O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat tomonidan amalga oshirilayotgan
barcha mablag’ jalb qilishlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Markaziy
Davlat tomonidan mablag’ jalb qilishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ davlat qarziga xizmat ko’rsatuvchi va
davlat tomonidan mablag’ jalb qilish bo’yicha hisob-kitoblarning o’z vaqtida va
to’g’ri yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi agent vazifasini bajarishlari
yuzasidan banklar, moliya tashkilotlari bilan shartnomalar tuzishi mumkin.
Rezident-yuridik shaxslarning majburiyatlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining
kafolatlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ
740
Jismoniy shaxslarning majburiyatlari bo’yicha O’zbekiston Respub-likasining
kafolatlari berilmaydi. Kafolatlar berish tartibi, shuningdek, kafolatlar berilganligi
uchun uni oluvchidan haq olish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Davlat qarzi bo’yicha to’lovlarni o’z vaqtida
amalga oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilish
bo’yicha O’zbekiston Respublikasining majburiyatlaridan kelib chiquvchi
to’lovlarni amalga oshirish uchun mablag’larni jamlashga shart-sharoit yaratish
maqsadida respublika byudjeti tarkibida Kafolat jamg’armasi tuziladi.
G’aznachilik:
kassadagi naqd pullarni boshqarish;
oylik kassa limitlarini o’rnatish;
byudjet tashkilotlarining shartnomalarini ro’yxatga olish;
byudjet tashkilotlarining moliyaviy sarf-xarajatlarini joriy nazorat qilish
(to’lov arizalari nazorati);
byudjet ijrosining hisobini yuritish va moliyaviy hisoboti;
davlat qarzi va hukumat kafolatlari hisobini olib boradi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat tomonidan amalga
oshirilayotgan barcha mablag’ jalb qilishlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi
Markaziy bankiga axborot taqdim qiladi. Davlat tomonidan mablag’ jalb qilishda
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ davlat
qarziga xizmat ko’rsatuvchi va davlat tomonidan mablag’ jalb qilish bo’yicha
hisob-kitoblarning o’z vaqtida va to’g’ri yuritilishi ustidan nazoratni amalga
oshiruvchi agent vazifasini bajarishlari yuzasidan banklar, moliya tashkilotlari
bilan shartnomalar tuzishi mumkin.
Kafolat jamg’armasi tashkil etish va undan foydalanish tartibi O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to’g’risida»gi qonunida davlat
qarzi-davlat tomonidan ichki mablag’ni va xorij-dan mablag’ jalb qilish natijasida
741
vujudga kelgan O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi deb ta’rif
beriladi.
Davlat tomonidan ichki mablag’ni jalb qilish natijasida vu-judga kelgan
O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’in-disi davlatning ichki qarzlari
deyiladi. Davlat tomonidan xo-rijdan mablag’ni jalb qilish natijasida vujudga
kelgan O’zbekis-ton Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi davlatning tashqi
qarzlari deyiladi.
Davlat tomonidan ichki mablag’ni jalb qilish- aktivlarni ichki manbalardan
rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan jalb etish hamda buning natijasida
O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi
rezidentlarning o’z kreditla-rini-qarzlarini to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari
vu-judga kelishidir. Davlat tomonidan xorijdan mablag’ni jalb qi-lish-aktivlarni
xorij manbalaridan (chet el davlatlaridan, nore-zident yuridik shaxslardan va
xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O’zbekiston
Respublikasining qarz oluv-chi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z
kreditlarini-qarzlarini to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: