200
.
Byudjet tasnifi byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish hamda ijro
etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi va u byudjet ma’lumotlari xalqaro tasnif
tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi.
Byudjet daromadlari va xarajatlarining tushish manbalarining turli
tumanligi, moliya-byudjet munosabatlarining murakkabligi sharoitida davlat
moliyasini boshqarishni pul oqimlarini xarakatining qonuniy tasdiqlangan yagona
tizimisiz tasavvur qilish juda mushkul. Shu maqsadda, tarkibiy bir-biriga yaqin
byudjet ko‘rsatkichlarni umumlashtrish yo‘llaridan biri bo‘lib hisoblanadigan
muxsus byudjet tasnifi xizmat qiladi. Byudjet tasnifi o‘z vazifa va funksiyalarni
bajarish uchun mablag‘larni qanday sarflashni ko‘rsatib beradi.
Byudjet tasnifi smetalarni va byudjetlarni umumiy jamlanmaga birlashtirish
uchun sharoit yaratadi, ularni ko‘rib chiqishni soddalashtiradi va iqtisodiy tahlil
qilish imkoniyatini yaratadi, byudjet ijrosi nazorati va mablag‘larni o‘z vaqtida
200
Budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo’riqnomani tasdiqlash haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan 2010 yil 11 oktabrda №-2146 raqami bilan ro’yhatdan o’tkazilgan yo’riqnoma.
748
to‘liq jamlanishini soddalashtiradi, hamda mablag‘larni maqsadli ishlatilishi
ustidan nazoratni osonlashtiradi. Byudjet tasnifi byudjet ijrosi bo‘yicha
hisobotlardagi daromadlar va xarajatlarni solishtirish va budjdet mablag‘lari
sarflanishida moliyaviy intizomga rioya etilishini kuzatish imkoniyatini yaratadi.
Davlat moliyasi aniqrog‘i, davlat byudjetini tuzish aniq tamoyillarga asoslanadi, bu
o‘z navbatida muhim ahamiyatga molik bo‘lgan byudjet jarayonining hamma
bosqichlarini bir tizimga solish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shunday tizimlardan
biri bu byudjet tasnifidir.
Iqtisodiy adabiyotlarda byudjet tasnifining umumiy tamoyillariga, davlat va
mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarining mohiyati va ularni guruhlashtirish
va byudjet tasnifidan optimal ravishda foylanishga qaratilgan muhim fikrlar
berilgan. Shuningdek, davlat va mahalliy byudjetlar jarayonida tasnifning iqtisodiy
mohiyati va uning roli to‘g‘risida ham ko‘p ta’kidlab o‘tiladi. Bunda byudjet
daromadlari va xarajatlarini jamiyatning iqtisodiy hayotidagi, xususan ularni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati, tasnifni aniq belgilariga asosan
guruhlashtirish, iqtisodiyotning tarmoqlari bo‘yicha mohiyatini ochib berishga
harakat qilinadi.
Byudjetni guruhlash tavsifi va ularni tuzish tamoyillari, byudjet daromadlari
va xarajatlarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, iqtisodiyotning tuzilishi va uni
boshqarishga bog‘liq ravishda aniqlanadi. Daromad manbalarini bilish va byudjet
sarflarining yo‘nalishini aniqlab olish, bu byudjet jarayonining samarali ishlashiga
sharoit yaratadi.
Shuningdek, byudjet daromadlari va xarajatlarini bir tizimga solib guruhlash
nafaqat bir qancha o‘xshash daromad va xarajatlarni birlashtirish imkoniyatini
beradi, balki iqtisodiyotda moliyaviy nazoratni mustahkamlashni va byudjet
intizomiga rioya etilishini ham ta’minlaydi. Davlat moliyasi tizimida byudjet
tasnifi byudjet holati haqidagi ma’lumotlarni tizimlashtiradi va hisob-kitob
ma’lumotlarini ham ta’minlab beradi. Byudjet tasnifi Davlat byudjetini tuzish,
ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini
tizimga solish uchun foydalaniladi. Byudjet tasnifi byudjet ma’lumotlarini xalqaro
749
tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslashni ta’minlaydi.
Byudjetning muhim qismini tashkil etuvchi tizim bu byudjet tasnifi bo‘lib, turli
darajadagi byudjet ko‘rsatkichlarini o‘zaro taqqoslash, moliyaviy manbalarni,
byudjet taqchilligini qoplash manbalarini belgilash imkonini beradi.
2-rasm. Byudjet tasnifining byudjet ijrosidagi roli.
Byudjet tasnifi hamma byudjetlarning ma’lumotlarini bir yagona davlat
byudjetiga jamlash imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy funksiyani amalga
oshiruvchi hujjatgina bo‘lib qolmay, u katta iqtisodiy ahamiyatga egadir. Tasnifda
davlat byudjeti daromadaari va xarajatlari bir xil xususiyatlari bo‘yicha
guruhlanadi va ular bo‘linmalar deb yuritiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Turli darajadagi
byudjetlar yagona byudjet tasnifi ko‘rsatkichlari doirasida shakllantiriladi va ijro
etiladi, ya’ni tasnif ob’ektlariga berilgan guruhlashtirish kodlari bo‘yicha
daromadlar va xarajatlar guruhlanadi (2-rasm).
Davlat moliyasi tizimida byudjet tasnifi davlat byudjetining holati
to‘g‘risidagi malumotlarni hisobini yuritish va tizimlashtirishni ta’minlaydi.
Byudjet tasnifidan byudjet jarayonining barcha bosqichlarida foydalaniladi.
Byudjet tasnifi tasdiqlangan byudjet asosida daromadlarni tushishi va xarajatlarni
moliyalashtirishni hisobga olish imkonini beradi. Byudjet tasnifi asosida davlat
byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tuziladi. Byudjet tasnifidan foydalanish
750
daromadlarni har bir turi bo‘yicha tushishi, xarajatlarni yo‘nalishlar bo‘yicha
moliyalashtirish, bir turdagi tashkilotlar bo‘yicha xarajatlar smetalarini taqqoslash,
hamda tahlil qilish imkonini beradi. Uning asosida ko‘rsatkichlar rivojlanishi
dinamikalari va tendentsiyalari kuzatiladi, byudjet munosabatlari rivojlanishiga
nisbatan prognozlar ishlab chiqiladi, hamda byudjet ko‘rsatkichlariga statistik
ishlov beriladi.
3-rasm. Byudjet tasnifining mazmuni
Do'stlaringiz bilan baham: |