Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Plastik  kartochkalar  bilan  hisob-kitoblar



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

9-§.  Plastik  kartochkalar  bilan  hisob-kitoblar

Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar qonunchilikda ko'zda tutilgan 

naqd  pulsiz  hisob-kitoblarning  nisbatan  yangi  shakli  bo'lib,  jah on  

amaliyotida keng qo'llaniladi. Plastik kartochka hisob-kitob hujjati sifatida 

bank  tomonidan  chiqarilgan  alohida  to'lov  vositasi  bo'lib,  tegishli  bankda 

varaqcha egasining hisobvarag'i mavjudligini tasdiqlaydi va unga tovarlar, 

ishlar  yoki  xizmatlarni  naqd  pul  to'lamay  turib,  olish  huquqini  beradi.

Plastik  kartochkalar  bir  tomondan  -   jism oniy  shaxslar,  yuridik 

shaxslar  yoki  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  bilan,  ikkinchi  tomondan  — 

yuridik  shaxslar  yoki  tovarlarni  realizatsiya  qiluvchi,  ish  bajaruvi  yoki 

xizm at  ko'rsatuvchi  yuridik  shaxslar  o'rtasidagi  naqd  pulsiz  hisob- 

kitoblarni  amalga  oshirishda,  shuningdek  naqd  pullarni  berish  punktlari 

va  bankomatlarda  naqd  pullarni  olish  uchun  qo'llaniladi.

Vakolatli  banklar  xalqaro  plastik  kartochkalarni  chiqarishi  va 

xizm at  ko'rsatishi  m umkin,  bunda  ular  xalqaro  to'lov  tizimlari  bilan 

tuzilgan shartnomalar  hamda  “ Naqd  pulsiz  hisob-kitoblar to 'g ‘risida” gi 

nizomga  m uvofiq  ravishda  operatsiyalarni  amalga  oshirish  qoidalariga 

rioya  qilishlari  shart.

Plastik  kartochkalar bo'yicha  hisob-kitoblar ularga xizmat ko'rsatish 

shartnomasiga  asosan  amalga  oshiriladi. Qonunchilikda  bunday sharnoma 

m ajburiy  shartlari  ro'yxati  belgilab  berilgan.  Ularga  tomonlar  nomi, 

shartnoma  predm eti,  tomonlarning  huquq  va  majburiyatlari  hamda 

javobgarligi,  hisob-kitoblarni  amalga  oshirish  tartibi,  shartnoma  amal 

qilish  muddati  va  uni  buzish  shartlari,  bahs,  nizolarni  hal  etish  tartibi, 

tomonlarning  yuridik  manzillari  kiradi.

Tegishligiga  ko'ra  plastik kartochkalar shaxsiy,  oilaviy va  korporativ 

xillarga  boiinadi:

-  shaxsiy kartochka  - bu jismoniy shaxsga berilgan plastik kartochka;

-  oilaviy  k artoch ka  -  bu  foyda la n u vch iga   shaxsiy  kartoch ka 

ushlovchining  ishonchnomasiga  asosan  berilgan  plastik  kartochka;

-   korporativ  kartochka  -   bu  yuridik  shaxslar  va  yuridik  shaxsni 

tashkil  etmagan  yakka  tartibdagi  tadbirkorlarga  xizmat  ko'rsatishga 

belgilangan  plastik  kartochka.  Korporativ  kartochkalardan  ish  haqi  va 

b osh q a   ijtim oiy   tu sd agi  to'lov la rn i  to'la sh ,  shuningdek  naqd  pul 

mablag'larini  to'lashda  foydalanish  man  qilinadi.

Harakatlanish  rejimiga  ko'ra  plastik  kartochkalar  quyidagi  turlarga 

bo'linadi:

-  debet  kartochka  -  ulardan  foydalanish  uni  ushlovchiga  emitent  va 

mijoz o'rtasidagi shartnoma  shartlariga binoan uning kartochka schyotida

www.ziyouz.com kutubxonasi




mavjud  bo'lgan  pul  vositalaridan  tovarlarga,  ishlarga  va  xizmatlarga 

haq  to‘lashda  foydalanish  va  yoki  naqd  pul  vositalarini  (korporativ 

kartochkalardan  tashqari)  olish  imkoniyatini  beradigan  kartochka;

-   kredit  kartochka  -   undan  foydalanish  uni  ushlovchiga  emitent 

bilan  tuzilgan  shartnomaga  asosan,  tovarlar,  ishlar,  xizmatlarga  haq 

to 'la sh   v a /y o k i   n aqd  pul  v o sita la rin i  o lish   u ch u n   (k o r p o r a tiv  

kartochkalardan  tashqari)  emitent  tomonidan  berilgan  kredit  liniyasi 

hajmida  operatsiyalami  amalga  oshirish  imkonini  beradigan  kartochka;

-   elektron  hamyon  -  jismoniy  shaxsning  kartochkasi  bo'lib,  undan 

foydalanish  uni  ushlovchiga  tovarlar,  ishlar,  xizmatlarga  haq  to'lash  v a / 

yoki  plastik  kartochkadagi  qoldiq  m ablag'lar  chegarasida  naqd  pul 

mablag'larini  olishni  amalga  oshirish  imkoniyatini  beradi.

Bitta  kartochkada  bir  nechta  "elektron  ham yonlar"  joylashishi 

mumkin


Qonunchilikda  plastik  kartochkani  personalizatsiya  qilishda  rioya 

etilishi  majburiy  bo'lgan  qoidalar  bor.  Xususan,  bu  rekvizitlarning  aniq 

to'plamiga  aloqador  bo'lib,  ular  plastik  varaqchada  majburiy  ravishda 

mavjud  bo'lishi  lozim.  Qonunchilikda  bunday  rekvizitlarga  quyidagilar 

kiritilgan:  a)  identifikatsiyalangan  m a’lumotlar  (karta  nomeri  va  seriyasi 

va  b.);  b)  emitent  bank  (plastik  kartochkalar  chiqargan  bank)ning  kodi

-   xos  raqami;  v)  kartochka  egasi  h isob va ra g'i  nom eri  va  shaxsiy 

m a’lumotlari  (tashkilot  nomi);  g)  kartochkaning  amal  qilish  muddati.

Plastik kartochkalardan  foydalanib,  operatsiyalami amalga  oshirish 

vaqtida  tuzilgan  hujjatlar  rekvizitlarida  tomonlar  bilan  kelishib  olingan 

belgilar  mavjud  bo'lib,  ular  plastik  kartochkalar  va  bank  hisobvaraqlari 

rekvizitlari  o'rtasidagi,  shuningdek  korxonalar  identifikatorlari,  naqd 

pullarni  berish  pun ktlari,  b a n k om a tla r  va  k orxon a la rn in g   ban k 

hisobvaraqlari  o'rtasidagi  muvofiqlikni  to'g'ri  belgilash  uchun  imkon 

beradi.

Bundan  tashqari,  hukum at  tom onidan  m a ’qullangan  bir  qator 

m e ’y o riy   h u q u q iy   h u jja tlar,  ju m la d a n ,  O 'zb ek iston   R esp u blik asi 

Prezidentining  2002-yil  30-martdagi  PF-3047-sonli,  2003-yil  30-iyundagi 

P F -3 2 7 0 -s o n li  F a rm o n la ri,  O 'z b e k is t o n   R e s p u b lik a s i  V a z ir la r  

Mahkamasining  2002-yil  5-avgustdagi  280-sonli,  2003-yil  2-iyuldagi  300- 

sonli,  2004-yil  26-fevraldagi  9-sonli  va  2004-yil  24-sentabrdagi  445-sonli 

qarorlarining,  shuningdek,  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2005- 

yil  15-apreldagi  57-sonli  qarori  qabul  qilinishi  ushbu  tizim  faoliyati 

xizmatlarining  nihoyatda  qisqa  muddatlardla  e ’tirof  etilishini  ta’minladi. 

Shunga  mos  ravishda,  2005-yilning  1-yarmiga  kelib  banklar  tomonidan

www.ziyouz.com kutubxonasi




muomalaga  chiqarilgan  plastik  kartochkalar  soni  3  baravarga,  ularga 

xizmat  ko'rsatish  shoxobchalari  soni  esa  2,8  martaga  oshdi.1

Plastik  kartochkalarga  asoslangan  hisob-kitoblar  tizimi  iqtisodiyoti 

rivojlangan  mamlakatlarda  to'lov  tizimining  asosini  tashkil  etayotgan  bir 

vaqtda,  O'zbekistonda  plastik  kartochkalarga  asoslangan  hisob-kitoblar 

shakli  tobora  ommaviylashib  borayotganligini  ko'rishimiz  mumkin.

M oliyaviy  nuqtayi  nazardan  plastik  kartochkalar  quyidagicha 

tansiflanadi:2

1.  Kredit  kartochkalari  (Credit  cards)  -   naqd  pulsiz  hisob-kitoblar 

tizimida  eng  ko'p  tarqalgan  to'lov  kartochkalari  turiga  kiradi.  Kredit 

kartoch kalari  ish tirokidagi  tranzaksiyalar  (operatsiyalar)  alohida 

hisobvaraqlar  yordamida  amalga  oshirilib,  uning  doirasida  kartochka 

egasi  m a’lum  miqdordagi  kredit  summasidan  foydalanish  huquqiga  ega 

bo'ladi. Ba’zi kredit kartochkalaridan bankomatlarda naqd pul olish uchun 

ham foydalanilishi mumkin.  Kartochka  egasi  tomonidan xarid qilinadigan 

tovar  yoki  xizmatlar  uchun  to'lovlar  kartochka  emitenti  tomonidan, 

muomalaga chiqarilgan kredit kartochkalari mablag'lari hisobidan amalga 

oshiriladi.  Kartochka  yordamida  to'lovni  kartochka  ma’lumotlarini  o'qish 

uchun  mo'ljallangan,  maxsus  qurilma  (terminal)  bilan  jihozlangan  har 

qanday  savdo  markazida  amalga  oshirish  mumkin.  Kredit  kartochkalari 

to'lov  funksiyasidan  tashqari,  qo'shimcha  xizmatlarni,  ya’ni  sug'urta, 

servis,  prestij  va  shu  kabi  ko'plab  funksiyalarni  taklif  etishi  mumkin. 

Ularning  boshqa  to'lov  kartochkalaridan  asosiy  farqi,  kartochka  egasiga 

to'lov muddatini uzaytirish imkoniyatini berishdir. Bunda kartochka egasi 

tomonidan  to'lov  tovar  olingandan  yoki  xizmat  ko'rsatilgandan  keyin 

amalga  oshiriladi  (“ pay  later”).

Kredit  kartochkalar  bilan  to'lovlaming  qulayligi:  qisqa  vaqt  ichida 

kartochka  hisobvarag'i  qoldig'ini  tekshirish,  avtorizatsiyalash,  to'lov 

sanasini aniqlash va hisobvaraqdan undirib olish (savdo tarmoqlari uchun) 

dan  iborat.  Bundan  tashqari  to'lov  (hisob-kitob)  hujjatlarini  qayta  ishlash 

uchun  ortiqcha  xarajat  talab  qilinmaydi  hamda  shu  kabi  bank  xarajatlari 

kamaytiriladi.

2.  D eb et  k a rtoch k a la ri.  Plastik  k a rtoch k a la r  tizim ida  d e b e t 

k a r t o c h k a la r   fa q a t   t o 'l o v   v o sita si  v a z ifa s in i  b a ja ra d i.  D e b e t




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish