166
materiallar darslikdan emas, boshqa qo`shimcha manbalardan olinsa yaxshi natija beradi. Қuyida
komp`yuter texnologiyasi asosidagi darslarni tashkil etish bo`yicha o`z tajribamdan misol tari qasida
keltiraman.
4-sinf o`zbek tili darsida “Қushlar va hashoratlar” mavzusini o`rganishda “Қushlarga
sevgim” she`ridan boshqa
barcha darslik materiallari, ya`ni mavzu bo`yicha barcha so`zlarni
o`quvchilar biladigan, tanish so`zlardir. Ushbu darsda mavzu doirasida o`quvchilarning so`z boyligini
oshirish, tabiat ularning tabiat olami haqidagi tasavvurlarini kengaytirish oid materiallar etarli
darajada berilgan. O`quvchilar mazkur mavzu doirasida barcha mashqlarni bajarish jarayonida
lingvistik talablar asosidagi topshiriqlarni bajarib, berilgan matnlardagi so`zlarning izohini o`qituvchi
tushuntirishga hech qanday ehtiyoj yo`q. O`qituvchi dars materiali bo`yicha 1-darsda barcha
topshiriqlarni bajartirish jarayonida 1-topshiriq yuzasidan berilgan kapalak,
ipak qurti, chumoli,
pashsha, chivin, suvarakning animaciyali rasmlarini slaydlar orqali namoyish etiladi. Bu animacion
(jonlantirilgan) rasmlar o`quvchilarning tasavvurida xuddi ko`zi bilan ko`rgandek tuyuladi. Shundan
so`ng ularning foydali va zararli tomonlari haqida suhbat o`tkaziladi. Ular bilan 2-mashqda berilgan
savollar ustida ishlash jarayonida animacion rasmli slaydlarda musicha, chumchuq, laylak,
qaldirg`och, turna kabi qushlarning ini qurilgan joylar tasviri namoyish etiladi. Tajribamdan ma`lum
bo`ldiki, mana shu jarayonda bolalarning ba`zilari shaharda yashaganligi uchun qaysi qush qaerga in
qurishini bilmaskan. Masalan, turnaning daraxtlarning eng tepasiga, chumchuqning hovlidagi binolar
devori bilan tomi oralig`iga, musicha va qaldirg`och odam- lar yashaydigan uy, darvozaxonalar
peshtoqiga in qurganligini ko`rib o`quvchilarda qiziqish judayam ortdi. Natijada darslikda berilgan
“Bilib oling” ruknidagi “-ga” qo`shimchasining qanday so`zlarda ishlatilishini osongina o`zlashtirib
oldi.
Bolalarning o`lkamiz tabiatiga bo`lgan mehr-muhabbatini oshirishda 2-darsda 3-topshiriq
yuzasidan animaciyali rasmlar kompoziciyasidan foydalanganimda, 4-topshiriqni o`quvchilar
yaxshi
bajarganligini tajribamda ko`rdim. Ular animaciion rasmlardagi ko`rgan tasavvuri asosida
qiynalmasdan gaplarni bemalol tuza oldi.
3-mashqning 5-topshirig`i ustida ishlashda ovozli animacion rasmlar ayniqsa o`quvchilarda
estetik zavq uyg`otishda muhim o`rin tutadi. Bulbul, to`ti va bedananing sayroqi ovozi bola qalbida
go`zal tuyg`ular hissini shakllantirish barobarida u bu noyob qushlarni asrash kerakligini anglaydi.
Chunki o`qituvchi animacion rasmlarni namoyish qilish jarayonida bedana, bulbul, to`ti “Қizil
kitob”ga kiritilganligini, bu qushlarning kamayib borayotganligini ham tushuntiradi. Shu darsda
O`zbekistonda yashovchi qushlarni tavsiflovchi animaciya va slaydlar ko`rsatilsa,
bular orqali
o`quvchilar respublikamiz tabiat olami haqida enciklopedik (qomusiy) ma`lumotlarga ham ega
bo`ladi.
Demak, mazkur mavzuni o`rgatishda o`quvchilar ko`p so`z izohi bilan tanishadi,
respublikamizda qushlar va hashoratlar materiallari bilan tanishadilar. Mening 4-sinf o`zbek tili darsi
uchun tayyorlagan komp`yuter orqali ekranlashtirilgan, tablicalar hamda slaydlar hajmini juda katta
miqdorni tashkil etadi. Bu materiallarni komp`yuter xotirasida saqlab boraman. Bulardan esa tuman
va shahar maktablarida o`tkazilan o`quv-seminarlarida ma`ruza uchun bir necha bor material sifatida
foydalanganman.
Ta`lim boshqa tilida olib boriladigan maktablarda o`quvchilarga o`zbek tilini o`rgatish ularni
bu tilga nisbatan qiziqish va moyilliklarini yanada orttirish, bu tilda o`z ona tillaridek erkin so`zlasha
olish imkoniyatlarini vujudga keltirish har bir o`zbek tili o`qituvchisidan ijodiy faollik talab etadi.
O`quvchilarni nafaqat kundalik muomalada ishlata oladigan so`zlar, balki iqtisodiy-siyosiy,ijtimoiy,
huquqiy sohalarga oid bo`lgan mavzularda ham o`z fikr-mulohazalarini o`zbek tilida erkin tarzda
bayon eta olishlarida ommaviy axborot vositalarining roli kattadir. Bunda darsni boshlashda
mamlakatimizning hayotida
yuz berayotgan muhim voqea, tafsilotlar haqida “Axborot”,
“Tahlilnoma” ko`rsatuvlarini o`qituvchi diskka yozib kelib, uni kompyuter orqali ekranda namoyish
etishi lozim. Keyingi darslarda bolalardan televizor orqali “Davr” va “Axborot” ko`rsatuvida qanday
yangiliklar berilganini so`rash kerak. O`quvchilardan fikr so`ralganda, bu ko`rsatuv tafsilotlarini
aytib bergan o`quvchilarni alohida rag`batlantirish zarur. Shunda ularda bu ko`rsatuvlarni ko`rishga
167
qiziqish uyg`onadi hamda har doim buni ko`rgan va tinglagan o`quvchining so`z boyligi oshib
boraveradi.
Darsning ushbu qismini “Intervyu” deb atash mumkin, ya`ni bolalar ham “Davr” va
“Axborot” ko`rsatuvi asosida o`z fikr-mulohazalarini tushunarli qilib, xuddi suxandonlardek bayon
etadilar. Bunda o``quvchilarning kerakli atama va so`zlar bilan tanishtirish maqsadida so`zlar lug`ati
beriladi. Bu lug`at so`zlar “rasmiy tashrif”, “Oliy Majlis ”, “nomzod” “kelishuv va bitimlar”,
“iqtisodiy salohiyat “, “chet mamlakatlarning investorlari”, “iste`molchi” kabilarni xattaxtaga aks
etgan ko`rgazma-plakatni osib qo`yish maqsadga muvofiqdir. Dars so`nggida 2 daqiqalik “erkin
fikrlar” onlarini joriy qilishda o`quvchilar televizor yoki gazeta-jurnallarda uchragan va tushunishlari
qiyin bo`lgan so`zlar haqida fikr so`rashlari bu tilni yanada puxtaroq egallashga zamin yaratadi.
Noyob va serjilo so`zlarga boy tilimizning imkoniyatlaridan to`la
foydalanish va uning sehrli
olami bilan boshqa xalq millat vakillarini oshno etish orqali Vatanimizning nurli kelajagi
istiqbollari,,iqtisodiy o`zgarishlari,madaniy-ma`rifiy sohada qo`lga kiritayotgan yutuqlaridan
boxabar qilib borish ularning keng tafakkurli,mamlakat mustaqilligini mustahkamlaydigan fidoyi
insonlar bulib
etishishi uchun asos buladi
Demak, boshlang`ich sinflarda o`zbek tili fani bo`yicha o`tiladigan dars mashg`ulotlarini
zamonaviy
pedagogik
va
axborot-kommunikaciya
texnolgiyalari
asosida
uyushtirish,
o`quvchilarning darsda ortiqcha zo`riqishlardan saqlaydi, ularning imloviy savodxonligi oshadi,
darsdagi mustaqil faoliyati rivojlanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: