Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Asosiy vositalar eskirishi, tugatilishi va hisobdan



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

9.4. Asosiy vositalar eskirishi, tugatilishi va hisobdan  

chiqarilishi hisobi. 

Ishlab  chiqarish  jarayonida  asosiy  vositalar  asta-sekin  eskirib,  o‘z  qiymatini  ishlab 

chiqarilayotgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar tannarxiga qisman o‘tkazilib boriladi. 

Asosiy vositalar eskirishi ikki xil: 

I. Jismoniy eskirish    

 

 



II. Mahnaviy eskirish 

Jismoniy eskirish tabiiy o‘zgarishlar natijasida, mahnaviy esa texnika taraqqiyoti va mehnat 

unumdorligining  o‘sishi  natijasida  sodir  bo‘ladi.  Eskirish  summasi  barcha  turdagi  asosiy  vositalar 

bo‘yicha  aniqlanadi  va  hisobga  olinadi.  Kutubxona  fondlari,  muzey  buyumlari,  sahna  buyumlari, 

mahsuldor va ish hayvonlar bundan mustasno. 

Eskirish asosiy vositalarni to‘la tiklash uchun ajratiladigan amortizatsiya normalariga ko‘ra 

aniqlanadi va hisobda aks ettiriladi. Asosiy vositalarning amortizatsiyalangan qismini, yahni eskirish 

natijasida  ularning  qiymatini  kamaytiradigan  summani  hisobga  olish  uchun  0200-«Asosiy 

vositalarning  eskirishini  hisobga  oluvchi  schyotlar»  mo‘ljallangan.  Bu  schyotlar  passiv  bo‘lib, 



 

tartibga  soluvchi  (regulirovka  qiluvchi)  kontraktiv  schyotlar  qatoriga  kiradi  va  asosiy  vositalarni 

baholashni tartibga solib turish uchun mo‘ljallangan. 

0200  schyot  har  oyda  asosiy  vositalarga  eskirish  hisoblanganda  hamda  ishlatishda  bo‘lgan 

boshqa  tashkilotlardan  olingan  asosiy  vositalarning  eskirish  summasiga  kreditlanadi.  Asosiy 

vositalarning  qoldiq  qiymatini  aniqlash  uchun  ularning  0100-«Asosiy  vositalarni  hisobga  oluvchi 

schyotlar»dagi qiymatidan 0200 schyotlarning kreditidagi qoldiq chegirib tashlanadi. 

Asosiy vositalar eskirishining sintetik hisobi 13-ASK jurnal-orderda, analitik hisobi esa ushbu 

jurnal-orderning «0200 schyotga analitik mahlumotlar» degan jadvalida yuritiladi.  

Asosiy  vositalarga  eskirish  hisoblash  ularning  yil  boshiga  bo‘lgan  qoldiqlari  va  yil 

davomidagi o‘zgarishlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Yil davomida sotib olingan yoki 

qabul  qilingan  asosiy  vositalar  bo‘yicha  eskirish  summalari,  olingan  oydan  keyingi  oyning  1 

sanasidan boshlab hisoblansa, hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar bo‘yicha esa eskirish hisoblash 

keyingi oyning 1 sanasidan to‘xtatiladi. 

Tugallanmagan  yoki  qabul-topshirish  dalolatnomasi  bilan  rasmiylashtirilmagan,  lekin  ayni 

paytda  foydalanilayotgan  kapital  qurilish  obhektlari  bo‘yicha  eskirish,  foydalanib  boshlangandan 

keyingi  oyning  1  sanasidan  boshlab,  umumiy  tartibda  hisoblanadi  va  ularning  eskirish  summasi 

hisobda ko‘rsatilmaydi. Tugallanmagan  yoki qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga  asosan qabul 

qilinmagan kapital qurilish obhektlari bo‘yicha eskirish hisoblashda, ushbu obhektlar yoki ularning 

bir  qismi  qiymati  to‘g‘risidagi  mahlumotnoma  asos  bo‘ladi.  Mahlumotnomada  ko‘rsatiladigan 

summa  0810-“Tugallanmagan  qurilish”  schyoti  bo‘yicha  aniqlanadi.  Mazkur  obhektlarni  to‘liq 

foydalanishga  qabul  qilish  va  asosiy  vositalar  qatoriga  qo‘shish  to‘g‘risida  dalolatnomani 

rasmiylashtirishdan  oldin  hisoblangan  eskirish  summalari  aniqlanadi  va  ayni  paytda  shu 

obhektlarning foydalanib boshlangandan buyon eskirish summasi aniqlanib, hisobda aks ettiriladi. 

Asosiy vositalarni tuzatish hamda ular bekor turib qolgan vaqtda eskirish hisoblash to‘xtatilmaydi. 

Qiymati to‘liq amortizatsiya qilingan vositalar bo‘yicha eskirish hisoblanmaydi.  

Asosiy vositalarga eskirish hisoblash va hisoblangan summani tegishli schyotlarga o‘tkazish 

har oyda amalga oshiriladi.  

Xo‘jalikda, yil boshiga mavjud bo‘lshgan asosiy vositalarning yillik eskirish summasi asosiy 

vositalarning yil boshiga bo‘lgan ¦olati bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari ¦isob-kitobi (59-shakl)ni 

tuzish yo‘li bilan aniqlanadi. Ushbu hisob-kitobda oylik eskirish summasi ham (yillik summani 12 ga 

bo‘lib) aniqlanadi. Aniqlangan summa yanvar oyi uchun eskirish summasi bo‘lib hisoblanadi. Fevral 

va keyingi oylar uchun eskirish summalarini aniqlashning, butun hisob-kitob qilib chiqishning hojati 

yo‘q. Asosiy vositalar tarkibida o‘tgan davrda (oyda) hisobga olish (taksirovka qilish) kifoya. Shu 

maqsadda kelib tushgan, chi¢ib ketgan asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini ¦isob-



kitobi (60-shakl) tuziladi.  

Avtomobil  transporti  uchun  amortizatsiya  ajratmalari  avtomobil  transporti  bo‘yicha 



amortizatsiya ¦isob-kitobi (AV-16 namunaviy shakl) asosida hisoblanadi.  

Hisobot oyidagi amortizatsiya summasini, uni hisoblash va buxgalteriya hisobining tegishli 

schyotlariga taqsimlash uchun, yuqorida ko‘rib chiqilgan hisob-kitoblar asosida buxgalteriyada bir 

oy uchun amortizatsiya ajratmalari hisoblash vedomosti (62-shakl) tuziladi. Bu vedomostda eskirish 

summalari o‘simliklar va tugallanmagan ishlab chiqarish turlari o‘rtasida, shartli etalon gektarlarda 

va boshqa o‘lchovlarda bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.  

№5-“Asosiy vositalar” nomli BHMSning 23-24-moddalariga muvofiq quyidagi amortizatsiya 

hisoblash usullarini qo‘llash tavsiya qilinadi:  

bir tekis (to‘g‘ri chiziqli) usuli; 



bajariladigan ishlar hajmiga mutanosib (ishlab chiqarish) usuli; 

kamayib boruvchi qoldiq usuli; 



asosiy vositaning qiymatini uning xizmat muddatini tashkil etuvchi  yillar  yig‘indisi 

bo‘yicha hisobdan chiqarish (kumulyativ) usuli. 

Yuqorida ko‘rsatilgan amortizatsiya hisoblash usullarini misollarda ko‘rib chiqamiz. 

Faraz qilaylik, avtomobilning dastlabki qiymati 1000000 so‘m, xizmat muddati 5 yil. 5 yillik 

xizmat muddati oxirida qoldiq qiymati 100 000 so‘m.  




 


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish