“Сервис” илмий-амалий журнал



Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/133
Sana25.02.2022
Hajmi2,79 Mb.
#270403
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   133
Bog'liq
1 СерВИС 2018-2 Х

 
 
2-rasm. 2010-2016 yillarda jami xizmatdagi alohida xizmat turlarining ulushi, 
foizda 
Inson omiliga e’tiborning kuchayishi xizmat ko‘rsatish sohasini strategik 
rivojlantirish ahamiyatini yanada oshirdi.


“Сервис” илмий-амалий журнал
2018 йил 2-сон 
36 
Iqtisodiyotni tashkil etish va boshqarishning an’anaviy usullarining yangi bozor 
munosabatlariga mos kelmasligi ko‘plab xizmat ko‘rsatish va servis korxonalari 
samaradorligining pastligiga sabab bo‘lmoqda.
Mazkur holatlar xizmat ko‘rsatish sohasining nafaqat tashqi muhitni tahlil qilish 
va kelajakdagi holatini bashorat qilish, balki tashqi muhit va korxona faoliyati natijalari 
o‘rtasidagi muvozanatni saqlab turishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish zaruriyatini 
keltirib chiqaradi.
Iqtisodiyot tarmoqlarining notekis rivojlanayotganligi, an’anaviy ishlab chiqarish 
tarmoqlarida foyda me’yorining tushib borayotganligi, fan-texnika taraqqiyotining 
tezlashuvi kabi sabablar xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan 
korxonalarning milliy va jahon iqtisodiyotidagi vaziyatga mos keluvchi strategik 
rivojlanishga e’tiborini kuchaytirdi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishining asosiy natijalaridan biri 
xizmat ko‘rsatish va servis sohasining rivojlanishi, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan xizmatlar ishlab chiqarishning kengayishi, xizmatlar 
sohasining jadal rivojlanishini ta’minlamoqda. Xizmatlar sohasini rivojlantirish 
dasturini amalga oshirish doirasida, tadbirkorlik sub’ektlariga, xizmatlar kursatish 
buyicha yangi tashkil etiladigan korxonalarni texnologik jihozlash uchun katta 
miqdordagi kreditlar taqdim etilmoqda. Natijada kichik tadbirkorlikning bozor 
xizmatlari ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 53,9 foizdan 61,4 foizga ko‘paydi.
Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, investitsiya, soliq, pul-kredit va ilmiy –texnik 
siyosatni takomillashtirish hamda yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalangan holda kichik biznesni rivojlantirish orqali iqtisodiyotning yanada barqaror 
o‘sishini ta’minlash, bozor xizmatlarining tarmoq tuzilmasida sifatli tarkibiy 
o‘zgarishlar qilish imkonini beradi. Bu esa O‘zbekistonda xizmatlar ishlab chiqarish va 
iste’mol qilishning oqilona tuzilmasini shakllantirish hamda aholi turmush darajasi va 
sifatini yanada oshirilishini ta’minlash imkonini beradi. 
Bu sharoitda xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalarining samarali faoliyat ko‘rsatishi 
strategik rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lib, 
bu korxonalarning barqaror faoliyat ko‘rsatishi, mijozlarning ehtiyojlarini to‘laroq 
qondirish va bozordagi raqobatbardoshligini ta’minlash bilan belgilanadi.
Har bir korxona o‘zining xizmat ko‘rsatish strategiyasini ishlab chiqadi – bu uning 
tegishli bozor muhitida qanday raqobat qilishini aniqlaydigan harakatlar rejasidir.


“Сервис” илмий-амалий журнал
2018 йил 2-сон 
37
Xizmat ko‘rsatish strategiyasi shu sohaning istalgan tadbirkorligiga tegishli uch 
asosiy komponentga to‘xtalib o‘tadi: 
1. Mijozlar ehtiyojlari. 
2. Kompaniyaning bu ehtiyojlarni qondirish qobiliyati. 
3. Kompaniyaning uzoq muddatli foydasi. 
- Iste’molchilarning qanday ehtiyojlari va harajatlariga xizmat qilamiz? 
- Boshqalarga nisbatan yaxshi xizmat ko‘rsatish uchun yetarli bilim va malakaga 
egamizmi? 
- Quyilgan kapitalga mos foyda olish va uzoq muddatga raqobatbardosh bo‘lish 
imkoniyatini beradigan daromad olish uchun biz qanday xizmat ko‘rsatishimiz lozim. 
Muammoning dolzarbligi xizmat ko‘rsatish sohasida strategik rivojlanish 
masalalarining kam o‘rganilganligi, xizmat ko‘rsatish strategiyasi tushunchasining aniq
mazmuni ochib berilmaganligi va zamonaviy boshqaruvda strategik rivojlanishning 
ahamiyati oshib borishi bilan belgilanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida istiqboldagi 
rivojlanish yo‘nalishlarini aniq belgilab olgan holda harakat qilish tashkilot 
xayotiyligini ta’minlovchi asosiy shartlardan biridir. O‘zbekiston Respublikasida 
xizmat ko‘rsatish va servis sohasining rivojlanishini ilmiy tashkil etish mazkur sohaning 
barqaror rivojlanishini ta’minlab beradi. Shu jumladan, xizmat ko‘rsatish 
korxonalarining uzoq muddatli istiqboldagi faoliyatini boshqarish muhim ahamiyatga 
ega. Samarqand viloyatida ham zamonaviy, ilmiy yondashuvni talab etadigan xizmat 
turlari bilan birga an’anaviy, yuqori daromadli xizmatlar, jumladan turizmning 
rivojlantirilishi xizmat ko‘rsatish sohasini boshqarishga yangicha talablar qo‘yadi.

Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish