"makroiqtisodiyot"


Davlatning davriylikka qarshi siyosati



Download 3,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/199
Sana31.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#268622
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   199
Bog'liq
Nazarova MM uz 3d090 (1) unlocked

5.Davlatning davriylikka qarshi siyosati 
Davriylikka  qarshi  siyosat
  —  iqtisodiy  siyosat  vositalaridan  iqtisodiy 
kon’yunkturaning  tebranishlariga  qarshi  harakati,  iqtisodiy  davrning  keskin 
burilishining yuqori va quyi nuqtalarini yumshatish uchun uchun foydalanish. 
Davriy  tebranishlarni  davlat  tomonidan  tartibga  solish  usullari  qanday 
bo’lmasin, ularning barchasi o’zaro qarama qarshilikka olib keladi. Barcha chora-
tadbirlar har bir holatda tebranish borishiga qarshi yo’naltirilishi lozim. Inqiroz va 


38 
 
tanazzul  davrida  —  bozor  kon’yunkturasi  past  va  davlat  barcha  vositalar 
yordamida  xo’jalik  faoliyatini  faollashtirishga,  jonlanish,  ayniqsa  ko’tarilish 
davrida  u  ishchan  faollikni  ushlab  turishga  intiladi.  Shunday  qilib,  masalan, 
ishsizlik, ishchan faollik pasayish davrida davlat xarajatlarini oshirish va soliqlarni 
pasaytirish  hamda  cho’qqiga  erishgan  davrda  bu  xarajatlarni  qisqartirish  bilan 
soliqlarni  oshirish  orqali  tartibga  solinadi.  Bundan tashqari davlat  ortiqcha  ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarni xaridini amalga oshirib o’z byudjetini keng qo’llaydi va 
boshqalar.  Davriylikka  qarshi  tartibga  solish  shunchalik  muvaffaqiyatli  amalga 
oshiriladiki,  u  davrni  hamda  uning  yuzaga  kelishini  zamonaviy  sharoitlarga 
moslaydi. 
Davlatlarning  iqtisodiy  siyosati  asosan  inqirozga  qarshi,  davriylikka  qarshi 
sifatida  rivojlandi.    Davrni  tartibga  solish  bo’yicha  keng  qamrovli  yo’nalish  va 
chora-tadbirlari  ishlandi.  Bunda  bugungi  kunda  fiskal  siyosat  instrumentlari, 
monetar siyosat vositalari va nihoyat takror ishlab chiqarish nisbatlariga bevosita 
ta’sir chora-tadbirlari – milliy iqtisodiyotlarni dasturlash va rejalashtirish. 
Fiskal siyosatdavlat xarajatlari ko’lamlari, tovarlar va xizmatlar xaridi davrga 
barqarorlashtiruvchi  ta’sir  ko’rsatadi.  Tovar  va  xizmatlarni  davlat  xaridi  — 
kon’yunktura tebranishlariga chidamliSIMga yalpi talabning bir qismi. Biroq fiskal 
siyosat davrga faqat ko’lamiga emas, balki tarkibiga ham ta’sir ko’rsatadi. Darvga 
ta’sir  ko’rsatish  nuqtai  nazaridan  u  yo  rag’batlantiruvchi,  ekspansiya,  yoki 
to’xtatuvchi, restriktiv bo’lishi mumkin. 
Monetar siyosat hozirgi ahamiyatiga oltin standartdan oltinga bo’linmaydigan 
kredit va qog’oz pullargao’tishi bilan bog’liq  asosda paydo bo’ldi.  Oltin standart 
sharoitida  muomaladagi  pul  miqdori  davrlarga  unchalik  sezilarli  ta’sir 
ko’rsatmagan:  katta  miqdor  xazinaga  ketgan  va  u  erda  pullarga  bo’lgan 
qo’shimcha  ehtiyojlar  to’ldirilgan.  Boshqa  ish  bu  oltinga  bo’linmagan  pullar 
bo’lib,ular  inflyatsiyaga  uchraydi,  bu  ularni  xazinaga  o’tishiga  to’sqinlik  qiladi. 
Shu sababdan pul miqdori davrga ta’sir ko’rsatuvchi omilga aylanadi. 
Bozor iqtisodiyotida markaziy o’rinni pul va kredit egallaydi. Iqtisodiyotning 
tsiklli o’zgarishi eng avvalo pul massasi oqimini o’zgartirishga bog’liq. 
Iqtisodiy  faollikning o’sishi,  iqtisodiyotning  ravnaq  topishi,  uning  turg’unlik 
bilan  almashinib  turishiga  yagona  sabab  pul  oqimining  o’zgarishidir.  Tovarlarga 
talabning  ortishi  natijasida  savdo,  chakana  narx  o’sib,  ishlab  chiqarishning 
kengayishiga olib keladi. 
Pul oqimi (iste’mol xarajatlari summasi) pul miqdorining o’zgarishi natijasida 
o’zgaradi. Pul miqdorining kamayishi iqtisodiy faoliyat faolligini pasaytiradi. 
Pul  va  kredit  tizimi  beqaror  tavsifga  ega  ekanligi  sababli  pul  oqimini 
barqarorlashtirish  murakkab  hisoblanadi.  Hozirgi  paytda  kredit  pullari  to’lov  va 
muomala vositasi sifatida asosiy rolni o’ynaydi. Aynan bank tizimi kredit pullarni 


39 
 
yaratadi,  shunga  ko’ra,  pul  oqimining  o’zgarishida  banklarning  hisob  stavkalari 
katta ahamiyat kasb etadi. Bu nazariyaning ayrim namoyandalari pulni harakatga 
keltiruvchi  kuch  sifatida  qarab,  muvozanatning  buzilishiga  asosiy  sabab  deb 
ko’rsatadilar.  
Ikkinchi guruhi esa pul tizimi mutanosiblikni buzmaydi, faqat mutanosiblikni 
buzilishiga olib keluvchi boshqa omillar uchun sharoit yaratadi, degan fikrni ilgari 
suradilar.  Muvofiq  ravishda  monetar  va  nomonetar  yo’nalish  vujudga  keldi. 
Monetar nazariyaning e’tiborli tomonlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 
1)  yuksalish  fazasi  davrida kreditni kengaytirish  tufayli kelib  chiqqan ishlab 
chiqarish tuzilmasi nomutanosibliklari tahlil qilinadi; 
2)  mazkur  nomutanosibliklarning  salbiy  oqibati  sifatida  kelib  chiquvchi 
inqirozlar tahlil qilinadi. 
Shunday qilib, bu nazariya tarafdorlari jamg’arishning davriy ravishda oshib 
ketishi  va  mutanosiblik  buzilishining  asosiy  sababi  sifatida  pulni  ko’rsatadilar. 

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish