3. Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishning hozirgi zamon
muammolari.
Tashqi qarz majburiyatlarini tasniflash bilan qarzga xizmat ko’rsatish va uni
samarali boshqarish tushunchalari uzviy bog’liqdir. Qarzga xizmat ko’rsatish – bu
qarz majburiyatlarini qoplash uchun umumiy to’lovlar bo’lib, ularga qarzning
asosiy qismi bo’yicha majburiyatlarni, foizlarni, komissiya va jarimalarni to’lash
kiradi. Qarzga xizmat ko’rsatish me’yori (koeffitsienti) tashqi qarz holatini
tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlardan biridir. Bu ko’rsatkich mamlakat qarziga
xizmat ko’rsatish to’lovlari foizdagi ifodasining tovar va xizmatlar ekspor- tidan
kelgan tushumlarga nisbati ko’rinishida bo’ladi. Bu ko’rsatkich odatda davlat
tashqi qarzini va davlat tomonidan kafolatlangan tashqi qarzni tavsiflaydi. Davlat
qarzini boshqarish davlatning quyidagi harakatlari majmuini o’z ichiga oladi:
- ssuda kapitali bozorining kon’yunkturasini o’rganish;
- yangi zayomlar chiqarish hamda ularni chiqarish shartlarini ishlab chiqish;
- avval chiqarilgan zayomlar bo’yicha foizlarni to’lash;
- zayomlar konversiyasi va konsolidatsiyasini o’tkazish;
- pul bozoridagi obligatsiyalarning kurslarini belgilash;
- davlat tomonidan berilayotgan kreditlar va ssudalar bo’yicha foiz stavkalarini
belgilash tadbirlarini o’tkazish;
729
- amal qilish muddati tugagan, avval chiqarilgan zayomlar bo’yicha qarzlarni
qoplash.
Davlatning davlat qarzini boshqarish borasidagi harakatlari davlat ichki
qarzlarini boshqarish qimmatli qog’ozlar birlamchi va ikkilamchi bozorlarining
samarali faoliyat yuritishi, qarz olish xarajatlarini minimallashtirish, davlat
iqtisodiy siyosati bilan davlat qarzini boshqarish siyosatini uyg’unlashtirish, ya’ni
davlat qimmatli qog’ozlar bozori va umuman moliya sektorini rivojlantirishga
yo’naltirilgandir. Davlatning davlat qarzini boshqarish borasidagi harakatlari
yangi zayomlar chiqarish hamda chiqarish shartlarini ishlab chiqish zayomlar
konversiyasi va konsolidatsiyasini o’tkazish ssuda kapitallar bozorining
konyunkturasini o’rganish pul bozoridagi obligatsiyalar kurslarini belgilash davlat
tomonidan berilayotgan kreditlar va ssudalar bo’yicha foiz stavkalarini belgilash
tadbirlarini o’tkazish amal qilish muddati tugagan, avval chiqarilgan zayomlar
bo’yicha qarzlarni qoplash avval chiqarilgan zayomlar bo’yicha foizlarni to’lash.
Birlamchi bozorni tashkil etish choralari quyidagilardir:
davlat qarzi vositalarini diversifikatsiyalashuvi
davlat qimmatli qog’ozlar egalari doirasining kengayishi, savdo
operatsiyalarini boshqarish
davlat qarzini boshqarish xizmatini tashkil etish, moliya bozoriga kirish
erkinligini ta’minlash
bozor kon’yunkturasini quvvatlash.
Samarali faoliyat yurituvchi va likvidli ikkilamchi bozorlar potentsial
investorlarni jalb etishni va ularning soni ortib borishini ta’minlaydi. Bu esa, o’z
navbatida, qarz majburiyatlari kotirovkalari notekis harakatining oldini olish va
bozorni barqarorlashtirishga olib keladi. Tashqi qarzni boshqarish davlat ma’muriy
faoliyatining murakkab yo’nalishi bo’lib, bu jarayonda hukumatning turli
bo’g’inlari (Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy bank) aniq,
ixtisoslashtirilgan sohalar uchun javobgar hisoblanadilar. Boshqarishning maqsadi
– to’lov balansi va davlat byudjeti bilan muammolarni yuzaga keltirmasdan tashqi
moliyalashtirish imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun sharoit yaratishdir.
730
Tashqi qarzni boshqarish quyidagilarni nazarda tutadi:
tashqi qarzga xizmat ko’rsatish doirasida mamlakat majburiyatlari bo’yicha
vaqtinchalik holatini belgilash;
tashqi qarzga xizmat ko’rsatish uchun etarli bo’lgan kutilayotgan sof eksport
tushumlarini, mumkin bo’lgan yangi tashqi zayomlar;
tashqi qarzga xizmat ko’rsatish doirasida mamlakat majburiyatlari bo’yicha
vaqtinchalik profilni belgilash;
ichki soliq tushumlarini prognozlashtirish.
Davlatning rejalashtirilayotgan daromadlari tashqi qarzga xizmat ko’rsatish
uchun etarli bo’lishi kerak. Tashqi qarzni boshqarish jarayoni quyidagi
bosqichlardan iborat:
- moliyalashtirishning optimal turini tanlash,
- qarz hajmi haqida aniq bir qarorga kelish,
- mamlakat qarzi to’g’risida o’z vaqtida va to’liq hisobot berish uchun tashqi qarz
statistikasi tizimini tashkil etish.
Har qanday davlat uchun chetdan mablag’lar jalb qilish hajmi quyidagi omillar
bilan belgilanadi: xorijiy kapitalning qanday hajmini davlat samarali ishlatishi
mumkin va tashqi to’lovlarga muammolar tug’dirmasdan qarzning qanday hajmiga
xizmat ko’rsatish mumkin. Davlat qarzini boshqarish siyosatini davlatning
umumiy iqtisodiy siyosati bilan uyg’unlashtirish moliyaviy siyosat doirasida
amalga oshiriladi. Moliyaviy siyosat byudjet taqchilligini bartaraf etishga, ichki
kredit ekspansiyasini va kapital importini qoplovchi byudjetni kreditlashga
yo’naltirilgandir. Ushbu siyosatning muhim xususiyati davlat qarzini boshqarish
vositalarini diversifikatsiyalash hisoblanadi. Davlat obligatsiyalari bozorining
kengayib borishi egiluvchan foiz stavkalaridan, qarzni qoplash muddati va alohida
chiqarishlar muddatlaridan, foizli daromadlarni soliqqa tortish xususiyatlaridan
foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Davlat qarzini boshqarish bo’yicha operatsiyalar byudjetning kassa ijrosi bilan
uzviy bog’langan va ko’pincha zayomlar chiqarishda qatnashuvchi, ular bo’yicha
foizlar to’lovchi (yutuqli obligatsiyalar bo’yicha yutuqlarni to’laydigan va foizli
731
zayomlar bo’yicha foizlarni to’laydigan) emission banklar tomonidan amalga
oshiriladi, shu bilan birga bu banklar qayta sotib olinishi kerak bo’lgan
obligatsiyalar pulini to’laydi. Davlat qarzini boshqarish xarajatlari, qoida
tariqasida, byudjetdan alohida bo’lgan maxsus moliyaviy operatsiyalar orqali
qoplanadi. Byudjetning xarajatlar qismiga faqatgina qoplash manbai Davlat
byudjeti deb belgilangan davlat qarziga xizmat ko’rsatish bo’yicha joriy to’lovlar
kiritiladi va aks ettiriladi. Davlat qarzining keskin o’sishi sharoitida hukumat uni
boshqarishning turli metodlaridan foydalanadi.
Davlat qarzini boshqarish metodlari. Qarzni qoplashni davlat ko’pincha yangi
zayomlar chiqarish orqali amalga oshiradi. Bu usul qarzni qayta moliyalash deb
ataladi. Davlat zayomning birlamchi shartlariga aniqlik kiritishi mumkin.
Zayomlarning daromaddorligiga tegishli bo’lgan birlamchi shartlarning o’zgarishi
konversiya deb ataladi. Konversiya sharoitida zayom foizlari bo’yicha to’lovlarni
amalga oshirish uchun davlat xarajatlarini pasaytirish maqsadida nominal foiz
hajmi pasaytiriladi. Konversiyani amalga oshirishning quyidagi metodlari
farqlanadi:
• majburiy konversiya – kreditor eski zayom obligatsiyalarini yangisiga
pasaytirilgan foiz stavkasida almashtirishga majbur;
• ixtiyoriy konversiya – kreditor yangi shartlarga ko’nish huquqiga ega yoki uning
pulini qaytib olishi mumkin;
• fakultativ konversiya – kreditor zayom shartlarini o’zgarishiga rozi bo’lishi yoki
rozi bo’lmasligi mumkin.
Davlat ko’pincha zayomlarning daromaddorligini o’zgartirmasdan, uning
muddatlarini o’zgartirish usulidan foydalanadi. Zayom muddati bilan bog’liq
shartlarning o’zgarishi qarzni konsolidatsiyalash deb ataladi. Konsolidatsiya
konversiya bilan qo’shilishi ham mumkin. Zayomlarni unifikatsiyalash deganda bir
nechta zayomlarni birlashtirish tushuniladi, oldin chiqarilgan zayom obligatsiyalari
yangi zayom obligatsiyalariga almashtiriladi.
Davlat zayomlarini unifikatsiyalash va konsolidatsiyalash bilan birga amalga
oshirilishi mumkin, bunda jamlangan qarz vujudga keladi. Ayrim hollardagina
732
hukumat obligatsiyalarning regressiv nisbatda almashuvini amalga oshirishi
mumkin – oldin chiqarilgan bir nechta obligatsiyalar bitta yangisiga
tenglashtiriladi. Davlat kreditor bilan ikki tomonlama kelishuv asosida berilgan
moliyaviy kredit bo’yicha majburiyatlarni boshqa majburiyat bilan almashtirishi
mumkin va bu jarayon novatsiya (yangilash) deb ataladi. Zayomni qoplashni
kechiktirish (yoki avval chiqarilgan barcha zayomlarni qoplashni kechiktirish)
davlat uchun yangi zayomlarni chiqarish bo’yicha operatsiyalarni faol
rivojlantirish moliyaviy samara bermagan taqdirda amalga oshiriladi. Zayomni
qoplashni kechiktirish konsolidatsiyalashdan shu bilan farq qiladiki, kechiktirishda
qarzni qoplash muddatining surilishi daromadlarni to’lashni to’xtatish bilan birga
amalga oshiriladi. Zayomlarning konsolidatsiyalashuvi sharoitida davlat qimmatli
qog’ozlarining egalari ular bo’yicha daromadlarni olishni davom ettiradilar. Davlat
zayomlari konversiyasi, konsolidatsiyasi, unifikatsiyasi va obligatsiyalarning
almashuvi faqatgina ichki zayomlarga nisbatan amalga oshiriladi. Novatsiyalar va
majburiyatlarni qoplashni kechiktirish tashqi qarzlarga nisbatan ham qo’llanilishi
mumkin va bu kreditor bilan kelishuv asosida amalga oshiriladi. Bir qator
mamlakatlarda davlat qarzini boshqarish metodi uning o’sishini limit belgilash
orqali cheklash (maksimal chegarasini o’rnatish)ni ham o’z ichiga oladi. Davlat
qarzi muammosini hal etishning o’ziga xos usuli bankrotlik hisoblanadi, bunda
hukumat davlat qarzini bekor qiladi. Davlat qarzini bekor qilish – bu davlat
tomonidan chiqarilgan zayomlar bo’yicha (ichki, tashqi yoki umuman tashqi qarz
bo’yicha) majburiyatlardan butunlay voz kechishdir. Qimmatli qog’ozlarni bekor
qilish ikki sababga ko’ra amalga oshirilishi mumkin: davlatning moliyaviy
nochorligi, ya’ni bankrotlik holati hamda hokimiyat tepasiga yangi siyosiy kuchlar
kelishi va ular ma’lum sabablarga ko’ra avvalgi hukumatning moliyaviy
majburiyatlarini tan olmasligi tufayli.
Davlat qarzlarining bekor qilinishi favqulodda xususiyatga ega bo’lib, dunyo
amaliyotida kam uchraydigan holdir. Misol tariqasida, ko’pincha Sovet Rossiyasi
Rossiya imperiyasi va Muvaqqat hukumatning ichki va tashqi majburiyatlar
bo’yicha davlat qarzidan voz kechganligi keltiriladi. Qarzni boshqarishga ma’lum
733
bir moliyaviy va pul-kredit siyosatini amalga oshirish orqali davlat qimmatli
qog’ozlar kursini bir me’yorda ushlab turish ham kiradi. Davlat qarzini boshqarish
bo’yicha asosiy metodlardan tashqari hukumat ssuda kapitali bozorida muomalada
bo’lgan zayomlarni markaziy va tijorat banklari orqali qaytarib sotib olishi
mumkin.
Davlat qarzini boshqarishda yangi zayomlarni chiqarish shartlarini belgilash
bilan bog’liq faoliyat muhim hisoblanadi. Zayomlarning emissiya shartlarini
belgilashda (kreditorlar uchun qimmatli qog’ozlarning daromaddorlik darajasi,
zayomlarning amal qilish muddati, daromadlarni to’lash usullari) davlat faqatgina
zayomlar bo’yicha maksimal samaraga erishishga e’tibor bermasdan, moliya
bozoridagi real kon’yunkturani ham hisobga olishi zarur. Davlat zayomi
obligatsiyalarini tayyorlash, saqlash va tarqatish Moliya vazirligining tegishli
bo’linmalariga, qimmatli qog’ozlarni sotish esa – bank tizimiga yuklatilgan.
Banklar davlat zayom obligatsiyalarini barcha ish kunlari erkin sotadi va sotib
oladi, yutuq tirajlari o’tkazilgan davrdan rasmiy jadval olingan kunga qadar
bo’lgan davr bundan mustasno. Tashqi zayom obligatsiyalari qarz oluvchi davlat
nomidan xorijiy pul bozorlarida bank konsortsiumlari tomonidan joylashtiriladi,
konsortsiumlar ushbu xizmati uchun vositachilik haqi oladilar. Hukumatlararo
zayomlar asosan obligatsiyasiz bo’ladi. Hukumatlararo zayomlarning barcha
shartlari (foiz darajasi, taqdim etish va zayomni qoplash valyutasi va boshqalar
Jahon ) maxsus amaliyotida bitimlardavlat belgilab qrzini qo’yiladi boshqarish .
vositlarining keng majmui mavjud. Davlat qarzini boshqarish hozirgi amaliyotida
quyidagi masalalar alohida ahamiyat kasb etadi: foizli va diskontli daromadni bitta
qimmatli
qog’ozda
mujassamlashtirish
imkoniyati,
davlat
qarzini
moliyalashtirishga xorijiy investorlarni jalb etish usullari, davlat obligatsiyalari
bozorining yangi vositalaridan foydalanish xususiyatlari.
G’aznachilik moliya tizimini boshqarish jarayonida Markaziy bankdan,
umuman, bank tizimidan yoki xususiy sektordan olinadigan qarzlar hajmini keskin
kamaytirishga
turtki
beradi.
G’aznachilik
O’zbekiston
Respublikasi,
Qoraqalpog’iston
Respublikasi,
davlat
boshqaruv
organlarining
qarz
734
munosabatlariga doir shartnomalarning asl nusxalarini, qarzga kafolat bo’lgan
boshqa hujjatlarni yig’adi va saqlaydi. Xorij mamlakatlari amaliyotini tahlil
qilish natijalari shuni ko’rsatadiki, davlat tuzilishi turlicha bo’lgan mamlakatlarda
davlatga qarashli mablag’lar Moliya vazirligining tarkibiy qismi bo’lgan
G’aznachilikning yagona hisobraqamida to’planadi, davlat qarzlarini boshqarish
g’aznachilikka yuklatilgan. G’aznachilik departamenti muomalaga qimmatli
qog’ozlar chiqarishni, ularni hajmini, tarkibini va to’lov muddatini nazorat qiladi
va ularning tarkibiga bog’liq barcha masalalarni echadi. G’aznachilik davlat
qarzlarini boshqarishda turli bosqichlarda qatnashishi mumkin va u bajarilgan
hisob-kitob operatsiyalari uchun javob beradi. Har bir mamlakatda Davlat moliyasini
boshqarishni o’zi turli yo’nalishlarga ega:
1. Naqd mablag’larni boshqarish.
2. Moliyaviy rejalashtirish.
3. Davlat qarzlarini boshqarish.
4. Davlatning moliyaviy aktivlari ustidan nazorat qilish.
Rivojlangan mamlakatlar tajribalari shuni ko’rsatadiki, g’aznachilik tizimi
tarkibiy tuzilishi, huquqiy asoslari hamda bajaradigan vazifalari bilan turli
mamlakatlarda turli xil ko’rinishga ega.G’aznachilik davlat qarzlarini boshqarishda
turli bosqichlarda qatnashishi mumkin va nihoyat, g’aznachilik bajarilgan hisob-
kitob operatsiyalari uchun javob beradi. Ba’zi mamlakatlarda g’aznachilik davlat
qarzi, qimmatbaho metallar va boshqa aktivlarni boshqarish masalalariga javob
bersa, boshqalarida u to’lovlarni amalga oshirishdan avval nazorat ishlarini olib
boradi, yana boshqalarida g’aznachilik byudjet ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni
tuzishga va nashr qilishga javob beradigan boshqaruv organi sifatida faoliyat
ko’rsatadi.
Masalan, Avstraliya Buyuk Britaniya, AQSh kabi davlatlarda g’aznachilik
tizimining «kengaytirilgan funktsiyali» tizimi mavjud bo’lib, bunday tizimda
g’aznachilik organlari davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini olib boradi.
735
Har xil mamlakatlarda g’aznalariga yuqorida sanab o’tilgan vazifalar
yuklatilgan edi, ularning mahalliy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, yangi
vazifalar yuklatildi va ba’zilari olib tashlandi. Uzoq davom etgan urushlar sababli
davlat boyligining kamayishi oqibatida g’aznalarga yangi vazifa-ichki va tashqi
qarz majburiyatlarini ishlab chi-qish yuklatildi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan xarajatlar sohasida
yuritilayotgan siyosati, byudjet taqchiligini YaIMga nisbatan har yili
o’rnatiladigan doirasi miqdorida Davlat byudjeti balansligini ta’minlashga
qaratildi. Iqtisodiyotga investitsiyalar hajmi, aniq maqsadli va samarali kredit
resurslarini taqsimlash kengaydi, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi
rivojlantirildi, byudjet taqchiligi va inflyatsiya sur’atlari qisqardi.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalari va uni moliyalashtirish
mexanizmlarini o’rganishda taqchillikni moliyalashtirishning
oqibatlari,
obligatsiya chiqarishni davlat qarzlari bilan bog’liqligi, shuningdek, byudjet
taqchilligi bilan pul massasi, davlat qarzlari o’rtasidagi mutanosiblik e’tiborga
olinadi. Byudjet taqchilligini moliyalashtirish uchun davlat ochiq bozorda pulni
qarzga olish yoki pul bosib chiqarishi yoki o’z mulkining bir qismini sotishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |