8.4. Materiallarning kirimini buxgalteriyada hisobga olish
Korxona buxgalteriyasida moddiy boyliklarning kirim-chiqimlari xususidagi barcha birlamchi
hujjatlar: manzil belgilari, imzolar, summalar va amalga oshirilgan tadbirlarning qonunga to‘g‘ri
kelish-kelmasligi tekshiriladi.
Kirim orderlaridagi yozuvlar tegishli to‘lov hujjatlari, schyot-fakturalar, yukxatlar va boshqa
hujjatlar bilan solishtiriladi. Noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar qayta ko‘rib chiqish uchun
qaytariladi.
Buxgalteriyada tekshirishdan o‘tkazilgan hujjatlar taksirovka qilinadi, ya’ni material miqdori
uning narxiga ko‘paytirilib, hujjat bo‘yicha umumiy summa aniqlanadi. Keyin barcha kirim-chiqim
hujjatlari omborlar, jamlama hisobvaraqlar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi, bu guruhlar esa hisob narxi
bo‘yicha kichik guruhlarga bo‘linadi. Bu hujjatlarning yakunlari M-43 shaklidagi materiallarning
jamlama hisobi jamg‘aruv qaydnomasiga yozib qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisobida materiallarning hisobini yuritishda quyidagi hisobvaraqlardan
foydalanish mumkin:
1010-«Xom-ashyo va materiallar»
1020-«Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar»
1030-«Yoqilg‘i»
1040-«Ehtiyot qismlar»
1050-«O‘urilish mollari»
1060-«Idish va idish materiallari»
1070-«Boshqa tomonga qayta ishlash uchun berilgan materiallar»
1080-«Inventar va xo‘jalik anjomlari»
1090-«Boshqa materiallar».
Ushbu hisobvaraqlarning debetida ishlab chiqarish zahiralarining ko‘payishi, kreditida esa
ularning ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar uchun sarflanishi aks ettiriladi. Yuqorida sanab
o‘tilgan hisobvaraqlar aktiv hisoblanib, ularning debetidagi qoldiq hisobot davri boshidagi materiallar
qoldig‘ini aks ettiradi.
Mol yetkazib beruvchilar schyotlari va ombor kirim orderlari asosida omborga materiallarning
qabul qilinishiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar»
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».
O‘abul qilish vaqtida materiallarning kamomadi yoki yetishmasligi aniqlansa, u holda
materialning sotib olinish bahosiga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar»
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».
Agarda korxonaga keltirilgan materiallar mol yetkazib beruvchilar hujjatlarida
ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lsa, u holda ko‘p chiqqan material qiymatiga tegishli material schyotlari
debetlanib, 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» hisobvarag‘i
kreditlanadi.
Sotib olingan materiallar bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar schyotining to‘lanishiga
quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar».
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Korxonaning o‘zida tayyorlangan va omborga qabul qilingan materiallarning haqiqiy tannarxiga
quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 1010-«Xom-ashyo va materiallar»
K-t 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish».
Do'stlaringiz bilan baham: |