Asosiy vositalarning kelib tushishi va xo‘jalik ichida siljishi quyidagi dastlabki hujjatlar bilan
Qurib bitkazilgan bino va inshootlar, aholi yashaydigan uylar va madaniy-maishiy binolarni
Dalolatnoma qishloq xo‘jalik korxonasi rahbarining buyrug‘i (agrofirmasi boshqaruvining
farmoyishi)ga binoan tayinlangan komissiya tomonidan tuzilib, unda qabul qilingan obektning
qisqacha tavsifi, texnik talablarga muvofiqligi va dastlabki sinovlarning natijalari ko‘rsatiladi. Ayrim
chala qolgan ishlar aniqlansa, ularni bartaraf etish muddatlari belgilanadi. Dalolatnoma xo‘jalik
rahbari tomonidan tasdiqlanadi va buxgalteriyaga beriladi. Obhektni qabul qilishga dalolatnomaga
obektga tegishli barcha hujjatlar ilova qilinadi. Yuqori tashkilotning farmoyishiga binoan boshqa
korxonalarga berilgan asosiy vositalar ham shunday dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bu holda
dalolatnoma ikki nusxada tuziladi.
Zamonaviylashtirish, qayta tiklash va kapital tahmirlashdan so‘ng asosiy vositalarni qabul
qilish-topshirish tahmirdan chi¢¢an va ¢ayta tiklangan asosiy vositalarni ¢abul ¢ilish-topshirish
dalolatnomasi (53-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Bu dalolatnoma ham korxona rahbari (agrofirmasi
boshqaruvi) tayinlagan komissiya tomonidan, ikki nusxada tuziladi.
Ko‘p yillik daraxt ko‘chatlarini ekish bo‘yicha tugallangan ishlar va yosh ko‘chatlarni
foydalanishga topshirish ko‘p yillik daraxtlarni ¢abul ¢ilish va ularni foydalanishga topshirish
dalolatnomasi (54-shakl) bilan rasmiylashtiriladi.
Sotib olingan asosiy vositalar, asosiy podani to‘ldirish uchun sotib olingan mollar mol
yetkazib beruvchilarning schyot-fakturalari, yuk xatlar, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va
boshqa hujjatlarga asosan qabul qilinadi. Bepul yoki aybdor shaxslardan moddiy zararni qoplash
tartibida olingan asosiy vositalar qishloq xo‘jalik korxonasi rahbari (agrofirmasi boshqaruvi)
tayinlagan komissiya tomonidan tuzilgan dalolatnomalarga asosan hisobga olinadi. Mahsuldor va ish
hayvonlar asosiy podasiga yosh chorva mollarini o‘tkazish chorva mollarini guru¦dan-guru¦ga
o‘tkazish dalolatnomasi(97-shakl)ga asosan rasmiylashtiriladi.
Asosiy vositalarning xo‘jalik ichida bir javobgar shaxsdan ikkinchisiga o‘tish ixtiyoriy
shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Asosiy vositalarning xo‘jalikdan chiqarilishi bepul berib yuborish, tugatilishi, sotilishi, tabiiy
ofat tufayli buzilishi va yo‘qolishi natijasida sodir bo‘ladi.
Asosiy vositalarning keyinchalik ishlab chiqarishda foydalanishga yaroqsizligini aniqlash,
qayta tiklash ishlarini o‘tkazishning imkoni yo‘qligi yoki samarasizligini, asosiy vositalarni hisobdan
chiqarishga asos bo‘ladigan zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun qishloq xo‘jalik korxonasi
rahbari tomonidan (aktsiyadorlik jamiyatlarida – aktsiyadorlarning umumiy majlisi yoki vakillar
majlisining qarori bilan) doimiy faoliyat ko‘rsatadigan komissiya tuziladi.
Qishloq xo‘jalik korxonasining asosiy vositalari tabiiy ofat tufayli yo‘qolganda ularni
hisobdan chiqarish hujjatlari sug‘urta kompaniyasi vakili ishtirokida tuziladi.
Asosiy vositalarni balansdan chiqarish uchun quyidagi dalolatnomalar tuziladi: bino va
Do'stlaringiz bilan baham: