- x o 'ja lik y u r itu v c h i su b y e k tla r tom on idan b u d je t oldidagi
majburiyatlarning bojxona to'lovlariga oid qismining bajarilishi to'grisidagi
bqjxona organlarining xulosasiga binoan ana shu subyektlarning hisob-
kitob va boshqa hisobvaraqlarini yopishlari mumkin;
- belgilangan muddatlarda to'lanmagan bojxona to'lovlari va jarima
sum m alarini x o 'ja lik subyektlaridan so'zsiz tartibda u n dirib olish
to'g'risidagi bojxona organlarining farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini)
bajaradilar.
4.
Sud organlari ularga berilgan ijro hujjatlari bo'yicha. “ Muddatida
to'lanmagan soliqlar va budjetga majburiy to'lovlarni qarzdor korxona
va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirish to'g'risidagi xo'jalik sudlari
qarorlarini ijro etish to'g'risida” gi Yo'riqnomada belgilanishicha, Ijro
ishi bo'yicha budjetga undirilgan summadan 10 foiz miqdordagi ajratmalar
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jam g'arm asiga (keyingi
matnlarda Jamg'arma deb yuritiladi) o'tkaziladi. Bunda, ijro hujjatlari
bo'yicha sud ijrochilari tomonidan ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risida
qaror qabul qilingunga qadar soliq idoralari tomonidan qo'yilgan inkasso
topsbiriqnomalariga asosan undirilgan summalardan 10 foizli ajratma
olinmaydi.
Sud ijrochilari tomonidan qarzdor korxonaning mol-mulkini bevosita
sotish (realizatsiya qilish) natijasida undirilgan pul mablag'lari a w a l sud
ijrochilarining depozit hisob raqamlariga o'tkazilib, ushbu mablag'larning:
90 foizi - korxonaning soliqlar va budjetga majburiy to'lovlar bo'yicha
muddatida to'lanmagan qarzlarini qoplash uchun korxonaning bankdagi
29896 hisob raqamiga;
10 foizi - to'g'ridan-to'g'ri Jamg'armaning hisob raqamiga o'tkaziladi.
Bunda korxonaning bankdagi 29896 hisob raqamiga kelib tushgan
mablag'lar tegishli soliq turlari bo'yicha va soliq organlarining inkasso
topshiriqnomalariga muvofiq proporsional ravishda respublika va mahalliy
budjetlaming hamda davlat maqsadli jamg'armalarining hisob raqamlariga
belgilangan tartibda o'tkaziladi.
J a m g 'a r m a g a o 't k a z ilg a n 10 fo iz li a jr a tm a n in g q a r z d o r
korxonalarning soliq organlaridagi shaxsiy hisob varaqlarida aks ettirilishi
Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'm itasi va Markaziy bank tomonidan
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Soliq organi m ajburiy tartibda ijro etish uchun sud ijrochilari
bo'linmasiga taqdim etilgan ushbu toifadagi ijro hujjatida ko'rsatilgan
sum m a to'liq undirilgandan so'ng, o'zi tomonidan qo'yilgan inkasso
topshiriqnomalarini 10 foizli ajratmaga o'tkazilgan pul mablag'ini hisobga
www.ziyouz.com kutubxonasi
olgan holda ijrosiz qaytarib oladi va bu haqda ijro hujjatini m ajburiy
tartibda ijro etish uchun taqdim qilgan sud ijrochilari bo'linmasiga xabar
beradi.
Davlat budjetiga undirish bilan bog'liq ijro hujjatlari yuzasidan
undirilgan summalar bo'yicha to'lovlarni qabul qilib olish va tegishli
hisob raqamlarga o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan bank xizmatlari uchun
bank muassasalari tomonidan foizlar olinmaydi.
Tuman (shahar) sud ijrochilari bo'linmalari va davlat soliq organlari
o'rtasida ushbu toifadagi ijro hujjatlarining ijrosi yuzasidan har oyda
keyingi oyning 5-sanasiga qadar o'zaro tezkor m a’lumot almashib boriladi.
Joylardagi viloyat xo'jalik sudlari, davlat soliq boshqarmalari va
D epartam entning hududiy b oiim la ri o'rtasida ushbu toifadagi ijro
hujjatlarining ijrosi yuzasidan har chorak yakunlari bo'yicha joylardan
olingan ma’lumotlar asosida taqqoslash ishlari amalga oshirilib, natijalari
bo'yicha Oliy xo'jalik sudi, Davlat soliq qo'mitasi va Adliya vazirligi
huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika
jihatidan va moliyaviy ta’minlash Departamentiga mazkur Yo'riqnom aga1
ilova etilayotgan shaklga m uvofiq keyingi chorak birinchi oyining 5-
sanasiga qadar m a’lumot taqdim etib boriladi.
5.
Q onuniy h u jja tla rg a asosan bosh qa organ lar. O 'zb ek iston
Respublikasining qonun hujjatlariga asosan boshqa organlar tomonidan
ham inkasso topshiriqnomalari berilishi mumkin. Bunga misol sifatida,
notariuslarning ijro ustxatlarini misol qilib ko'rsatib o'tishimiz mumkin.
Lekin bu turdagi inkasso topshiriqnomalari kam uchraydi va amaliyotda
asosan yuqorida zikr qilingan to'rt organ inkasso topshiriqnomalari bilan
hisob-kitob qilishda ishtirok etadi.
Inkasso topshiriqnomasi bank bo'limiga uch nusxada ilovalar bilan
birga taqdim etiladi:
1)
agar m ablag' olu vch i va to 'lo v ch ig a bitta bankda xizm at
ko'rsatilganda:
- inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi to'lovlar amalga
oshirilgandan keyin bankning kunlik hujjatlar yig'masiga tikiladi;
- ikkinchi nusxasi to'lovch iga ijro hujjatlari ilovasi va shaxsiy
hisobvarag'idan olingan ko'chirma bilan birgalikda beriladi;
- uchinchi nusxasi to'lovni oluvchiga shaxsiy hisobvarag'idan olingan
ko'chirma bilan birgalikda qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: