Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollarini hisobga olish



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

8.9. O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollarini hisobga olish 

O‘stirilayotgan  va  bo‘rdoqiga  boqilayotgan  chorva  mollari  aylanma  mablag‘larning  asosiy 

qismini  tashkil  etib,  mahsuldor  va  ishchi  hayvonlar  asosiy  podasini  tuzish  hamda  chorva 

mahsulotlarining muhim manbai hisoblanadi. Ularni boqish jarayonida mehnat sarfi va moddiy pul 

mablag‘lari  sarflanadi.  Mahlum  yoshga  yetgan  yosh  chorva  mollari  asosiy  podaga  o‘tkazilib,  ular 

mehnat vositalari qatoriga qo‘shiladi va aksincha, asosiy podadan brak qilinib (yaroqsizga chiqarilib), 

boquvga qo‘yilgan chorva mollari esa mehnat predmetlari tarkibiga o‘tadi. 



 

Yosh  chorva  mollarini  va  asosiy  podadan  chiqarilgan  mollarni  bo‘rdoqiga  qo‘yish  go‘sht 

yetishtirish  va  uning  sifatini  yaxshilashda  katta  ahamiyatga  ega.  Boqish  jarayonida  chorva 

mollarining  tirik  vazni  ortib  boradi.  Ularni  o‘stirish  va  bo‘rdoqiga  boqish  jarayoni  nisbatan  uzoq 

davom  etib,  ulkan  jonli  va  mujassamlashgan  mehnat  sarflari  bilan  bog‘liqdir.  Shuning  uchun 

o‘stirilayotgan va bo‘rdoqiga boqilgan hayvonlar chorvachilikdagi tugallanmagan ishlab  chiqarish 

hisoblanadi. Chorva mollarini istalgan vaqtda sotib yoki go‘sht uchun  so‘yib, o‘stirish va boqishni 

to‘xtatish  mumkin  bo‘lganligi  sababli  o‘stirilayotgan  va  boquvdagi  chorva  mollari  mehnat 

predmetlari,  ularni  o‘stirish  va  boqish  xarajatlari  esa  chorvachilikdagi  ishlab  chiqarish  xarajatlari 

sifatida hisobga olinadi. 

O‘stirilayotgan  va  boquvdagi  chorva  mollari  hisobining  vazifalari  quyidagilardan  iborat: 

hayvon  va  parrandalarning  mavjudligi,  harakati  va  ulardan  to‘g‘ri  foydalanishni  nazorat  qilish; 

chorva mollarining naslini va semirib qo‘shilgan vaznini o‘z vaqtida aniqlash va qabul qilish; chorva 

mollarining xo‘jalik ichidagi harakatini va xo‘jalikdan chiqarilishini nazorat qilish; o‘stirilayotgan 

yosh chorva mollari va boquvdagi hayvonlarning haqiqiy tannarxini aniqlash. 

O‘stirilayotgan  va  boquvdagi  chorva  mollari  hisobining  obhektlariga  quyidagilar  kiradi: 

olingan  nasl,  qo‘shimcha  o‘sish  va  semirishi,  yosh chorva  mollarini  katta  yoshdagi  guruhlarga  va 

asosiy podaga o‘tkazish; asosiy podadan brak qilingan hayvonlarni boquvchi qo‘yish. 

Chorva mollaridan olingan nasl quyidagicha baholanadi: 

sut  yo‘nalishidagi  qoramolchilikdan  olingan  nasl  bir  boshining  rejadagi  tannarxi  bo‘yicha 

tugilgan kuni, go‘sht yo‘nalishidagi hayvonlardan olingan nasl esa buzoqning tugilgan vaqtidagi tirik 

vazni va bir kilogramm tirik vazn rejadagi tannarxiga asosan aniqlanadi;  

Cho‘chqa  bolalari  –  tug‘ilgandagi  tirik  vazni  va  bir  kilogramm  tirik  vazn  reja  tannarxi 

bo‘yicha; 

qo‘zilar – sovliqdan ajratib olish vaqtidagi reja bahosining 50%ga teng, shartli bahoda kirim 

qilinadi (sovliqdan ajratish vaqtida ular to‘liq reja tannarxiga qo‘shimcha baholanadi); 

nasldor yilqichilikdan olingan toychalar, hayvon va quyonlardan olingan nasl – bir boshning 

ajratib olish paytidagi reja tannarxidan 50% miqdorida (qolgan 50% ajratib olish yoki boshqa joyga 

o‘tkazish paytida baholanadi); 

ishchi hayvondan olingan: qulunlar – 60 ozuqa-kuni, bo‘taloqlar esa 120 ozuqa kunining reja 

tannarxi bo‘yicha; 

jo‘jalar,  o‘rdakcha  va  gozchalar,  kurkachalar  (sutkalik  jo‘jalari)  –  inkubatsiya 

kalkulyatsiyasiga muvofiq bittasining rejadagi tannarxi bo‘yicha baholanadi. 

Asosiy  podadan  brak  qilingan  va  boquvga  qo‘yilgan  hayvonlar  brak  qilingan  mahsuldor 

chorva molining balans qiymati va brak qilingan nasldor va benasl otlar hamda ishchi hayvonlarni 

sotishdan kutilayotgan summa bo‘yicha baholanib kirim qilinadi. Chetdan keltirilgan  yosh chorva 

mollari sotib olish bahosining ustiga keltirish xarajatlarini kushib baholanadi va kirim qilinadi. 

Xo‘jalik  ahzolari  va  boshqa  xodimlardan  sotib  berish  uchun  qabul  qilingan  hayvonlar 

topshiruvchi bilan kelishilgan shartnoma bahosida kirim qilinadi. 

Boquvdagi yosh chorva mollari, parrandalar, mo‘ynali hayvonlar va quyonlarning tirik vazni 

o‘stirish va boqish natijasida oshib boradi. Shuning uchun hayvon va parrandalar muntazam ravishda 

qo‘shilgan tirik vazni bo‘yicha baholanib boriladi. 

Yosh  hayvonlar,  katta  yoshdagi  chorva  mollari  va  chuchqalar  har  oyda  tortilib,  qo‘shilgan 

tirik vazni aniqlanadi va tegishli chorva mollari turlarining bir tsentner tirik vaznining reja tannarxi 

bo‘yicha baholanadi. 

Qo‘ylar,  echkilar, parrandalar va quyonlarning qo‘shilgan tirik vazni (ixtisoslashtirilmagan 

xo‘jaliklarda), har choraklikda bir marta chorva mollarining mazkur turlarini yosh guruhlari bo‘yicha 

tanlab o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi. 

Qo‘shilgan tirik vazn chorva mollarining turlari va hisob ishlab chiqarish guruhlari bo‘yicha 

berkitilgan moddiy javobgar shaxslarga qarab aniqlanadi. Buning uchun mazkur guruhdagi chorva 

mollari va parrandaning hisobot davri oxiriga aniqlangan tirik vazniga hisobot davri davomida ushbu 

chiqib  ketgan  hayvon  va  parrandalarning  tirik  vaznini  qo‘shib,  tegishli  hisobot  davri  davomida 

mazkur guruhga kirim qilingan va hisobot davri boshiga mavjud bo‘lgan hayvon va parrandalar tirik 



 

vazni  ayirib  tashlanadi.  Olingan  natija  yosh  guruhlar  bo‘yicha  o‘stirilayotgan  yoki  boquvdagi  va 

o‘tlatib boqilayotgan hayvon yoki parrandalarning hisobot davri davomida qo‘shilgan tirik vaznini 

bildiradi. 

Chorva  mollarini  o‘lchash  mumkin  bo‘lmagan  hollarda  (masalan,  bo‘goz  gunajin  va 

cho‘chqalar, bo‘goz yosh sovliqlar bo‘gozlikning mahlum  bosqichlarida) ularning so‘ngi o‘lchash 

bo‘yicha tirik vazni qabul qilinadi. Gunajin, cho‘chqa va qo‘ylar tuqqanidan so‘ng ular o‘lchanadi va 

qo‘shilgan tirik vazni aniqlanadi. 

Chorva mollari quyidagi muddatlarda ham o‘lchanadi: yosh mol tuqqanda, yosh mollar sotib 

olinganda yoki navbatdagi yosh guruhiga va katta yoshdagi guruhga o‘tkazilganda (qo‘ylar sovliqdan 

ajratilganda),  asosiy  podadan  brak  qilingan  hayvonlar  boquvga  qo‘yilganda,  boquvdan  olinganda, 

boquvdagi  va  yosh  chorva  mollari  so‘yilganda  yoki  sotilganda.  Olingan  nasl  va  qo‘shilgan  tirik 

vaznining reja tannarxi yil oxirida haqiqiy tannarx darajasiga yetkaziladi (korrektirovka qilinadi). 

Chorvachilik  majmualarida  olingan  cho‘chqa  bolalarining  tirik  vazni  hisoblash  yo‘li  bilan 

aniqlanadi.  Buning  uchun  bosh  veterinar  vrach  rahbarligida,  tarkibida  zootexnik-selektsioner, 

uchastka boshligi (brigadir) va operator bo‘lgan komissiya uchtadan beshtagacha cho‘chqa uyasida 

nazorat  o‘lchov  o‘tkazib,  natijasini  hayvonlarni  o‘lchash  vedomostini  rasmiylashtiradi.  Nazorat 

uyalarda o‘lchangan cho‘chqa bolalarining umumiy ogirligini ularning bosh soniga bo‘lish yo‘li bilan 

bir cho‘chqa bolasining o‘rtacha tirik vazni aniqlanib, oy davomida tugilgan cho‘chqa bolalari shunga 

asosan baholanib qabul qilinadi. 

Cho‘chqalarning oy oxiriga tirik vazni har bir yosh guruhi bo‘yicha hisob-kitob qilish yo‘li 

bilan aniqlanadi. Buning uchun oy oxirida tegishli guruhdagi bir bosh cho‘chqaning o‘rtacha  tirik 

vazni umumiy bosh soniga ko‘paytiriladi. 

Qishloq  xo‘jalik  korxonalarida  yosh  chorva  mollari,  boquvdagi  hayvonlar,  muyinali 

hayvonlar va quyonlar asosiy podadagi hayvonlar kabi sug‘urta qilinadi. Tabiiy ofat tufayli hayvon 

va parrandalar harom o‘lganda sug‘urtalovchi kompaniyalar qishloq xo‘jalik korxonalariga harom 

o‘lgan hayvon va parrandalar uchun sug‘urta qoplamasi to‘lanadi. 

Parvarishlash va boqish natijasida yosh chorva mollari, parrandalar va bokuvdagi mollarning 

tarkibi,  tirik  vazni  va  qiymati  o‘zgarib,  bu  o‘zgarishlar  tegishli  dastlabki  hujjatlarda  hamda  hisob 

registrlarida aks ettiriladi. 

Ko‘pchilik chorva mollaridan olingan naslni kirim qilishda asosiy boshlang‘ich hujjat chorva 


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish