Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1


 Byudjet  g’azna ijrosini ta’minlashda  “O’zASBO” avtomatlashtirilgan



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

3. Byudjet  g’azna ijrosini ta’minlashda  “O’zASBO” avtomatlashtirilgan 

tizimi xususiyatlari 

Davlat  byudjetini  ijro  etish  jarayonida  bo’ladigan  byudjet  operatsiyalari 

hisobi,  yuklatilgan  vazifalardan  kelib  chiqqan  holda,  buxgalteriya  hisobining 

quyidagi turlariga bo’linadi

196



  byudjet  (davlat  byudjeti  (respublika  va  mahalliy  byudjetlar),  davlat 



maqsadli jamg’armalari) ijrosi operatsiyalari hisobi; 

  byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasini ijro etish operatsiyalari hisobi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Byudjet  Kodeksining  24-bob,  161-moddasiga 

ko’ra,  byudjet  hisobi  byudjet  tizimi  byudjetlarini  ijro  etishda  hisobga  olinadigan, 

pulda  ifodalangan  aktivlar  va  majburiyatlarning,  shuningdek  mazkur  aktivlar  va 

majburiyatlarni  o’zgartiruvchi  operatsiyalarning  holati  to’g’risidagi  axborotni 

to’plash, ro’yxatdan o’tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidir. 

Byudjet  hisoboti  byudjet  hisobi  ma’lumotlari  asosida  belgilangan  shakllar 

bo’yicha  tuziladigan  aktivlar  va  majburiyatlarning  holati  to’g’risidagi 

ma’lumotlarning umumlashtirilgan tizimidir. 

                               

196

 Pulatov D., Nurmuxamedova B., “G’aznachilik” Darslik. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2014. 314 b. 



 


684 

 

Byudjet hisobi va byudjet hisobotining yagona metodologiyasi O’zbekiston 



Respublikasi  Moliya  vazirligi  tomonidan  Byudjet  Kodeksi,  Byudjet  hisobining 

standartlari,  shuningdek  boshqa  qonun  hujjatlariga  muvofiq  belgilanadi.  Byudjet 

hisobining  standartlari  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  tomonidan 

tasdiqlanadi. 

Byudjet tizimi byudjetlari ijrosining byudjet hisobi: 

  moliya organlari; 

  g’aznachilik bo’linmalari; 

  davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlari; 

  byudjet tashkilotlari; 

  davlat  maqsadli  jamg’armalarini  taqsimlovchi  organlar  tomonidan 

yuritiladi. 

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi 

bo’yicha byudjet hisobi kassa usuli bo’yicha yuritiladi. 

  Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish strategiyasi qator yo’nalishlar 

bilan  birgalikda,  yangi  byudjet  tasnifi  va  buxgalteriya  hisobining  yangi  hisoblar 

rejasiga  asoslangan  yagona  byudjet  va  hisob  tizimini  yo’lga  qo’yishni  nazarda 

tutadi.  Bu  strategik  vazifani  bajarish  doirasida  byudjet  hisobining  va  byudjet 

tashkilotlarida  buxgalteriya  hisobini  yuritishning  yangi,  takomillashgan  va 

kompyuterlashgan  tizimi  bosqichma-bosqich  tatbiq  etilmoqda.  Bu  vazifalarni 

amalga oshirish doirasida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013 yil 

30  apreldagi  63-sonli

 

“O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  tizimida  hamda 



byudjet  tashkilotlarida  zamonaviy  axborot  kommunikatsiya  texnologiyalarini 

yanada


 

takomillashtirish  va  joriy  etish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  buyrug’iga

 

muvofiq, Moliya vazirligining tegishli tuzilmalariga quyidagi vazifalar yuklatildi. 



“O’zASBO”  Kompyuter  dasturi  byudjet  tashkilotlariga  bepullik  asosida 

amalga oshiriladi. 

“O’zASBO” KD: 



685 

 

  byudjet tashkilotlaridagi buxgalteriya hisobining to’liq tsiklini o’z ichiga 



olgan buxgalteriya hisobi bo’yicha operatsiyalarni avtomatlashtiradi; 

  “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi bo’yicha Yo’riqnoma”ning va 

byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’yicha boshqa me’yoriy-

huquqiy hujjatlarning talablariga to’liq muvofiqlikni ta’minlaydi; 

  Moliya  vazirligining  ma’lumotlar  markazida  byudjet  tashkilotlari 

ma’lumotlarining  markazlashtirilgan  tarzda  saqlanishi  va  yuqori  ishonchliligini 

ta’minlaydi; 

  “G’aznachilik-4”  Kompyuter  dasturi  va  boshqa  mavjud  kompyuter 

dasturlari bilan integratsiyalashuv uchun keng imkoniyatlar beradi; 

  Moliya  vazirligi  va  moliya  organlari  bilan  o’zaro  ta’sirlashuv  asosida 

byudjet tashkilotlari mablag’larini jiddiy tejaydi; 

  byudjet tashkilotlari xodimlariga dasturdan foydalanish huquqini beradi, 

ular Moliya vazirligining Axborot-hisoblash markazidan olingan “O’zASBO” 

KDga kirish uchun loginlar va parollarga muvofiq Moliya vazirligining dasturiy 

maydonchasidan (http://www.mdm.uz) foydalanishlari mumkin.  



686 

 

 



   5-rasm. “O’zASBO” avtomatlashtirilgan tizimi xususiyatlari 

  

Byudjet  tashkilotlarida  buxgalteriya  hisobi  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega 

bo’lib,  ular  byudjet  qonunchiligi,  Byudjet  tashkilotlarida  buxgalteriya  hisobi 

bo’yicha yo’riqnoma, shuningdek, byudjet tashkilotlaridagi buxgalteriya hisobi va 

hisoboti  bo’yicha  boshqa  me’yoriy  hujjatlar,  ularning  tarmoq  spetsifikasi  bilan 

belgilanadi. Bu xususiyatlarga quyidagilar kiradi: 

Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning

“O’zASBO” avtomatlashtirilgan tizimi

 

xususiyatlari .



“O’zASBO” KD O’zbekiston

 

Respublikasi Moliya Vazirligining 2010-yil 17-



dekabrdagi №105 sonli va

 

buyrug’iga



va

 

buyrug’iga



 


Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish