"makroiqtisodiyot"



Download 3,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/199
Sana31.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#268622
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   199
Bog'liq
Nazarova MM uz 3d090 (1) unlocked

Nomonetar  nazariya  tarafdorlari  esa  texnologik  o’zgarishlar,  yangiliklar, 
ixtirolarning  ahamiyatini  alohida  ta’kidlab,  pul  jamg’arishning  ko’payib 
ketishidagi  rolini  ko’rsatishadi.  Monetar  va  nomonetar  yo’nalish  o’rtasidagi  farq 
uncha katta emas, biri ikkinchisini to’ldiradi. Har ikkala nazariya ham oxir-oqibat 
iqtisodiy faollikning kuchayishiga iste’mol emas, balki investitsiya sabab bo’ladi, 
degan fikrni ilgari suradi.  
Iqtisodiy  tsikllarni  iste’mol  tovarlariga  talabning  o’zgarishiga  bog’lab, 
akseleratsiya  printsipiga  e’tibor  qaratiladi.  Bu  printsip  mohiyatiga  ko’ra  texnik 
sabablar  tufayli  iste’mol  tovarlariga  bo’lgan  talabning  ozgina  o’zgarishi  ishlab 
chiqarish uchun zarur tovarlarga talabning keskin o’zgarishiga olib keladi. 
Ko’proq  jamg’arib,  samarali  darajada  iste’mol  qilmaslik  jamiyatni  tsiklli 
rivojlanishining sababi qilib ko’rsatiladi: 
1)  mablag’ni  jamg’arish,  boshqacha  aytganda  xazinaga  aylantirish 
turg’unlikka  olib  kelishi  mumkin,  chunki  bu  mablag’  investitsiyalash  uchun 
foydalanilmaydi; 
2)  pulni  jamg’arish  iste’mol  tovarlariga  talabning  qisqarishiga  olib  keladi, 
chunki u iste’molga sarflanmaydi. 
3) natijada investitsiyaga nisbatan pul shaklidagi jamg’arish hajmi o’sib borib, 
iste’mol tovarlariga talab kamayib boradi, taklif esa ortadi, narx pasayadi, iste’mol 
tovarlari bozoridagi qiyinchiliklar inqirozga olib keladi. 
Iqtisodiy  tsikl  ishlab  chiqarish  vositalari  yoki  kapitallashgan  investitsion 
tovarlar ishlab chiqarish bilan bog’liq. Kundalik iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 
bilan  uzoq  muddat  foydalaniladigan  tovarlar  va  ishlab  chiqarish  vositalari  ishlab 
chiqarish tsikllari o’rtasida katta farq bor. 


40 
 
Kundalik  iste’mol  mollari  doimiy  ravishda  iste’mol  qilinadi.  Ularning 
iste’mol miqdori o’zgargan taqdirda ham uncha katta o’zgarishlar sodir bo’lmaydi.  
Uzoq  muddat  foydalaniladigan  tovarlarni  domiy  ravishda  xarid  qilinmaydi. 
Balki ular iste’molchi daromadi ko’paygan paytdagina sotib olinadi. Uzoq muddat 
foydalaniladigan tovarlarga talab barqaror emas. Ishlab chiqarishni davom ettirish 
uchun kapital tovarlar ishlab chiqarish zarur. 
Iste’mol  o’sgan  sari  kapital  tovarlarga  talab  ham  ortadi.  Bunda  ishlab 
chiqarish  tarkibida  nomutanosibliklar  yuz  beradi,  ya’ni  iste’mol  tovarlari,  uzoq 
muddat foydalaniladigan va kapital tovarlar o’rtasida nisbatlar buziladi. 
Inqirozning  sababi  pul  etishmasligi,  bank  rezervlarining  kamligi  emas,  balki 
ana  shu  nisbatlarning  buzilishidir.  Lekin  ko’pchilik  iqtisodchilar  etarli  darajada 
iste’mol  qilmaslik  inqirozning  sababi  emas,  balki  uning  oqibatidir,  deb 
ta’kidlaydilar.  Ya’ni  iste’molchilar  daromadlarini  ko’proq  jamg’arishga 
ajratganlari  uchun  emas,  balki  to’lov  qobiliyatining  etarli  emasligi,  ya’ni  xarid 
qilish uchun pulning yo’qligidan kelib chiqadi. 
Iqtisodiyotning tsiklli rivojlanishini tushuntirishda iqtisodiy nazariyalar bilan 
bir  qatorda  psixologik  nazariyalar  ham  keng  o’rin  olib  bormoqda.  Psixologik 
nazariya  tarafdorlariga  J.M.Keyns,  U.Mitchell,  F.Xayek  va  boshqalarni  kirtish 
mumkin. Ularning fikricha, insondagi optimizm va pessimizm faoliyat aktivligiga 
ob’ektiv  iqtisodiy  omillar:  foiz  me’yori,  pul  oqimi,  foyda  va  boshqalar  ta’sir 
ko’rsatib,  buning  natijasida  ishlab  chiqarishning  qisqarishi  yoki  kengayishi  ro’y 
beradi. 
Kreditning  kengayishi,  talab  va  ishlab  chiqarishning  o’sishi  odamlarning 
kayfiyatini  ko’taradi  va  aksincha.  Bundan  tashqari  kishilar  borgan  sari  likvidligi 
yuqori bo’lgan pul jamg’arishga moyilligi ortib borishi va o’z navbatida iqtisodiy 
rivojlanishga ta’sir etishini ko’rsatishadi. 
 

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish