Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Cheklar  bilan  hisob-kitob  qilish



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

8-§.  Cheklar  bilan  hisob-kitob  qilish

Tijorat  banki  hisob-kitob  cheki  mijozning  unga  xizmat  ko'rsatuvchi 

bankka  chek  beruvchining  hisobvarag'idan  chek  egasi  hisobvarag'iga 

mablag'lar  m uayyan  summasini  to'lashni  amalga  oshirish  to'g'risidagi 

topshiriqnomasidan  iborat.  Tijorat  bankining  hisob-kitob  cheki  mijozning 

xizm at  k o 'rsa tu v ch i  bankiga  ch ek   b eru vch in in g  sch yotidan   chek 

ushlovchining  schyotiga  m a’lum  sum m adagi  m ablag'larga  o'tkazish 

bo'yicha  bergan  topshirig'idir.

Cheklar tijorat  banklari buyurtmasiga  ko'ra ularning  faoliyati uchun 

yetarli  b o'lga n   m iqdorda  M arkaziy  bankning  "Davlat  belgisi"  DIB 

tomonidan  tayyorlanadi.  Bunda,  chekning  raqami  va  seriyasi,  bank-

www.ziyouz.com kutubxonasi




emitentning  nomi  va  firma  belgisi  bosmaxona  usulida  chop  etiladi.

Cheklar  tovarlar,  ishlar  va  xizmatlar  uchun  jismoniy  shaxslar  va 

yuridik  shaxslar,  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  o'rtasidagi  faqat  naqd 

pulsiz  hisob-kitoblarda  qo'llaniladi.

Am aldagi  qonunchilik  b o'yich a   naqd  pulsiz  hisob-kitoblarning 

bunday  shakli  jismoniy  shaxslar  (yakka  tartibdagi  tadbirkorlar)  bilan 

yuridik  shaxslar o'rtasida  tovarlar,  ishlar va  xizmatlar uchun  faqat  o'zaro 

munosabatlardagina  qo'llanishi  mumkin.

Chek  berilayotganida  bank  jismoniy  shaxsning  arizasiga  m uvofiq 

balans  hisobvarag'i  -  «Jism oniy  shaxslarning  talab  qilib  olinguncha 

depozitlari»da  chek  summasiga  alohida  ikkilamchi  shaxsiy  hisobvaraq 

ochadi  va  chekka  faqat  shu  hisobvaraqdan  haq  to'laydi.  Chek  jismoniy 

shaxsning  talab  qilib  olinguncha  depozit  hisobvarag'ida  mavjud  bo'lgan 

mablag'lar  yoki  u  tomonidan  kiritilgan  naqd  pullar  hisobidan  beriladi.

Chek  ikki  qismdan  iborat:  chekning  o'zi  va  uning  koreshogi  (milki). 

Koreshokda  chekda  ko'rsatilgan summani  tasdiqlash  uchun mo'ljallangan 

nazorat  raqamlari  bo'ladi.

Chekning  amal  qilish  muddati  tijorat  banklari  tomonidan  mustaqil 

belgilanadi.  Agar  chekning  amal  qilish  muddati  tugashi  bilan  u  bankka 

taqdim  etilmagan  bo'lsa,  chek  summasi  maxsus  balans  hisobvarag'ida 

hisobga  olinadi.  Chekning  amal  qilish  muddati  tugashi  bilan  uning  egasi 

bankka  murojaat  qilsa,  bank  chek  egasining  pasporti  (yoki  uning  o'rnini 

bosadigan  boshqa  hujjati)  m avjud  bo'lgan  holda,  to'sqinliksiz  chekni 

qabul  qiladi  va  so'ndiradi.

Chek muddatidan qat’iy nazar, notarial tasdiqlangan tegishli hujjatlar 

mavjud  bo'lgan  holda,  merosxo'rlar  yoki  ishonchli  shaxslar  tomonidan 

taqdim  etilishi  mumkin.  Chek  tekshirilgach,  bank  boshqaruvchisi  va 

bosh  buxgalteri  uni  so'ndirish  uchun  ruxsat  beradi.

Foydalanilm agan  chek  taqdim   etilgan  vaqtda,  taqdim   etilgan 

chekning  asl  yoki  asl  emasligi  tekshiriladi,  chek  berilishiga  asos  bo'lib 

xizm at  qilgan  h ujjat  b o 'y ich a   chek  egasining  shaxsi  tasdiqlanadi, 

foydlanilmagan  chek  summasi  esa  chek  egasining  depozit  hisobvarag'iga 

o'tkaziladi.  Qonunchilik  bo'yicha  chek  yo'qotilgan  bo'lsa,  bank  ushbu 

chek bo'yicha mablag'larni  hisobdan chiqarish  uchun javobgar bo'lmaydi.

Chek  beruvchining  chekda  ko'rsatilgan  summani  chek  saqlovchiga 

to'lash  haqida  bankka  hech  qanday  shart  qo'yilm agan  topshirig'i  m avjud 

bo'lgan  qimmatli  qog'oz  chek  deyiladi.

Chek  bilan  hisob-kitob  qilinganida  faqat  chek  beruvchining  chek 

berish  puli  bilan  tasarruf  etishga  haqli  bo'lgan  mablag'lari  saqlanayotgan

www.ziyouz.com kutubxonasi




bankkina  chek  bo‘yicha  pul  to'lovchi  qilib  ko'rsatilishi  mumkin  (FKning 

807-moddasi).

Hisob-kitob  cheklari  quyidagi  turlarga:

1.  Bank  tomonidan  akseptlangan  cheklar;

2.  Bank  tomonidan  akseptlanmagan  cheklar;

3.  Limitlangan  daftarchalar  bo'yicha  olinadigan  cheklar;

4. Limitlanmagan daftarchalar bo'yicha olinadigan cheklarga bo'linadi.

Agar  bank  chekni  akseptlasa,  ya’ni  pul  to'lash  majburiyatini  olsa,

bunday cheklar akseptlangan cheklar hisoblanadi.  Budjet hisobida  turgan 

tashkilotlar  tomonidan  olingan  tovarlar,  ularga  qilingan  xizmatlar  uchun 

bir  shahar  ichida  hisob-kitob  qilinishda  akseptlangan  cheklar  qo'llaniladi.

Bank  tomonidan  akseptlanmagan  cheklar  bilan  hisob-kitob  qilish, 

asosan,  xo'jalik  tashkilotlari  tom onidan  olingan  mahsulotlar,  ularga 

qilingan  xizmatlar  uchun  haq  to'lashda  qo'llaniladi.

Limitlangan  chek  daftarchalari  xo'jalik  tashkilotlari  tom onidan 

bankdan  olinadi.  Limit  deb  mazkur  daftarchadan  beriladigan  chekda 

ko'rsatilishi  mumkin  bo'lgan  umumiy  summaga  aytiladi.  Limit  summasi 

100  so'mdan  kam  bo'lishi  mumkin  emas.

Limitlangan  chek  daftarchalari  olingan  mahsulot,  bajarilgan  ishlar 

uchun  haq  to'lashda  qo'llaniladi.

Limitlangan  chek  daftarchasida  chekdan  foydalanish  shartlari  bank 

tomonidan  ko'rsatiladi.

Limitlanmagan  cheklar  transport  korxonalari  va  aloqa  tashkilotlari 

xizmatlaridan  foydalanganlik  uchun  haq  to'lashda  qo'llaniladi.  Chek 

daftarchalarining kuchda bo'lish muddati olti oyga belgilanadi. Cheklardan 

noto'g'ri  foydalanganlik  uchun,  chek  daftari  boshqa  shaxsga  berilganligi 

natijasida kelib chiqkan ziyon uchun yoki chek daftarining alohida chekini 

yo'qotish  yoki  o'g'irlanganligi  uchun,  shuningdek,  chekni  imzolash  uchun 

vakil  qilingan  shaxs  tomonidan  suiiste’mol  qilinishi  natijasida  kelgan 

ziyon  uchun  chek  daftarchasi  olgan  xo'jalik  organi  javobgar  bo'ladi.

Limitlangan  va  limitlanmagan  chek  daftarchalarining  egasi  har 

haftada  bir  marta  o'z  vakillarining  daftarchalardan  cheklarning  to'g'ri 

sarflanayotganligini tekshirib turmog'i lozim. Bu tekshirish haqida berilgan 

chekning  so'm i  k oreshogining  orqasiga  bosh  buxgalter  yoki  uning 

o'rinbosari  imzosi  bilan  belgi  qo'yilishi  shart.

Hisob cheki chek beruvchining o'z hisob varag'idan chek oluvchining 

hisob varag'iga m uayyan summani o'tkazish to'g'risida bank muassasasiga 

bergan  topshirig'i  haqidagi  hujjatdir.

Cheklar  tijorat  banklari  tomonidan  ushbu  banklarda  o'z  hisob  yoki

www.ziyouz.com kutubxonasi




joriy  schyotlarini  ochgan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  beriladi.

Mahsulot  oluvchi  tashkilot  chek  olish  to'g'risida  o'ziga  xizm at 

ko'rsatuvchi  bank  bo'limiga  ariza  beradi.  Bank  muassasasi  bu  arizaga 

asosan unga chek beradi. Mahsulot oluvchi mahsulot sotuvchidan mahsulot 

olib,  unga  chek  beradi.  Mahsulot  sotuvchi  bu  chekni  o'ziga  xizm at 

ko'rsatuvchi  bank  bo'limiga  beradi  va  o'z  navbatida  bank  bo'lim i  bu 

chekka  asosan  mahsulot  sotuvchining  hisob  varag'  iga  mablag'ni  yozib 

qo'yadi,  bu  o'tkazilgan  mablag'  to'g'risida  mahsulot  oluvchiga  xizmat 

ko'rsatuvchi  bank  muassasasiga  yuqoridagi  mablag'ni  sotib  oluvchining 

schyotidan  olish  to'g'risida  hujjat  yuboradi.

O'zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  K odeksining  808-m oddasiga 

muvofiq,  chekda  quyidagilar  bo'lishi  shart;

1.  Hujjatlar  matniga  kiritilgan  “chek”  degan  nom;

2.  Muayyan  pul  summasini  to'lash  haqida  to'lovchiga  topshiriq;

3. To'lovchining nomi va to'lov qaysi hisobvaraqdan amalga oshirilishi 

kerakligi;

4.  To'lov  valutasi;

5.  Chek  tuzilgan  sana  va  joy;

6.  Chekni  yozib  bergan  shaxsning  -   chek  beruvchining  imzosi.

7.  Hujjatda  mazkur  rekvizitlardan  birontasining  bo'lmasligi  chekni 

kuchdan  mahrum  qiladi.

Tuzilgan  joyi  ko'rsatilmagan  chek  chek  beruvchi  turgan  joy d a  

imzolangan,  deb  hisoblanadi.  Chekning  shakli  va  uni  to'ldirish  tartibi 

qon u n   h ujjatlari  bilan  belgilanadi.  C h ek n in g  m aksim al  sum m asi 

O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan.  minimal  summasi 

esa  tijorat  banklari  tomonidan  mustaqil  ravishda  belgilanadi.

Chek  ikki  qism dan  iborat,  y a ’ni  cheknin g  o'zi  va  uning  milki 

(koreshogi).  Milkda  chekda  ko'rsatilgan  summani  tasdiqlovchi  nazorat 

raqamlari  ko'rsatiladi.  Chekning  amal  qilish  muddati  tijorat  banklari 

tomonidan  mustaqil  ravishda  belgilanadi.

Chek  yozilgandan  boshlab  10  kun  davom ida  bank  muassasasiga 

ko'rsatilishi  lozim.  Chek  to'liq  summaga  to'lanishi  shart.  Chek  kartochkasi 

chek  bergan  bank  muassasasiga  oldin  berilgan  cheklarning  barchasi 

foydalanilganda  topshiriladi.  Bitta  chek  limiti  o'zgarmagan  holda  korxona 

chekka bo'lgan talab  haqida ariza bersa,  kartochka  korxonada qoldirilnshi 

mumkin. Bankka  topshirilgan  chek kartochkasi  y o'q   qilinadi va  bu  haqda 

mijozning  arizasiga  belgi  qo'yiladi.

Chek oluvchi  10 kun muddat ichida bank muassasasiga chekni taqdim 

etib,  bu bo'yicha uz schyotiga  ko'rsatilgan mablag'ni  topshirishni so'raydi. 

Agar  bu  muddat  o'tib  ketsa,  chek  hisob-kitob  uchun  qabul  qilinmaydi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish