Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1


hisobi va hisobotini yuritish bilan shug’ullanuvchi “O’zASBO” KD bilan



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

hisobi va hisobotini yuritish bilan shug’ullanuvchi “O’zASBO” KD bilan 

ishlash huquqiga ega xodimlarning vazifalari 

 

         Tuman  (shahar)  moliya  bo‘limi  1  kun  mobaynida  uni  ko‘rib  chiqib,  qonun 

hujjatlariga  muvofiq  xulosada  ko‘rsatilgan  mablag‘larni  qaytarish  yoki  hisobga 

olishga  e’tirozlari  bo‘lmaganida  xulosani  tasdiqlaydi,  e’tirozlar  bo‘lganida  esa, 

sababini ko‘rsatgan holda qaytaradi. 

       Tuman (shahar) moliya bo‘limlari tomonidan «O‘RMV» ATda tasdiqlangan 

xulosalar  tegishli  g‘aznachilik  bo‘linmalari  tomonidan  xulosada  ko‘rsatilgan 

daromad shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan joriy tushumlar hisobidan qaytarish yoki 

hisobga olish uchun 1 ish kuni muddatida ijroga qabul qilinadi. 

           Ma’muriy  va  iqtisodiy  sudlarning  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  tomonidan 

ortiqcha  to‘langan  davlat  bojini  qaytarish  bo‘yicha  sud  qarori  (ajrimi,  buyrug‘i) 



691 

 

mavjud  bo‘lganda  tegishli  g‘aznachilik  bo‘linmalariga  vakolatli  organ  tomonidan 



xulosa o‘rniga sud qarori taqdim qilinadi. 

           Agar  mablag‘lar  yetarli  bo‘lmasa  -  alohida  hollarda,  agar  10  ish  kuni 

mobaynida  (ilgari  30  kun  mobaynida)  joriy  tushumlarning  yetishmasligi  yoki 

mavjud  bo‘lmaganligi  sababli  qaytarish  yoki  hisobga  olish  imkoniyati  bo‘lmasa, 

ortiqcha  to‘langan  mablag‘ni  qaytarish  yoki  hisobga  olish  tegishli  byudjetning 

shaxsiy  g‘azna  hisobvarag‘idan  amalga  oshirilishi  mumkin.  Belgilangan  muddat 

o‘tganidan  so‘ng  mablag‘ni  qaytarish  yoki  hisobga  olish  to‘g‘risidagi  elektron 

xulosani  ijro  etish  avtomatik  tarzda  to‘xtatiladi  va  qaytarish  yoki  hisobga  olish 

bo‘yicha qoldiq summa: 

 

EKIH



ning  10  000  baravaridan  yuqori  bo‘lgan  hollarda  Moliya  vazirligi 

tomonidan «O‘RMV» ATda ma’qullangach; 

 

EKIH


ning  10  000  baravaridan  kam  bo‘lgan  hollarda  avtomatik  tarzda 

tegishli  byudjet  mablag‘laridan  (tegishli  daromad  turini  kamaytirgan  holda) 

qaytarish yoki hisobga olish bo‘yicha to‘lov hujjati shakllantiriladi. 

 To‘lovnomani  kim  tasdiqlaydi  -  byudjet  mablag‘laridan  qaytarish  yoki  hisobga 

olish bo‘yicha to‘lov hujjati mablag‘lar: 

 

respublika  byudjetidan  qaytarilishi  lozim  bo‘lsa  —  Moliya  vazirligi 



G‘aznachiligi tomonidan; 

 

Qoraqalpog‘iston  respublika  byudjeti,  viloyat  byudjetlari  va  poytaxtning 



shahar  byudjetidan  qaytarilishi  lozim  bo‘lsa  —  Qoraqalpog‘iston  Moliya 

vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari tomonidan; 

 

tuman va shahar byudjetlaridan qaytarilishi lozim bo‘lsa — tuman va shahar 



moliya bo‘limlari tomonidan; 

 

DMJ byudjetidan qaytarilishi lozim bo‘lsa — ularni taqsimlovchi tomonidan 



bir ish kuni muddatida «O‘RMV» ATda ma’qullanadi. 

 

Buxgalteriya  hisobini  yuritish  bo’yicha  barcha  operatsiyalar  me’yoriy-huquqiy 



hujjatlar talablaridan kelib chiqilgan holda avtomatlashtirilgan. 

Yuqori  turuvchi  tashkilot  tomonidan  buxgalteriya  hisobining  yuritilishi 

quyidagi hajmda olib boriladi: 



692 

 

  buxgalteriya  hisobi  bo’yicha  operatsiyalarni  byudjetdan  mablag’ 



oluvchining  shaxsiy  hisobraqamida  avtomatlashtirilgan  tarzda  yuritish  bilan 

bog’liq zarur ma’lumotlarni kiritish; 

  buxgalteriya  hisobi  bo’yicha  birlamchi  hujjatlarni  tayyorlash  va 

shakllantirish; 

  byudjet  mablag’larini  tasarruf  etuvchining  yig’ma  xarajatlar  smetasi 

buxgalteriya  hisobini  yuritish  bo’yicha  hujjatlar  aylanmasini  shakllantirish 

bo’yicha operatsiyalarni bajarish; 

  xarajatlar  smetalarini  taqsimlash  va  ularning  idoraviy  mansubdagi 

byudjet  tashkilotlari  tomonidan  ijro  etilishi  hujjatlarini  shakllantirish  bo’yicha 

operatsiyalarni bajarish; 

  Moliya 

vazirligi 

bilan 

birgalikda 



elektron 

ko’rinishdagi 

avtomatlashtirilgan hujjatlar aylanmasi bo’yicha operatsiyalarni bajarish; 

  buxgalteriya  hisobi  birlamchi  registrlarini,  byudjet  mablag’larini 

oluvchining joriy va davriy hisobotlarini shakllantirish; 

  turdosh 

dasturiy 

mahsulotlar 

(“G’aznachilik” 

KD) 


bilan 

avtomatlashtirilgan ma’lumotlar almashinuvi; 

  moliyaviy 

axborotning 

yagona 

ma’lumotlar 

bazasi 

bilan 


avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasi; 

  qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa operatsiyalar. 

Byudjet mablag’larini oluvchilarning FES xodimlari tomonidan buxgalteriya 

hisobini  yuritish  va  buxgalteriya  hisobi  bo’yicha  hisobotlarni  chiqarish  bilan 

bog’liq  operatsiyalarning,  shuningdek  ma’lumotlar  bazasining  ma’murlanishi 

Moliya  vazirligi  axborot-hisoblash  markazi  xodimi  –  bosh  administrator 

tomonidan nazorat qilinadi, bu xodim foydalanuvchilar rollarini belgilaydi, ularga 

login  va  boshlang’ich  parolni  beradi,  barcha  zarur  ma’lumotnomalarni  (Moliya 

vazirligining  davlat  byudjeti  bosh  boshqarmasi  bilan  kelishgan  holda),  shu 

jumladan  buxgalteriya  hisobi  registrlari  va  tegishli  hisobotlar  registrlarini 

boshqaradi. 



693 

 

G‘aznachilik  bo‘linmalarida  yuridik  va  moliyaviy  majburiyatlarni 



ro‘yxatdan  o‘tkazish  va  hisobga  olish  uchun  barcha  hujjatlarni  faqat  elektron 

shaklda  taqdim  etadigan  «UzASBO»  DMga  ulangan  buyurtmachilar  va  kapital 

qo‘yilma  buyurtmachilari  tomonidan  imzolar  namunalari  va muhr  izi  kartochkasi 

g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim etilmaydi. 

«UzASBO»  DMga  ulangan  buyurtmachilar  YuMMR  buyurtmasini 

«UzASBO» DMda shakllantiradi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda 

g‘aznachilik  bo‘linmalariga  elektron  hujjat  shaklida  yuboradi..  YuMMR 

buyurtmalarining elektron shaklda rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning 

to‘g‘riligi uchun buyurtmachilar javobgar hisoblanadi. 

«UzASBO»  DMga  ulangan  buyurtmachilar  ish  beruvchining  fuqarolik 

javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilish  shartnomasi  ma’lumotlarini  «UzASBO» 

DMga kiritadi va elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan 

holda g‘aznachilik bo‘linmalariga yuboradi. Buyurtmachilarning «UzASBO» DM 

orqali  elektron  hujjat  shaklida  g‘aznachilik  bo‘linmalariga  yuborilgan  YuMMR 

buyurtmalari va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish 

shartnomasi g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan 

summalar  va  maqsadlarga  muvofiq  ravishda  tuzilishi  ustidan  nazorat  o‘rnatish 

asosida  bir  ish  kuni  ichida  mas’ul  xodimning  elektron  raqamli  imzosi  bilan 

tasdiqlangan  holda  «O‘RMV»  ATda  elektron  tarzda  ro‘yxatdan  o‘tkaziladi  yoki 

hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari ko‘rsatilgan 

holda elektron tarzda buyurtmachilarga qaytariladi. 

 «UzASBO»  DMga  ulangan  kapital  qo‘yilma  buyurtmachilari  yetkazib 

beruvchilar  (pudratchilar)  bilan  tuzgan shartnomalarini va  unga  tegishli ilovalarni 

belgilangan  tartibda  «UzASBO»  DM  orqali  g‘aznachilik  bo‘linmalariga 

yuborishlari mumkin. 

 «UzASBO»  DMga  ulangan  kapital  qo‘yilma  buyurtmachilari  qonun 

hujjatlarida belgilangan  tartibda  yetkazib beruvchini  tanlab  shartnoma  tuzganidan 

so‘ng tanlov (tender) bayonnomasi hamda shartnoma (qonun hujjatlariga muvofiq 

bajarish muddati bir yildan ortiq muddatni tashkil etadigan shartnomalar bo‘yicha 



694 

 

shartnomaga  qo‘shimcha  kelishuv)  ma’lumotlarini  «UzASBO»  DMga  kiritadi  va 



elektron hujjat shaklida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda g‘aznachilik 

bo‘linmalariga 

yuboradi.  Kapital 

qo‘yilma  buyurtmachilari  shartnoma 

ma’lumotlarini «UzASBO» DMga kiritishda shartnoma bo‘yicha ishlarni boshlash 

uchun  zarur  hujjatlar  (qurilishning  manzilli  va  titul  ro‘yxati,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Davlat  arxitektura  va  qurilish  qo‘mitasi  bilan  kelishilgan  tanlov 

savdolari  natijalari  hisoboti,  pudrat  tashkilotining  qurilish  tavakkalchiliklarini 

sug‘urtalash  yuzasidan  shartnomasi,  qurilish-montaj  ishlarini  bajarishga 

O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  arxitektura  va  qurilish  qo‘mitasining  ruxsati, 

davlat ekologiya ekspertizasi xulosasi (zarur bo‘lganda) mavjudligini «UzASBO» 

DMda elektron tarzda tasdiqlaydi. 

«UzASBO»  DM  orqali  elektron  raqamli  imzo  bilan  tasdiqlangan  holda 

elektron  hujjat  shaklida  g‘aznachilik  bo‘linmalariga  yuborilgan  tanlov  (tender) 

bayonnomasi  hamda  shartnomaning  qog‘oz  shaklidagi  asl  nusxasi,  shuningdek 

shartnoma tuzish uchun asos bo‘lgan hujjatlar g‘aznachilik bo‘linmalariga taqdim 

etilmaydi  va  kapital  qo‘yilma  buyurtmachilarida  saqlanadi.  Bunda  byudjet  tizimi 

byudjetlari  mablag‘lari  hisobidan  shartnoma  tuzishda  yetkazib  beruvchilarni 

tanlash  tartibotlarini  to‘g‘ri  o‘tkazilishi,  shartnomani  rasmiylashtirishda  qonun 

hujjatlarida  belgilangan  barcha  talablarga  rioya  etilishi,  shartnoma  bo‘yicha 

ishlarni  bajarishga  vakolatli  organlar  xulosalari  va  ruxsatlarining  mavjudligi, 

shuningdek  tanlov  (tender)  bayonnomasi  va  shartnomaning  qog‘oz  va  elektron 

shaklining o‘zaro muvofiqligi, ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi, shartnomaning 

asli va shartnoma tuzish uchun asos bo‘lgan barcha hujjatlarning saqlanishi uchun 

kapital qo‘yilma buyurtmachilari javobgar hisoblanadi. 

     «UzASBO»  DMga  ulangan  kapital  qo‘yilma  buyurtmachilari  buyurtmachi 

xizmatini  saqlab  turishga  xarajatlari  va  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan 

yig‘imlar,  badallar,  soliqlar  va  boshqa  to‘lovlar  bo‘yicha  «UzASBO»  DMda 

buyurtma  shakllantiradi  va  elektron  hujjat  shaklida  elektron  raqamli  imzo  bilan 

tasdiqlagan  holda  g‘aznachilik  bo‘linmalariga  yuboradi.  «UzASBO»  DM  orqali 

elektron  hujjat  shaklida  elektron  raqamli  imzo  bilan  tasdiqlangan  holda 



695 

 

g‘aznachilik 



bo‘linmalariga 

yuborilgan 

buyurtma 

qog‘oz 


shaklida 

rasmiylashtirilmaydi.  Buyurtma  uchun  asos  bo‘lgan  hujjatlar  g‘aznachilik 

bo‘linmalariga taqdim etilmaydi va kapital qo‘yilma buyurtmachilarida saqlanadi. 

Bunda  buyurtmaning  asosliligi  va  unga  asos  bo‘lgan  barcha  hujjatlarning 

saqlanishi uchun kapital qo‘yilma buyurtmachilari javobgar hisoblanadi. 

 Kapital  qo‘yilma  buyurtmachilarining  «UzASBO»  DM  orqali  elektron 

hujjat  shaklida  g‘aznachilik  bo‘linmalariga  yuborilgan  shartnomalari  va 

buyurtmalari g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan 

summalar  va  maqsadlarga  muvofiq  ravishda  tuzilishi  ustidan  nazorat  o‘rnatish 

asosida  bir  ish  kuni  ichida  mas’ul  xodimning  elektron  raqamli  imzosi  bilan 

tasdiqlangan  holda  «O‘RMV»  ATda  elektron  tarzda  ro‘yxatdan  o‘tkaziladi  yoki 

hisobga olinadi, kamchiliklar aniqlanganida esa tegishli kamchiliklari ko‘rsatilgan 

holda elektron tarzda kapital qo‘yilma buyurtmachilariga qaytariladi. 

 


Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish