37
almashtiriladi. Ammo tanazzul davri kelganida, korxonalar o’zining eskirgan
uskunalarini ta’mirlab, ularni ishga tushiradi. Shu sababli bu davrda ishlab
chiqarish vositalariga investitsiyalar keskin qisqaradi. Ortiqcha ishlab chiqarish
quvvatlari mavjud bo’lgan ayrim korxonalar, hatto iste’mol qilingan asosiy
kapitalining o’rnini qoplashga ham harakat qilmaydi.
Qisqa muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat
tarmoqlari iqtisodiy tsiklning oqibatlarini nisbatan kamroq darajada sezadi.
Aholi yoki keng iste’molchilar qatlamiga iqtisodiy tsikl turlicha ta’sir
ko’rsatadi. Tanazzul davri boshlanganda, doimiy daromad oluvchi iste’molchilar
oila byudjetini qisqartirishlariga to’g’ri keladi, maishiy texnika va avtomashina
kabi uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni xarid qilishni to’xtatadi. Har qanday
sharoitda ham oila a’zolari eb-ichishi va kiyinishi zarurligi tufayli, oziq-ovqat
mahsulotlari va kiyim-kechaklar, ya’ni qisqa muddatda foydalanadigan iste’mol
tovarlarini xarid qilishni to’xtatish mumkin emas. Faqat, bunday tovarlarni xarid
qilish miqdori qandaydir darajada kamayishi mumkin.
Investitsion tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab
chiqaruvchi ko’pchilik sanoat tarmoqlari yuqori darajada monopol mavqega
egaligi bilan farqlanadi va natijada bozorda nisbatan ko’p bo’lmagan yirik firmalar
ma’lum davr davomida narxning pasayishiga qarshi turishi, talabning kamayishi
sababli mahsulot chiqarish hajmini cheklash uchun etarlicha monopol
hukmronlikka ega bo’lishi mumkin. Shu sababli talabning kamayishi birinchi
navbatda ishlab chiqarish va bandlik darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Bunga teskari
bo’lgan holatni qisqa muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab
chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida kuzatish mumkin. Bu tarmoqlarning ko’pchiligi
o’zlarining raqobatga layoqatsizligi va ishlab chiqarish markazlashuv darajasining
pastligi bilan tavsiflanadi. Shu sababli ular tsiklning salbiy oqibatlariga qarshi tura
olmasligi mumkin va mahsulotlariga talabning pasayishi ishlab chiqarish
darajasiga qaraganda narxlarda ko’proq aks etadi.
Demak, kapitalning to’planishi yuqori darajada bo’lgan tarmoqlarda ishlab
chiqarish hajmining keskin pasayishi va narxlarning nisbatan sekin tushishi,
to’planish darajasi past bo’lgan tarmoqlarda narxlarning sezilarli tushishi va
mahsulot ishlab chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: