Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

inshootlarni  hisobdan  chio‘arish  dalolatnomasi  (55-shakl),  mashina,  o‘urilish  va  transport 

vositalarini  ¦isobdan  chio‘arish  dalolatnomasi  (56-shakl);  chorva  mollarini  asosiy  podadan 

yaroo‘sizlikka(brakka)  chio‘arish  dalolatnomasi  (57-shakl);  ko‘p  yillik  daraxtlarni  ¦isobdan 

chio‘arish  dalolatnomasi  (58-shakl);  ishlab  chio‘arish  va  xo‘jalik    inventarlarini  va  xo‘jalik 

anjomlarini ¦isobdan chio‘arish dalolatnomasi (126-shakl). 

Komissiya asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasini har bir obekt uchun alohida 

tuzadi. 

Yaroqsiz holga kelgan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish uchun tuzilgan dalolatnomalar 

aktsiyadorlik jamiyatlarida esa ta’sischilar (vakillar) majlisi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlaridagi 

korxonalar va tashkilotlar uchun belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. 

Tasdiqlangan  dalolatnomalar  tugatilgan  asosiy  vositalarni  balansdan  chiqarish  inventar 

kartochkalarida belgi qo‘yish uchun xo‘jalik buxgalteriyasiga kelib tushadi. Ular tugatish natijasida 

olingan moddiy qiymatliklarni omborga kirim qilish uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Asosiy vositalarning butligini tahminlash, ularning xo‘jalik ichida siljishi ustidan nazoratni 

kuchaytirish va hisobda chalkashlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun asosiy vositalarning har bir obektiga, 

uning  xo‘jalikda  saqlanadigan  butun  davri  davomida saqlanib  qoladigan, inventar  ra¢am  beriladi. 

Asosiy  vositalarga  berilgan  inventar  raqami  maxsus  reestrda  ro‘yxatga  olinadi.  Obekt  hisobdan 

chiqarilganda unga berilgan inventar raqami ro‘yxatdan o‘chiriladi va boshqa obektga berilmaydi. 

Asosiy vositalar obektlari ularni ishlatish joyi va javobgar shaxslar bo‘yicha asosiy vositalar 

inventar  ro‘yxatlarida  hisobga  olinadi  (AV-13  namunaviy  shakl).  Hisob  asosiy  vositalar(binolar, 



 

inshootlar,  mashinalar  va  hokazolar)ning  tasnifiy  guruhlari  bo‘yicha  ular  ishlatiladigan  joy 

ko‘rsatilgan holda yuritiladi. 

Asosiy  vositalardan  foydalanishda  xo‘jasizlikka  barham  berish  va  ularning  butligi  uchun 

shaxsiy  javobgarlik  o‘rnatish  uchun  barcha  asosiy  vositalar  ishlatish  joylarida  moddiy  javobgar 

shaxslarga biriktiriladi. 

Asosiy vositalarning mavjud qoldig‘i va harakatlanishi quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:  

0100 – “Asosiy vositalarni hisobga oladigan schyotlar” 

0110 – “Yer” 

0111 – “Yerni obodonlashtirish” 

0112  –  “Uzoq  muddatli  ijara  shartnomasi  bo‘yicha  olingan  asosiy  vositalarni 

obodonlashtirish”  

0120 – “Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar” 

0130 - “Mashina va uskunalar” 

0140 – “Mebel va ofis jihozlari” 

0150 – “Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi” 

0160 – “Transport vositalari” 

0170 – “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” 

0180 – “Ko‘p yillik o‘simliklar” 

0190 – “Boshqa asosiy vositalar” 

0199 – “Konservatsiya qilingan asosiy vositalar” 

Ushbu schyotlarning debetida asosiy vositalarning boshlang‘ich qoldig‘i va ularning kirimi, 

krediti bo‘yicha esa chiqib ketishi aks ettiriladi.  

Asosiy vositalarni sotib olish va qurishning bajarilishini nazorat qilish uchun barcha qurilish 

va jihozlash ishlari, ko‘p yillik daraxtlarni ekish va o‘stirish, asosiy vositalar sotib olish va asosiy 

poda tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar oldindan 0810-“Tugallanmagan qurilish”, 0820-“Asosiy 

vositalarni xarid qilish”, 0840-“Asosiy podani tashkil etish”, 0850-“Yerni obodonlashtirishga kapital 

qo‘yilmalar” schyotlarida hisobga olib boriladi.  

Asosiy vositalarni qabul qilish 0110-0190 schyotlarining debeti va 0810, 0820, 0840, 0850 

schyotlarining kreditida aks ettiriladi.  

Vaqtinchalik  foydalanishda  turgan  kapital  qurilish  obhektlari  doimiy  foydalanishga 

berilguncha  asosiy  vositalar  tarkibiga  kiritilmaydi.  Bu  obhektlar  bo‘yicha  qilingan  xarajatlar 

buxgalteriya hisobida tugallanmagan kapital qurilish sifatida aks ettiriladi. 

Ijaraga  olingan  asosiy  vositalar  ijarachi  hisobida  0310-“Uzoq  muddatli  ijara  shartnomasi 

bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyotida aks ettiriladi. 0310-schyotda hisobga olinadigan, uzoq 

muddatli  ijaraga  olingan  asosiy  vositalarga  kapital  sarflar,  faqat  ularni  ijaraga  olish  to‘g‘risidagi 

shartnomalarda ko‘zda tutilgan ishlar bo‘yicha qilinishi mumkin. 

Shartnoma  bo‘yicha  ijara  muddati  tugagandan  so‘ng  ijaraga  beruvchining  tasarrufiga 

o‘tadigan  tugallangan  kapital  ishlar  ijarachining  balansidan  chiqarilib,  ijaraga  beruvchining  ustav 

fondini ko‘paytirish yo‘li bilan asosiy vositalar tarkibiga qo‘shiladi va ularning tavsifiga qarab 0110-

0190  schyotlarda  alohida  hisobga  olinadi  yoki  shu  ijaradagi  kapital  sarflar  qilingan  obhektning 

qiymatini ko‘paytirishga o‘tkaziladi. 

Buxgalteriya  hisobida  asosiy  vositalar,  ularni  qurish  uchun  qilingan  barcha  haqiqiy  sarflar 

yoki  olib  kelish,  yig‘ish,  jihozlash  va  o‘rnatish  xarajatlari  ham  qo‘shilgan  holda  sotib  olish 

xarajatlaridan  tashkil  topadigan  dastlabki  (tiklash)  qiymatida  aks  ettiriladi.  Foydalanishda  bo‘lgan 

asosiy  vositalar  sotib  olinsa,  sotib  olish  hujjatlarida  ko‘rsatilgan  obhektning  eskirish  summasi 

ko‘rsatilgan holda kapital qo‘yilmalar hisobi mahlumotlariga asosan sotib olish qiymati va olib kelish 

hamda  o‘rnatish  xarajatlarini  qo‘shib  hisobga  olinadi.  Bepul  olingan  asosiy  vositalarni  va  katta 

yoshdagi hayvonlarni olib kelish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ham asosiy vositalarning qiymatiga 

qo‘shilmaydi, balki maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan fondlar hisobidan qoplanadi.  

Korxona ichida asosiy vosita (mashina, katta yoshdagi hayvonlar va hokazo)larni bir joydan 

boshqa  joyga  o‘tkazishda  ularning  balans  qiymatiga  0110-0190  schyotlarning  debeti  va  krediti 

(tegishli  obhektlar  uchun)  bo‘yicha  buxgalteriya  yozuvi  tuziladi.  Bunda  ularni  bir  joydan  boshqa 



 

joyga o‘tkazish xarajatlari ishlab chiqarish (muomala) xarajatlariga olib boriladi. Qurilish, mashina 

va  mexanizmlarni  bir  joydan  boshqa  joyga  o‘tkazish xarajatlarini  bino  quruvchilar  0890-«Boshqa 

kapital  qo‘yilmalar»  schyoti  bo‘yicha  ustama  xarajatlar  tarkibiga,  pudratchi  tashkilotlar  esa  2510-

«Umum ishlab chiqarish xarajatlari» schyotining tegishli analitik schyotiga o‘tkazadilar. 

Sotib  olingan  yangi  mashinalar,  asbob-uskunalar  va  tansport  vositalari  asosiy  vositalar 

tarkibiga  sotib  olish  narxidan  ular  bilan  komplektda  kelgan  ehtiyot  qismlari,  shinalar,  dastgohlar 

qiymatini chegirib tashlab, qolgan summada qabul qilinadi. Komplektda kelgan ehtiyot qism, shina 

va  dastgohlar  1040-“Ehtiyot  qismlar”  schyotining  debetiga  qabul  qilinib,  aylanma  mablag‘lar 

qatoriga o‘tkaziladi. 

Korxonaga tegishli asosiy vositalarni sotish va ularning boshqa sabablarga ko‘ra xo‘jalikdan 

chiqishi  (tugatilishi,  hisobdan  chiqarilishi,  bepul  berilishi  va  boshqalar)  hamda  ularni  sotishdan 

aniqlangan moliyaviy natijalar 9210-“Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotida hisobga olinadi. 

Xo‘jalikdan chiqarilayotgan asosiy vositalarning dastlabki (balansidagi) qiymatiga 9210 schyot debet 

va 0110-0190 schyotlar kreditlanadi. 

Asosiy vositani tugatish  bilan bog‘liq barcha xarajatlar (ish haqi, sug‘urta va tahtil rezervi 

ajratmalari,  yordamchi  ishlab  chiqarish  xizmatlari  va  boshqa  xarajatlar)  ham  9210-“schyotning 

debetida hisobga olinadi. 

Asosiy vositalarni tugatish (bino va inshootlarni buzish va qismlarga ajratish va h.k.) bilan 

bog‘liq  xarajatlar  9210  schyot  debetida  va  tegishli  schyotlar(6710,  6210,  6520,  8910,  2310  va 

boshqalar)ning kreditida aks ettiriladi. 

Tugatilayotgan asosiy vositalardan olingan materiallar qiymatiga 1090 schyot debetlanadi va 

9210 schyot kreditlanadi. 

Agar  hisobdan  chiqarilgan  asosiy  vositalarni  tugatishdan  olingan  materiallar  xo‘jalikda 

ishlatilmasa, ularni belgilangan tartibda sotish mumkin. 9210-“Asosiy vositalarning chiqib ketishi” 

schyotining kreditida asosiy vositalarning xo‘jalikdan chiqishi vaqtida hisoblangan eskirish summasi, 

mulklarni sotishdan kelib tushadigan summalar va hisobdan chiqarilgan asosiy vositlardan olingan 

materiallarni  foydalanish  bahosida  sotishdan  keladigan  tushumlar  hisobga  olinadi.  Mulklarni 

sotishdan  tushadigan  summa,  yahni  sotilgan  asosiy  vositalar  bo‘yicha  hisoblangan  summa  9210-

“Asosiy  vositalarning  chiqib  ketishi”  schyoti  kredit  va  4010-“Xaridorlar  va  buyurtmachilardan 

olinadigan schyotlar” schyoti debetida aks ettiriladi. Hisobot davri oxiridagi 9210 schyotning debet 

qoldig‘i (zarar) 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schyotiga o‘tkaziladi, kredit qoldig‘i (daromad) 

esa 9310-“Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” schyotiga o‘tkaziladi. Uzoq muddatli ijaraga 

berilgan  asosiy  vositalar  bo‘yicha  9210  schyotning  kreditida  paydo  bo‘lgan  qoldiq  6230-“Boshqa 

kechiktirilgan  daromadlar”,  7230-“Boshqa  uzoq  muddatli  kechiktirilgan  daromadlar”  schyotlariga 

o‘tkaziladi. 

Buzilgan  yoki  kam  chiqqan  asosiy  vositalarning  boshlang‘ich  qiymati  9210-“Asosiy 

vositalarning chiqib ketishi” schyoti debetida, hisoblangan eskirish summasi shu schyotning kreditida 

aks  ettiriladi.  Ularning  qoldiq  summasi  qiymatliklarning  kamomadi  sifatida  9210-“Asosiy 

vositalarning chiqib ketishi” schyoti kreditidan 5910-“Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan 

yo‘qotishlar”  schyotining  debetiga  o‘tkaziladi.  Keyinchialik  bu  summa  4730-“Moddiy  zararlarni 

qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyotiga o‘tkaziladi. Agarda javobgar shaxs aniqlanmasa,  

Foydalanishga  yaroqsiz  deb  topilgan  asosiy  vositalar,  ularni  hisobdan  chiqarish  to‘g‘risida 

dalolatnoma tasdiqlanganidan so‘ng buzilishi kerak. Tugatish natijasida olingan materiallar asosiy 

vositalarni tugatish dalolatnomasining maxsus bo‘limida aks ettiriladi. Asosiy vositalarni tugatishdan 

olingan materiallar foydalanish mumkin bo‘lgan narxda baholanib kirim qilinadi. Bunda hisobdan 

chiqarilgan mashinalardan yechib olingan materiallar foydalanish mumkin bo‘lgan narxda baholanib 

kirim  qilinadi.  Bunda  hisobdan  chiqarilgan  mashinalardan  yechib  olingan,  boshqa  mashinalarni 

tuzatish uchun yaroqli hamda tahmirlanishi lozim bo‘lgan ehtiyot qismlar ularning haqiqiy eskirishini 

nazarda  tutgan  holda  bozor  baholarida  kirim  qilinadi.  Tugatilgan  asosiy  vositalarning  boshqa 

foydalanishga yaroqsiz qismlari metallolom sifatida tegishli baholarda baholanib qabul qilinadi.  

Asosiy vositalarni tugatishdan olingan, tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan qismlar davlat 

fondiga topshirilish lozim.  



 

Asosiy vositalarni qurish va sotib olish hamda asosiy podani tuzish rejasining bajarilishini 

nazorat  qilish  uchun  asosiy  vositalar  qurish  va  sotib  olish  hamda  asosiy  poda  tuzish  xarajatlari 

oldindan  0800-“Kapital  qo‘yilmalarni  hisobga  oluvchi  schyotlar”  (0810,  0820,  0840,  0850,  0860, 

0890)da hisobga olinadi. 

Mahsuldor va ish hayvonlari asosiy podasini xo‘jalikning ichida o‘stirilayotgan yosh chorva 

mollari hisobidan tashkil etishda, chorva mollari asosiy vositalar tarkibiga haqiqiy tannarxi bo‘yicha 

o‘tkaziladi.  

Asosiy vositalarning analitik hisobi inventar kartochkalarda yuritiladi. Asosiy vositalarning 

xo‘jalikka kelib tushganidan to chiqib ketgungacha barcha mahlumotlar inventar kartochkalarda aks 

ettiriladi.  Imorat,  inshootlar  va  uzatuvchi  qurilmalarni  yakka  holda  hisobga  olish  uchun  AV-6 

namunaviy  inventar  kartochka;  mashinalar,  qurilmalar,  dastgohlar,  ishlab  chiqarish  va  xo‘jalik 

inventarlari uchun – AV-7 namunaviy shakldagi inventar kartochka; ko‘p yillik daraxtlar uchun – 

AV- 29 shakldagi nventar kartochkalar qo‘llaniladi. 

№ AV-6 va AV-7 shakldagi inventar kartochkalar har bir inventar obhekt bo‘yicha asosiy 

vositlarni  sotib  olish,  barpo  etish  va  qurishga  oid  dastlabki  hujjatlar,  texnik  pasportlar  va  boshqa 

texnik hujjatlarga asosan ochiladi. 

Ko‘p yillik daraxtlarni hisobga oladigan inventar kartochka (№29-shakl) nihollarning har bir 

turi bo‘yicha ekilgan yilda ochiladi. Bir xildagi asosiy vositalar asosiy vositalarni guruhlab hisobga 

olish inventar kartochkasida (№09-namunaviy shakl) hisobga olinadi. 

Asosiy vositalar yakka holda hamda guruhlab hisobga olinadiganda inventar kartochkalar bir 

nusxada ochiladi va yuritiladi. Har bir kartochkada yozuvni bajargan shaxsning familiyasi va uning 

to‘ldirilgan sanasi ko‘rsatiladi.  Inventar kartochkalar ishlab  chiqarish va  noishlab chiqarish asosiy 

vositalariga  ajratilib  hamda  ular  ichida  tasnifiy  guruhlarga  bo‘linib,  ishlatilish  joylari  bo‘yicha 

kartotekada saqlanadi. Kartotekadan foydalanish va unda kartochkalarni saqlash qulay bo‘lishi uchun 

ajratgich  (karton  plastinkalar)  va  indikatorlar  (metall  plastinkalar)  bilan  jihozlanadi.  Inventar 

kartochkalar ochilgan paytda asosiy vositalar hisobiga doir inventar kartochkalar ro‘yxatida (№10 

namunaviy shakl) har bir tasnifiy guruhi bo‘yicha qayd qilib boriladi. 

Asosiy vositalarning harakati ularning tasnifiy guruhlari va kichik guruhlari bo‘yicha asosiy 

vositalarning  harakatini  hisobga  olish  kartochkalarida  (№12  namunaviy  shakl)  hisobga  olinadi. 

Kartochkalar asosiy vositlarning kelib tushishi va chiqishi to‘g‘risidagi dastlabki hujjatlarga asosan 

yuritilib,  yakka  holda  va  guruhlab  hisobga  olinadigan  inventar  kartochkalar  mahlumotlari  hamda 

tegishli 0100-“Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar” (0110-0190) bo‘yicha bosh daftardagi 

mahlumotlar bilan taqqoslanadi va asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot (3-shakl)ni tuzishda 

foydalaniladi. 

Asosiy  podadagi  mahsuldor  va  ish  hayvonlarining  analitik  hisobi  №73-ASK  vedomostda 

yuritiladi.  Bu  vedomost  bir  oyga  ochilib,  102-shakl  “Fermadagi  chorva  mollari  va  parrandalar 

harakati to‘g‘risidagi hisobot” asosida to‘lg‘aziladi.  

 


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish