Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  ^онунчилик  Палатаси  томонидан  2005  йил  2  ноябрда  кабул  килинган,  Сенат



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

1  ^онунчилик  Палатаси  томонидан  2005  йил  2  ноябрда  кабул  килинган,  Сенат 

томонидан  2005  йил  3  декабрда  маъкулланган.“Халк  сузи  газетаси”  2005  йил  17 

декабрь  сони.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  huquqiy  shakllari:

Naqd pulsiz hisob-kitoblar belgilangan shakldagi hisob-kitob hujjatlariga 

asosan va tegishli hujjat oborotiga rioya etilgan holda olib boriladl O'zbekiston 

Respublikasi banklari naqd pulsiz hisob-kitoblami 0 ‘zbekiston Respublikasi 

Fuqarolik  Kodeksi  (791-moddasi)  da  nazarda  tutilgan  shakllarda  tashkil 

etadi  va  amalga  oshiradl  Banklarda  hisob-kitob  hujjatlarining  xususiyati 

va  hujjat  aylanishini  tashkil  etish  xususiyatiga  qarab  naqd  pulsiz  hisob- 

kitoblar quyidagi shakllarda olib borilishi mumkin:  to‘lov topshiriqnomalari 

bilan hisob-kitoblar;  akkreditivlar bo'yicha hisob-kitoblar-;  inkasso bo'yicha 

hisob-kitoblar;  cheklar  bilan  hisob-kitoblar.  Fuqarolik  Kodeksi  yuqorida 

aytib o'tilgan shakllardan tashqari qonunda ko'zda tutilgan boshqa shakllarda 

ham,  shuningdek  unga  muvofiq  chiqariladigan  bank  qoidalari  va  bank 

amaliyotida  qoilaniladigan  ish  muomilasi  odatlari  bilan  ham  amalga 

oshirishga  yo'l  qo'yadi.

Fuqarolik  Kodeksi  bilan  tartibga  solinadigan  shartnom aviy 

munosabatlarga  kirishayotgan  taraflar  yuqorida  ko'rsatilgan  hisob-kitob 

qilish  shakllarining  istalganini  tanlab  olishga  va  shartnomada  nazarda 

tutishga haqli.

O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  Boshqaruvining  2002-yil 

12-yanvardagi  1/4  (60)-sonli  Qarori  bilan  tasdiqlangan  “O'zbekiston 

Respublikasida  naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  to'g'risida”  Nizomning  yangi 

tahriri  O'zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  Kodeksi,  O'zbekiston 

Respublikasining  "O 'zbekiston  Respublikasining  Markaziy  banki 

to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi, "Xo'jalik subyektlari 

faoliyatining  shartnomaviy-huquqiy  bazasi  to'g'risida"gi,  "Sud  aktlari 

va boshqa organlaming aktlarini ijrosi to'g'risida"gi Qonunlari, O'zbekiston 

Respublikasining  boshqa  qonun  hujjatlariga  muvofiq  ishlab  chiqilgan  va 

O'zbekiston  Respublikasi  hududida  naqd  pulsiz  hisob-kitoblarni  o'tkazish 

tartibini  belgilaydi.

Ushbu  Nizomda  belgilangan  qoidalar  naqd  pulsiz  hisob-kitoblarni 

amalga  oshiradigan  O'zbekiston  Respublikasidagi  barcha  yuridik  va 

jism oniy  shaxslarga  (mijozlarga)  -  rezidentlar  va  norezidentlarga 

taalluqlidir.

O'zbekiston  Respublikasi  hududida  banklar  naqd  pulsiz  hisob- 

kitoblarni  quyidagi  shakllarda  tashkil  qiladilar  va  amalga  oshiradilar:

1)  toiov  topshiriqnomalari  bilan  hisob-kitoblar;

2)  akkreditivlar  bilan  hisob-kitoblar;

3)  inkasso  bo'yicha  hisob-kitoblar;

4)  cheklar  bilan  hisob-kitoblar.

Yuqorida  nazarda  tutilgan  shakllar  bo'yicha  naqd  pulsiz  hisob-

www.ziyouz.com kutubxonasi



kitoblarni  amalga  oshirishda  quyidagi  pul-hisob-kitob  hujjatlaridan 

fqydalaniladi:

1)  memorial  order;

2)  to'lov  topshiriqnomasi;

3)  to'lov  talabnomasi;

4)  inkasso  topshiriqnomasi;

5)  akkreditivga  ariza;

6)  tijorat  bankining  hisob-kitob  cheki.

Naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  plastik  kartochkadan  foydalanilgan holda 

ham amalga  oshirilishi  mumkin.

Naqd pulsiz hisob-kitoblarning  belgilangan shakllari bilan pul-hisob- 

kitob  hujjatlarini  qiyoslab,  bir  qancha  hollarda  ular  o'rtasida  to'g'ridan- 

to'g'ri  o'xshashliklar  borligini  payqash  qiyin  emas.  Masalan,  bu  naqd 

pulsiz  hisob-kitoblarning  to'lov  topshiriqnomalari  bilan  hisob-kitoblar; 

akkreditivlar  bo'yicha  hisob-kitoblar;  cheklar  bilan  hisob-kitoblar  kabi 

shakllariga  tegishli  bo'lib,  hisob-kitob  hujjatlarining  nomlari  ham  ularga 

muvofiq  keladi.

Ayrim  hollarda  naqd  pulsiz  hisob-kitob  shaklining  nomi  pul-hisob- 

kitob  hujjatining  nomi  bilan  to'g'ri  kelmasligi  ham  mumkin,  chunki 

naqd  pulsiz  hisob-kitobning  aynan  bir  shakli  turli  pul-hisob-kitob 

shakllaridan  foydalanilishiga  yo'l  qo'yadi.  Xususan,  bu  inkasso  bo'yicha 

hisob-kitoblarga  tegishli  bo'lib,  ular  to'lov  talabnomasi  yoki  inkasso 

topshiriqnomasi  yordamida  to'lovchining  hisobvarag'idan  mablag'larni 

so'zsiz  hisobdan  chiqarish  uchun  rasmiylashtirilishi  mumkin.  Shu  sababli 

naqd pulsiz hisob-kitoblar bilan pul-hisob-kitob hujjatlari nomlari o'rtasida 

aniq  chegara  qo'yish  hisob-kitoblar  to'g'risida  qonunchilik  normalarini 

yaxshiroq  tushunish  va  bir  xil  qo'llash  uchun  nafaqat  nazariy,  balki juda 

katta  amaliy  ahamiyatga  ham  egadir.

Taraflar  fuqarolik-huquqiy  munosabatlariga  kirishmoqchi  bo'lsalar 

(masalan  oddiygina  oldi-sotdi  munosabatlariga),  mablag'larni  to'lovchi 

va  oluvchi  o'rtasida  naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  va  pul-hisob-kitob 

hujjatlarining aniq shakli tuzilgan shartnoma (bitim) ga muvofiq mustaqil 

ravishda  belgilanadi.  Ya’ni  siz  supermarketga  borib  kundalik  oziq-ovqat 

mahsulotlarini  sotib  olmoqchi  bo'lsangiz,  supermarketda  sotuvchi  bilan 

kelishilgan  naqd  pulsiz  hisob-kitob  shaklida  hisob-kitobni  amalga 

oshirishingiz  mumkin.

Agar  bank  schyotining  shartnomasida  boshqa  muddatlar  ko'zda 

tutilm agan  bo'lsa,  bank  m ijozning  (yuridik  va  jism on iy  shaxs) 

schyotiga  tushgan  pul  vositalarini  hisobga  olishga,  tegishli  to'lov

www.ziyouz.com kutubxonasi




hujjati  bankka  kelib  tushgan  kundan  keyingi  kundan  kechikmasdan 

mijozning  talabiga  binoan  uning  schyotidan  berishga  yoki  schyotiga 

o'tkazishga  majburdir.

Oluvchilarning roziligini olmasdan, mablag'lar oluvchilarning depozit 

schyotini  chetlab  o'tgan  holda  mijozning  topshirig'i  bo'yicha  uchinchi 

shaxslar  tomonidan  to'lovlarni  amalga  oshirishga  yo'l  qo'yilmaydi,  qonun' 

hujjatlarida  ko'zda  tutilgan  hollar  bundan  mustasno.

Umumiy qoidaga ko'ra, mablag'lar to'lovchining schyotidan hisobdan 

chiqarilgandan so'nggina, oluvchining schyotiga o'tkaziladi,  hisob-kitoblar 

hisob-kitob  cheklari  va  plastik  kartochkalarda  amalga  oshirilgan  hollar 

bundan  mustasno.

Taqdim  qilingan  barcha  talablarni  qondirish  uchun  mijozning 

schyotida  yetarli  m iqdorda  pul  vositalari  y o'q   bo'lgan  hollarda, 

mablag'larni  hisobdan  chiqarish  "Xo'jalik  subyektlarining  bankdagi 

schyotlaridan  pul  mablag'larini  hisobdan  chiqarish  tartibi  to'g'risidagi 

Yo'riqnoma"ga  (O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan  1999 

yil 30 yanvarda 615-son bilan ro'yxatga olingan) muvofiq navbati bo'yicha 

tartibda  amalga  oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasi hududida banklar o'rtasidagi hisob-kitoblar 

Markaziy  bankning  hisob-kitoblar  Markazida  ochilgan  korrespondent 

schyotlari, elektron to'lovlar tuzish orqali milliy valutada amalga oshiriladi. 

Banklardagi  hisob-kitoblar  bo'yicha  elektron  hujjat  aylanishi  "Elektron 

tizimi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi banklari o'rtasida hisob-kitoblarni 

yuritish  to'g'risidagi  Nizom"ga  (O'zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi 

tomonidan  2001-yil  19-fevralda  1010-son  bilan  ro'yxatga  olingan)  va 

“Naqd pulsiz hisb-kitoblar to'g'risida” gi Nizomga muvofiq tashkil qilinadi.

4-§.  T o'lov  topshiriqnomalari  bilan  hisob-kitob  qilish

To'lov  topshiriqnomasi  tushunchasi  va  mazmuni. 

O'zbekiston 

Respublikasi  Fuqarolik  Kodeksining  792-moddasiga  muvofiq,  to'lov 

topshiriqnomasi bilan hisob-kitob qilinganida bank mijozning topshirig'iga 

ko'ra,  uning  hisob  varag'idagi  mablag'lar  hisobidan  ma’lum  miqdor  pul 

summasini  mijoz  ko'rsatgan  shaxsning  shu  yoki  boshqa  bankdagi  hisob 

varag'iga  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  muddatlarda,  agar  bank 

hisob  vapag'i  shartnomasida  qisqaroq  muddat  nazarda  tutilgan  bo'lmasa 

yoki  u  bank  amaliyotida  qo'llaniladigan  ish  muomalasi  odatlarida 

belgilangan  bo'lmasa,  o'tkazish  majburiyatini  oladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




“Naqd  pulsiz  hisob-kitoblar to‘g‘risida”  gi  Nizomda  ancha sodda  ta’rif 

berilgan:  “To‘lov  topshiriqnomasi  -  mijozning  unga  xizmat  ko'rsatuvchi 

bankka  o'z  schyoti  (hisobvarag'i)  dan  oluvchining  schyot  (hisobvarag'i)  ga 

maium  bir  summani  o'tkazish  to'g'risidagi  topshirig'ini  anglatadi.”

Hisob-kitob shaklining keng ommalashgan xili toiov topshirig'i boiib, 

bu  hisob-kitob  shakli  hozirgi  kunda  korxona  va  tashkilotlar  o'rtasida 

amalga  oshirilayotgan  hisob  turlari  ichida  eng  ko'p  qoilaniladigan  turi 

b o iib   qoldi.  T oiov   topshiriqnomalari  bilan  tovarlar,  ishlar,  hujjatlar 

uchun  va  boshqa  toiovlar  bo'yicha  hisob-kitoblar  amalga  oshirilishi 

mumkin.


T oiov topshiriqnomasi bilan toiovlar tomonlarning kelishuviga qarab, 

tovar  olinishi  yoki  xizmat  ko'rsatilishdan  oldin  yoki  keyin  toianishi 

mumkin.  Bunda,  asosan,  tomonlarning  moliyaviy  sharoiti  asosiy  rol 

o'ynaydi. Fuqarolik  Kodeksining  784-moddasiga muvofiq  mijozning toiov 

topsh iriqn om asin i  qabul  qilgan   bank  tegish li  pul  sum m asini 

topshiriqnomada  ko'rsatilgan  shaxsning  hisob  varag'iga  o'tkazish  uchun 

uni  mablag'  oluvchining  bankiga  Fuqarolik  Kodeksining  792-moddasi 

birinchi  qismida  belgilab  qo'yilgan  muddatlarda  o'tkazishi  shart.

Bundan  tashqari,  bank  mijozning  topshiriqnomasida  ko'rsatilgan 

hisob  varaqda  pul  mablagiarini  o'tkazish  operatsiyalarini  bajarish  uchun 

boshqa  banklarni jalb  qilishga  haqli.

To‘lov topshiriqnomasini bankning qabul qilish shartlari:

1.  T oiov topshiriqnomasining  hamda  u  bilan  birga  taqdim  etiladigan 

hisob-kitob  hujatlarining  mazmuni  va  shakli  bank  qoidalarida  belgilab 

qo'yilgan  talablarga  mos  boiishi  kerak.

2.  Mijozning  topshirig'i  uning  hisobvarag'ida  mablag'lar  boigan 

taqdirdagina,  bank  tomonidan  ijroga  qabul  qilinadi.  Agar  mablag'lar 

bo'lmasa,  ijroga  qabul  qilinmaydi.  Mijoz  bilan  bank  o'rtasida  tuzilgan 

shartnomada  ko'zda  tutilgan  boshqacha  holatlar  bundan  mustasno. 

(Fuqarolik  Kodeksining  793-moddasi).

3.  T oiov  topshiriqnomasining  sanasi  uni bankka  taqdim  etilgan sana 

bilan bir xil boiishi kerak, ular mos kelmagan holda toiov topshiriqnomasi 

ijro  uchun  qabul  qilinmaydi  (  budjetga  va 

budjetdan  tashqari 

jamg'armalariga  toiovlar  bundan  mustasno).

Pochta  aloqasi  orqali  (pensiyalar,  alimentlar  va  h.k.)  mablagiarni 

toiov  topshiriqnomalari  orqali  o'tkazishda,  ilova  qilinishi  lozim  boigan 

barcha  hujjatlarni  (maiumotnomalar,  o'tkazmalar  ro'yxati  va  boshqalari) 

mijoz  bevosita  pochta  aloqasi  korxonalariga  taqdim  etadi.

Kechiktirib  boimaydigan  ehtiyojlar  hisobvarag'idagi  mablagiardan

www.ziyouz.com kutubxonasi



foydalanish  "X o'jalik  subyektlarining  bankdagi  schyotlaridan  pul 

mablag'larini  hisobdan  chiqarish  tartibi  to'g'risidagi  Y o‘riqnoma"ga 

muvofiq xo'jalik yurituvchi subyektlaming to'lov topshiriqnomalari asosida 

amalga  oshiriladi.  To'lov  topshiriqnomasining  "To'lov  detallari/maqsadi" 

ustunida  "Kechiktirib  bo'lmaydigan  ehtiyojlar  summasi  hisobidan"  deb 

ko'rsatiladi.

To'lov  topshiriqnomalari  bilan  tovarlar,  ishlar,  xizmatlar  uchun  va 

boshqa to'lovlar bo'yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin. To'lov 

topshiriqnomasi  bank  tomonidan  faqat  mijozning  depozit  hisobvarag'ida 

mablag'lar  m avjud  bo'lgan  vaqtdagina  qabul  qilinadi  (agar  bank 

hisobvarag'i  shartnomasida  boshqacha  tartib  ko'zda  tutilgan  bo'lmasa).

To'lov topshiriqnomalari bankka ular yozilgan kunning o'zida taqdim 

etiladi,  aks  holda  bank  ularni  ijro  uchun  qabul  qilmaydi.  Milliy 

qonunchiligimizdagi bunday cheklash  to'lovlarni  budjetga  va  budjetdan 

tashqari  jamg'armalarga  o'tkazish  bo'yicha  to'lov  topshiriqnomalariga 

nisbatan  amal  qilmaydi.

Yuridik  shaxsning  talab  qilib  olinguncha  depozit  (hisob-kitob) 

hisobvarag'ida  yetarlicha  pul  m ablag'lari  mavjud  bo'lgan  holda, 

mablag'larni  hisobdan  chiqarish  hisobvaraq  egasining  farmoyishi  kelib 

tushishi  tartibiga  muvofiq  uning  to'lov  topshiriqnomasi  bo'yicha  amalga 

oshiriladi.  Yuridik  shaxsning  talab  qilib  olinguncha  depozit  (hisob-kitob) 

hisobvarag'ida  yetarlicha  pul  mablag'lari  mavjud  bo'lmagan  holda  esa 

hisobdan  chiqarish  to'lovlar  navbati  tartibida  amalga  oshiriladi.

To'lov topshiriqnomasining turlari

Tomonlarning kelishuviga binoan to'lov topshiriqlari muddatli, avans 

to'lovlar  va  kechiktirilgan  muddatli  bo'lishi  mumkin.

Muddatli to'lov mahsulot yetkazib berilishidan, xizmat ko'rsatilishidan 

oldin  avans  hisobidagi  to'lovdir.

Non  mahsulotlari,  suv  uchun,  elektr  va  issiqlik  energiyasi,  telefon 

xizmati,  pochta-telegraf  xizmatlari,  temir  yo'l  orqali  tashilgan  yuklar 

uchun,  shuningdek,  avtomobillar  orqali  tashilgan  yuklar  uchun  to'lovlar 

dastlabki  to'lov  to'langanidan  keyin  amalga  oshiriladi.  Korxona  va 

tashkilotlarning bir-birlariga yetkazib bergan mahsulotlari, bajargan ishlari 

va  ko'rsatgan  xizmatlari  uchun  muddatli  to'lov  topshirig'i  orqali  haq 

to'lanadi.  Shuningdek,  katta  miqdordagi  bitimlar  bo'yicha  qisman  haq 

to'lash  ham  to'lov  topshirig'i  orqali  amalga  oshiriladi.

Avans  to'lovlar  va  kechiktirilgan  muddatli  to'lovlar  shartnoma 

asosida,  lekin  korxonaning  moliyaviy  ahvoliga  ta’sir  qilmaydigan  asosda 

bo'lishi  mumkin.

www.ziyouz.com kutubxonasi




T o'lov  topshirig'i  yetkazib  berilgan  mahsulot,  bajarilgan  ish, 

ko'rsatilgan  xizmat  uchun  bank  tomonidan  haq  to‘lovchining  topshiriq 

bergan  kunidan  haq  toiovchining  hisob  varag‘  idan  mablag‘i  bo'lgan 

holda  yoki  bank  krediti  hisobiga  ko‘ra,  to‘lov  qobiliyati  bo‘lsagina  qabul 

qilinadi. Bank krediti hisobiga haq to'lashda bank va haq to'lovchi korxona 

o'rtasida  shartnoma  tuziladi.

Budjet  hisobidagi  korxonalar,  kasaba  uyushmasi  va  boshqa  jamoat 

tashkilotlari,  xo‘jalik  hisobida  bo‘lmagan  korxonalar  topshirig'i  hisob 

varag'  larida  yetarli  mablag'  bo'lsagina  bank  tomonidan  qabul  qilinadi. 

Agar  korxonaning  olingan  mahsulot,  ko'rsatilgan  xizmat  uchun  yetarli 

mablag'i  bo'lmasa  ularning  yuqori  turuvchi  organi  shu  korxonaning 

bankdagi  hisob  varag'  iga  markaziy  fonddan  yoki  zaxira  fondidan  pul 

o'tkazib  beradi  va  ushbu  mablag'  olingan  mahsulot,  ko'rsatilgan  xizmat 

uchun  ishlatiladi.

Agar  haq  oluvchi  va  haq  to'lovchi  korxonalarga  boshqa-boshqa 

bank  xizmat  qilsa,  to'lov  topshirig'i  to'rt  nusxada  taqdim  etiladi.  Birinchi 

nusxa  memorial  order  bo'lib  xizmat  qiladi,  ikkinchi  va  uchinchi  nusxa 

to'lov amalga oshirilganidan keyin  haq  oluvchiga  xizmat qiluvchi  bankka 

yuboriladi  va  ikkinchi  nusxa  memorial  order  bo'lib  o'sha  bankda  qoladi, 

uchinchi  nusxa  to'lovni  oluvchiga qilingan operatsiyalar ko'chirmasi bilan 

beriladi,  turtinchisi haq  to'lovchiga  bank tamg'asi  bosilgan holda  beriladi.

Hisob-kitob operatsiyalari korxonaning unga xizmat qiluvchi bankda 

ochilgan  hisob  varaq  orqali  amalga  oshiriladi.  Bank  korxonaning  hisob 

varag'idagi  mablag'larini  saqlaydi,  ushbu  hisob  hisobvarag'ga  tushuvchi 

mablag'larni yozib boradi, korxonaning pul o'tkazish haqidagi topshirig'ini, 

bank  qoidalari  asosida  va  korxona  bilan  tuzilgan  shartnoma  asosida  va 

boshqa  bank  operatsiyalarini  amalga  oshiradi.

Fuqarolik  Kodeksining  784-moddasiga  asosan,  hisobvaraqda  unga 

qo'yilgan  hamma  talablarni  qanoatlantirish  uchun  yetarli  miqdorda  pul 

mablag'lari  bo'lsa,  bu  mablag'larni  hisob  varag'idan  o'chirish  mijozning 

farmoyishlari  va  o'chirish  uchun  boshqa  hujjatlar  tushgan  tartibda 

(kalendar-navbat),  agar  qonunda  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan 

bo'lmasa,  amalga  oshiriladi.  Bundan  tashqari,  hisob  varaqdagi  pul 

mablag'lari  unga  qo'yilgan  barcha  talablarni  qondirish  uchun  yetarli 

bo'lmagan  taqdirda  pul  mablag'lari  quyidagi  navbatda  o'chir iladi:

1. 


Mehnatga  oid  huquqiy  munosabatlardan  kelib  chiqadigan 

talablarni,  alimentlar  undirish  to'g'risidagi,  mualliflik  shartnomalari 

bo'yicha  haq  to'lash,  shuningdek,  hayotga  va  salomatlikka  yetkazilgan 

zarar  o'rn in i  qoplash  to 'g 'ris id a g i  talablarni  q on dirish   uchu n

www.ziyouz.com kutubxonasi



hisobvaraqdagi  pul  o'tkazishni  yoki  pul  berishni  nazarda  tutuvchi  ijro 

hujjatlari  bo'yicha  pul  o'chiriladi;

2.  Budjetga  va  budjetdan  tashqari  fondlarga  toiovlarni  nazarda 

tutuvchi  to'lov  hujjatlari  bo'yicha  pul  o'chiriladi;

3. Boshqa pul mablagiarini qondirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari 

bo'yicha  pul  o'chiriladi;

4.  Boshqa  toiov  hujjatlari  bo'yicha  kalendar  navbat  tartibida  pul 

o'chiriladi.

T oiov  topshirig'ida  bir  korxona  o'z  mahsulotini  ikkinchi  korxonaga 

yetkazib beradi va  bu  haqda  schyot-faktura  yuboradi,  ushbu mahsulotni 

sotib oluvchi  tashkilot  o'ziga  xizmat qiluvchi bankka  o'z hisob  varag'idan 

maium  summani  olingan  mahsulot  uchun  haq  oluvchi  tashkilot  hisob 

varag'iga  o'tkazishga  topshiriq  beradi,  bank  muassasasi  bu  topshiriqqa 

asosan  haq  oluvchi  tashkilot  hisob  varag'idan  oluvchi  hisob  varag'iga 

maium summani ko'chiradi. Toiov topshirig'i-birinchidan, mahsulot hisob- 

kitoblari  borasida  juda  keng  qoilan ilad igan   h isob-kitob  shakli, 

ikkinchidan,  dastlabki  to'lov,  avans  to'lovi  boiishi  mumkin,  uchinchidan, 

toiovni  tez  amalga  oshiruvchi  vositadir.

Mijozning topshirig'i bajarilmagan yoki tegishli darajada bajarilmagan 

taqdirda,  bank  pul  majburiyatini  bajarmaganlik  uchun  javobgar  boiadi.

T oiov  topshiriqnomasi  bo'yicha  hisob-kitob  operatsiyalarini  amalga 

oshirishda ishtirok etadigan banklar ushbu topshiriqni bergan shaxs oldida 

solidar  javobgar  boiadilar  (Fuqarolik  Kodeksining  795-moddasi).

Rejali  toiovlar. 

T oiov topshirig'i asosida amalga oshiriladigan  toiov 

turlaridan  biri  rejali  toiovlar  boiib,  bu  toiov,  asosan,  doimo  bir-birlari 

bilan  aloqa  qiladigan  korxona  va  tashkilotlar  o'rtasida  faqat  tomonlar 

o'rtasida  tuzilgan  shartnomaga  muvofiq  holda  amalga  oshiriladi.  Lekin 

bu  hisob-kitob  shakli  tranzit  bo'yicha  mahsulot  yetkazib  berishda 

qoilanilmasligi  kerak.  Rejali  toiovlar  mahsulot  yetkazib  beruvchi  va 

sotib  oluvchi  o'rtasidagi  kelishuvga  binoan  har  kuni  yoki  muayyan 

muddatda  o'tkaziladi.  Sotib  olingan  mahsulot  yoki  ko'rsatilgan  xizmat 

uchun  kelishilgan  davriy  to'lovdan  kelib  chiqib,  kelgusi  oy  yoki  chorak 

to'lovlari  summasi  tomonlar  tomonidan  aniqlanadi.  Kunlik  rejali  toiov 

hajmi  bankning  bir  oylik  ish  kuniga  qarab  belgilanadi.  Har  bir  rejali 

toiov uchun bankka  alohida hujjat taqdim etiladi. Tomonlar sotib olingan 

mahsulot,  ko'rsatilgan  xizmat  uchun  toiovlarni  har  oyda  kamida  bir 

marotaba  hisob-kitob  qilishlari  shart.  Aniqlangan  farq  alohida  topshiriq 

bilan  toianadi  yoki  keyingi  toiov  paytida  hisobga  olinadi.  O'zaro  hisob- 

kitoblarni  aniqlash  tomonlar  o'rtasidagi  o'zaro  qarzlar  hisobot  davrida

www.ziyouz.com kutubxonasi



eng kam miqdorda bo'lishini ta’minlash vazifasini bajarishga xizmat qiladi. 

Bu miqdor bir kunlik sotib olinadigan mahsulot narxidan oshib ketmasligi 

kerak  Agar  haq  to'lovchining  hisob  varag'ida  mablag'i  bo'lmasa,  bor 

mablag'  olingan  mahsulot,  ko'rsatilgan  xizmat  uchun  yetmasa  va  bu 

korxonaga  kredit  berishning  iloji  bo'lmasa  bank  tomonidan  topshiriq 

qabul  qilinmaydi.  Haq  to'lovchining  hisob  varag'ida  mablag'  paydo 

bo'lganida  rejali  to'lov  oldingi  qarzlarni  hisobga  olgan  holda  amalga 

oshiriladi.

Rejali  to'lov  birinchidan,  mahsulot  yetkazib  berishda  bir  xil 

imkoniyatga  ega  bo'lgan,  doimiy  aloqada  bo'lgan  korxonalar  o'rtasidagi 

hisob-kitoblarda  qo'llaniladi,  ikkinchidan,  haq  to'lovchi  tashkilot  har 

kuni,  har  bir  yetkazib  berilgan  mahsulot  uchun  emas,  balki  davriy, 

ya’ni  to'rt-besh  kunda  bir  marotaba  haq  to'laydi,  uchinchidan,  hisob- 

kitob  har  oyning  oxirida  aniqlanib  boradi,  turtinchidan,  bu  hisob-kitob 

shaklida hujjat soni kamayadi, pul mablag'i harakati mahsulot harakatiga 

juda  yaqin  bo'ladi.

O'zaro talablarni hisobga o'tkazish. 

Korxonalar o'rtasida naqd pulsiz 

hisob-kitoblami  amalga  oshirish  shakllaridan  yana  biri  o'zaro  talablarni 

hisobga o'tkazish vositasida amalga oshiriladigan hisob-kitoblardir. Bunda 

korxona  va  tashkilotlarning  o'zaro  talablarini,  ya’ni  bir-birining  o'rtasida 

o'tkazilgan  hisob-kitobning  farqi  bank  orqali  to'lov  topshiriqnomasi  bilan 

to'lanadi.  Bunda  mahsulot  beruvchi  va  haq  oluvchi  shartnomada 

belgilangan  muddatda  o'zaro  o'rtadagi  hisob-kitoblar  aniqlanadi  va  ikki 

korxona  o'rtasidagi  o'zaro qarzlar qoplanadi.  Bir necha  korxonaga  xizmat 

ko'rsatuvchi bank muassasasi ularning roziligi bilan ular o'rtasidagi o'zaro 

talablarni hisobga o'tkazish yuzasidan hisob-kitobni amalga oshiradi. Bank 

muassasasining  2-raqamli  kartochkasida  turgan  muddatida  to'lanmagan 

to'lovlari  to'lov  topshirig'iga  asosan  o'zaro  talab  asosida  to'lanadi.  Kapital 

jamg'armaga  o'z  mablag'idan  qo'yilgan  badal  to'lovi,  kapital  jamg'arma 

hisobidagi  mablag'ga  asoslangan  to'lov, 

budjetga  o'tkaziladigan 

mablag'lar,  davlat  va  ijtimoiy  sug'urta  to'lovi,  oylik  ish  haqi  va  unta 

tenglashtirilgan  to'lovlar  o'zaro  talablarni  hisobga  o'tkazish  bo'yicha 

to'lovga qabul qilinmaydi. O'zaro talablarni hisobga o'tkazish qatnashchilari 

o'rtasida  amalga  oshirilgan  summa  hisob-kitob  varaqasiga  yoziladi  va 

unga  foiz  to'lanmaydi.

Misol:  Navoiy  nomli  jamoa  xo'jaligi  tuman  elektr  tarmoqlari 

korxonasiga  10  000  so'mlik  kartoshka  mahsuloti  bergan,  shuningdek 

tuman  elektr  tarmoqlari  korxonasi  jamoa  xo'jaligi  hududidagi  elektr 

liniyalarini  ta’mirlash  bo'yicha  9000  so'mlik  xizmat  ko'rsatgan.  Bu  ikki

www.ziyouz.com kutubxonasi




tashkilot o‘zaro hisob-kitob qilib, qarzlami bir-biriga qoplaydi va o‘rtadagi 

1000  so‘m  farq  uchun  tuman  elektr  tarmoqlari  korxonasi  o'ziga  xizmat 

ko'rsatuvchi  bank  muassasasiga  to'lov  topshirig'i  yuboradi.

Demak  hisob-kitobning  o'zaro  talablarni  hisobga  o'tkazish  (zachyot 

vzaimnix  trebovaniy)  shakli,  birinchidan,  doimiy  va  bir  martalik 

harakterda  bo'ladi,  ikkinchidan,  ikki  yoki  undan  ortiq,  shuningdek, 

bir guruh,  korxonalar o'rtasida  bo'ladi,  uchinchidan,  har bir ishtirokchiga 

alohida  hisob  ochilib,  ulardan  to'lov  amalga  oshiriladi  yoki  kelib  tushgan 

mablar  yoziladi,  to'rtinchidan,  kelib  tushuvchi  mablar  to'lovdan  ortiq 

bo'lsa,  kredit  saldosi  tashkil  bo'lib,  summa  hisob  varag'  iga  yoziladi, 

beshinchidan,  to'lov  kelib  tushgan  mablag'dan  kam  bo'lsa,  debet  saldosi 

hosil  bo'lib,  farq  hisob  varag'  idan  yoki  bank  kreditidan  to'lanadi.

Bank  bo'limlarida  har  oyda  bir  marotaba  yagona  moliya  hisob  kuni 

o'tkaziladi.  Ushbu  tadbir  bank  bo'limi  mijozlari  o'rtasidagi  o'zaro  bir- 

birlariga  bo'lgan  qarzlarni  kechish  asosida  amalga  oshiriladi.  Bunday 

o'zaro  talablarni  hisobga  o'tkazish  natijasida  korxona  va  tashkilotlaming 

debitorlik  va  kreditorlik  qai-zlari  kamayadi.  Bu  esa  ularning  moliyaviy 

holatiga  ijobiy  ta’sir  ko'rsatadi.  O'zaro  talablarni  hisobga  o'tkazish  bank 

balansining  725-schyotida  amalga  oshiriladi.

Memorial orderlar bilan hisob-kitoblar.

Memorial  order  bu  fuqarolarning  amalga  oshiradigan  tadbirkorlik 

faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan holdagi yozma topshiriqnomalari bo'yicha 

pul  mablag'larini  naqdsiz  o'tkazmalarini  amalga  oshirish  uchun  banklar 

tomonidan  foydalaniladigan  pul-hisob-kitob  hujjatidir.  Ya’ni  banklar 

memorial  orderlardan  fuqarolarning  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  bog'liq 

bo'lmagan  holdagi  yozma  topshiriqnomalari  bo'yicha  naqd  pulsiz  pul 

mablag'larini  o'tkazishni  amalga  oshirishda  foydalanishlari  mumkin.

Bank to'lovchi bo'lib chiqqan va memorial orderlar ishlatilgan hollarda, 

ular  bank  rahbarining  va  bosh  buxgalteming  imzolari  bilan  tasdiqlanadi, 

boshqa  holatlarda  memorial  orderlar  ushbu  bank  schyotini  olib  boruvchi 

bosh buxgalter va buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi. Memorial orderlar 

bilan  sodir  etilayotgan  operatsiyalaming  to'g'riligi  bo'yicha  javobgarlik 

bankning  rahbariga  va  bosh  buxgalteri  zimmasiga  yuklatiladi.

O'zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  va  O'zbekiston  Respublikasi 

Markaziy  banki  boshqaruvining  2003-yil  8-noyabrdagi  124,  242-v-son 

qarori  bilan  tasdiqlangan  “Fermer xo'jaliklarining  davlat ehtiyojlari  uchun 

xarid qilinadigan  paxta  va  g'alla  yetishtirish  xarajatlarini  tijorat  banklari 

tomonidan  kreditlash  tartibi  to'g'risida”  Nizomda  “Kreditlar  va  unga 

hisoblangan  foizlar  fermer  xo'jaliklarining  maxsus  23210  (23220)  hisob

www.ziyouz.com kutubxonasi




raqamlariga  qishloq  xo'jalik  mahsulotlarini  tayyorlov  korxonalariga 

sotishdan  tushgan  mablag'lar  hisobidan,  muddatli  majburiyatnomalar 

asosida memorial order orqali birinchi navbatda undiriladi.”, deb belgilangan.

Bunda,  topshiriqnoma  bo'yicha  to'lash  amalga  oshirilgandan  so'ng 

memorial  order  bilan  birga  bankning  kunlik  hujjatlariga  tikib  qo'yiladi.

Shuningdek,  O'zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  tomonidan

2000-yil  3-avgust  953-son  bilan  ro'y x a tg a   olingan,  O 'zbekiston 

Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan  2000-yil  15-iyul  476-son  bilan 

tasdiqlangan  “Tijorat  banklari  tomonidan  O'zbekiston  Respublikasi 

hududida  faktoring  operatsiyalarini  o'tkazish  tartibi  to'g'risida”  nizomda 

faktoring  operatsiyalari  bo'yicha  hisob-kitob  qoidalari  belgilanib,  taraflar 

tomonidan  faktoring  (pul  talabini  berish)  to'g'risidagi  shartnoma 

imzolanganidan keyin bank-moliyaviy agent mablag'larni mijozning talab 

qilib  olingungacha  asosiy  depozit  hisobvarag'iga,  diskont  summasini 

chegirgan holda o'tkazishni amalga  oshiradi. Mablag'larni  mijozning talab 

qilib  olingungacha  asosiy  depozit  hisobvarag'iga  o'tkazishni  bank 

m em o ria l-o rd e rla r  bilan  am alga  osh irad i,  ular  ikki  nusxada 

rasmiylashtiriladi.  Birinchi  nusxa  hisobvaraqlar  bo'yicha  buxgalteriya 

operatsiyalari  amalga  oshirilganidan  keyin  bankning  kun  hujjatlariga 

joylashtiriladi,  ikkinchi  nusxasi  belgilangan  tartibda  mijozga  yuboriladi.

5  -§.  T o‘lov  talabnomalari  bilan  hisob-kitob  qilish

To'lov  talabnomasi  -   tovar  yetkazib  beruvchining  yoki  xizmat 

ko'rsatuvchi korxonaning tovar sotib oluvchiga shartnomaga asosan yetkazib 

berilgan  tovar-moddiy  boyliklar,  ko'rsatilgan  xizmatlar  yoki  bajarilgan 

ishlar  yuzasidan  bank  orqali  emas,  balki  bevosita  to'lovchining  o'ziga 

haq  to'lashi  lozimligi  to'g'risida  xabar  qiluvchi  topshirig'idir,  ya’ni  tovar 

yetkazib  beruvchi  to'lovchiga  tovar-moddiy  boyliklar  bilan  birga,  ushbu 

boyliklar  bo'yicha  hujjatlar  va  to'lov  talabnomasi  topshirishni  beradi. 

Haq  toiovchi  tashkilot  bu  haqda  talabnoma  olganidan  keyin  to'lov 

imkoniyatini  aniqlab,  bu  talabnoma  -   topshiriqni  o'ziga  xizmat 

ko'rsatuvchi bankka o'z hisob varag'idan haq oluvchining hisob varag'iga 

to'lov  summasini  o'tkazish  haqida  hujjat  beradi.

“ Naqd  pulsiz  h iso b -k ito b la r  t o 'g 'r is d a ” gi  N izom da  t o 'lo v  

talabnomasiga shunday ta’rif berilgan:  “To'lov talabnomasi o'zida mablag' 

oluvchini  to'lovchi  tomonidan  bank  orqali  ma’lum  bir  summani  to'lash 

to'g'risidagi  talabi  aks  ettirilgan  pul-hisob-kitob  hujjatidir.”

Umuman olganda, to'lov talabnomasi - mablag'larni oluvchi tomonidan

www.ziyouz.com kutubxonasi




emitent  bankka  jo‘natiladigan  va  to'lovchiga  muayyan  summani  ijrochi 

bank orqali to'lash to‘g‘risidagi talabni o‘z ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir. 

Bunday  talab  yuklab  jo‘natilgan  tovarlar,  bajarilgan  ishlar,  ko‘rsatilgan 

xizmatlar  uchun  hamda  tomonlar  shartnomasida  ko‘zda  tutilgan  boshqa 

to'lovlar  bo‘yicha  qo'yilishi  mumkin.  To‘lov  talabnomalari  bo'yicha  hisob- 

kitoblar  to'lovchining  aksepti  bilan  ham,  uning  akseptisiz  ham  amalga 

oshirilishi  mumkin.  Aksept  bilan  to'lanadigan  talablar  to'lov  summasi 

to'lovchisi  tomonidan  aksept  (tan  olish)  mavjud  bo'lgan  holda  qondiriladi.

Mablag'  oluvchi  bitta  opreasiya  bo'yicha,  takroran  talabnoma 

taqdim  qilish  huquqiga  ega  emas,  dastlabki  talabnoma  to'lovchining 

bankiga  kelib  tushmaganligi  to'g'risida  bildirishnoma  mavjud  bo'lgan 

hollar  bundan  mustasno.

Aksept  bilan  to'lanadigan  talabnomalar,  talabnomaning  nusxasi, 

bankka kelib tushgan kundan keyingi kundan kechiktirmay to'lovchining 

vakiliga  “To'lov  muddatini  kutayotgan  hisob-kitob  hujjatlari”  jumalida 

imzo  chektirib,  topshiriladi  va  shundan  so'ng  “To'lov  muddatini 

kutayotgan  hisob-kitob  hujjatlari”  (1-son  kartoteka)  hisob  raqamlariga 

joylashtiriladi.

To'lov topshiriqnomasini to'lovchining vakiliga mijozning kelmaganligi 

sababli  imzo  chektirib  topshirish  mumkin  bo'lmaganda  bank  10  ish  kuni 

tugaganidan  keyin  to'lov  topshiriqnomasini  oluvchining  bankiga  ijro 

etmasdan,  chapdagi  yuqori  burchakda  “Mijozning  kelmaganligi  sababli 

ijro  etilmagan”  degan  yozuvni  qayd  etgan  holda  qaytarib  yuborishga 

haqlidir. Bunda,  agar mazkur davrda  ushbu bankdagi to'lovchining  hisob 

raqamlari  bo'yicha  uning  topshirig'iga  ko'ra  mablag'larni  hisobdan 

chiqarish operatsiyalari (shu jumladan naqd pul berish yo'li bilan) amalga 

oshirilgan bo'lsa, mablag' oluvchi to'lovchining bankidan Hisob raqamlarini 

ochish  bo'yicha  belgilangan  talablarni,  mablag'larni  kirim  qilish  va 

mijozlarning hisob  raqamlaridan hisobdan chiqarish,  ish  haqiga va qonun 

hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ehtiyojlarga naqd pul berish tartibini 

buzganlik uchun tijorat banklariga nisbatan jarima jazosini qo'llash tartibi 

to'g'risidagi  nizomga  muvofiq  jarima  undirishga  haqli.

To'lovchining  banki  tomonidan  talabnoma  akseptining  quyidagi 

muddati  belgilanadi:

-  aksept  uchun  talabnoma  topshirilganidan  keyingi  kundan  boshlab 

uch  ish  kuni  -  bir  shahardagi  mijozlar  uchun;

-  aksept  uchun  talabnoma  topshirilganidan  keyingi  kundan  boshlab 

besh  ish  kuni  -  boshqa  shahardagi  mijozlar  uchun;

-  aksept  uchun  talabnoma  topshirilgan  kundan  keyingi  kundan

www.ziyouz.com kutubxonasi




boshlab  10  kungacha  -  toiovchining  asosli  iltimosnomasi  bo‘yicha.

To‘lovchi  belgilangan  muddatda  unga  xizmat  ko'rsatadigan  bank 

akseptdan  qisman  yoki  to'liq  voz  kechishi  to'g'risida  yozma  ariza 

topshirish  huquqiga  egadir.

Akseptdan to'liq yoki qisman voz kechilgan taqdirda  to'lovchi bankka 

imzo namunalari kartochkasida ko'rsatilgan shaxslar imzosi bilan voz kechish 

sabablarini  ko'rsatgan  holda  yozma  voz  kechishni  taqdim  etishi  kerak. 

Banklar  voz  kechishning  asoslanganligini  (voz  kechish  sabablarini), 

shuningdek  voz  kechish  asoslariga  doir  nizolami  ko'rib  chiqmaydi.

Agar belgilangan muddatda to'lovchi akseptdan yozma voz kechishni 

taqdim  etmasa,  talabnoma  akseptlangan  deb  hisoblanadi.

Quyidagi  hollarda  to'lovchilarning  hisob  raqamlaridan  mablag'larni 

akseptsiz  hisobdan  chiqarish  amalga  oshiriladi:

- issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblarda. Bu holda sotilgan issiqlik 

energiyasi  uchun  to'lov  topshiriqnomasi  va  hisobvaraq-faktura  yetkazib 

beruvchi  tomonidan  iste’molchiga  xizmat  ko'rsatadigan  bankka  qo'yiladi. 

Bunda  “To'lov  tafsilotlari”  ustunida  “Hisob  asboblarining  ko'rsatishlari 

asosida"  yoki  “Tariflar  asosida”  yozuvi  qayd  etiladi.  Hisobvaraq-faktura 

belgilangan  tartibda  rasmiylashtirilishi,  shu  jumladan  iste’molchining 

imzosi  bilan  tasdiqlanishi  kerak;

-  talabnomaga  da’vo  summasini  tan  olish  to'g'risida  qarzdor  yozma 

javobining  asl  nusxasi  ilova  qilingan  taqdirda.  Boshqa  hujjatlarning 

(debitorlik-kreditorlik qarzlarini solishtirish dalolatnomasi, bajarilgan ishlar 

(xizmatlar)  to'g'risida  dalolatnoma  va  hokazolarning)  talabnomaga  ilova 

qilinishi  akseptsiz  hisobdan  chiqarish  uchun  asos  bo'la  olmaydi;

-  banklar  tomonidan  -  xo'jalik  yurituvchi  subyektlar  tomonidan 

kreditlar  bo'yicha  qarz  o'z  vaqtida  so'ndirilmaganida,  qarzdorlarning 

boshqa  banklarda  ochilgan  ikkilamchi  hisob  raqamlarida.

Talabnomaning  yuqoridagi  o'ng  burchagiga  “Akseptsiz”  deb  yozib 

qo'yiladi yoki shtamp qo'yiladi. Bank ilova qilingan hujjatlarning ularning 

talabnomada  ko'rsatilgan  rekvizitlariga  muvofiqligini  tekshiradi.

Akseptsiz  to'lanadigan,  operatsiya  kuni  davomida  to'lovchining 

bankiga kelib tushgan talabnomalar o'sha kuniyoq to'lanadi, to'lovchining 

hisob  raqamlarida  mablag'  bo'lmagan  yoki  yetarli  bo'lmagan  holda  esa

2-son  kartotekaga  to'lanmagan  summada  joylashtiriladi.

6-§.  Akkreditivlar  bo‘yicha  hisob-kitob  qilish

Naqd pulsiz hisob-kitoblar ushbu shaklining asosiy mazmuni shundan

iboratki,  to'lovchining  arizasi  va  uning  ko'rsatmalariga  muvofiq  ravishda

405

www.ziyouz.com kutubxonasi




akkreditiv  ochgan  bank  (emitent  bank)  u  hujjatlarni  taqdim  etgan  va 

akkreditivda  ko'zda  tutilgan  boshqa  shartlarni  bajargan  taqdirda, 

mablag'larni  oluvchiga  to‘lovlarni  amalga  oshirish  majburiyatini  o ‘z 

zimmasiga  oladi.  (FKning  796-moddasi).

Emitent  bank,  agar  bu  bank  mablag'larni  oluvchilarga  ham  xizmat 

ko'rsatayotgan bo'lsa,  toiovchining akkreditiv arizasini  mustaqil  bajarishi 

mumkin.  Bordi-yu,  mablag'larni  oluvchi  boshqa  bankda  depozit  (hisob- 

kitob)  hisobvarag'iga  ega  bo'lsa,  em itent  bank  oluvchining  pul 

mablag'lariga  xizmat  ko'rsatuvchi  bankka  akkreditiv  berishi  kerak,  u 

akkreditivning to'lanishini amalga oshiradi (ijrochi bank). Ya’ni bu holatdagi 

hisob-kitoblarning  akkreditiv  shaklida,  mijozning  (to'lovchining) 

topshirig'iga  va  uning  ko'rsatmasiga  muvofiq  akkreditiv  ochgan  bank 

(bank-emitent),  o'z  zimmasiga  uning  kontragenti-mablag'  oluvchi 

foydasiga  to'lovni  amalga  oshirish  majburiyatini  yoki  mablag'  oluvchi 

tomonidan  akkreditivda  ko'zda  tutilgan  hujjatlarni  va  boshqa  shartlarni 

bajarish sharti bilan ushbu to'lovlami amalga oshirish bo'yicha vakolatlarni 

boshqa  bankka  taqdim  etishni  o'z  zimmasiga  oladi.

To'lov  qobiliyati  noma’lum  bo'lgan  korxonalar  bilan  hisob-kitob 

qilishda  qo‘1  keladigan  hisob-kitob  shakli  akkreditiv  vositasida  hisob- 

kitob  qilishdir.

H isob-kitoblarning  akkreditiv  shakli,  agar  u  to'lovch i  bilan 

mablag'larni  oluvchi  o'rtasidagi  shartnomada  ko'zda  tutilgan  bo'lsa, 

qo'llanadi.  Biroq  ayrim  hollarda  hisob-kitoblarning  bunday shakli  tuzatib 

bo'lmaydigan  to'lovchilarga  nisbatan  ta’sir  chorasi  sifatida  belgilanishi 

ham  mumkin.  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  «1997- 

yil  IV  choragida  debitorlik  va  kreditorlik  qarzlarini  qisqartirish  chora- 

tadbirlari  to'g'risida»  1997-yil  29-oktabrdagi  488-qarorida  iste’molchilar 

(tovar  olinganidan  keyin  60  kun  mobaynida)  to'lov  muddatlarini  buzgan 

holda yetkazib beruvchilar zimmasiga hisob-kitoblarning faqat akkreditiv 

shakli  bo'yicha  mahsulot  berish  majburiyati  yuklanishi  nazarda  tutilgan.

Akkreditiv to'lovchining (mahsulot sotib oluvchining) birorta mahsulot 

yetkazib  beruvchi  bilan  hisoblashish  uchun  o'z  bankiga  to'lovga  zarur 

m ablag'ni  alohida  schyotga  o'tkazishni  so'rash  haqidagi  yozm a 

topshirig'idir,  ya’ni  to'lovchi  o'ziga  zarur  tovar-moddiy boylikni olmoqchi 

bo'lganda,  mahsulot  yetkazib  beruvchi  shartnomada  akkreditiv  bilan 

hisoblashishni  talab  qiladigan  bo'lsa,  to'lovchi  o'z  bankiga  o'z  hisob 

varag'idan yoki  mablag'i yo'q  holda  bank krediti  hisobidan tovar-moddiy 

boyliklar uchun zarur mablag'ni alohida balansdagi 720-schyotga o'tkazish 

to'g'risida yozma topshiriq beradi. Ushbu topshiriq asosida bank to'lovchiga

www.ziyouz.com kutubxonasi




akkreditiv  ochib,  bu  haqda  mahsulot  yetkazib  beruvchining  bankiga 

xabar  beradi  va  agarda  to‘ lovchi  bu  mablag'ni  mahsulot  yetkazib 

beruvchining  bankiga  o'tkazishni  ham  talab  etsa,  ushbu  akkreditiv 

mahsulot  yetkazib  beruvchi  bankiga  o'tkaziladi  va  o'z  o'rnida  bank  bu 

mablag'ni  720-balans  schyotiga  kirim  qiladi  hamda  9931-balansdan 

tashqari  (akkreditivlar  to'loviga)  schyotni  ochadi.  Mahsulot  yetkazib 

beruvchi  tomonidan  tovar  jo'natilganligi  to'g'risidagi  hujjatlar  bankka 

taqdim etilgandan so'ng bank akkreditiv summasini uning hisob varag'iga 

o'tkazadi.

Hisob-kitobning  akkreditiv  shaklida  to'lovchi  bankka  akkreditiv 

olish  uchun  arizani  taqdim  qiladi.

Akkreditiv  shartlarini  to'liq  ro'yxati,  tasdiqlovchi  hujjatlarning  aniq 

tavsifnomasi  yo'q  bo'lgan  holda  akkreditiv  bo'yicha  mablag'larni  olish 

uchun  oluvchi  tomonidan  taqdim  qilingan  hujjatlar  va  akkreditiv  olish 

uchun  arizada  “Naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  to'g'risida”  Nizomning  56- 

bandi  bilan  ularni  rasmiylashtirish  talablariga  rioya  etilmaganlar  bank 

tomonidan  to'lovchiga  qaytariladi  va  akkreditiv  schyotlar  ochilmaydi.

Akkreditivlami ochish to'g'risidagi ariza bank-emitentga ikki nusxada 

taqdim  etiladi.

Mijozning  arizasiga  ko'ra  elektron  to'lovla r  tizimi  b o'yich a  

akkreditivlangan  summa  mablag'  oluvchining  bankiga  jo'natiladi  va 

mablag1 oluvchining akkreditiv schyotiga o'tkaziladi. Ijrochi bank mablag' 

oluvchiga  mablag'lar  kelib  tushganligi  haqida  xabar  beradi.

Mablag'  oluvchining  talab  qilib  olinuvchi  depozit  schyotiga 

mablag'larni  o'tkazish  ular  tomonidan  bankka  akkreditivni  amal  qilish 

muddati  tugagunigacha  shartnomada  ko'zda  tutilgan  va  akkreditivni 

barcha  shartlarini  bajarilganligini  tasdiqlovchi  hujjat  taqdim  qilingan 

holda  amalga  oshiriladi.

Mablag'  oluvchi  ijrochi  bankka  tasdiqlovchi  hujjatlarni  ikki  nusxada 

taqdim  qiladi.

Ijrochi  bank  mablag'  oluvchi  tomonidan  akkreditivning  barcha 

shartlariga rioya qilinganligi, shuningdek tasdiqlovchi hujjatlarning to'g'ri 

rasmiylashtirilganligini  tekshirish  shart.

Ushbu  shartlarning  loaqal  bittasi  buzilganida  ham  akkreditivlar 

bo'yicha  to'lovlar  to'lanmaydi.

Mablag'  oluvchining  bankida  akkreditivni  yopish  quyidagi  hollarda 

amalga  oshiriladi:

a)  akkreditivni  amal  qilish  muddati  tugaganda;

b)  mablag'  oluvchining  akkreditivdan  keyinchalik  foydalanishdan

www.ziyouz.com kutubxonasi




bosh  tortishi  to'g'risidagi  yozma  arizasiga  binoan  agar  ushbu  ariza 

akkreditivning  amal  qilish  muddati  tugaguncha  berilgan  bo'lsa  hamda 

ushbu  akkreditiv  shartlarida  ko'zda  tutilgan  bo'lsa;

v)  to'lovchining  akkreditivni  to'liq  yoki  qisman  chaqirib  olish 

to'g'risidagi  yozma  talabnomasiga  binoan,  agar  ushbu  akkreditiv 

shartlarida  ko'zda  tutilgan  bo'lsa.  Akkreditiv  bank-emitent  tomonidan 

xabarnoma olingan kunda 22602-sonli "Akkreditivlar bo'yicha mijozlaming 

depozitlari"  balans  schyotidagi  summadan  kam  bo'lmagan  summaga 

kamaytiriladi  yoki  yopiladi.

Ijrochi  bank  akkreditivni  bekilganligi  to'g'risida  bank-emitentga 

xabar  beradi.  Foydalanilmagan summa  to'lovchining  bankiga,  mablag'lar 

deponentlangan  schyotga  o'tkaziladi.

Akkreditiv to'liq ishlatilmagan yoki to'lovchining talab qilib olinuvchi 

depozit  schyoti  joylashgan  bank-emitentga  qaytarilgan  hollarda,  ko'zda 

tutilmagan  holatlar  schyoti  ham  yopiladi.

Akkreditiv  uchun  topshiriqda  quyidagi  ma’lumotlar,  jumladan, 

mahsulot  yetkazib  beruvchining  nomi,  akkreditiv  tartibda  haq  to'lanishi 

lozim  bo'lgan  mahsulot  nomi,  akkreditivning  summasi,  akkreditivning 

muddati  hamda  yetkazib  beruvchining  schyot-fakturasiga  muvofiq 

ravishda  pul  to'lash  tartibi,  ya’ni  pulni  xaridorning  aksepti  bilan  yoki 

akseptdan  boshqa  to'lash  kerakligi  albatta  ko'rsatilishi  kerak.

Topshiriqda xaridorning boshqa  talablari,  masalan, schyot-fakturaga 

tovarning  sifati  haqidagi  dalolatnomasi  qo'shilishi  kerakligi  ham 

ko'rsatilishi  mumkin.

Akkreditiv  ochish  uchun  sotib  oluvchi  emitent  bankka  belgilangan 

shakldagi  akkreditiv  uchun  ariza  berib,  unda  amal  qilish  muddati, 

to'lovchining  nomi  va  hisobvarag'i,  emitent  bank  va  ijrochi  bank  nomi, 

akkreditivning  amal  qilish  muddati,  shartnoma  nomeri,  tovar,  ishlar  va 

xizmatlar  nomi  hamda  naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  to'g'risida  nizomda 

nazarda  tutilgan  boshqa  rekvizitlarni  ko'rsatadi.  Akkreditiv  arizaga 

qo'shimcha  shartlar  ham  kiritilishi  mumkin.

Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv 

ochilayotganida emitent bank 

uni ochish vaqtida mijozning o'z mablag'larini  yoki unga berilgan kreditni 

ijrochi  bank  ixtiyoriga  emitent  bank  majburiyati  amal  qilgan  barcha 

m u ddatga  o'tk a zish i  shart.  Y a ’ ni  qoplangan  (deponentlangan) 

akkreditivlarni  ochishda  bank-emitent  uni  ochishda  mijozning  shaxsiy 

mablag'larini yoki unga berilgan kreditni bank-emitentning majburiyatlari 

amalda  bo'lgan  barcha  muddatga  ijrochi  bank  ixtiyoriga  o'tkazishga 

m ajbu rdir.  Q oplangan  akkreditiv  shunday  akkreditivki,  ularni

www.ziyouz.com kutubxonasi



ochayotganda  bank-emitent  o'z  majburiyatlari  amal  qiladigan  davrda 

mahsulot  yetkazib  beruvchining  banki  ixtiyoriga  to‘lovchining  o ‘z 

mablag'larini  yoki  unga  berilgan  kreditni  alohida  720-»Akkreditivlar» 

balans  schyotiga  o'tkazib  beradi.

Bunday hisob-kitob qilishda xaridor va ta’minotchi o'rtasida shartnoma 

tuziladi.  Xaridor  o'ziga  xizmat  ko'rsatuvchi  bank  bo'limiga  akkreditiv 

ochish  to'g'risida  ariza  berib,  mablag'ni  deponentlash  to'g'risida  to'lov 

topshiriqnomasi  yuboradi.  Bank  bo'limi  xaridor  schyotidan  muayyan 

summani  olib,  ta’minotchining  bankiga  yuboradi.  Ta’minotchiga  xizmat 

k o'rsatu vch i  bank  summani  akkreditiv  sch yotiga  o'tkazad i  va 

ta’minotchiga  akkreditiv  ochilganligi  haqida  xabar  beradi.  Ta’minotchi 

bu  xabarni  olib,  xaridorga  tovar  jo'natadi  va  o'ziga  xizmat  ko'rsatuvchi 

bank  bo'limiga  hisob-kitob  hujjatlarini  yuboradi.  O'z  navbatida  bank 

bo'limi  akkreditiv  schyotidagi  pulni  ta’minotchining  schyotiga  o'tkazadi 

va  xaridorga  xizmat  ko'rsatuvchi  bankka  akkreditivdan  foydalanganlik 

haqida  xabar  beradi,  shuningdek,  bu  bank  ham  xaridorga  akkreditivdan 

foydalanganlik  haqida  mijozga  xabar  beradi.

Qoplanmagan  akkreditiv 

ochilgan  taqdirda  bank-emitent  ijrochi 

bankka akkreditivning butun summasini bank-emitentning ijrochi bankda 

yuritilayotgan  hisob  varag'idan  o'chirish  huquqini  beradi

Qoplanmagan akkreditiv ochilayotganida emitent bank ijrochi bankka 

ijrochi  bankda  yuritilayotgan  emitent  bank  hisobvarag'idan  akkreditiv 

barcha  summasini  hisobdan  chiqarish  huquqini  beradi.

Qoplanmagan  akkreditivni  ochishda  bank-emitent  ijrochi  bankka 

bank-emitentning  ijrochi  bankda  yuritilayotgan  schyotidan  barcha 

akkreditiv  summasini  hisobdan  chiqarish  huquqini  beradi.  Bank  oldidagi 

majburiyatlarini  o'z  vaqtida  bajarayotgan  korxona  —   to'lovchilar  bilan 

bank  muassasalari  720-» Akkreditivlar»  balans  schyotida  qoplanmagan 

(kafolatlangan) akkreditiv ochish to'g'risida shartnoma tuzishlari mumkin. 

Bunday  holda  bank  korxona  hisobidan  vaqtinchalik  mablag'  yo'qligida 

kelib  tushgan  to'lov  talabnomalari  bank  mablag'lari  hisobiga  bajarishni 

kafolatlaydi.  Banklar  o'rtasida  korrespondent  muomala  o'rnatilganda, 

ijrochi-bankda bank-emitent schyotidan akkreditivning barcha summasini 

olib  qo'yish  huquqini  berish  yo'li  bilan  qoplanmagan  akkreditiv  ochilishi 

mumkin.  Korxonaning  qoplanmagan  akkreditivni  chiqarish  to'g'risidagi 

tavsiyanomasi bank-emitent tomonidan balansdan tashqari 9925 —  «Bank 

tomonidan  berilgan  kafolatlar,  garovlar»  schyotiga  kirim  qilinadi.

Qoplanmagan  (kafolatlangan)  akkreditiv  bo'yicha  hisob-kitoblar 

quyidagi tartibda bo'ladi, ya’ni ta’minotchi va xaridor o'rtasida shartnoma

www.ziyouz.com kutubxonasi



tuziladi. Xaridor o'ziga xizmat ko‘rsatuvchi bank bo'limiga kafolat ostidagi 

akkreditiv ochish to‘g ‘risida ariza  beradi. Bank bo'limi balansdan tashqari 

schyotida  «Bankning  kafolatlari  va  garovlari»  belgisi  ostida  akkreditiv 

ochadi va bu  haqda  ta’minotchining bankiga xabar beradi. Ta’minotchiga 

xizmat ko‘rsatuvchi bank akkreditiv ochilgani haqida ta’minotchiga xabar 

yuboradi,  ta’minotchi  xaridorga  mahsulot  yuboradi  va  o'ziga  xizmat 

ko'rsatuvchi bankka hisob-kitob hujjatlarini taqdim etadi. Bank bu hisob- 

kitob hujjatlariga asosan ta’minotchining schyotiga pul o'tkazadi va xaridor 

bankiga  (debet  avizosi)  to'lov  talabnomasi  jo'natadi.  Xaridorga  xizmat 

ko'rsatuvchi bank bo'limi to'lov talabnomasini olib, xaridorning schyotidan 

muayyan  summani  bekor  qiladi,  agar  xaridorning  schyotida  mablag' 

bo'lmasa,  unga  kredit  beradi  va  bu  haqda  xaridorga  xabar  qiladi

Qoplangan  va  qoplanmagan  akkreditivlar  chaqirib  olinadigan  va 

chaqirib olinmaydigan bo'lishi mumkin. Uning matnida bunday ko'rsatma 

yo'q  bo'lsa,  u  chaqirib  olinadigan  akkreditiv  hisoblanadi.

Chaqirib olinadigan akkreditiv emitent bank tomonidan mablag'larni 

oluvchini  oldindan  xabardor  qilmasdan  turib,  o'zgartirilishi  yoki  bekor 

qilinishi  mumkin.  Bank-emitent  xohlagan  paytda  mahsulot  yetkazib 

beruvchi  bilan  oldindan  kelishmasdan,  chaqirib  olinadigan  akkreditivni 

o'zgartirishi  yoki  yo'q  qilishi  mumkin,  Akkreditivni  chaqirib  olish 

mablag'larni  oluvchi  oldida  emitent  bank  zimmasiga  yuklanishi  mumkin 

bo'lgan  hech  qanday  majburiyatlarni  yuzaga  keltirmaydi.  Chaqirib 

olinadigan  akkreditiv  shartlarining  o'zgarishi  to'g'risidagi  barcha 

farmoyishlarni  toiovch i  mablag'larni  oluvchiga  (mahsulot  yetkazib 

beruvchiga)  faqat  emitent  bank  orqali  berishi  mumkin,  u  mablag'larni 

oluvchi  bankiga  (ijrochi  bank),  bu  bank  esa,  mablag'larni  oluvchiga 

xabar beradi. Ammo ayni paytda bank akkreditiv sharti o'zgartirilmasdan 

yoki  u  bekor  qilinmasdan  oldingi  shartlar  bo'yicha  barcha  talablarni 

bajarishga  majbur.  Ijrochi  bank  (agar  bu  vaqtda  u  akkreditiv  shartlarini 

o'zgartirish  yoki  bekor  qilish  to'g'risida  xabar  olmagan  bo'lsa)  chaqirib 

olinadigan akkreditiv bo'yicha to'lovlarni va boshqa operatsiyalarni amalga 

oshirishi  lozim).

Umuman olganda, akkreditivni  chaqirib olish mablag'  oluvchi oldida 

bank-emitent  uchun  qandaydir  majburiyatlarni  paydo  qilmaydi.

Chaqirib  olinmaydigan  akkreditiv  bajaruvchi  bank  tomonidan 

tasdiqlangan  bank-em itentning  akkreditivning  barcha  shartlari 

bajarilgandagi hamda to'lovni amalga oshirish bo'yicha  qat’iy majburiyatini 

bildiradi. Chaqirib olinmaydigan akkreditiv mahsulot ishlab chiqaruvchining 

manfaatlarini ko'zlab ochiladi va uning xohishiga qaramasdan, o'zgartirilishi

www.ziyouz.com kutubxonasi




yoki  bekor  qilinishi  mumkin.  Mahsulot  ishlab chiqaruvchi,  agar akkreditiv 

shartlarida  nazarda  tutilgan  bo‘lsa,  muddatidan  oldin  akkreditivdan  bosh 

tortishi  mumkin.

Mablag1  oluvchining  roziligisiz,  uning  foydasiga  ochilgan  chaqirib 

olinmaydigan  akkreditiv  o'zgartirilishi  yoki  bekor  qilinishi  mumkin 

emas.


7-§  Inkasso  topshiriqnomalari  bilan  hisob-kitob  qilish

Inkasso  topshiriqnom asi  -  m ijozning  bankka  to'lov ch in in g  

hisobvarag‘idan so'zsiz tartibda mablag'larni hisobdan chiqarish to'g'risidagi 

talabini  anglatadi.

Inkasso  bo'yicha  hisob-kitob  qilinganda  mijoz  o'z  bankiga  (bank- 

emitentga)  pul  to'lovchidan  to'lovni  va  to'lov  akseptini  mijoz  hisobidan 

qabul  qilish  haqida  topshiriqnom a  yuboradi  va  bu  holatda  pul 

to'lovchining  roziligi  talab  qilinmaydi.

Inkasso  topshiriqnomalari  bilan  hisob-kitoblar  qilishda  undiruvchi 

sifatida  soliq  idoralari,  budjetdan  tashqari  fondlar,  bojxona  organlari, 

sud  organlari  va  boshqa  organlar  qatnashadilar.

Inkasso  topshirig'ini  olgan  bank-emitent  uni  bajarish  uchun  boshqa 

bankni  (ijrochi  bank)  ni  jalb  qilishi  mumkin.

Hisob-kitob  qilishning  inkasso  topshirig'i  shakli  bo'yicha  ijro  hujjati 

va  unga  tenglashtirilgan  hujjatlar  asosida  mablag'  undiruvchilar  bank 

muassasasiga  ijro  hujjati va  unga  tenglashtirilgan  hujjatlarning  sanasi va 

raqamini  ko'rsatib,  0401001-inkasso  topshirig'ini  beradi1.  Xo'jalik  sudi 

buyrug'i,  notarius  yozuvi  asosida  bank  muassasiga  berilayotgan  inkasso 

topshirig'i  bilan  birga,  ijro  hujjatining  asli  yoki  dublikati  qo'shib  taqdim 

etiladi.  Ijro  hujjatida  mablag'  undiruvchining  to'liq  va  aniq  nomi, 

to'lovchining  to'liq  va  aniq  nomi,  undiruv  summasi,  uning  qaysi  hisob 

varag'idan  olinishi  ko'rsatilishi  lozim.  Xo'jalik  sudinig qarori  yoki  nusxasi 

xo'jalik  sudining  buyrug'i  ijro  varaqasi  o'rniga  o'tmaydi.

Ijro  hujjatlari  yoki  farmoyish  ilova  qilingan  bitta  manzildagi  haq 

to'lovchining hisob varag' idan mablag' olish to'g'risidagi inkasso topshirig'i 

bank  muassasasiga  taqdim  etiladi.

Mijoz  bankka  inkasso  topshiriqnomasini  O'zbekiston  Respublikasi


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish