, hajmi, joylashtirish va qoplash vaqti, potentsial
ishtirokchilarni chegaralash emitent (Markaziy bank bilan kelishilgan holda
Moliya vazirligi) tomonidan amalga oshiriladi. Davlat qisqa muddatli
obligatsiyalarining har bir chiqarilishiga davlat registratsiya raqami beriladi.
721
Davlat registratsiya raqami to’qqizta razryaddan tashkil topadi.
Masalan: 1) birinchi marta chiqarilgan uch oylik obligatsiyalar quyidagi raqamga
ega bo’ladi: «21001UMFS», bu erda:
• birinchi razryad, «2» soni qimmatli qog’oz turini ko’rsatadi – qarz majburiyati;
• ikkinchi razryad qimmatli qog’oz tipini anglatadi: «1» - uch oylik davlat
obligatsiyalari, «2» - olti oylik; «3» - to’qqiz oylik; «4» - o’n ikki oylik;
• uchinchi, to’rtinchi va beshinchi razryadlar: bu tipning chiqarilish tartib raqamini
anglatadi;
• oltinchi, ettinchi va sakkizinchi razryadlar, abbreviatura «UMF» emitentni
ko’rsatadi – «Uzbekistan Ministry of Finance»; • to’qqizinchi razryad, «S» harfi,
qimmatli qog’oz davlatniki ekanligini ko’rsatadi.
Ushbu davlat registratsiya raqami xalqaro operatsiyalarda ishlatilishi ISIN
raqami kabi amalga oshiriladi, uning chap tomoniga ikki razryadli prefiks
qo’shiladi, o’ng tomoniga esa ISO 6166 xalqaro standartiga muvofiq kontrol
razryadi qo’shiladi. Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari qog’ozsiz shaklda
chiqariladi va sotilganda egalarining Depozitariydagi shaxsiy hisob varaqlarida
(depo” hisob varaqlarida) qayd etish tarzida rasmiylashtiriladi. Qonun hujjatlariga
muvofiq obligatsiyalar bozori ishtirokchilari ikki toifaga: dilerlar va investorlarga
bo’linadi.
Investor diler (dilerlar) bilan xizmat ko’rsatish bo’yicha shartnoma imzolashi
shart. Bu shartnoma obligatsiyalarni sotib olish, ularga egalik qilish va ularni
sotish tartibini, shuningdek ushbu operatsiyalarni bajarishda tomonlarning huquq,
majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
Davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining birlamchi joylashtirilishi auktsionda
amalga oshiriladi. Unda Markaziy bankning rasmiy ro’yxatga olingan dilerlari
obligatsiyalar sotib olish uchun buyurtmalarni barcha xohlovchilardan to’plab
beradilar. Buyurtmalarda sotib olinayotgan obligatsiyalar narxi va soni ko’rsatiladi.
Buyurtmalar narxlarni ko’rsatmasdan berilishi mumkin (raqobatsiz buyurtmalar),
ularning hajmi emitent tomonidan oldindan chegaralanadi. Emitent talab summasi
va chiqarish hajmidan kelib chiqib kesib tashlanadigan narxni – obligatsiya
722
sotilishining minimal narxini belgilaydi. Shu narxda va undan yuqori narxlarda
obligatsiyalarni sotib olish bo’yicha tushgan buyurtmalar qondiriladi, minimal
narxdan past darajadagi takliflar qondirilmaydi, ya’ni kesib tashlanadi. Amalda
yopiq auktsion savdosini o’tkazishning ikki tizimi – “amerikacha” va “gollandcha”
tizimlar qo’llaniladi. “Amerikacha” tizim bo’yicha kesib tashlanadigan narxdan
yuqori darajadagi narxlar qayd etilgan buyurtmalar buyurtma narxlari bo’yicha,
raqobatsiz buyurtmalar esa – o’rtacha narxlar bo’yicha qondiriladi. “Gollandcha”
tizim bo’yicha barcha buyurtmalar yagona minimal ruxsat etilgan narx – kesib
tashlanadigan narxda qondiriladi. O’zbekistonda davlat qisqa muddatli
obligatsiyalari savdo tizimi “amerikacha” tizimga o’xshashdir. Davlat qisqa
muddatli obligatsiyalarining savdo sessiyalari respublika valyuta birjasi
(O’zRVB)da amalga oshiriladi. Oldi-sotdi va hisob-kitob operatsiyalarining
hammasi obligatsiyalar elektron savdosi har kuni amalga oshirilishini ta’minlovchi
kompyuterlashtirilgan savdo-depozitar tizimi yordamida amalga oshiriladi. Savdo
sessiyalari tugaganidan so’ng ma’lumotlar hisob-kitob tizimiga kelib tushadi, u
erda kliring amalga oshiriladi, ishtirokchilar va birjaning o’zaro majburiyatlari
aniqlanadi, pul mablag’lari bo’yicha hisob-kitoblar amalga oshiriladi, qimmatli
qog’ozlar bo’yicha esa bu depozitariyda bajariladi.
Obligatsiya egasi keyingi chiqarishdagi obligatsiyalarni sotib olishda qarzi
qoplanayotgan davlat qisqa muddatli obligatsiyalari qiymati bilan to’lash huquqiga
ega. Ular bilan operatsiyalar “depo” hisob varaqlarida qayd etish orqali amalga
oshiriladi.
Obligatsiyalarning ikkilamchi bozorda aylanishi faqatgina oldi-sotdi
bitimlarini, shu jumladan Savdo tizimi (O’zRVB) orqali garovga qo’yilgan
obligatsiyalarni sotish bitimlarini imzolash orqali amalga oshiriladi.
Obligatsiyalarni chiqarishga xizmat ko’rsatish bo’yicha savdo, hisob-kitob tizimi
va depozitariyni yaratish O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasi zimmasiga
yuklangan. Chiqarilishi rejalashtirilayotgan obligatsiyalarni joylashtirish davrida
20 foizdan ortig’i sotilsa, ularni chiqarish amalga oshdi deb hisoblanadi Markaziy .
bank va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikkilamchi bozorda
723
obligatsiyalarni sotib olish bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
Hukumatning zayomlar bo’yicha faoliyati qimmatli qog’ozlar bozorida faollashadi,
bu hol byudjet taqchilligini qoplashda Markaziy bank kreditlaridan
foydalanishning rad etilishi natijasidir. Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari
bozorida mablag’larni o’zlashtirish muddatining uzayishi, auktsionlarda va
ikkilamchi bozorlarda obligatsiyalar qiymatining pasayishi, obligatsiyalar qarzini
to’lash qat’iy belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi, vaqtinchalik bo’sh
turgan pul mablag’larini risksiz aktivlarga qisqa muddatli investitsiyalash
imkoniyatlari bozor ishtirokchilari doirasining kengayishiga olib keldi, bu esa, o’z
navbatida, uning hajmi sezilarli darajada oshishiga sabab bo’ldi. Davlat qisqa
muddatli obligatsiyalari jozibadorligining oshishida muhim omillardan biri davlat
qimmatli qog’ozlari daromadlarini imtiyozli soliqqa tortish rejimi saqlanib
qolinganligidir. Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bozorida eng katta investorlar
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va sug’urta kompaniyalari
hisoblanadi. Bozorning eng yirik operatorlari – Sanoatqurilishbank, Asaka bank,
Kredit standart bank, Qishloqqurilishbank va Xalq banki.
O’zbekiston Respublikasining davlat o’rta muddatli pul majburiyatlari
Hukumat nomidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
qog’ozsiz shaklda (depozitariyda “depo” hisob varaqlari bo’yicha elektron yozuv
ko’rinishida) chiqariladi va qimmatli qog’ozlar bozorida muomalada bo’ladi,
davlat o’rta muddatli pul majburiyatlari tijorat banklari va yuridik shaxslar –
O’zbekiston Respublikasi rezidentlari o’rtasida joylashtiriladi. Davlat o’rta
muddatli g’aznachilik majburiyatlari (DO’G’M)ning nominal qiymati O’zbekiston
Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi va 1000 so’mni tashkil etadi. Diler o’z
nomidan, investor nomidan va uning topshirig’iga binoan DO’G’M bo’yicha
bitimlar imzolashda brokerlik funktsiyasini bajarishi mumkin. Dilerlar ikki toifaga
bo’linadi: birlamchi va ikkilamchi diler.
Birlamchi diler:
724
auktsionlarda DO’G’Mni sotib olish bo’yicha operatsiyalarni o’z nomidan va o’z
hisobiga, o’z nomidan va investorlar hisobiga va topshirig’iga binoan amalga
oshirish huquqiga egadirlar;
DO’G’Mni joylashtirish bo’yicha har bir auktsionga Markaziy bank tomonidan
DO’G’Mni sotib olish bo’yicha birlamchi dilerlarga qo’yilgan minimal talablar
darajasidan kam bo’lmagan me’yorda ularni sotib olish buyurtmalarini berishga
majbur;
DO’G’Mni sotib olishga va sotishga kotirovkalarni o’rnatish orqali ikkilamchi
bozorda DO’G’Mning aylanishini qo’llab turishga majbur;
auktsionda DO’G’Mni pul mablag’larini oldindan zaxira qilib qo’yishsiz sotib
olish huquqiga ega va auktsionda sotib olingan DO’G’Mni auktsionning ertasidan
kech bo’lmagan muddatda pulini to’lashga majbur.
Ikkilamchi diler ikkilamchi savdolarda ishtirok etish va ikkilamchi bozorda
DO’G’Mni o’z nomidan va o’z hisobidan, o’z nomidan va investor hisobidan va
uning topshirig’iga binoan sotib olish huquqiga ega. DO’G’Mning har bir
chiqarilishiga davlat registratsiya raqami beriladi. Davlat registratsiya raqami o’nta
razryaddan tashkil topadi. Masalan:
birinchi marta chiqarilgan o’n sakkiz oylik qayd etilgan foizli daromadga ega
DO’G’M quyidagi raqamga ega bo’ladi: «25001UMFS F », bu erda:
• birinchi razryad «2» soni qimmatli qog’oz turini ko’rsatadi – qarz majburiyati;
• ikkinchi razryad, qimmatli qog’oz tipini anglatadi: «4» - o’n ikki oylik DO’G’M,
«5» - 18 oylik; «6» - 24 oylik; «7» - 30 oylik; «8» - 36 oylik; «9» - 48 oylik; «0» -
60 oylik;
• uchinchi, to’rtinchi va beshinchi razryadlar: bu tipni chiqarilishi tartib raqamini
anglatadi;
• oltinchi, ettinchi va sakkizinchi razryadlar, abbreviatura «UMF», emitentni
ko’rsatadi – «Uzbekistan Ministry of Finance»;
• to’qqizinchi razryad, «S» harfi, qimmatli qog’oz davlatniki ekanligini ko’rsatadi;
• o’ninchi razryad, foiz to’lovlarining foiz stavklarini o’zgarishini ko’rsatadi: -
«F» qayd etilgan foiz, «V» - o’zgaruvchan foiz.
725
36 oylik o’zgaruvchan foizli daromali DO’G’Mning birlamchi chiqarilishi
quyidagi raqamga ega edi: «7001UMFS V». DO’G’M bo’yicha depozitariyda
“depo” hisob varaqlarini ochish va yuritish tartibi davlat qisqa muddatli
obligatsiyalar hisob varaqlarini yuritishga o’xshash ravishda va “Davlat qisqa
muddatli obligatsiyalarini muomalaga chiqarish va xizmat ko’rsatish to’g’risidagi
Nizom”ga binoan amalga oshiriladi.
Emissiya bir yildan besh yilgacha aylanish muddatiga qayd qilingan yoki
o’zgaruvchan foizli daromadga ega bo’lgan alohida chiqarishlar bilan amalga
oshiriladi. Davlat o’rta muddatli g’aznachilik majburiyatlarini joylashtirishdan
tushgan mablag’lar respublika byudjetiga kelib tushadi. Davlat o’rta muddatli
g’aznachilik majburiyatlarini joylashtirish va chiqarishni qoplash O’zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan Moliya vazirligi nomidan va davlat
byudjeti mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Moliya vazirligi har bir
chiqarilish hajmini, to’lovlar muddatini va foizli daromad hajmini moliya bozori
kon’yunkturasi va byudjet ehtiyojlaridan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi
Markaziy banki bilan kelishilgan holda aniqlaydi, shuningdek ikkilamchi bozorda
davlat o’rta muddatli obligatsiyalarini g’aznachilik (majburiyatlarini) sotib olish
operatsiyalarini va muddatidan oldin ularning qarzini to’lash operatsiyalarini
amalga oshiradi.
Zayom obligatsiyalari bo’yicha barcha daromadlar yutuqlar ko’rinishida
to’lanadi. Zayom obligatsiyalari 250, 500 va 1000 so’mlik ko’rinishda chiqarildi.
Yigirma yillik zayom muddatida barcha obligatsiyalarning 32% yutuqlidir, qolgan
68% obligatsiyalar zayom muddati tugaganidan so’ng ustiga yozib qo’yilgan
qiymat bo’yicha sotib olinadi. Yutuqli obligatsiyalar bo’yicha qarzlar to’lanadi va
ular keyingi yutuqlar tirajidan chiqarib tashlanadi. Yigirma yillik zayom muddati
ichida 80 ta yutuqlar tiraji o’tkaziladi, bir yilda 4 marta.
O’zbekiston Respublikasi ichki yutuq zayomlari obligatsiyalari va ular bo’yicha
yutuqlar soliqlardan ozod qilingan. Jahon moliya bozorida O’zbekiston ko’pincha
qarz oluvchi sifatida namoyon bo’ladi. O’zbekistonning asosiy kreditorlari bozor
726
iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar bo’lib, ular mablag’larni hukumatlararo zayomlar
va banklararo kreditlar ko’rinishida taqdim etadilar.
O’zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan amalga oshiriladigan tashqi
qarzlarni jalb qilish turlari
1. Davlatlararo kelishuvlar asosida xorijiy kreditlar va zayomlar. Xorijiy
mamlakatlarning ixtisoslashtirilgan hukumat moliya institutlari (KfV bank
(Germaniya), Djayka (Yaponiya), Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg’armasi
(Janubiy Koreya), KFAER (Quvayt), SFR (Saudiya Arabistoni) va boshqalar)
tomonidan O’zbekiston Respublikasi Hukumatiga, shuningdek O’zbekiston
Respublikasi rezidentlariga xorijiy tijorat banklari kreditlarini rasmiy hukumat
eksport-kredit va sug’urta agentliklarining (Koreya, AQSh eksport-import banklari,
Euler-Germes (Germaniya), KOFAS (Frantsiya) sug’urta agentliklari va boshqalar)
sug’urtasi bilan xorijiy kreditorlar foydasiga O’zbekiston Respublikasi kafolatlari
bilan taqdim etiladi.
2. Xalqaro moliya institutlari tomonidan strategik jihatdan muhim ijtimoiy va
infratuzilmaviy loyihalarni alohida kreditlar va O’zbekiston hukumati va (yoki)
O’zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan amalga oshiriladigan tashqi
qarzlarni jalb qilish turlari Davlatlararo kelishuvlar asosida xorijiy kreditlar va
zayomlar Portfel investitsiyalar Xalqaro moliya institutlari tomonidan strategik
jihatdan muhim ijtimoiy va infratuzilmaviy loyihalarni alohida kreditlar va (yoki)
zayomlar berish, shuningdek kredit liniyalari ochish orqali moliyalashtirish.
O’zbekistonda loyihalarni moliyalashtirish Jahon banki guruhi moliyaviy
tashkilotlari (Xalqaro ta’mirlash va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish agentligi,
Xalqaro moliya korporatsiyasi), Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki,
Xalqaro rivojlanish bo’yicha OPEK jamg’armasi, Evropa ta’mirlash va taraqqiyot
banklari tomonidan amalga oshiriladi.
3. Portfel investitsiyalar – xorijiy firmalar kapitalini korxonalar aktsiyalari va
boshqa qimmatli qog’ozlarga daromad olish maqsadida joylashtirishdir, bunda
korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyati ustidan nazorat o’rnatish maqsadi
ko’zlanmaydi. “Toshkent” respublika fond birjasida maxsus maydoncha tashkil
727
etilgan bo’lib, u erda xorijiy firmalar xususiylashtirilayotgan korxonalarning 100%
aktsiyalarini sotib olishlari mumkin
4. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar – O’zbekiston hududidagi uzoq
muddatli investitsiyalar bo’lib, ularni nazorat qilish investorlar tomonidan amalga
oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan kompaniya
aktsiyadorlik kapitalining 10 foizdan kam bo’lmagan qismining sotib olinishi
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisoblanadi. Ularning xususiyati – shu
korxona boshqaruvida bevosita ishtirok etish.
5. Qo’shma tadbirkorlik. O’zbekiston uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishning
ustuvor sohalari quyidagilardir: • agrosanoat kompleksi, bu oxir natijada aholi
turmush darajasining oshishiga olib keladi;
• sanoat, kimyo, to’qimachilik, yoqilg’i-energetika kompleksining ustuvor
tarmoqlarini jadal rivojlantirish, xalq xo’jaligining faoliyat yuritayotgan
sohalaridagi ilmtalab texnologiyalarini yangilash va yangi kuchlarini yaratish, bu
oxir natijada respublikaga tovarlar importini kamaytiradi;
• kichik va o’rta tadbirkorlikni rivojlantirish, qadimgi va an’naviy
hunarmandchilikni tiklash. Zayomlarning asosiy oluvchilaridan biri davlat sektori
hisoblanadi (byudjet taqchilligini moliyalashtirish, davlat korxonalari va
tashkilotlarini kreditlash, davlat investitsiya loyihalarini kreditlash). Zayomlar
bilan birga davlat kreditlashni ham amalga oshiradi. Masalan, O’zbekiston
qonunchiligiga binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy
byudjetlar taqchilligiga yo’l qo’yilmaydi, ular yuqori byudjetlarning ssudalari
hisobiga tartibga solinadi. Yuridik shaxslarga tarkibiy qayta qurishlarni amalga
oshirish uchun ssudalar berish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan Moliya vazirligining moliyaviy rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Byudjet ssudalarini berish to’g’risidagi shartnomaga rioya qilinishi ustidan
nazoratni Moliya vazirligi va uning joylardagi tarkibiy bo’linmalari amalga
oshiradi. Ssudalar joriy moliya yili davridan oshib ketmagan muddatga beriladi va
uning to’lovlari davlat qarzi bo’yicha foizlar to’lanishini ta’minlaydigan hajmda
bo’ladi. Ssudalar maqsadli tavsifga ega bo’lib, ishlab chiqarishni tarkibiy qayta
728
qurishni amalga oshirish uchun, maqsadli kreditlarni hisob-kitob qilish uchun
(masalan, uskunalarni sotib olishga), yangi texnologiyalarni, uskunalar va
materiallarni ishlab chiqish, joriy qilish yoki sotib olish uchun beriladi.
Tashqi ssudalar – O’zbekiston Respublikasi tomonidan xorijiy davlatlarga,
yuridik shaxslarga va xalqaro tashkilotlarga beriladigan kreditlardir. Xorijiy
davlatlar, yuridik shaxslar va xalqaro tashkilotlarning O’zbekiston Respublikasi
oldida moliyaviy majburiyatlari paydo bo’ladi. Hozirgi vaqtdagi moliyaviy holat
O’zbekistonning faol kreditor sifatidagi faoliyatini cheklamoqda. Davlat
amaliyotida Tojikiston va Qirg’izistonga bir martali beg’araz moddiy yordam
berish hollari qayd etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |