"makroiqtisodiyot"


-mavzu. INFLYATSIYA: SABABLARI, OQIBATLARI VA



Download 3,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/199
Sana31.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#268622
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   199
Bog'liq
Nazarova MM uz 3d090 (1) unlocked

 
 
5-mavzu. INFLYATSIYA: SABABLARI, OQIBATLARI VA 
IJTIMOIY XARAJATLAR 
1.  Inflyatsiya tushunchasi, ko’rsatkichlari va o’lchanishi 
2.  O’sish sur’atlariga ko’ra inflyatsiya turlari  
3.  Inflyatsiya sabablari 
4.  Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va inflyatsiyaga qarshi 
siyosat 
  
Tayanch  so’z  va  iboralar:  inflyatsiya,  talab  inflyatsiyasi,  taklif  inflyatsiyasi, 
Filipps egri chizig’i, aksilinflyatsiya siyosati, graduallash. 
 
1.Inflyatsiya tushunchasi, ko’rsatkichlari va o’lchanishi 
Inflyatsiya  (  lotincha  inflatio  -  shishish,  bo’rtish,  taranglashish)  –    ma’lum 
davr  mobaynida    mamlakatda  narxlar  o’rtacha  (umumiy)  darajasining    barqaror 
o’sishi,  pulning  xarid  qobiliyatini  uzoq  muddatli  pasayishi.  Inflyatsiya  bozor 
iqtisodiyotining  asosiy  izdan  chiqaruvchi  omillari  jumlasiga  kiradi,  uning  sur’ati 
qanchalik  yuqori  bo’lsa,  iqtisodiyotga  xavfli  ta’siri  shunchalik  katta  bo’ladi. 
Ayniqsa  bir  iqtisodiy  tizimdan  ikkinchi  bir  iqtisodiy  tizimga  o’tayotgan 
mamlakatlarda  inflyatsiyaning  iqtisodiyotga  ta’siri  ancha  xavfli.  Chunki,  bu  davr 
narxlarning  erkinlashuvi  va  shunga  muvofiq  ularning  umumiy    darajasi  keskin 
oshib ketishi bilan bog’liq. 
Ammo  inflyatsiya  davrida  barcha  tovarlarning  narxlari  ham  oshavermaydi: 
ayrimlariniki barqaror bo’lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin.  
 “Inflyatsiya”  atamasi  ilk  bor  Shimoliy  Amerikada    1861-1865  yillardagi 
Fuqarolar urushi davrida   qo’llanildi. Inflyatsiyaning atamasi muomaladagi qog’oz 
pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko’payib ketishi 
holatini  izohlangan. . Ammo inflyatsiyaning bunday tavsifi  mukammal emas va 
uning  sabablarini  ochib  bermaydi.  Umuman  olganda  inflyatsiya  pul  muomalasi 
qonunlarining  buzilishi  shakli  sifatida  makroiqtisodiy  muvozanatning  buzilishini, 
talab va taklif nomutanosibligini  anglatadi. 
Keynschlar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning  sababi to’liq 
bandlik  sharoitida  talabning  haddan  ziyod  bo’lishida  deb  bilishadi.  Shu  sababli  
                                                           
6
  Chuqurroq  muhokama    uchun,  qarang  Janet  Yellen,  “Efficiency  Wage  Models  ofUnemployment,”  American 
Economic Review Papers and Proceedings (May 1984): 200–205; and LawrenceKatz, “Efficiency Wages: A Partial 
Evaluation,” NBER Macroeconomics Annual (1986): 235–276. 


51 
 
ular  ishlab  chiqarish  quvvatlaridan  foydalanish  darajasi  past  bo’lsa  byudjet 
taqchilligi  va  qo’shimcha  pul  chiqarish  yo’li  bilan    xarid  qobiliyatini,  boshqacha 
aytganda  yalpi  talabni  ko’paytirish  inflyatsiyaga  olib  kelmaydi  deb 
hisoblashishadi. 
Neoklassik 
yondoshuv 
tarafdorlari  inflyatsiyaning 
manbai  ishlab 
chiqarishning haddan ziyod o’sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishida 
deb bilishadi. Demak  keynschilar  inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa 
taklif tomonidan  yondoshishadi.   
Agar  iqtisodiyotda  tovarlar  va  xizmatlar    massasi  yalpi  talabga  nisbatan 
sekinroq  o’ssa,  yoki    yalpi  talab  ko’paygani  holda  o’zgarmasdan  tursa,  bu 
nomutanosiblik    narxlar  darajasining  ko’tarilishi  orqali  bartaraf  etiladi.  Oqibatda 
pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo’shimcha pul 
massasiga ehtiyoji paydo bo’ladi.  
Inflyatsiya  nafaqat  pul  muomalasining  izdan  chiqishi,  balki    butun  takror 
ishlab  chiqarish      mexanizmining  kasali,  makroiqtisodiy  buzilishlar    natijasidir. 
Narxlarning  o’sishi,  pul  birligi  xarid  qobiliyatining  pasayishidan  tashqari 
inflyatsiya namoyon bo’lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular: 
1) 
valyuta kururslarining o’zgarishi; 
2) 
 kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi 
tomon o’zgarishi; 
3) 
kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati narxsining o’sishi.   
 Inflyatsiya  narx indekslari - deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamida 
aniqlanadi.  
Narxlar  o’rtacha (umumiy) darajasining  nisbiy o’zgarishi inflyatsiya darajasi 
(narxlarning    o’sish  sur’ati)    deb  ataladi.    Makroiqtisodiy  modellarda  inflyatsiya 
darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin: 
 
100%
P
P
P
π
1
t
1
t
t





  yoki    
100%
P
P
Δ
p
1
t



 
 yoki
 
100%
1
P
P
π
1
t
t










 
                    bunda:  –  yillik inflyatsiya sur’ati;  
                                          Rt - joriy yilning narxlar indeksi;  
                                          Pt-1 - o’tgan yilning narxlar indeksi. 
   
Inflyatsiyani  miqdoran  o’lchash  uchun  makroiqtisodiyotda  «70-miqdor 
qoidasi»  deb  atalgan  usuldan  ham  foydalaniladi.  Bu  usul  narxlarning  barqaror 


52 
 
o’sishi sharoitida inflyatsiya darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash 
imkonini beradi. Buning uchun 70 ni yillik inflyatsiya darajasiga bo’lish kifoya: 
Narxlar ikki martaga                   70 
oshishi uchun zarur        =  ---------------------- 
yillar soni                                      
Misol uchun, yillik inflyatsiya darajasi 7 % ga teng bo’lsa, taxminan 10 yilda  
narxlar ikki martaga oshadi, ya’ni, (70:7 = 10). 
Real  YaIM  va  jamg’armaning  necha  yildan  so’ng  ikki  marta  oshishini 
hisoblash zarur bo’lgan hollarda ham «70-miqdor qoidasidan» foydalaniladi. 
 

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish