Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Veksellar  va  boshqa  pul  majburiyatlari  bilan



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

10-§.  Veksellar  va  boshqa  pul  majburiyatlari  bilan 

hisob-kitoblar  qilish

Veksellar  ularda  ko'rsatilgan  m uddat  kelganda  veksel  beruvchi 

muayyan  pul  summasini  veksel  egasiga  (veksel  oluvchiga)  so'zsiz  to'lashi 

lozim  bo'lgan  majburiyatdan  guvohlik  beruvchi  qimmatli  qog'ozdir.  Y a’ni 

veksel  bu  belgilangan  shaklda  tuzilgan,  albatta  bajarilishi  kerak  bo'lgan 

qarz  majburiyati  bo'lib,  qarzdor  qarz  beruvchiga  belgilangan  muddatda, 

belgilangan  joyda,  vekselda  ko'rsatilgan  summani  to'lash  majburiyatini 

oladi.


Veksellarning  turlari:

1.  Xazina  veksellari

2.  Tijorat  veksellari

3.  Oddiy  veksellar

4.  Yuboriladigan  veksellar  (o'tkazma).

Veksellarning  asosan  ikki  turi:  oddiy  va  o'tkazma  veksellar  ko'proq 

qo'llaniladi.  Oddiy  veksel  qarzdorning  vekselda  ko'rsatilgan  summani 

beliglangan  joyda,  muayyan  muddatda  uning  buyrug'iga  asosan  qarz 

beruvchiga  to'lash  to'g'risidagi  yozma  majburiyati  sanaladi.

Oddiy  vekselda  quyidagilar  ko'rsatilishi  kerak:

-  

matnga  kiritiladigan  va  hujjat  qaysi  tilda  yozilgan  bo'lsa,  o'sha 



tilda  ifodalangan  “ Veksel”  so'zi;

-  


m a’lum  summani  to'lash  yuzasidan  oddiy  hamda  hech  nima 

bilan  shartlashilmagan  majburiyat;

-  

to'lash  muddati;



www.ziyouz.com kutubxonasi


-  

to'lovni  amalga  oshirish  joyi;

-  

to'lov   kim ga  yoki  kim ning  bu yru g'i  bilan  amalga  oshirilsa, 



o'shaning  nomi;

-  


veksel  yozilgan  sana  va  joy;

-  


veksel  beruvchining  imzosi.

O 'tk a zm a   v e k se l  (tra tta )  yozm a  h u jja t  b o 'lib ,  unda  v ek sel 

b e ru v ch in in g   veksel  olu vch iga  uning  b u y ru g 'i  b o 'y ich a   m uayyan 

miqdordagi  pulni  m a’lum  muddat  va  ma’lum  joyda  to'lash  to'g'risidagi 

to'lovchiga  bergan  shartsiz  buyrug'i  aks  ettiriladi.  O'tkazma  vekselda 

quyidagilar  ko'rsatilishi  kerak:

matnga  kiritiladigan  va  hujjat  qaysi  tilda  yozilgan  bo'lsa,  o'sha 



tilda  ifodalangan  “Veksel”  so'zi;

m a ’lum  summani  to'lash  uchun  oddiy  va  hech  narsa  bilan 



shartlashilmagan  taklif;

to'lov  muddati;



to'lovni  amalga  oshirish  joyi;

-  

to'lov   kimga  yoki  kim ning  b u yru g'i  bilan  amalga  oshirilsa, 



o'shaning  nomi;

-  


veksel  yozilgan  sana  va  joy;

veksel  beruvchining  imzosi.



Mohiyati  bo'yicha  qarz  tilxati  bo'lgan  oddiy  vekseldan  o'tkazma 

vekselning  asosiy  farqi  shundaki,  u  mablag'larni  bir  shaxs  ixtiyoridan 

boshqa  bir  shaxs  ixtiyoriga  o'tkazish  uchun  mo'ljallangan.

Bank  veksellari  oluvchining  nomi  yozilgan  hujjatlar  bo'lib,  aksept 

va  a v a l’  (veksel  b o'y ich a   yozm a  vakillik)  haqidagi  qoidalar  tadbiq 

etilmaydi.

O'zbekiston  Respublikasi  fuqarosi  sanalgan  har  bir  shaxs  vekselni 

sotib  olishi mumkin.  Yuridik shaxslar vekselni pul  o'tkazish yo'li  bilan  sotib 

oladilar.  Veksel  belgilangan  shakldagi  blankda  yozib  beriladi  va  undan 

tovarlar  hamda  xizmatlar  uchun  to'lov  sifatida  foydalanilishi  mumkin.

Veksel  xohlagan  summaga  1  yilgacha  berilishi  mumkin.  Vekselni 

to'lash  muddati  quyidagicha  bo'lishi  mumkin:

Veksel  taqdim  qilinganda;



Taqdim  qilingandan  boshlab  ma’lum  vaqt  ichida

Tuzilgan  vaqtdan  boshlab  ma’lum  vaqt  ichida;



Belgilangan,  m a’lum  kunga.

Muddati “taqdim qilinganda” deb ko'rsatilgan veksel u ko'rsatilishi 



bilan  to'lanadi

Veksellar arzonlashtirilgan narxda, (diskont bilan) sotilishi yoki veksel

www.ziyouz.com kutubxonasi



summasiga  foizi  qo'shilishi  mumkin.  Foiz  stavkasining  miqdori  bank 

tomonidan vekselni sotib oluvchining mablag‘larining hajmi va joylashtirish 

muddatiga  qarab  belgilanadi.  Foizlar  veksellar  rasmiylashtirilgan  kundan 

boshlab  to  veksel  qaytarilguncha  yoziladi.  Foiz  stavkasi  yangi  chiqarilgan 

veksellar uchun qayta ко‘rib chiqilishi mumkin. Ilgari chiqarilgan veksellar 

bo'yicha  vekselning  butun  muddati  davomida  o'zgartirilmaydi.  Veksel 

egasi  muddatidan  ilgari  veksel  pulini  olishga  haqlidir.

Veksel  birinchi  xaridorning  (veksel  egasining)  nomiga  tuziladi  va 

veksel  blankasining  orqa  tomoniga  o'tkazish  to'g'risidagi  yozuv  yozish 

(indosament)  yo'li  bilan  birovning  egasidan  ikkinchi  bir  tomon  nomiga 

o'tkazilishi  mumkin.

Veksel  egasining  topsh irig'iga  asosan  bank  vekseln i  m uddati 

tugaguncha  o'zida  saqlab  berishga  qabul  qilishi  mumkin.

Yo'qolgan  veksel  qayta  tiklanmaydi.  Veksel  egasi  yo'qolgan  veksel 

to'g'risida  bank-emitentga  ariza  beradi.  Ariza  umumiy  da’vo  muddatida 

qabul qilinishi mumkin. Ariza bank boshqaruvi tomonidan tuzilgan maxsus 

komissiyada  ko'rib  chiqiladi  va  keyin  to'lov  amalga  oshirilishi  mumkin. 

Vekselni  y o 'q o tib   qo'yganlik  uchun  m axsus  kom issiya  belgilangan 

miqdorda  jarima  ushlab  qolishi  mumkin.

Veksel  sotib  olish  uchun  sotib  oluvchi  shartnoma  tuzadi  va  bankka 

pul  o'tkazadi.  Veksel  qayerdan  sotib  olingan  bo'lsa,  puli  o'sha  joyda 

to'lanadi.  Veksel  bo'yicha  pulni  olishda  veksel  egasi  veksel  bilan  birga 

vekselni  to'lash  to'g'risida  ariza  beradi.  Arizada  veksellar  pulini  o'tkazish 

va  foiz  yozish  uchun  zarur  to'lov  rekvizitlari  ko'rsatiladi.  Puli  to'langan 

veksellarga  to'langanlik  to'g'risida  maxsus  shtamp  qo'yiladi  va  bankning 

kassa  operatsiyalari  bo'limiga  saqlash  uchun  topshiriladi.

To'lash muddati  kelganda  veksel  puli  to'lanmasa,  veksel  egasi veksel 

beruvchilar,  indossanlarga  nisbatan  da’vo  bilan  chiqishi  mumkin.

Veksel egasi  da’vogar shaxsdan quyidagilarni  talab  qilishga  haqlidir:

-   agar  kelishilgan  bo'lsa,  vekselning  to'lanmagan  pulini  foiz  bilan 

birga  to'lashni;

to'lash  muddati  boshlangan  kundan  boshlab  Markaziy  bankning 



hisobiga  olish  stavkasi  miqdorida  foiz  to'lashni;

norozilik  berish  bilan  bog'liq  va  boshqa  xarajatlarni  qoplashni 



va  boshqalar.

V eksellar  chiqarish  ham da  ularni  r o 'y x a tg a   olish  qoidalarini 

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki  Moliya  vazirligi  bilan  birgalikda 

belgilaydi.

Hozirgi  vaqtda  O'zbekiston  Respublikasida  naqd  pulsiz  shakldagi 

pul  muomalasida  vekselarning  qo'llanilishi  vaqtincha  to'xtatib  qo'yilgan.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish