Tovar belgilari, savdo markalari va atamalari — belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan
hamda boshqa firmalar tomonidan ruxsat berilmagan tarzda foydalanishdan qonun bilan muhofaza
qilingan korxonalar nomi va bu korxonalar mahsulotlarining nomlari;
♦
Sanoat namunalari — ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi buyumlar va xalq iste’moli
tovarlarining tashqi qiyofasini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik yechimlaridan foydalanish
huquqi. Sanoat namunalariga hajmiy model (avtomobil, stanok, mebel va hokazo) yoki yassi
tasvir-sanoat naqshlari (gazlama, gilam gullari, shrift shakli va hokazo) misol bo‘la oladi;
♦
Do'stlaringiz bilan baham: |