2. Tanazzul – tovarlar ortiqchaligi muayyan vaqt davomida asta-sekin
sarflanadigan davr (bir qismi past narxlarda, bir qismi buziladi). Tovarlarni sotish
qayta tiklanadi, narxlarni pasayishi to’xtaydi. Ishlab chiqarish hajmi bir muncha
ko’payadi, biroq savdo sust bo’ladi. Shuning uchun kapital sanoat va savdoda o’z
qo’llanilishini topmaydi, bankda saqlanadi va pul taklifini ko’paytiradi hamda
ssuda foizini me’yorini pasaytiradi.
3. Jonlanish – sanoat ishlab chiqarishining inqirozdan oldingi hajminiqayta
tiklash davri bo’lib, bu davr davomida narxlar, foyda, ish haqi ko’tariladi, uning
oqibatida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin to’liq bandlikka va
quvvatlarning to’liq yuklashga qadar, ya’ni cho’qqigacha oshib boradi
4. Cho’qqi – ishlab chiqarish quvvatlari to’liq yuklanganligi, yuqori bandlik,
narxlar, ish haqi va foizning juda yuqori darajasi bilan ifodalanadi.Iqtisodiy
rivojlanishning eng yuqori darajasiga erishilgan bosqich bo’lib, u «cho’qqi» deb
yuritiladi. Bu iqtisodiyotda ish bilan to’liq bandlik, ishlab chiqarish to’la quvvatda
ishlayotganligi, shuningdek, mahsulotlarning narx darajasining o’sish holati
kuzatiladi.
Iqtisodiy tsikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan
boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki holatiga
qaytib kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi.
Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir tsikl bilan to’xtab qolmaydi, balki
u to’xtovsiz to’lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Tsiklli harakat iqtisodiy
o’zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo’lib,
milliy xo’jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning
rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning iqtisodiy taraqqiyot
jarayonidagi almashuvini aks ettiradi.
Alohida iqtisodiy tsikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo’yicha
keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo’ladi.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish tarixini o’rganish, ulardan hech biri
uzoq muddatda bir tekis rivojlanmaganligi, aksincha, barcha mamlakatlar uchun
davriy rivojlanish xos ekanligini ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish, bandlilik va inflyatsiya darajasining davriy tebranishga
iqtisodiy davr (sikl)lar deyiladi. Ayrim iqtisodiy davrlar boshqalaridan o’tish
davrining davomiyligi va faolligi bilan farq qiladi. Shunga qaramasdan ularning
barchasi bir xil bosqichlardan tashkil topadi (1-chizma).
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega
bo’lsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko’ra o’zaro farq qilib turadi.
Shuning uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki
iqtisodiy tebranishlar deb atash to’g’ri bo’ladi deb hisoblashadi.
32
YaIM
cho’qqi retsessiya cho’qqi
potentsial YaIM trendi
ko’tarilish
iktisodiy davr pasayishning quyi nuqtasi
vaqt t
1-chizma. Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |