Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Asosiy vositalar hisobini kompyuterlashtirish



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

9.7. Asosiy vositalar hisobini kompyuterlashtirish. 

Asosiy vositalar EHM yordamida kompyuterlashtirilganda xos raqam tuzishning birinchi 

bosqichida,  umumiy,  xos  raqamlardan  tashqari  traktor,  avtomobil  va  boshqa  qishloq  xo‘jalik 

mashinalarining  inventar  raqamlari,  asosiy  vositalr  nomlari  (inventar  raqamlari),  01,  02,  03 

schyotlarning xususiy xos raqamlaridan foydalaniladi. 

0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar schyotlar» schyotining xos raqami xos 

raqamlashtirishning ketma-ket metodi bo‘yicha tuziladi va oltita raqamdan iborat bo‘ladi. Birinchi 

ikki  raqam  sintetik  schyotni  bildiradi,  uchinchi  subschyot  (tasnifnomaga  muvofiq  asosiy 

vositaning tayinlanishi), oxirgi uchta raqam obhektning turi va nomi yoki bir xil asosiy vositalar 

obhektlarining guruhlari. 

Masalan,  I  subschyot  bo‘yicha:  001-sigirxona,  101-dala  shiyponi,  201-traktorlar,  301-

paxta terish mashinalari va h.k. 

Shunda masalan, tarmoq ahamiyatiga ega ishlab chiqarishga doir vositalardan og‘ilxona 

binosining  to‘liq  xos  raqami  011001,  dala  shiyponi  011101  va  h.k.  asosiy  vositalar  konkret 




 

obhektlari nomi va inventar raqamini subschyot va tasnifiy guruh chegarasida aniqlash uchun 01 

sintetik schyotining xos raqami asosiy vositalar nomlarining xos raqamlari (inventar raqamlari) 

bilan birlashtirib qo‘llaniladi. 

0200-«Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» schyotining xos raqami 

xos  raqamlashtirishning  ketma-ket  metodi  bo‘yicha  tuziladi  va  oltita  raqamdan  iborat  bo‘ladi. 

Birinchi to‘rtta raqam sintetik schyot, oxirgi ikkitasi ikkita nollar. Shunday qilib, 1210 schyotni 

to‘liq xos raqami 021000 bo‘ladi. 

0310-«Uzoq  muddatli  ijara  shartnomasi  bo‘yicha  olingan  asosiy  vochitalarni  hisobga 

oluvchi  schyotlar»  bo‘yicha  ham  xos  raqam  tuzish  ketma-ket  metod  bo‘yicha  tuziladi  va  oltita 

raqamdan  iborat  bo‘ladi.  Birinchi  ikki  raqam  sintetik  schyot,  subschyot  bo‘lmaganligi  sababli 

uchuinchi raqam o‘rniga nol qo‘yiladi. Oxirgi uchta raqam analitik schyotni bildiradi. 

Xos  raqamlashtirishning  ikkinchi  bosqichida  hisob  nomenklaturalarining  xususiy  xos 

raqamlari o‘rniga asosiy vositalar hisobiga oid xo‘jalik muomalalarining ishchi tasniflagichlarida 

guruhlangan,  xo‘jalik  muomalalarining  jamlama  xos  raqamlaridan  foydalaniladi.  Bu 

tasnifoagichda asosiy vositalar hisobiga oid har bir xo‘jalik muomalasi bo‘yicha 0100, 0200. 0300 

va  ular  bilan  aloqa  qiladigan  schyotlarning  xususiy  xos  raqamlari  keltiriladi.  Bunda  asosiy 

vositalar harakatining har bir muomalalalariga tasniflagichda dastlabki hujjatlarda (№52, 53, 54a, 

55,  56,  87  shakllar)  xususiy  xos  raqamlar  o‘rniga  qo‘yiladigan,  seriya  tartibli  raqamlashtirish 

metodi bo‘yicha beriladi. 

1-misol.  Xo‘jalik  muomalasining  jamlama  xos  raqami  3108  foydalanishga  topshirilgan 

sigirxona binosining kirim qilinganligini bildiradi. U quyidpgi xususiy xos raqamlarini o‘z ichiga 

oladi, debet 011001. Kredit 081001. 

2-misol.  Xo‘jalik  muomalasining  jamlama  xos  raqami  3210  yaroqsiz  holga  kelgan  dala 

shiyponining hisobdan o‘chirilishini bildiradi. U quyidagi xususiy xos raqamlarni o‘z ichiga oladi: 

debet 470213, kredit 011005. 

Tasniflagichda  asosiy  vositalar  harakatining  ko‘pchilik  xo‘jalik  muomalalarini  bo‘yicha 

sintetik  sub  va  analitik  schyotlarining  xususiy  xos  raqamlari  faqat  debeti  yoki  krediti  bo‘yicha 

keltiriladi.  U  holda  agshar  tasniflagichda  sintetik,  sub  va  analitik  schyotlarning  faqat  debet 

bo‘yicha xos raqamlari keltirilsa, kreditining xos raqami kiritilgan algoritm bo‘yicha tashkil topadi 

(shakllanadi) va aksincha, agar faqat kreditning xos raqami keltirilsa, schyot debetining xos raqami 

avtomatik  ravishda  shakllanadi.  Asosiy  vositalar  xo‘jalik  ichichdagi  harakatini  aks  ettiradigan 

xo‘jalik  muomalasining  xos  raqami  3001  bo‘yicha  sintetik  schyotlar,  subschyotlar  va  analitik 

schyotlar debeti va kreditining xos raqamlari avtomatik ravishda shakllanadi. 

Avtomatik  vositalar  hisobiga  oid  xo‘jalik  muomalalarining  tasniflagichidan  tashqari, 

asosiy podadagi chorva mollari harakatining hisobiga oid muomalalarni xos raqamlashtirish uchun 

chorva mollari va parrandalarining harakatiga doir xo‘jalik muomalalarining tsniflagichidan ham 

foydalaniladi. 

 


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish