shakllantirish va ijro etishda yagona byudjet tasnifi qo’llaniladi. Barcha darajadagi
byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tasniflash ob’ektlariga tegishli
Steven M.Bragg -TREASURY MANAGEMENT The Practitioner’s Guide . John Wiley & Sons, Inc.
681
raqam(kod)lar berish bilan guruhlanadi hamda tasnif ko’rsatkichlari doirasida
shakllantiriladi va ijro etiladi.
Byudjet tasnifi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari hamda
ulardan mablag’ oluvchi tashkilotlarga qo’llaniladi hamda davlat byudjeti va davlat
maqsadli jamg’armalari byudjetlarini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro
qilish, shuningdek davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari
ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tayyorlash maqsadida foydalaniladi.
Byudjet tasnifi O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti, davlat maqsadli
jamg’armalari tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini,
shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarining guruhlanishi bo’lib,
quyidagilarni o’z ichiga oladi:
davlat byudjeti daromadlarining tasnifi;
davlat byudjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy
tasnifi;
davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi.
Byudjet tasnifi davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish hamda
ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va
byudjet ma’lumotlarining xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari
bilan qiyoslanishini ta’minlaydi.
Davlat byudjeti daromadlarining tasnifi barcha darajadagi byudjetlar
daromadlari, davlat maqsadli jamg’armalari hamda byudjet tashkilotlarining
byudjetdan tashqari daromadlarining guruhlanishidan iborat.
25 koddan iborat bo’lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to’rt qismli
ko’rinishga ega:
mablag’lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifi;
daromadlar turi;
hududiy tasnif.
Daromadlar tasnifi tuzilmasi quyidagi ko’rinishga ega:
682
Mablag’lar manbasi
va byudjetlar darajasi
tasnifi
Daromadlar turi
Tashkiliy
tasnif
Hududiy tasnif
Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimi (DMBAT) tatbiq etilguniga
qadar O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotni
tuzishda faqatgina “Daromadlar turi” kodi qo’llaniladi.
Xarajatlar tasnifi. Davlat byudjeti, davlat maqsadli va boshqa byudjetdan
tashqari jamg’armalar xarajatlari tasnifi barcha byudjet darajalari xarajatlari
guruhlanishini o’zida ifodalaydi hamda davlat boshqaruvi va mahalliy o’zini o’zi
boshqarish sektori birliklari asosiy funktsiyalarini bajarishga, ijtimoiy-iqtisodiy
vazifalarni hal qilishga byudjet mablag’larining yo’naltirilishini aks ettiradi.
Xarajatlar tasnifi quyidagilardan iborat:
mablag’lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifi;
hududiy tasnif;
xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi;
xarajatlarning iqtisodiy tasnifi;
xarajatlarning iqtisodiy tasnifi (xarajatlar guruhi bo’yicha);
tashkiliy tasnif;
Xarajatlar tasnifi tuzilmasi quyidagi ko’rinishga ega:
Mablag’lar
manbasi
va
byudjetlar
darajasi tasnifi
Xarajatlarning
vazifa jihatdan
tasnifi
Tashkiliy tasnif
Xarajatlarning
iqtisodiy tasnifi
Hududiy
tasnif
DMBAT to’liq tatbiq etilguniga qadar xarajatlar smetasini va xarajatlar
smetasi ijrosi to’g’risidagi hisobotni (davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotni
qo’shgan holda) tuzishda “Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifi”, “Tashkiliy
tasnif” va “Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi” kodlari qo’llaniladi.
683
G’aznachilik tizimi samarali faoliyat qilishi uchun byudjet daromadlari va
xarajatlarining mukammal ishlab chiqilgan funktsional va iqtisodiy tasnifi bo’lishi
lozim. Davlat mablag’lari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning
buxgalteriya hisobini bank tizimidan G’aznachilikka o’tkazilishi bilan barcha
operatsiyalar yagona G’aznachilik tizimining Bosh kitobida aks ettiriladi. Bunda
konsolidatsiyalashgan byudjetni ijro etishda, davlat moliyasi bilan amalga
oshiriladigan barcha jarayonlarni o’z vaqtida va aniq hisobini yuritishda
G’aznachilikning hisob-kitob schyotlari byudjet daromadlari va xarajatlarining
tasniflash tizimiga mos kelishi kerak bo’ladi. Bundan tashqari, G’aznachilikning
ma’lumotlar bazasida barcha ma’lumotlar byudjet tasnifiga asosan guruhlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: