144
madaniy meros bilan birga yangilanayotgan bugungi turmush tarzini hamda yangicha tus
olayotgan jamiyatimizning mazmun- mohiyatini teranroq yoritish, kengroq o`rganish muhimdir.”-
degan fikrlarini yodga olish kifoyadir. Ma’naviy sohada o`z ifodasini topgan aniq ravshan
yutuqlarni muvaffaqiyatli deb hisoblamoq joiz.
Xalqning ma’naviyati, madaniyati uning xaqiqiy tarixi va o`ziga xosligi qayta
tiklanayotganligi ;
Jamiyatimizning taraqqiy ettirish yo`lidan muvaffaqiyatli ravishda olg`a
siljitishda hal
qiluvchi, ta’bir joiz bo`lsa belgilovchi ahamiyatga egadir.
Xalqimiz sarchashmalarining ko`zlari qaytadan ochilganligi jahon madaniyati yutuqlariga
zo`r hissa qo`shgan buyuk ajdodlarimizning ma’naviy va madaniy merosi chuqur anglanmoqda.
Har bir avlodning o`z o`tmishiga oliyjanob milliy, madaniy,diniy an’analariga hurmat bilan qarash,
ularni asrash ayni chog`da hozirgi zamon jahon taraqqiyoti va ma’naviyati qadriyatlarni
o`zlashtirish muhim manbalardandir. Xalqimiz o`zining milliy o`zligini anglab yetdi. Yosh avlod
buyuk ajdodlarimizga munosib bo`lish borasida
intilishlarini ta’kidlash darkor.Biror bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini insonlar ongida
ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay turib o`z istiqbolini tasavvur eta olmaydi.
Xalqning madaniy qadriyatlari ma’naviy merosi asrlar mobaynida nafaqat Sharq xalqlari uchun
balki G`arb xalqlari uchun qudratli manba bo`lib xizmat qildi.Ajdodlarimiz tomonidan ko`p asrlar
davomida yaratib kelingan g`oyat ulkan bebaho merosni tiklash davlat siyosati darajasiga
ko`tarilgan muhim vazifa bo`lib qoldi.Ma’naviy qadriyatlarni tiklash, milliy o`zlikni
anglash
xalqning ma’naviy sarchashmalariga uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy tabiiy jarayondir.
Xalqimiz o`z taqdirini chinakam egasi,o`z tarixining ijodkori hamda o`ziga hos milliy
madaniyatning sohibiga aylandi. Ma’naviy qadriyatlarni tiklanishi hozirgi zamon taraqqiyotining
moslashishini anglatadi. Axloq va ma’naviyat har bir insonning fikri,zikrida bo`lishi kerak.Yuksak
darajadagi axloqli fuqaroni voyaga yetkazish har bir fuqaroning burchidir.Ma’naviy tiklanish -
insonlarning fikrlash tarzini o`zgarishi mustaqillik ruhi belgilab beradigan yangi avlodga mansub
ziyolilarning paydo bo`lishi demakdir. Xalqning kelajagi,ma’naviy qudrati milliy ongning ijobiy
kuchiga bog`liq..Ma’naviy, aqliy, axloqiy o`sish hamda rivojlanishga hech qanday narsa to`siq
bo`lishi mumkin emas.O`zbek xalqi avloddan avlodga o`tib kelgan o`z tarixiy va madaniy
qadriyatlarni,o`ziga hos an’analarni saqlab qolishga muvaffaq bo`ldi.Tarix millatning xaqiqiy
tarbiyachisiga aylandi. Buyuk ajdodlarimizning bizga qoldirgan boy madaniy, ma’naviy merosi,
jasoratlari tarixiy xotiramizni
jonlantirib, fuqarolar ongini yanada shakllantirib yubordi.
Barkamol avlodni ulg`aytirish uchun allomalarning o`gitlari dasturulamal bo`lib xizmat
qilmoqda.Hozirda O`zbekiston deb atalmish diyorimizda bilimli,salohiyatli yoshlarning nufuzi
oshib bormoqda. Har bir yoshlarning g`oya va maqsadlari yetuk cho`qqilarni zabt etishdan iborat.
Ilgari odimlab borayotgan O`zbekistonda yoshlar bilimli bo`lib kamol topmoqdalar. Davlatimizning
rivojlanib dunyo mamlakatlari safidan o`rin egallashga sidqidildan ko`maklashmoqdalar. Albatta
ishonch,e’tiqod bor joyda tashabbuskorlik hamda bunyodkorlik faoliyati bo`ladi. Inson avvalo
ma’naviy yetuklikka erishmog`i darkor.
Ma’naviyat-insonning ichki aqliy, axloqiy,ruhiy, ilmiy mafkuraviy ma’rifatli tomonlarini
qamrab oluvchi tushunchadir.
Ma’naviyat insonning insonga hos bo`lgan oliyjanob fazilatlarini hislat hamda
munosabatlarini o`zida mujassamlashtiradi. Inson jamiyat taraqqiyotining asosi bo`lgan ma’naviyat
insonni jamiyatda tutgan o`rni, qadri ilmiy ma’rifiy salohiyatini belgilaydi. Xalqning ma’naviy
madaniyati uning tarixi va o`ziga hosligi,qayta tiklanayotganligi jamiyatning yangilanish va
taraqqiyot yo`lidan muvaffaqiyatli olg`a siljitishda hal qiluvchi,belgilovchi ahamiyatga
ega.Ma’naviy, madaniy qadriyatlarning birdan-bir manbai albatta an’anaviy
oila va qarindoshlilik
munosabatlari odobidan iborat. Yoshlarni milliy g`oyani tushunib yetishida avvalo ularning
dunyoqarashiga e’tibor berish zarur.Ularni umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash
muhim masalalardandir. Shaxsning ongida milliy g`oyani shakllanishida ijtimoiy tarbiyaning
ahamiyati beqiyos.Yosh avlod o`tmish tajribalarini o`zlashtirib yanada boyitish uchun ma’naviy
boylikka ega bo`lishi darkor.Har qanday millatning tafakkur, turmush tarzi, ma’naviy qarashlarida
145
ularning rivojlanishida tarixiy,tabiiy ijtimoiy omillar sabab bo`ladi. Har qanday jarayonda ham
o`ligimizni yo`qotmasdan ma’naviy hayot mezonlari odob -axloq qoidalariga amal qilib, komillik
sari intilib yashashga ajdodlarimiz bizga ibratdir.
Inson uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo`lib kelgan ma’naviyatning
ma’no mazmuni,uning inson va jamiyat hayotidagi o`rni va ahamiyati beqiyosdir. Har tomonlama
zamon talablari asosida taraqqiyotning rivojlanishi bo`yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Ma’naviy yuksalishga erishish yillar
davomida davom etaverar ekan,ma’naviy hayot oldiga
qo`yiladigan talablar paydo bo`laveradi. O`zbekiston deb atalmish davlatimiz taraqqiyot zinalaridan
yangi cho`qqilar sari odimlab boraveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: