Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


PEDAGOGIK INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING TA’LIM



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/159
Sana25.02.2022
Hajmi2,22 Mb.
#271793
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

PEDAGOGIK INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING TA’LIM
TARAQQIYOTIDAGI O`RNI 
Axmedova M. – Buxoro Davlat Universiteti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi o`qituvchisi 
Ta’lim tarbiya- murakkab jarayonlardan biridir.Ta’lim-tarbiya hayotimizda muhim 
ahamiyatga ega. Bilimga chanqoq yosh avlodga saboq berish,hayotda o`z o`rnini topishga o`rgatish 
barcha o`qituvchi,ustozlarning majburiyatidir. Inson bilimi orqali juda yuqori cho`qqilarni zabt etishi 
mumkin.Tarixdan bilamizki, ota -bobolarimiz o`zlarining aql-zakovatlari bilan dunyoga nom 
taratganlar. Necha asrlar o`tgan bo`lishiga qaramay, ularning asarlari zamirida teran ma’no va ulkan 
g`oyalar yotadi. Bu asarlar yoshlarimizning ta’lim –tarbiya olishlariga yordam beradi. 
“Tarbiya bizlar uchun yo hayot- yo mamot, yo najot -yo halokat, yo saodat –yo falokat 
masalasidur “ A.Avloniy. Darhaqiqat, uning so`zlari zamirida kuchli ma’no bor. Ta’limsiz biz hech 
narsaga qila olmaymiz. Avvalda ham, hozirda ham ta’limga juda katta e’tibor berilgan.


149 
Mamlakatimiz jadal tarzda rivojlanayotgan bir paytda, ta’limda rivojlanishlarni ko`rish mumkin. 
Hozirgi kunda ta’lim sohasidagi o`zgarishlar bizning kelajakda o`sib – ulg`ayib kelayotgan 
farzandlarimiz uchun poydevordir.Shu o`zgarishlardan biri – yangi innovatsion pedagogik 
texnologiyalardir. Bu zamonaviy ta’lim sharoitida o`quvchilarni ta’lim jarayonidagi faoliyatini 
oshirish tufayli,yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanishni talab etadi. Har qanday ta’limning 
maqsadi-ta’lim oluvchilarda bilim ko`nikmalarini va malakalarini shakllantirishdan iboratdir. Bu 
asosan chet tillarni mukammal egallash uchun qo`l kelmoqda. Chet tillarni o`rganish ham davr talabi 
bo`lib qoldi. Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan PQ 1875 “ Chet tillarni o`rganish tizimini 
yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida” gi qaror o`z samarasini bermoqda. Ta’lim 
muassasalari hozirgi kun talablariga javob beradigan tarzda jihozlanib, o`qituvchilar dars davomida 
faol metodlardan va innovatsion texnalogiyalardan foydalanib kelmoqdalar. Amaliy metodlar eng 
samarali metod hisoblanib, talabalar ongida ma’lumotning 75% ni saqlab qoladi.O`quv jarayonida
o`qituvchi tomonidan o`quvchilarga ma’lumotlarni turli xil metodlar orqali etkazilyapti.
Shak 
subhasiz, 
o`quvchi 
o`zi 
bajargandagi 
90%ni 
esda 
saqlab 
qoladi.
Videometod –axborotni ko`proq ko`rgazmali o`zlashtirishga asoslangan bo`lib, unda proektor, o`quv 
televideniesi, videomagnitafon, axborot aks ettiruvchi kompyuterlardan foydalaniladi.Chet tillarni 
o`rganishda videometoddan foydalanish,chet tili darslarida o`ziga xos bo`lgan til muhitini yaratish, 
video roliklarni taqdim etish va o`quvchida chet tillarga bo`lgan qiziqishni yanada oshirish. Tinglab 
tushunish mashqlari bajarilib,bu o`quvchiga so`zni to`g`ri talaffuz qilishni va eshitish qobiliyatini 
rivojlantiradi ham. Og`zaki mashqlar ta’lim oluvchilarning nutq madaniyatini va mantiqiy tafakkurini 
taraqqiy ettirish, avtomatik tarzda ingliz tilida fikr yuritishni o`rgatadi.Yozma mashqlarning asosiy 
vazifasi so`zni to`g`ri va grammatik xatosiz yozishdir. Yana bir yangilik o`quvchilarning ingliz tili
fanidan shaxsiy “Portfolio “ ochib uni yurgizishlaridir. “Portfolio”- inglizcha so`z bo`lib, portfel yoki 
portfellar to`plami degan ma’noni anglatadi.Portfolioda o`quv jarayonida o`rgangan yangi so`zlar, 
olgan yangi bilimlarini namoyish etishdir. Ta’lim oluvchilar tomonidan kurs semestrlari davrida 
yuritiladi.Unda ta’lim oluvchilarning baholash turlari- joriy, oraliq va mustaqil ishlari bo`yicha 
bajargan topshiriqlari va ularga o`z vaqtida qo`yilgan o`zlashtirish ballari jamlanib boriladi.Portfolio 
yurgizish talabalarning semester (kurs) va o`quv muddati davomida o`zlashtirishlarini va mustaqil 
ish topshiriqlarini muntazam ravishda bajarib borganligi to`g`risidagi doimiy hujjat bo`lib 
hisoblanadi.Portfolio pedagogik jarayonda o`qituvchiga ta’lim oluvchilar erishayotgan o`quv 
yutuqlari monitoringini yurgizish imkoniyatini yaratadi, hamda o`zlashtirish ballarining haqqoniyligi
va ishonchliligini ta’minlaydi. Talim oluvchiga esa, o`z bilim saviyasi ortayotganligini hamda 
shaxsining rivojlanayotganligini o`zi kuzatib borish imkoniyatini yaratadi. Bunda o`quvchi mustaqil 
o`rganish, izlanish, mustaqil mashg`ulotlarni bajarishi tilni chuqurroq egallashda o`z samarasini 
ko`rsatmoqda.Hozirgi paytda yuqori malakali, o`z kasbining yetuk bilimdoni va madaniyatli, 
mustaqil fikrlaydigan mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu tufayli o`quv 
jarayonida zamonaviy ped texnalogiyalar va metodlardan foydalanib, ta’lim oluvchining bilim, 
ko`nikma va malakalari bilan bir qatorda bilimlarni mustaqil egallash va muammolarini mustaqil 
ravishda hal etishda ijodiy yondashish qobiliyatlarini ham shakllantirish lozim. Ta’lim oluvchi 
qancha ko`p mustaqil izlansa, o`z ustida ishlasa- shuncha yaxshi. Har bir qilingan ishingiz albatta
kelgusida o`zining samarasini beradi. “ Sabrning tagi -sariq oltin “ deb bejiz aytishmagan, shu sababli 
chet tillarni o`rganish o`rganuvchilardan sabr –bardosh va matonat talab qiladi. Nafaqat til 
o`rganishda, balki har bir qilyotgan ishimiz chidam, mustahkamlilikni talab etadi.Davlatamimizni 
kelajakda bundan ham rivojlantiradigan, dong`ini ko`klarga ko`taradigan mutaxassislarni yetishtirib 
berishda o`z hissamizni qo`shmog`imiz darkor.

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish