Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


O`QUVCHILARNING TASAVVURINI BOYITISH VA FIKRLASH QOBILIYATLARINI



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/159
Sana25.02.2022
Hajmi2,22 Mb.
#271793
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

O`QUVCHILARNING TASAVVURINI BOYITISH VA FIKRLASH QOBILIYATLARINI 
RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA AXBOROT- 
KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI 
Ganiyeva S. – Navoiy shahridagi 12-davlat umumta’lim maktabi o`qituvchisi 
Ijtimoiy fanlar va til adabiyot ta’limida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalanishda o`quvchilarning mushohadasi, ko`nikmasi, shaxsiy iqtidori, imidji 
inobatga olinishi lozim. Til va adabiyot fanida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo`llash 
ancha muammoli hol. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya berishning asosiy shakli dars. Dars jarayonida 
o`quvchilarning nafaqat bilimi boyitiladi, savodxonligi oshiriladi, shu bilan birga dunyoqarashi 
kengaytiriladi, axloqiy fazilatlari va tushunchalari orttiriladi. Xususan, adabiyot darslarida har bir 
o`quvchiga o`ziga xos individual yondashish, ularda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish va estetik 
tarbiya berish asosiy vazifa hisoblanadi. Bunda an’anaviy metodlar bilan bir qatorda zamonaviy 
pedagogik va axborot-texnologiyalaridan foydalanish yaxshi natija beradi. Zamonaviy pedagogik 
hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan darslarda samarali foydalanishda, avvalo, bu 
kabi texnologiyalarni mazmun-mohiyatini anglash talab etiladi. Albatta, zamonaviy o`qituvchi 
ta’lim-tarbiya jarayonida ulardan foydalana bilishi va to`g`ri amalga oshira olishi lozim. Zamonaviy 
pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim maqsadini amalga oshirishdagi 
o`rni va rolini bilish hamda ularni fanlar bo`yicha qo`llash prinsipiga ega bo`lish ham zamonaviy 
o`qituvchi oldida turgan asosiy vazifalardandir.
Bugungi kun ta’limida o`quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishda, 
ularda erkin fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, hissiyotlarni boshqara olish, voqelikka munosabat 


154 
bildira olish, tanqidiy va ijodiy fikr yuritishning rivojlanishiga zamin yaratadigan vosita ham 
zamonaviy pedagogik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo`lib qolmoqda. Xususan, 
zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamohang tarzda foydalanish 
orqali o`quvchilarning tasavvurini boyitish, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakkurni rivojlantirish, nutqiy 
mahoratni shakllantirishga imkoniyat yaratiladi. Biz, pedagoglar bugungi kunda ta’lim sifat-
samaradorligini yanada oshirish, ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida dars mashg`ulotlarini 
mazmunli va sifatli tashkil etish, o`quvchilarning dars jarayonida faolligini oshirish va mustaqil fikr 
bilan munosabat bildira olish qobiliyatini rivojlantirishga diqqatimizni qaratishimiz lozim.
Quyidagi tavsiyamizda “Nuqtayi nazaring bo`lsin” usuli orqali 6-sinf “Adabiyot” darsligida 
1 soatga mo`ljallab berilgan O`tkir Hoshimovning “Urushning so`nggi qurboni” hikoyasi asosidagi 
darsni tashkil qilish, asar g`oyasini o`quvchilarga tushuntirish va ularning har birini o`z nuqtayi 
nazaridan kelib chiqib asar voqealarini mushohada qilishga undash mumkin. Bu usul orqali 
o`quvchilar muayyan muammo xususida o`z nuqtayi nazarini asosli dalillab, himoya qiladi. 
O`quvchilar dars jarayonida o`z fikrini o`zgartirish imkoniga ega bo`ladi. Muhimi, o`qituvchi barcha 
o`quvchilarni munozaraga jalb etadi. Dars jarayonida faol bo`lmagan o`quvchilar ham ochiqdan-
ochiq savollar usuli orqali munozarada ishtirok etishi mumkin. “Nuqtayi nazaring bo`lsin” usuli 
orqali o`quvchini bevosita adibning hayot yo`li, ijodiy ishlari, ma’naviy merosimizga qo`shgan ulkan 
hissalari bilan tanishtirishda adibning o`zidan, yor-u do`stlari tomonidan bayon etilgan video-
lavhalardan foydalanish, asardagi so`zlar o`quvchilar tomonidan emas, asar qahramonlari tilidan 
(oldindan diskka yozib olingan holda) o`quvchilarga eshittirish bilan darsni samarali tashkil etish 
mumkin. Bu texnologiya orqali o`quvchilarni ko`rganlari va eshitganlari asosida ishlashga va ular 
tafakkurining, fikrlash doirasining kengayishiga erishish mumkin.
O`quvchilar yozuvchi hayoti va ijodi, asar haqida o`qituvchining og`zaki bayoni bilan birga 
monitorda jonli video-lavhalarni tomosha qilish orqali ma’lumot olsa, mavzu yuzasidan yanada 
ko`proq tasavvurga ega bo`ladi. Tasavvur esa o`z-o`zidan fikrlashga, mushohada qilishga undaydi. 
Bu usulda barcha o`quvchilar diqqatini dars jarayoniga jalb etish mumkin. O`qituvchi o`z navbatida 
video-lavhalarni izohlab, mushohadali fikrlarni eshitib, o`quvchilar fikrini xulosalab boradi.
“Nuqtayi nazaring bo`lsin” usulini o`tkazish. O`qituvchi sinfning to`rt burchagiga yoki 
sinfning ma’lum ochiq makoniga to`rtta tablichka osib qo`yadi. Ixtiyoriy ravishda oltita o`quvchi 
tanlab olinadi. Qolgan o`quvchilarga o`z joyida o`tirib, barcha fikrlarni tahlil qilib, yozma shaklda 
qisqa maxsus kartochkalarga qayd etib borishlari topshiriladi. 
O`yinni boshlashdan oldin o`qituvchi yo`l-yo`rig`i: 
1) Ta’kidlov o`qib bеrilganidan kеyin o`quvchilar o`z fikriga muvofiq tablichkalar yonidan 
joy egallashi; 
2) O`quvchilar o`z nuqtai nazarini asosli dalillab bеrishga shay turishi;
3) Agar o`quvchilar muammoga nuqtai nazarini o`zgartirishga undovchi asosli dalilni eshitsa, 
o`z o`rnini almashtirishi mumkin;
4) Ishtirokchilar sinfdoshlari ta’kidlariga o`z fikrini bayon etishga shay turishi lozim.
5) O`yinda ishtirok etmayotgan o`quvchilarga quyidagicha topshiriqlar bеriladi: 
– eng ahamiyatli ta’kidlovlarni yozib borish; 
– o`yin jarayonida o`z o`rnini o`zgartirmagan o`quvchilarni yozib borish; 
– eng asosli dalillab bеrilgan javoblarni yozib borish. 
O`qituvchi o`quvchilar diqqatini asar boshlanishidagi bo`g`iq tasvirga qaratadi. Nega 
Shoikrom xomush? Nega bahor kelsa ham sandal olib tashlanmagan? Shinni dog`i tekkan quroq 
dasturxon, go`jadan bo`shagan sopol tovoq, bandi kuygan yog`och qoshiq sizda qanday taassurot 
qoldirdi. Asar qahramoni nega bularga qo`l siltadi? O`zingizni Shoikrom o`rnida tasavvur qilib 
ko`ring? Shoikromning ko`ngli g`ashligi, diqqinafas holatiga nima sabab bo`lyapti deb o`ylaysiz? 
O`quvchilar savollarga javob berayotganda beixtiyor o`zlarining holatiga ham diqqat qaratadi. 
Masalan, o`quvchilarda “Tozalikka e’tibor berish kerak” degan fikr tug`iladi va Shoikrom holatiga 
munosabat bildiradi.
Savol: Urush odamlarni o`zgartirib yuborganini hikoya qahramonlari so`zlari orqali 
tushuntiring va o`z nuqtayi nazaringizni bildiring? Masalan: 


155 
1) 
“Ziqna bo`lmay o`l! – deb o`yladi xotinini so`kib. – Azaldan qurumsoq edi, zamon 
og`irlashgandan buyon battar bo`ldi” (Shoikromning so`zlari. 148-bet.)
2) 
“Yo`q, bolam, ovqat kerakmas, -dedi Umri xola shoshilib. –Xayol surib yotib uyqum 
ochib ketdi… Payshanba kuni Komil tayibning uyiga boruvdim. Har kuni nahorga bir kosadan qo`y 
suti ichsa, dard ko`rmaganday bo`lib ketadi, dedi” (Umri xola. 149-bet). 
3) 
“Nega menga o`dag`aylaysiz? –Xadicha tovoqni qoshiqqa urib, yig`lamsiradi. –Nima, 
meniyam Ilhom samovarchining xotiniday so`yib ketsinmidi? Siz kechalari smenada bo`lsangiz. Men 
uchta jo`ja bilan jonimni hovuchlab o`tirganim yetmaydimi!?” (Xadicha. 150-151-betlar). 
4) 
“Shu kunda yana o`gri oralab qoldi…Qulupnay qizarmasdan bitta qo`ymay terib 
ketishyapti” (Xadicha. 151-bet). 
5) 
“Menga desa otib yubormaydimi? Harna bitta xaromxo`rni o`ldirganim. Bittasi o`lsa, 
boshqalari adabini yeydi” (Shoikrom. 153-bet). 
6) 
“Sut ichmay zahar ichsam bo`masmidi!? Kechayam aytuvdim, ko`nmadilar. 
Qulupnayga sut alishadi, dedilar” (Shone’mat. 155-bet).
Savol: Shoikromni qotillikka undagan, ko`rinmas og`ridan o`ch olishga majbur qilgan, 
oqibatda o`z onasining o`limiga sabab bo`lgan narsa nima? Shoikromning xayolidan o`tgan 
“Vijdonsizlar! Odamlarning boshiga kulfat tushganidan foydalanib qoladiganlarni qirish kerak”, 
“Menga desa otib tashlamaydimi?” kabi fikrlarni kim qanday izohlaydi? 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish