Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

mollari nasli (bolalari)ni kirim ¢ilish dalolatnomasi (95-shakl) asos buladi. Bu hujjat ferma mudiri, 

zootexnik va veterinariya vrachi ishtirokida, nasl olingan kuni, ikki nusxada tuziladi. 

Dalolatnomada  nasl  bergan  molning  kimga  biriktirilganligi,  laqabi  va  raqami,  tugilgan 

naslning soni va vazni, jinsi, berilgan raqami, ajralib turadigan belgilari (rangi, belgilari, o‘lchami va 

hokazo)  ko‘rsatiladi.  Dalolatnoma  bolalagan  hayvonlar  har  bir  turi  uchun  alohida  to‘lgaziladi. 

To‘lg‘azilgan dalolatnomalar belgilangan muddatlarda buxgalteriyaga topshiriladi. 

Ixtisoslashtirilgan chorvachilik xo‘jaliklarida chorva mollaridan olingan nasllarni kirim qilish 

uchun chorva mollari naslini kirim ¢ilish jamg‘arma dalolatnomasi (96-shakl) tuzilib, unda har bir 

uyada (tug‘ilgan joyida) topilgan (tirik va nobud bo‘lgan) hayvon bolalari qayd etib boriladi. Yosh 

mollar  boshqa  tashkilotlardan  sotib  olinganda,  agar  yosh  mollar  nasldor  bo‘lsa  nasldorlik 



guvohnomasi ilova qilingan holda schyot-fakturaga asosan qabul qilinadi. 

Yosh chorva mollarini bir guruhdan boshqasiga yoki asosiy podaga o‘tkazish chorva mollarini 

guruhdan-guruhga  o‘tkazish  dalolatnomasi  (97-shakl)  bilan  rasmiylashtiriladi.  Dalolatnomani 

zootexnik  yoki  ferma  mudiri  tomonidan  chorva  mollarini  guruhdan-guruhga  o‘tkazadigan  kuni, 

chorva  mollari  va  parrandalarni  topshiruvchi  hamda  qabul  qiluvchi  xodimlar  ishtirokida  tuziladi. 

Dalolatnomalar  chorva  mollari  va  parrandalar  harakatini  hisobga  olish  daftarida  hisobga  olish  va 

chorva mollarini parvarishlovchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash, hamda chorva mollari xarakatini 

buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirish uchun foydalaniladi. 

Keyinchalik  sotish  uchun  aholidan  mollarni  qabul  qilib  olishda  xo‘jalik  tomonidan 

keyinchalik  sotish  sotish  uchun  a¦olidan  ¢abul  ¢ilib  olingan  mollarni  ¢abul  ¢ilish-¦isoblashish 



vedomosti (95-a shakl) tuziladi. Vedomost xo‘jalikda ikki nusxada tuzilib, xo‘jaligi qabul qilib olgan 

chorva  molini  tayyorlov-tashkilotiga  topshirayotganda  qo‘shib  taqdim  etadi.  Vedomostning  bir 




 

nusxasi tayyorlov tashkilotida (go‘sht kombinatida) qoladi va aholidan qabul qilib olingan chorva 

mollari uchun xo‘jalikka tegishli summani o‘tkazishda asos bo‘lib xizmat kiladi.  Ikkinchi nusxasi 

chorva molining tirik vazni va semizligi hamda har bir topshiruvchiga tegishli summa ko‘rsatilib, mol 

topshiruvchilar bilan hisoblashish uchun xo‘jalikka qaytariladi. 

Yosh va boquvdagi mollarni tayyorlov tashkilotlariga  yoki boshqa xaridorlarga jo‘natishda 

chorva mollari va parrandalarni jo‘natish-qabul qilish tovar-transport yuk xati (1 q.x chorva shakli) 

to‘lgaziladi.  U  xo‘jaliklardan  jo‘natilayotgan  hayvon  va  parrandalarning  har  bir  guruhi  uchun 

yoziladi. Yuk xatida jo‘natilayotgan mollar to‘g‘risida asosiy mahlumotlar: mollar bosh soni, tirik 

vazni, qaerga jo‘natilayotgani, qabul qiluvchi, jo‘natuvchi, xujjatni kompyuterda ishlash uchun xos 

raqami (kod) qayd etiladi. Yuk xatining orqa tomonida transport mahlumotlari beriladi, unda mollarni 

avtomobil transportida tashish haqidagi asosiy rekvizitlar ko‘rsatiladi. Mollar suv transporti, ot-ulov 

yordamida  tashilganda  yoki  poda  holida  haydab  olib  borilganda  yuk  xatlar  orqasidagi  transport 

mahlumotlari to‘ldirilmaydi. Mollar avtomobil transportida tashilganda tovar-transport yuk xati to‘rt 

nusxada  to‘lgaziladi.  Birinchi  nusxasi  avtomobil  haydovchisining  tilxati  bilan  birga  fermada 

qoldiriladi. Qolgan uch nusxasi haydovchiga topshiriladi. Uning ikkinchi nusxasi mollarni qabul qilib 

oluvchiga  beriladi.  Uchinchi  va  to‘rtinchi  nusxalari  mol  qabul  qilib  olinganligi  to‘g‘risida  belgi 

qo‘yilgach,  xo‘jalik  buxgalteriyasiga  topshiriladi  (bittasi  haydovchi  yo‘l  varaqasi  bilan  birga 

avtotranport  buxgalteriga,  boshqasi  chorva  buxgalteriga).  Chorva  mollari  temir  yo‘l  orqali 

jo‘natilganda kuzatuv temir yo‘l daftari (99-a shakl) yuritiladi.  

Yosh  chorva  mollari  parrandalar  va  boquvdagi  mollarning  harom  o‘lishi,  so‘yish  va 

yaroqsizga  chiqarilishi,  korxona rahbari tomonidan  tayinlangan komissiyaning chorva  mollari va 




Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish