Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

8.8. Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish 

Korxonalarning buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to‘g‘riligi ularning ishlab 

chiqarish  zahiralari  inventarizatsiya  qilish  bilan  tasdiqlanadi.  Ishlab  chiqarish  zahiralarini 

inventarizatsiya  qilish  «Inventarizatsiyani  tashkil  etish  va  o‘tkazish»  nomli  19-son  BHMA  va 

«Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMAlar bilan tartibga solinadi. 

Inventarizatsiyadan  ko‘zlangan  asosiy  maqsad  -  ishlab  chiqarish  zahiralarining  natura  va 

qiymat ko‘rinishida amalda mavjud ekanligini aniqlashdan iborat. Inventarizatsiya qilish natijasida 

boyliklarning    to‘g‘ri  saqlanishi  va  berilishi, tarozi  va  o‘lchov  asboblarining  holati,  hisob  yuritish 

tartibi va boshqalar tekshiriladi. 

Ishlab  chiqarish  zahiralarini  inventarizatsiya  qilish  bir  yilda  kamida  bir  marta  moliyaviy 

hisobotni  tuzishdan  oldin,  lekin  hisobot  yilining  1  oktyabridan  keyin  amalga  oshiriladi.  Bundan 

tashqari,  ishlab  chiqarish  zahiralarining  saqlanishini,  ularni  saqlash  shart-sharoitlarini  va  omborda 

hisobga  olish  ahvolini  nazorat  qilish  uchun  inventarizatsiyalar  o‘rtasidagi  davrda  muntazam 

tekshirishlar va materiallarni tanlab inventarizatsiyalash o‘tkazilishi kerak.  

Quyidagi holatlarda inventarizatsiya muddatidan oldin o‘tkazilishi shart: 

♦  korxona  mol-mulkini  ijaraga  berish,  sotib  olish,  sotish,  shuningdek  davlat  korxonasini 

aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirish chog‘ida; 

♦  tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganida; 

♦  moddiy javobgar shaxs o‘zgarganida; 

♦  talon-taroj qilish yoki suiiste’mol qilish, shuningdek boyliklarning buzilishi bilan bog‘liq faktlar 

aniqlanganida; 

♦  yong‘in yoki tabiiy ofatlar sodir bo‘lganida; 




 

♦  korxona tugatilayotganida tugatish balansini tuzish oldidan va boshqa hollarda. 

Tekshirish ko‘lamiga ko‘ra inventarizatsiya  yoppasiga  yoki tanlab o‘tkaziladigan, o‘tkazish 

vaqti bo‘yicha rejalashtirilgan yoki to‘satdan o‘tkaziladigan inventarizatsiyalarga bo‘linishi mumkin. 

Inventarizatsiyani  o‘tkazishga  korxona  rahbari  va  bosh  buxgalteri  rahbarlik  qiladi.  Ishlab 

chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish inventarizatsiya qiluvchi ishchi komissiyalar tomonidan 

moddiy javobgar shaxs ishtirokida amalga oshiriladi.  

Inventarlash  davrida  moddiy  boyliklarning  mavjudligi  tarozida  tortish,  o‘lchash  usuli  bilan 

aniqlanadi va ro‘yxatda rasmiylashtiriladi. Ro‘yxatni moddiy javobgar shaxs imzolaydi. 

Inventarizatsiya  qilish  natijasida  materiallar  bo‘yicha  hujjatlardagi  ma’lumotlar  va  haqiqiy 

qoldiqlar orasidagi farq solishtiruv qaydnomasida rasmiylashtiriladi. 

 Ishlab  chiqarish  zahiralarini  inventarizatsiya  qilish  natijasida  aniqlangan  haqiqiy    mavjud 

mulk va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari o‘rtasidagi tafovutlar quyidagicha aks ettiriladi: 

Masalan,  «Bobur»  hissadorlik  jamiyatida  hisobot  yilida  24000  so‘mlik  material  kamomadi 

aniqlandi va u aybdor shaxs topilmaganligi sababli davr xarajatlariga o‘tkazildi. Ushbu muomalalarga 

hisobda quyidagicha  provodka beriladi

♦  Inventarizatsiya natijasida kamomad aniqlandi: 

D-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar» - 24000 so‘m 

K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» - 24000 so‘m. 

♦  Kamomad summasi davr xarajatlariga o‘tkazildi: 

D-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» - 24000 so‘m 

K-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar» - 24000 so‘m. 

        Korxona  aybdor  shaxslardan  kamomadni  haqiqiy  narxda  emas,  balki  hozirgi  davrdagi  bozor 

narxlarida  undirish  huquqiga  ega.  Masalan,  korxona  omborida  5000  so‘mlik  material  kamomadi 

aniqlandi  va  8000  so‘m  qiymatda  aybdor  shaxsdan  undirib  olindi.  Ushbu  muomalalarga  hisobda 

quyidagicha  provodka beriladi: 

♦  Inventarizatsiya natijasida kamomad aniqlandi; 

D-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar» - 5000 so‘m 

K-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» - 5000 so‘m. 

♦  Moddiy javobgar shaxsdan ushlab qolinadigan summa; 

D-t 4730-«Xodimlarning moddiy zararni qoplash bo‘yicha qarzlari» - 8000 so‘m. 

K-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar» - 8000 so‘m 

♦  Moddiy boyliklarni undirishdan daromad aniqlandi-(8000-5000)=3000 so‘m; 

D-t 5910-«Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar» - 3000 so‘m 

K-t 9390-«Boshqa operatsion daromadlar» - 3000 so‘m.  

Ishlab chiqarish zahiralarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlar 

doirasida tabiiy kamayishi, korxona rahbari ko‘rsatmasi bo‘yicha tegishli ravishda ishlab chiqarish 

xarajatlariga o‘tkaziladi.  

Aybdorlari  aniqlanmagan  o‘g‘irliklar  bo‘yicha  ko‘rilgan  zararlar  foyda  solig‘i  bo‘yicha 

soliqqa tortiladigan bazaga «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ning 1-ilovasiga binoan kiritiladi. 

Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish natijasida ortiqcha mol-mulk mavjudligi 

aniqlansa, u moliyaviy natijalarga kirim qilinadi: 

D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar» 

K-t 9390-«Boshqa operatsion daromadlar». 

 


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish